Dekabr, 2024-Yil
774
MAHALLADA YOSHLARNING DEVIANT XULQ-ATVORI
SHAKLLANISHI
Bektemirova Muxlisa Sherzod qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 1-kurs talabasi
kochimovsherzod32@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14497573
Annotatsiya.
Mazkur maqola mahallada yoshlarning deviant xulq-atvori shakllanishi va
uning ijtimoiy omillari tahlil qilinadi. Yoshlarning deviant xulqatvori nafaqat jamiyatning balki
mahallaning axloqiy, ijtimoiy, sotsiologik muammosi sifatida ko’riladi. Mahalla yoshlariga
berilgan e’tibor, mahallaning asosi oilaviy muhitda deviantlik xususiyatining kirib kelishi mumkin
bo’lgan hollari tahlil qilinadi. Bundan tashqari mahalliy va oila miqyosidagi vosita, usullar
yordamida ushbu xulq-atvorga qarshi kurashishda qo’llaniladigan tadbirlar taqdim etiladi.
Kalit so’zlar
: deviantlik, biologik va psixologik omillar, anomiya g’oyasi, mahalla,
buzilish.
FORMATION OF DEVIANT BEHAVIOR OF YOUTH IN THE NEIGHBORHOOD
Abstract.
This article analyzes the formation of deviant behavior of young people in the
neighborhood and its social factors. Deviant behavior of young people is seen as a moral, social,
sociological problem not only of society, but also of the neighborhood. The attention paid to the
youth of the neighborhood, the possible penetration of deviant behavior into the family
environment, which is the basis of the neighborhood, is analyzed. In addition, measures are
presented to combat this behavior using local and family-level tools and methods.
Keywords:
deviance, biological and psychological factors, the idea of anomie,
neighborhood, disruption.
ФОРМИРОВАНИЕ ДЕВИАНТНОГО ПОВЕДЕНИЯ МОЛОДЕЖИ В
СОСЕДСТВЕ
Аннотация
. В статье анализируется формирование девиантного поведения
молодежи в микрорайоне и его социальные факторы. Девиантное поведение молодежи
рассматривается как моральная, социальная, социологическая проблема не только
общества, но и окружения. Анализируется внимание, уделяемое молодежи района, случаи,
когда девиантный характер может проникнуть в семейную среду, основу соседства.
Кроме того, представлены инструменты и методы борьбы с таким поведением на
местном и семейном уровне.
Ключевые слова:
девиантность, биологические и психологические факторы, идея
аномии, соседство, расстройство.
Dekabr, 2024-Yil
775
Nima uchun yoshlar mamlakat siyosati yo’nalishining asosiy e’tiborini tashkil etadi?
Bunga sabab yoshlar mamlakatning kelajagi, mamlakatning hozirgi holati qanday bo’lishidan
qat’iy nazar, yoshlar uning kelasi taqdirini belgilab beruvchi ijtimoiy qatlam hisoblanadi. Shunday
ekan, Konfutsiy aytganidek, “agar juda uzoq muddatli maqsad qo’ygan bo’lsang, bolalaringni
o’qit” tamoyilidan kelib chiqqan holda masalaning ahamiyati o’rinlidir. Yoshlar jamiyatimizning
eng faol va rivojlanayotgan qatlami bo’lib, ular yangi g’oyalar va qarashlar bilan jamiyatni
yangilashga harakat qilishadi. Ammo ba’zan yoshlar orasida jamiyat qoidalari, axloqiy
me’yorlarga zid bo’lgan xulq-atvor ham shakllanadi. Ushbu xulq-atvorlar, ya’ni yoshlarning
jamiyatning normal holati buzilishiga olib keluvchi harakatlari deviant xulq-atvorning asosini
tashkil etadi. Deviantlik yoshlar orasida huquqbuzarlik, narkotik moddalar, jinoiy faoliyat va
boshqa salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Mahalla yoshlarining deviant xulq-atvorlari esa
mahalladagi muhit, oilaviy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bevosita bog’liq.
“Deviant” so’zi – lotincha “devatio” so’zidan olingan bo’lib, “chekinish, buzilish” degan
ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor mavjud jamiyatda o’rnatilgan axloq me’yorlariga mos
kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti- harakat, ijtimoiy hodisadir. Madaniy me’yorlarni
buzuvchi har qanday xulq-atvor deviantlikdir.
