May, 2025-Yil
282
“IKKI DUNYO SAODATI” TOʻPLAMINING TAHLILI
Jo‘rayeva Gavhar Eshqobilovna
Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail:
gavharj555@gmail.com.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15399762
Annotatsiya.
Ushbu maqolada to‘plamda keltirilgan hadislar,unda qo‘llanilgan vaznlar
xususida tahlil boradi.A’zam O‘ktamning qo‘llagan novatarona uslubi bunda alohida ahamiyat
kasb etadi. Shoirlar ijodidagi talqinlar, tahlilga tortiladi.
Kalit so‘zlar:
Arbain, qirq hadis, vaznlar, qiyomat, A’zam O‘ktam.
Abstract.
In this Makola, the chtobi vosplamenite is quoted as Hadith, in which the
collanated weights, in particular, are taxable.A'zam O'ktamning, collagan, novatarona, usluji,
with aloxida, Achaemenid occupation.Talkins in Poets ' iyadi, are drawn to the throne.
Keywords:
Arbain, forty hadiths, weights, Doomsday, a'zam O'ktam.
Shoirning “Ikki dunyo saodati” toʻplamiga mumtoz adabiyotimizdagi hadislarni sheʼriy
talqin qilish anʼanasi asosida yaratilgan sheʼrlari kiritilgan. Toʻgʻri, garchi shoirning oʻzi bu
toʻplamni “Imom Buxoriy toʻplagan ayrim hadislarning sheʼriy talqini” deb nomlagan va unda
oʻzini talqin va izohlar muallifi deb atagan boʻlsa-da, bu toʻplamga kiritilgan sheʼrlarni “qirq
hadis” anʼanasi asosida yaratilgan deb ayta olamiz. Bunday deyishimizga esa asarda
44 ta hadisning shoir tomonidan sheʼriy talqinining berilgani asos beradi.
Arbaʼin arabcha “arbaʼ” yaʼni, “qirq” soʻzidan olingan boʻlib, qirqta mashhur, sahih hadis
mazmunini sheʼriy vaznda, aniqrogʻi, bir ruboiyda ifodalash sanʼatini anglatgan. Bunday asarlar
oddiy xalq vakillari hadislar mazmunini oson tushunishi va xotirasida uzoq saqlab qolishi uchun
xizmat qilgan. “Arbaʼin” yaratish anʼanasi imom Navaviy, Abdurahmon Jomiy, Navoiy ijodlarida
uchraydi. Ushbu uslubda asar yaratish Islom olamida yaxshi bir anʼanaga aylangan. Bunga Nabiy
sollallohu alayhi vassallamning quyidagi hadislari asos boʻladi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vassallam dedilar: «Kim ummatimga din ishlari borasida qirqta hadisni muhofaza qilib bersa,
Alloh uni Qiyomat kuni faqih qilib tiriltiradi va Qiyomat kuni men unga shafoatchi va guvoh
boʻlaman”
1
. Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida esa Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid kabi shoirlar
ijodida ham davom ettirilgan bu anʼanaga Aʼzam Oʻktam oʻzgacha yondashadi.
1
Hasanxon Yahyo Abdulmajid / “Arbaʼin”ning nasriy bayoni va taxriji — Islom.uz
islom.uz/content/view/3123/
May, 2025-Yil
283
Jomiy va Navoiyning qirq hadisning badiiy talqini oʻlaroq yuzaga kelgan asarlari anʼanaviy
muqaddima qismi: hamd, naʼt, sababi taʼlif, asosiy va xotima qismlaridan iborat boʻlgan
kompozitsiyaga ega
2
. Ushbu ijodkorlar asarlarining asosiy qismida islom axloqiga oid
hadislarning arabcha matni keltiriladi va uning sheʼriy mazmuni aruz vaznidagi toʻrtliklarda
ifodalanadi. Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid kabi shoirlar esa hadislarning sheʼriy mazmuni
barmoq vaznidagi sheʼrda beradilar.
Aʼzam Oʻktamning “Ikki dunyo saodati” toʻplami oʻzigacha boʻlgan “Arbaʼin” yozish
anʼanasini davom ettirish bilan birga unga novatorona yondashganligi bilan ajralib turadi. Shoir
“iqtibosi xall”
3
sanʼati orqali qirq hadisning tarjimasi (oʻzbek tilidagi varianti) va uning sheʼriy
talqini, soʻng esa izohini beradi. Aʼzam Oʻktam salaflardan farqli oʻlaroq hadislarning sheʼriy
talqinlarini barmoq vaznidagi sheʼrda beradi. Masalan, shoirning “Savobning katta kichigi yoʻq”
sarlavhali hadisning sheʼriy talqini quyidagi shaklda beriladi:
“(Biz sugʻoridigan) har bir jonzotda biz
uchun savob (ajr) mavjuddir”.
