ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
608
MOHIR DIRIJOR USTALARINING DIRIJORLIK SAN’ATI HAQIDA FIKRLARI
Embergenova Gulayda Aytbaevna
O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali
«Vokal» kafedrasi o‘qituvchisi
Yo‘ldoshev Lochinbek Ergashboy ulı
O‘zDSMI NF talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14531817
Annotatsiya. Bu maqolada dirijorlik haqida, dirijorning vazifalari hamda mohir dirijor
ustalarining dirijorlik san’ati haqida fikrlari so‘z etilgan.
Kalit so‘zi: Dirijor, voqiya, kompozitor, musiqa, orkestr, opera, asar, simfoniya, sozanda.
OPINIONS OF MASTER CONDUCTORS ABOUT THE ART OF CONDUCTING
Abstract. This article talks about conducting, the responsibilities of a conductor, as well
as the opinions of master conductors about the art of conducting.
Key words: Conductor, event, composer, music, orchestra, opera, work, symphony,
musician.
МНЕНИЯ МАСТЕРОВ-ДИРИЖИРОВ ОБ ИСКУССТВЕ ДИРИЖИРОВКИ
Аннотация. В данной статье говорится о дирижировании, обязанностях
дирижера, а также мнениях мастеров-дирижеров об искусстве дирижирования.
Ключевые слова: Дирижер, событие, композитор, музыка, оркестр, опера,
произведение, симфония, музыкант.
«Dirijor ко‘rish va eshitish san‘atiga ega bo‘lmog‘i lozim, u yengil va ayni paytda kuchli
bo‘lishi darkor, u sozlar kompozitsiyasini, ulaming tabiati va qamrovini his qilishi, partiturani
о‘qiy olishi, shular barobarida alohida iste‘dod egasi bo‘lishi muhim... U yana o‘zi va orkestr
o‘rtasida ко‘zga ко‘rinmas aloqa о‘rnatilishi uchun kerak bo‘lgan yana boshqa, deyarli noaniq
xususiyatlarga ham ega bo‘lishi shart. Agar dirijor orkestrga o‘z hissiyotlarini yetkazish
xususiyatiga ega bo‘lmasa, unda u orkestr ustidan «hukmronlik» qila olmaydi, unga о‘z ta‘sirini
о‘tkazishdan mahrum bo‘ladi. Bu holda u orkestrning dirijori emas, balki oddiygina «takt
uruvchi»ga aylanib qoladi, shunda ham agar umuman taktni to‘g‘ri belgilash va ajratishni uddalay
olsa!» Gektor Berlioz.
«Ko‘p yillar avval, sokin qish oqshomida, konsertdan so‘ng Strasburg ko‘chalarida kezib
yurgan edim. Konsertdan olgan taassurotlarim ta’sirida men xuddi sarmast odamdek, hozirgina
Brams simfoniyasini kashf etib bergan dirijor mahoratiga tan berib, sayr qilishda davom etdim.
Zaldan chiqib kelayotgan odamlar orasidan o‘tar ekanman, men keyinchalik ham unuta olmagan
suhbatni eshitib qoldim:
—Ajoyib konsert, - dedi kimdir yoqimsiz ovoz bilan.
—Bo‘lmagan gap! - deb javob berdi o‘ziga haddan ziyod ishongan kishining ovozi. Uning
ovozidagi ishonch meni joyimga mixlab qo‘ydi. Orkestr ajoyib. Biroq nima uchun uning oldida
doimo dirijor qaqqayib turishi meni taajjublantiradi.
—Men ham Brams simfoniyasi yangragan paytda faqat shu haqda o‘yladim, - deya kinoya
bilan javob berdi yoqimsiz ovoz».
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
609
Taniqli dirijor Shari Myunsh o‘zining «Men dirijorman» kitobini shunday boshlaydi. O‘sha
paytlarda yosh sozanda bolgan Shari Myunshning achchiqlanishiga sabab bo‘lgan ushbu suhbatda
berilgan savollar vaqti-vaqti bilan boshqa tinglovchilarda ham tug’ilib tursa ajab emas.