Sotsiologiyada ijtimoiy me’yor buzilishi jarayonlarini to’la ijtimoiylikda tushuntiruvchi
dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning anomiya g’oyasi edi. Bunga ko’ra eski me’yorlar va
qadriyatlar mavjud munosabatlarga mos kelmay qolishi va yangiliklarning o’rnatilmaganligi
natijasida individlar xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy axloqning mavjud emasligi tushuniladi.
R.Feris, Tirikyan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor sotsial buzilishlar
natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar ta’limotiga ko’ra, sotsial tizimda begona madaniyatga asoslangan
madaniy xulq-atvor namunalari me’yor buzuvchi xulqatvordir. [4] Turli ta’imotlar deviantlik kelib
chiqishiga turli sabablarni keltirishiga qaramasdan asosiy mazmun-mohiyat bir xilligicha
qolaveradi.
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar:
1)
biologik omillar. Bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi
fizologik yoki anatomik xususiyatlarning mavjudligi natijasida o’z ifodasini topadi. Ularga
quyidagilar kiradi: irsiy xususiyatlar, aqliy rivojlanishining buzilishi, eshitish va ko’rishning
susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar, organizmga psixofiziologik zo’r berish, nizoli
holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somantik, allergik, toksik kasallanishlariga olib
keluvchi,
ya’ni quvvat manbalari bilan bog’liq bo’lgan psixofiziologik xususiyatlar.
Dekabr, 2024-Yil
776
2)
psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakterining
aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab kasaliklari, psixopatiya,
nevrosteniya va bolada g’ayri adekvat reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon
bo’ladi. Ruhiy me’yorning eng keskin variant hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik
ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
[1]
Bu omillar yoshlardagi deviantlik xususiyatining ichki tomonlari hisoblanib, bundan
tashqari tashqi tomon- oilaviy, ta’lim muassasasi bilan bog’liq yoxud jamiyatning boshqa ijtimoiy
omillar ham ta’sir o’tkazishi mumkin.
Oila jamiyatning asosiy institut hisoblanib, u tarbiyaning boshlang’ich o’chog’i sifatida
shaxsning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Oilaning tarbiyaviy ahamiyatiga molik vazifasini
ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar belgilaydi. Agar
rollar, o’rinlar va o’zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatlarda oiladagi psixologik muhitni
tasavvur qilishni o’zi murakkabdir. Oiladagi shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos tomonlari
uning barqarorligini ta’minlashga va unda unib o’sayotgan bolalarning har tomonlama yetuk inson
bo’lishiga xizmat qiladi. Deviant xulqli farzandi bor oila a’zolarining o’zaro munosabatlarida rad
etilganlik va befarqlik kabilar ko’proq ko’zga tashlanadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ota-ona
orasidagi doimiy nizolar, urushjanjallar, o’zaro xusumat, shuningdek, mustahkam bo’lmagan
nikoh deviant xulqida yoshligidanoq o’z asoratlarini ko’rsatadi. Bunday ota-onalar o’z
farzandlarining ijtimoiy tarbiyasiga, ularga nisbatan kam e’tibor beradilar. Ayni vaqtda farzandlar
tomonidan ham shunday munosabat kuzatiladi. Ushbu holat sof psixologik nuqtai nazardan, har
qanday huquqbuzarlik, har qanday jinoiy faoliyatning asosi sifatida talqin qilinadi. Bunday
o’smirlarning umum qabul qilingan ijtimoiy va ma’naviyaxloqiy me’yorlarni tan olmasligi, ta’lim
-tarbiya bilan shug’ullanuvchi oila, maktab, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar oldiga muhim
vazifa yuklaydi. Shu bois ularning xulq-atvorida buzilishni keltirib chiqaruvchi sabablarni tadqiq
qilish, oilaning farzand tarbiyasidagi o’rnini o’rganish alohida yondashuvni talab etadi. [2]
V.Ya.Rubalskaya tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, 47% voyaga
yetmaganlar huquqbuzarligi ota-onaning salbiy ta’siri yoki befarqligining,
14,8% oilada hamjihatlik yo’qligining, 38,3% ota yoki onani yo’qligining, 23,5%
kattalarning loqaydligi tufayli jinoyat sodir etishning asosini tashkil etadi. [3]
Mahallalarda yoshlarning deviant xulq-atvorini shakllanishining oldini olish uchun yoshlar
ortasidagi profilaktika ishlari, shuningdek, deviant-xulq-atvorli shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiyaga
olish muhim o’rin tutadi. Bunda mahalla yoshlarni ibratli xulqqa chorlaydigan ma’naviy-ma’rifiy
Dekabr, 2024-Yil
777
tadbirlarni ko’paytirish, ularning muammolarini tinglash, ularga psixologik tavsiyalar berish,
shunga bag’ishlangan alohida psxologik darslar tashkil etilishi va boshqa chora-tadbirlari orqali
yoshlarning destruktiv g’oyalaridan voz kechishiga undashi lozim.
