Authors

  • Nargiza Jo‘rayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58065

Keywords:

Abdulla Qahhor hikoya janr realistik qahramonlar o‘tmish zamonaviy mahorat Dahshat muloqat munosabat.

Abstract

Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning badiiy uslubi va soʻz tanlash mahorati hamda hikoyalaridagi obrazlarning tasviri atroflicha yoritib berilgan. Hikoyalarining o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan.

background image

872

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ABDULLA QAHHORNING BADIIY USLUBI VA SOʻZ TANLASH MAHORATI

Jo‘rayeva Nargiza Farrux qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14539826

Annotatsiya. Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning badiiy uslubi va soʻz tanlash mahorati

hamda hikoyalaridagi obrazlarning tasviri atroflicha yoritib berilgan. Hikoyalarining o‘ziga xos

xususiyatlari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: Abdulla Qahhor, hikoya, janr, realistik, qahramonlar, o‘tmish,

zamonaviy, mahorat, Dahshat, muloqat, munosabat.

ХУДОЖЕСТВЕННЫЙ СТИЛЬ АБДУЛЛЫ КАХХОРА И ВЫБОР СЛОВА

Аннотация. В этой статье подробно рассмотрен художественный стиль Абдуллы

Каххора и умение выбирать слова, а также образы героев его рассказов. Описаны

особенности их рассказов.

Ключевые слова: Абдулла Каххор, рассказ, жанр, реалистический, персонажи,

прошлое, современность, мастерство, Ужасы, диалог, мироощущение.

ABDULLA QAHHOR'S ARTISTIC STYLE AND WORD CHOICE SKILLS

Abstract.This article examines in detail the artistic style of Abdullah Kahhor and his ability

to choose words, as well as the images of the heroes of his stories. The features of their stories are

described.

Key words: Abdullah Kahhor, story, genre, realistic, characters, past, modernity, skill,

Horror, dialogue, attitude.

Abdulla Qahhor bosib oʻtgan hayot yoʻli ham, ijod yoʻli ham vijdon yoʻli edi. U soʻnggi

nafasigacha millat dardi bilan yashadi…

Ibrohim Haqqul

Mohir hikoyanavis, yozuvchi hamda oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri

Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabr Qoʻqon shahrida dunyoga kelgan. A.Qahhorning bolaligi

Fargʻona vodiysining koʻplab qishloqlarida kechgan. Abduqahhor aka temirchi boʻlgani bois oilasi

bir yerda muqim yashamagan. Bu qishloqdan u qishloqqa tirikchilik uchun yoki boshqa sabablarga

koʻra koʻchib yurishga majbur edilar.

Adibning hayot voqealari uning dunyoqarashi bilan oʻsha davr voqea rivojini yaqqol

tasvirlaydi. Uning aksariyat hikoyalari ijtimoiy tahlili va oʻsha zamon ruhini aks ettirishi bilan

boshqalardan ajralib turadi.


background image

873

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Bundan tashqari insonning ichki dunyosi haqiqiy maqsadlari va oʻzgalarga munosabati, har

qanday vaziyatlardan ustaomonlik bilan chiqib keta olishini adib juda ham chiroyli tasvirlangan.

A.Qahhor koʻpincha oʻzining hikoyalarida ijtimoiy va maʼnaviy muammolarni

yoritadi.Oʻsha davrda yuz berayotgan ijtimoiy adolatsizlik, turli guruhlar oʻrtasidagi oʻzaro

ziddiyatlar,inson oʻz oʻzini topishga intilishi ,ayollarni oʻz erkinligi uchun kurashi, toʻyda

boʻlayotgan bir kishining baxtsizliklari, vaqt oʻtgani sari turli holatlarni boshdan kechirgan

odamlar, sanʼatning qudrati, sanʼat va odamlar oʻrtasidagi munosabat, uning samimiy,ruhiy,

psixologik holatlariga oid mavzularni ochib beradi.

Hattoki Abdulla Oripov Abdulla Qahhor oʻzbek adabiyotining buyuk ijodkorlaridan biri

deb biladi. Uning asarlarida inson ruhiyati,orzulari , kelajakka boʻlgan umidlarini insonni ichki

dunyosini chuqur tahlil qilgan, jamiyatdagi nohaqliklarni mohironalik bilan tasvirlagan yozuvchi

sifatida uning asarlari nafaqat badiiy balki maʼnaviy va ijtimoiy jihatdan ham juda kuchli

yaratilgan. A Qahhorning badiiy uslubi, soʻz tanlashdagi mahorati alohida eʼtiborga loyiqdir.

Uning “Xotinlar” hikoyasi Oʻzbek adabiyotida oʻziga xos alohida oʻringa ega.Bu hikoya

asosan ijtimoiy masani oʻrganib ,oiladagi xotin qizlarni oʻrni ,ular duch kelgan muammo va

qiyinchiliklar hamda odamlarni oʻzgarib borayotgani yoritiladi. Bu asar gʻoyasida xotinlarning

hayoti, ular barcha qiyinchiliklarga qaramay kun kechirayotgani, tirikchilik ilinjida hatto

traktorchilik ham qilishgani ham alohida oʻringa ega. Risolat, Bahri, Qumrinisa,juvonva Asqar ota

obrazlari jamiyat hayotini yaqqol ochib beradi. Haqiqatdan ham oʻsha davrda ayollarning

jamiyatdagi oʻrni past boʻlgan bundan tashqari oʻzlarining huquqlari erkinliklari va mustaqilligi

uchun kurashlarda bazan oʻz orzularidan ham voz kechishgan .Oʻsha davr hayotidagi ayollarning

ikkita yoʻli boʻlgan.Biri hayotida boʻlayotgan yaxshi va yomon oʻzgarishlarni indamay qabul

qilishi,ularga bosh egishi ,ikkinchisi esa qiyinchiliklarga qaramay haq va adolat yoʻlida

Toʻmarisdek mardonavor kurashishi.Oʻsha davr oʻzbek jamiyatida ayollar uchun ananaviy va

stereotipik rol oʻrnatilgan.