Haqiqatan ham, frak kiyib, orkestr tepasida turgan va musiqa yangrayotgan bir paytda
qo‘llarini silkitib turgan odamning haqiqiy roli nimadan iborat?
«Dirijor» so‘zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar «Dirident», italyanlar
«Diridente», fransuzlar «Shef orkestre», inglizlar «Konduktor» deydilar.
Har qaysi tilda ham bu so‘z rahbar, boshliq, direktor ma‘nosini anglatadi. Shunday qilib,
dirijor bu - orkestr jamoasining rahbaridir. Uning asosiy vazifasi — bu jamoaning hayoti faol va
yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lishini nazorat qilishdan iborat. Dirijor sozandalar musiqiy asarni
uyg‘unlikda ijro etishlari, ular asarni birga boshlab, birga tugatishlari, o‘z cholg‘ularini bir
maromda chalishlari, pauzalarni vaqtida ushlab, bir maromda kuy boshlashlarini ta‘minlaydi.
Dirijor sozandalar ijrosini yagona ritm va tempga moslashtirishi, ularni ijroga yo‘naltirish uchun
belgi berishi lozim.
Darvoqe, uzoq vaqt davomida ko‘pchilik, dirijor vazifasi faqat orkestrning yagona ritmdagi
ijrosini ta’minlashdan iborat, deb tushunar edi. Aslida esa dirijorlik kasbi juda murakkab va
qiyindir. U juda katta aqliy va asabiy mehnat, doimiy jismoniy quvvat talab qiladi. Demak, dirijor
mustahkam salomatlikka va chidam hamda bardoshga ega bo‘lishi zarur. Uning uchun zarur
bo‘lgan o‘zini qo‘lga ola bilish xususiyati ham salomatlik va asab tizimining ahvoliga bog‘liq.
Dirijor 100 dan ortiq musiqachilar faoliyatining asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Uning
roli qisman rejissor roliga o‘xshab ketadi. Rejissor — teatrdagi sahna asarining badiiy rahbari,
spektaklni tayyorlash borasidagi barcha ishlarning boshini birlashtirib turadi. Dirijorni ham
bevosita orkestrning rejissori deb qarash mumkin.
Lev Tolstoyning «San‘at o‘zi nima?» deb nomlangan mashhur maqolasida shunday so‘zlar
bor: «San‘atning faoliyati — bir marotaba boshdan kechirgan hissiyotni o‘zida tiklab, so‘z orqali
ifoda etilgan harakat, bo‘yoq, tovushlar, timsollar yordamida ushbu hissiyotni boshqalar ham
boshdan kechira oladigan tarzda yetkazib berishdan iborat.
San‘at — bu insonga xos shunday faoliyat turiki, uning vositasida bir inson o‘z boshidan
kechirayotgan hissiyotlarni tashqi belgilar orqali boshqalarga yetkazadi, ular esa bu hissiyotni o‘z
qalblariga ko‘chiradilar. dildan his etadilar». Bu e‘tirof dirijorlik san’atiga bevosita taalluqlidir.
Bunda dirijorning emotsional ta‘sir kuchi, uning boshqalarga hissiyotlarni yetkaza bilish qobiliyati
muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, u o‘z hissiyoti bilan orkestrni rom etishi, so‘ng esa u bilan
birga tinglovchilarni sehrlab qo‘yishi darkor. Aynan emotsional ta‘sir ko‘rsata olish xususiyati
ko‘p jihatdan dirijorning iste‘dodi, uning artistlik mahorati va ishi sifatini belgilaydi. Boshqalarga
o‘z hissiyotini yetkaza bilish qobiliyati dirijor ijodining mustaqilligi, qolaversa, ilhom belgisidir.