Borar ekan yoʻlda bir odam,
Tashnalikdan toldi juda ham
Koʻrib nogoh quduqni yoʻlda,
Chanqogʻini qondirdi undan.
Soʻng boqsaki, bir it harsillab
Tuproq namin turardi yalab.
Sayyoh shundoq oʻyga boribdi:
“Buyam xuddi mendek horibdi”.
Tagʻin pastga tushib ketdi u,
Olib chiqdi mahsi toʻla suv.
Suvni tashna itga ichirdi,
Olloh uning aybin kechirdi .
4
IZOH: Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam yuqoridagi voqeani aytganlarida sahobalar: “Yo Rasululloh, hayvonlarga suv ichirsak
2
Navoiy Alisher. Arbaʼin hadis. Qirq hadis: Sharhi / Soʻz boshi mualliflar va sharhlovchilar: Q.Ahad, O.Mahmud;
Xattot P.Samad; Mas.muh. S.Rafiddinov. – Toshkent.: Yozuvchi, 1991. – 30 b
3
Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – B 128.
4
Аъзам Ўктам. Икки дунё саодати. – Тошкент, 1998. – Б. 9.
May, 2025-Yil
284
ham, bizga savobi tegurmi?” – deb soʻrashgan ekan. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
“(Biz sugʻoradigan) har bir jonzotda biz uchun savob (ajr) mavjuddir”, deya marhamat qilibdilar.
Oʻn ikki misradan iborat ixcham voqeaband sheʼr orqali shoir Rasulullohning hadisi
mazmunini beradi. Hadis talqinini esa unga mos rivoyatni keltirish orqali boyitadi.
Sirojiddin Sayyid “Ikki dunyo saodati” toʻplamidagi har bir hadisda ifodalangan mavzuga
mos sarlavha tanlaydi va hadisning sheʼriy talqinini turli misrali bandlarda beradi. Shu tariqa qirq
hadisdan shoir anglagan va kitobxonga anglatmoqchi boʻlgan qirq toʻrtta hadisning sheʼriy talqini
yaratiladi: “Ota-onani bilmagan Ollohni”, “Yomonlik qilmaslik – sadaqa”, “Eng buyuk
gʻamxoʻrimiz”, “Ota rozi – xudo rozi”, “Savobning katta — kichigi yoʻq”, “Birovning haqqi
birovda qolmas”, “Munofiq olim – oʻziga zolim”, ”Iymonga darz ketsa, qiyomat qoʻpar”, “Xolislik
– haq yoʻldir”, “Doʻst boʻlar yov oʻzi bilmay”, “Beparvolik zolimlikdir” kabi sarlavhali sheʼrlar
toʻplami hosil qilinadi.
Toʻplamdan “Tamagirning holiga voy” sarlavhali sheʼrda “Jonim qoʻlida boʻlgan zot haqi,
gar birontangiz (oʻzgalar haqiga) xiyonat qilur boʻlsangiz, oʻshal nohaq olgan narsangizni qiyomat
kunida yelkangizda koʻtarib kelgaysiz.. Men sizlarni ogohlantirdim!”
5
hadisining sheʼriy talqini
beriladi. Hadis mazmuni asosida chiqarilgan shoir xulosasi oʻn toʻrt misradan iborat boʻlgan, 4+5
tarzida turoqlanuvchi sheʼrda beriladi. a-a, b-b, v-v tarzida qofiyalanuvchi sheʼr yakunida shoir
insonlarga Rasulullohning ummatlariga bergan ogohlantirishi beradi. Sheʼrda tuya, sigir, qoʻy kabi
obrazlar orqali nohaq olingan haq tasviri berish orqali hadisga ijodiy yondashadi. Shoir
hadislarning sheʼriy mazmunini iqtibos, oʻxshatish, sifatlash, jonlantirish kabi badiiy tasvir
vositalari orqali kitobxonga yuqumli qilishga erisha olgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid / “Arbaʼin”ning nasriy bayoni va taxriji — Islom.uz
islom.uz/content/view/3123/
2.
Navoiy Alisher. Arbaʼin hadis. Qirq hadis: Sharhi / Soʻz boshi mualliflar va sharhlovchilar:
Q.Ahad, O.Mahmud; Xattot P.Samad; Mas.muh. S.Rafiddinov. – Toshkent.: Yozuvchi,
1991. – 30 b
3.
Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – B 128.
4.
Аъзам Ўктам. Икки дунё саодати. – Тошкент, 1998. – Б. 9.
5.
Аъзам Ўктам. Икки дунё саодати. – Тошкент, 1998. – Б. 42.
5
Аъзам Ўктам. Икки дунё саодати. – Тошкент, 1998. – Б. 42.