Authors

  • Gavhar Jo‘rayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.57108

Keywords:

She’r ijod sodda ishonch istedod

Abstract

A’zam O’ktam ijodi,sodda xalqchil bo’lib yillar davomida bugungi kun yoshlarini e’tirofida bo’lib kelmoqda. Shoirning “Qurʼoni karim”da” oʻzbekcha maʼnolari kitobida hozir ham Aʼzam akaning nomi turibdi”, – deya ushbu maqolada eslaydi yozuvchi I.Sulton. Shoir ko’nglida islomiy nur,ilohiy karomatlarga ishonish hissi yetarlicha bo’lgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

456

A’ZAM O’KTAM IJODIDA DINIY QARASHLAR

Jo‘rayeva Gavhar Eshqobilovna

Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

gavharj555@gmail.com.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14497322

Anotatsiya.

A’zam O’ktam ijodi,sodda xalqchil bo’lib yillar davomida bugungi kun

yoshlarini e’tirofida bo’lib kelmoqda. Shoirning “Qurʼoni karim”da” oʻzbekcha maʼnolari
kitobida hozir ham Aʼzam akaning nomi turibdi”, – deya ushbu maqolada eslaydi yozuvchi
I.Sulton. Shoir ko’nglida islomiy nur,ilohiy karomatlarga ishonish hissi yetarlicha bo’lgan.

Kalit so‘zlar:

She’r, ijod, sodda, ishonch, istedod

RELIGIOUS VIEWS IN THE WORK OF A’ZAM OKTAM

Abstract.

Azam Oktam's work has been recognized by today's youth for years as a simple

patriot. "Azam brother's name is still in the book of Uzbek meanings in the poet's "Qur'ani Karim",
writer I. Sultan recalls in this article. In the poet's heart, the Islamic light and the feeling of
believing in divine blessings were enough.

Key words:

Poetry, creativity, simplicity, trust, talent.

РЕЛИГИОЗНЫЕ ОТНОШЕНИЯ В СОЗДАНИИ АЪЗАМ ОКТАМ

Аннотация.

Творчество Азама Октама, будучи простым народником, на

протяжении многих лет остается признанием сегодняшней молодежи. В” Коране "поэта"
в книге узбекских смыслов до сих пор стоит имя Агзама Акана", – вспоминает в этой
статье писатель И.Султан. В душе поэта было достаточно Исламского света,чувства
веры в божественные ароматы.

Ключевые слова:

Поэзия, творчество, наивность, уверенность, талант.

Kirish.

A’zam O’ktam yoshligidan diniy ma’rifiy ruhda yozilgan asarlarni o’qishga

qiziqardi. Kichkinaligidan islomiy ruhda tarbiyalangan,oilaviy muhit ham yaxshi bo’lgan.A’zam
O’ktam muftiylar,qorilar,ulamolar suhbatlaridan ko’p eshitardi.
Shoir Aʼzam Oʻktam hali qirq yoshga toʻlmasidanoq badiiy ijodida diniy, irfoniy-maʼrifiy
gʻoyalarning boʻy choʻzib, sheʼrdan sheʼrga sayqallanib borishi aslo tasodif emas. Sababi shoir
oddiy dehqon oilasida tugʻilib, unib-oʻsgan boʻlsa-da, imon-eʼtiqodli, xudojoʻy oila muhiti
boʻlgʻusi shoirning qalbiga islomiy nur, ilohiy karomatlarga ishonch, hayotdan yaratilishdan
maqsad kabi ulkan haqiqatlarga ehtirom va xayrixohlik urugʻlarini sochgani manbalarda qayd
etiladi

1

.

Tadqiqot metodologiyasi:

Tadqiqotda Aʼzam Oʻktam nazmining badiiy xususiyatlari yoritildi,

ijodkor hayoti, asarlarining xususiyatlariga toʻxtalib, maʼlumotlar umumlashtirildi.

Tahlil va natijalar

. Shuningdek, shoir Aʼzam Oʻktam taqdiri, yashab oʻtgan murakkab tarixiy

voqea-hodisalarga boy davri roʻbaroʻ etgan zotlar: shayxlar, muftiylar, qorilar, porsolar, ulamolar
– islomiy bilimlar, sharʼiy-maʼrifiy taomillarning bilimdonlari, namoyandalari – koʻplab

1

Joʻraqulov U. Aʼzam Oʻktam sheʼriyatining uch asosi. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-

amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 255-261 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

457

suhbatlar, izdihomlar, ilmiy-adabiy jarayonlarda Aʼzam Oʻktamning islomiy qarashlarining toʻgʻri
shakllanishiga maʼlum maʼnoda taʼsir oʻtkazganlar. “Aʼzam aka “Qurʼoni karim”ning oʻzbek
tilidagi maʼnolari tarjimasida ayniqsa jonbozlik koʻrsatgani, nashriga muharrirlik qilgani barchaga
maʼlum. Aynan shu tarjima tufayli “Sharq yulduzi” oʻsha kezlar ikki yuz mingdan oshiq nusxada
chop etila boshladi... Oʻsha kezlar Aʼzam aka Anvar qori Tursunov bilan tarjima bosilayotgan har
bir son ustida qattiq ishlaganlari barchaga maʼlum. “Qurʼoni karim” oʻzbekcha maʼnolari kitobida
hozir ham Aʼzam akaning nomi turibdi”, – deya ushbu eslaydi yozuvchi I.Sulton

2

.