Tom ma‘nodagi ilhom - bu emotsional samimiylik, chuqur intellekt, san‘atkorona temperament,
idrok, erkinlik va intizom, o‘zini boshqarish, yuksak mahorat, va nihoyat, bu haqiqiy yorqin
iste‘dod hamda aqliy mehnat demakdir. Shu o‘rinda ajoyib dirijor A. M. Pazovskiyning «Dirijor
qaydlari» kitobidan Artur Toskanini haqidagi quyidagi mulohazalarini keltirish joiz:
«Shaxsan mening fikrimcha, Arturo Toskanini zamonamiz dirijorlik san‘atining eng
yuksak cho‘qqisiga erishgan insondir. Uning daholigi, ulkan iroda kuchi, romantik insonga xos
individuallik va hissiyotchanligi, muallif matnini yorqin va o‘ziga xos tarzda o‘qiy bilishi, o‘zining
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
610
artistlik qobiliyatini kompozitor shaxsiyati va musiqasi bilan uyg‘unlashtira olishi, bu musiqaning
obrazliligini yanada chuqurlashtirib, uning shaklini kamol toptirishdan iboratdir».
Shu bois dirijorning o‘zi, avvalo, musiqiy asarning g‘oya va mohiyatini chuqur anglashi,
shundan so’nggina uni orkestrga yetkazib, musiqachilar uning maqsadlarini amalga oshirishlariga
erishishi lozim. Dirijor partituradagi unsiz nota belgilariga hayot ato etishi lozim. Bunda u
musiqani to‘g‘ri talqin etishi zarur. O‘z ishini yaxshi bilmaydigan yoki iste‘dodsiz dirijor
tomoshabin oldida, hattoki eng ajoyib musiqiy asarni ham barbod qilishi mumkin. Ayniqsa, asar
yangi, hali ko‘pchilikka notanish bo‘lsa. Shuning uchun yangi asarni ijro etishda dirijor juda
ehtiyot bo‘lishi kerak. Chunki uni avval eshitmagan tinglovchi dirijor xatolarini bastakorniki deb
o‘ylashi mumkin.
Albatta, har qanday eng mahoratli, yuksak iqtidor sohibi bo‘lgan dirijor ham yomon
musiqani yaxshi qilolmaydi. Biroq musiqiy asarning noyob tomonlarini ochib berish, yoki muallif
g‘oyasini buzib ko‘rsatgan holda, bunday xususiyatlarni yashirish - faqat dirijorga bog‘liq. Shu
bois Rimskiy-Korsakovning «Dirijorlik – qorong‘u ish» degan iborasi qaysidir ma‘noda shu
kungacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Garchi o‘sha paytlardayoq Rimskiy-Korsakovga
javoban Ippolitov-Ivanov «Bu ish faqat dirijorlik texnikasi asoslari bilan tanish
bo’lmaganlargagina «qorong‘u ekanligini» aytgan bo‘lsa-da, bunday asoslarni nazariy jihatdan
ishlab chiqish ishi to‘liq yakunlangan deyish qiyin. Barcha musiqachilar kabi, dirijor ham
musiqaning elementar nazariyasini, solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqiy asarlar tahlilini
yaxshi bilishi kerak. Shuningdek, u inson ovozi haqida umumiy ma‘lumotlarga ega bo‘lishi,
cholg‘ushunoslik, musiqa tarixi, estetika va boshqa kerakli sohalardan bohabar bo‘lmog‘i lozim.
REFERENCES
1.
Ergash Toshmatov “DIRIJORLIK” Xalq ijodiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari
uchun darslik O‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI
TOSHKENT – 2008-yil. 9-10-11 betlar.
2.
Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ
ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ: Моянов Ыкласбай Жийенбаевич Ўзбекистон
Давлат санъат вамаданият институти Нукус филиали,«халқ ижодиёти» кафедраси в.
в. б доценти. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) //Образование и
инновационные исследования международный научно-методический журнал. –
2021. – №. 5.
3.
Moyanov I. TRAINING AND DEVELOPMENT OF ART PERSONNEL //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 65-69.
4.
Jiyenbaevich M. I. The evolution of music pedagogy of the karakalpak people: Historical
and theoretical aspects //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. –
2021. – Т. 11. – №. 10. – С. 27-32.
5.
Jiyenbaevich M. I. Competence-based approach in higher musical and professional
education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022.
– Т. 12. – №. 4. – С. 42-47.