Mahallada yoshlarning deviant xulq-atvori shakllanishi ko’plab ijtimoiy omillarga
bog’liqdir. Oilaviy muhit, ijtimoiy shartlar, ta’lim tizimi va do’stlar orasidagi ta’sirlar yoshlarning
xulq-atvoriga kata ta;sir ko’rsatadi. Shuning uchun yoshlarning deviant-xulq-atvorini kamaytirish
uchun jamiyat, mahalla va oila o’rtasida birgalikda ishlash zarur. Yoshlarning ijtimoiylashtirilishi
va ularni salbiy ta’sirlardan saqlash uchun samarali choralar ko’rish muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
1.
M.Y. Murodov oʻsmirlar deviant xulq – atvorining shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik
omillar education & global study. 2024.№4(1).
2.
Umida Abduvakilovna Karakulova, Yodgora Odilboy Qizi Albekova, Hilola Zayniddin
Qizi Abduraxmonova deviant xulq-atvor muammosi Va oilaviy munosabatlarning o’zaro
aloqadorligi
3.
Academic research in educational sciences. 2023. №TMA Avg‘onova, Gulira’no
mahallalarda deviant xulqatvorli bolalar bilan ishlash usullari ORIENSS. 2023. №3.
4.
NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH
OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.
5.
Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF
POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. –
№. 3. – С. 426-431.
6.
Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI
//Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436.
7.
Нуркулов Б., Равшанова О. JORJ GERBERT MIDNING RAMZIY INTERAKSIONIZM
NAZARIYASI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 402-405.
8.
Nurqulov B. et al. PITRIM SOROKINNING “SOTSIAL VA MADANIY DINAMIKA”
ASARI //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 289-291.
9.
Panjiyeva Z. et al. RAZMIY INTERAKTSIONIZM TAMOYILLARI //NRJ. – 2024. – Т.
1. – №. 3. – С. 292-295.
10.
A’ZAMXONOV S. OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL
TA’LIM OLISHLARNI TASHKIL ETISH //News of UzMU journal. – 2024. – Т. 1. – №.
1.1. 1. – С. 63-66
Dekabr, 2024-Yil
778
11.
Saidabzalkhan A. MODERN CONCEPTS OF HUMAN CAPITA MEASUREMENT
https://farspublishers.
org/index.
php/ijessh/article/view/1527
https://zenodo.
org/records/8003552#. – 2023.
12.
A‘zamxonov S. X. Ta’lim jarayonida o ‘qituvchi faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari
//IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 22. – С. 381-386.
13.
Аъзамхонов С. TALABALAR MUSTAQIL TA’LIM OLISHINI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №.
SI-1.
14.
Azamkhanov S. SOCIOLOGICAL ANALYSIS OF MODERN FORMS OF
ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 5.
15.
Ilxomov,
Umrbek,
and
Parizod
Nasirdinova.
"IRVING
GOFFMANNING
DRAMATURGIYASI." NRJ 1.3 (2024): 239-245.
16.
ILXOMOV,
Umrbek.
"SOTSIAL
MOBILLIK
YOSHLAR
INTELLEKTUAL
SALOHIYATNING OMILI SIFATIDA." News of UzMU journal 1.1.2. 1 (2024): 110-
114.
17.
Ilxomov, U. U., and P. Sh Nasirdinova. "UMUMIY-O „RTA TA „LIM
MUASSASALARIDA O „QITISH METODI VA BITIRUVCHI YOSHLARNI KASBGA
YO „NALTIRILGANLIGI DOLZARB MASALA." Academic research in educational
sciences 3 (2024): 252-256.
18.
Ilxomov U. U. YOSHLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING
INDEKATORI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 263-268.
19.
Ilxomov U. U. YOSHLAR ISHSIZLIGI IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA //Academic
research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 257-262