Ushbu taʼsir dastavval shoirning shuurida poetik rivojlanib, soʻngra qalamida ham oʻz

ifodasini topdi:

Ajab, dil shod boʻlur tinglab
Qiyomatdan xabarlarni.
Tobora shavqim ortgaydir
Sezib kelgich xatarlarni.
Na rohat, na azob bois
Sen aytgan yoʻlga kirmishman.
Shu ishq haqqi, xatarsiz qil
Oʻzing sori safarlarni...

3

Hayotda har kimning barmoq izlari, DNK genlari aynan takrorlanmaganligi kabi badiiy

ijodda ham katta shoir-yozuvchilarning, tabiat isteʼdod ato etgan sanʼatkor adiblarning ijod
mahsullarida ham hech kimga oʻxshamaydigan, betakror, betimsol xususiyatlar mavjudki, buning
yuzaga chiqishi adabiy jamoatchilikni koʻp kuttirmaydi. Yarq etgan isteʼdod zamirida turgan
oʻziga xoslik muallifning “imzosini darhol” xoslarga maʼlum qiladi. Toʻgʻri, omma, ehtimol, bu
“imzo”ning farqiga u qadar ham boravermas, biroq xoslar isteʼdodli betakror ohangni darhol
taniydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Shoir Aʼzam Oʻktam ham ana shunday jaydari, xalqchil,

eʼtiqod ila sugʻorilgan sheʼrlarini faqat va faqat oʻziga xos boʻlgan tarzda, badiiy qiymat jihatidan
puxta, yangi soʻz ishlatish nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli, tasvirlash va oʻxshatish borasida
original yoʻsinda bitdiki, bu sheʼrlar adabiyot ixlosmandlari, sheʼriyat muhiblari qalbidan
allaqachon joy oldi.

Adabiyot ishqibozlari, allaqachon, shoirning jarangdor nomini oʻzlari uchun qadrdon va

aziz boʻlgan shoirlar nomlari qatoriga kiritgan; uning sheʼriy kitoblarini mehr-u ardoq bilan
javonlarining eng ishonchli qatorlarida saqlab, oʻqib, bahramand boʻlib kelishmoqda.

Xulosa

. Ayni jarayonda shoirning shaxsiyati va isteʼdodi haqida bildirilgan fikrlar, chop

etilgan maqola va taqrizlar, munosabat va taqsinlar, adabiy jamoatchilikning eʼtiroflari asosida
Aʼzam Oʻktam degan shoirning adabiy siymosi, shoirning adabiy xizmatlari, umuminsoniy ezgu
gʻoyalar tantanasi uchun kurashgan sheʼrlarining kuchi haqida yakdil va oʻzgarmas tasavvur hosil
qilindi. Aʼzam Oʻktam ijodini izchil oʻrganish davomida har bir mushtariy tafakkuri muhim
manbalardan oziqlanib boradi. Chunki, dunyodagi jamiki kitoblarning eng sarasi, onasi

2

Joʻraqulov U. Aʼzam Oʻktam sheʼriyatining uch asosi. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi xalqaro

ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 255-261 b.

3

Isajon Sulton. Diyonatli shoir, oʻktam adib. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy

onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 186-188 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

458

hisoblangan, vahiy orqali Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamga
gʻoyibdan nozil boʻlgan Qurʼoni karim oyatlarining va paygʻambarimiz sahobalari orqali bizgacha
etib kelgan ayrim rivoyatlarning mazmunini sodda va ravon tilda jozibali sheʼriy yosinda bayon
qilishi, sheʼr mohiyatidan anglashiladigan fikr va xulosa his-tuygʻular orqali sheʼrxonning
maʼnaviy oʻzanlarini toʻldirib boradi. Aʼzam Oʻktam ijodining ijodi oʻzbek sheʼriyatida
oʻktamona badiiyati bilan salobat kasb etib turganiga guvoh boʼlamiz. Shoir sheʼr ilmi taʼlimini
ustomonlik bilan oʻzlashtirganki, oʻzining betakror uslubini topib, sheʼrning mohiyati sathiga
behad bilimlar aro ikki qutbning birini egallab turgan diniy ilmlarni, shariat ahkomlarini shoirona
mahorat va lutf ila misralarga singdirib yuborishi jarayoni – diniy-maʼrifiy ruhda bitilgan sheʼrning
anatomik jihatlarini oʻrganildi.

REFERENCES

1.

Joʻraqulov U. Aʼzam Oʻktam sheʼriyatining uch asosi. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 255-261
b.

2.

Isajon Sulton. Diyonatli shoir, oʻktam adib. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi
xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 186-188 b.

3.

Quronov D. Aʼzam Oʻktam sheʼriyati haqida ayrim qaydlar. Aʼzam Oʻktam badiiy
mahorati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020.
– 227-228-b.

4.

Шайх Алоуддин Мансур. Қуръони азим мухтасар тафсири. – Тошкент:
Мовароуннаҳр, 2019. – Б.547.

References

Joʻraqulov U. Aʼzam Oʻktam sheʼriyatining uch asosi. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 255-261 b.

Isajon Sulton. Diyonatli shoir, oʻktam adib. “Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 186-188 b.

Quronov D. Aʼzam Oʻktam sheʼriyati haqida ayrim qaydlar. Aʼzam Oʻktam badiiy mahorati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani materiallari / Andijon, 2020. – 227-228-b.

Шайх Алоуддин Мансур. Қуръони азим мухтасар тафсири. – Тошкент: Мовароуннаҳр, 2019. – Б.547.