Stereotipik — oʻzgarmas,notoʻgʻri fikrlashga asoslangan tasavvurni anglatadi.Stereotipik

ayol deganda notoʻgʻri tasavvur, ayollarni zaif faqatgina uy ishlarini bajaradigan passiv rol

oʻynovchi fikr ekanligi tushuniladi. Bu tushuncha ijtimoiy adolatsizlikka, kamsitishga sabab

boʻladi.

Abdulla Qahhor hikoyalarini mazmuni va janr xususiyatlarigako‘ra ikki guruhga ajratib

tahlil etish mumkin. Bularning bir guruhini o‘tmish haqidagi hikoyalar tashkil qilsa, ikkinchi

guruh hikoyalarning bosh qahramonlari zamondoshlarimizdir.Yaqin o‘tmishdagi o‘zbek

voqeligi “Anor”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Tomoshabog‘”,“Millatchilar”kabi hikoyalarda aks

etgan. Keyinchalik esa, adib o‘tmish mavzusida yana “Dahshat”hikoyasini yaratdi.


background image

874

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Shuningdek,, “O‘tmishdan ertakla”qissa deb atalgan bo‘lsa-da, mohiyati bilan ayrim-

ayrim hikoyalardan tashkil topgan. Shuning uchun ularni ham adibning o‘tmish haqidagi asarlari

deb bilish mumkin.Abdulla Qahhor qissa va roman janrlarini taraqqiy etishiga ham salmoqli

hissa qo‘shdi. U “Sarob”, “Oltin yulduz”, “Qo‘shchinor chiroqlari”, “Sinchalak”, “O‘tmishdan

ertaklar”, “Muhabbat” singari ajoyib roman va qissalar yozib, katta janrda ham mohir san’atkor

ekanini isbotladi. Yozuvchi ajoyib o‘xshatishlar, go‘zal sifatlashlar, original mubolag‘alar

va metoforalar, hikmatli so‘z va iboralar yaratish orqali o‘z fikrini g‘oyat siqiq va obrazli

qilib ifodalaydi.Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining rivojida Abdulla Qahhorning hissasi

nihoyatda katta. “Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyachiligining zamonaviy jahon hikoyachiligi

darajasiga ko‘tardi va o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi.

Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon navalistik adabiyotining eng

yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin” deb yozgan edi rus tanqidchisi.Abdulla

Qahhorning izchil realistik uslubda yozilgan hikoyalarining ko‘pchiligiurush yillarida va

urushdan keyingi davrda yaratilgan. Bular “Ko‘k convert”, ”Qizil convert”, “Kampirlar sim

qoqdi”, “Xotinla”, “Asror bobo”, “Beshik”, “Mahalla”, “Nurli cho‘qqilar”kabilardir. Albatta,

ularning hammasi ham bir xil darajada badiiy yuksakemas. Ularning ichida mazmunan

sayozroqlari ham, uncha pishiq ishlanmaganlari ham bor. Lekin shu bilan birga, hech

shubhasiz, adabiyotimizning oltin fondidan o‘rin oladiganlari ham bor. Bu gap, ayniqsa, “Ming

bir jon”va “Asror bobo” hikoyalariga taalluqlidir.“Ming bir jon”-insonning hayotga muhabbatini,

umuman, hayotning qudratini, inson irodasini ulug‘laydigan hikoya. Bu hikoya noumid

odamlarning ko‘nglida umid chirog‘ini yoqadi, ularni yashash uchun kurashga chorlaydi, umr

yo‘lidagi har qanday, g‘ovlarni sabot va bardosh bilan yengishga o‘rgatadi. Hikoyani o‘qir

ekanmiz, Mastura obrazi misolida chinakam o‘zbek ayolining jasorati, hayotga bo‘lgan

shijoati, bir insonning hayotga bo‘lgan muhabbati, so‘nmas irodasi timsoli desak adashmagan

bo‘lamiz. Masturaning turmush o‘rtog‘ining o‘z ayoliga bo‘lgan vafodorligini, u bilan besh yil

mobaynida bitta shifoxonada kasallar orasida sog‘bo‘lsada, ayoli uchun yashagan bir insonni

ko‘rish mumkin. U umrining oxirigacha o‘z ayoliga sadoqat bila sobit turdi va albatta

farovonlikka erishishdi. Masturaning ruhiyati har vaqt hayotga bo‘lgan tashnalik, kamtarlik

sezilib turadi.

“O‘g‘ri”hikoyasini tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman mo‘jaz bu

hikoyada badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini ochishga qaratilmagan

bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim, ikkinchi darajali badiiy unsurning

o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil qilgandek, mazkur hikoyani ham tekstual usulda

o‘rganish samarali bo‘ladi. “O‘g‘ri” hikoyasi matni ustida ishlashni quyidagicha tashkil

qilish mumkin. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi asosida kitobxonga o‘zgalar baxtsizligi


background image

875

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

evaziga kun ko‘ruvchi manfaatparast kimsalarga nafrat, zulmga isyon hissini shakllantirish,

asardagi obrazlarni tahlil qilish, yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati va istiqlol mohiyatini

anglatishdan iborat.Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri”hikoyasining tahlili.“O‘g‘ri” da ham oddiy xalq

hayotidan biri Qobil bobo. U asarda jabrdiydachol bo‘lib tasvirlanadi. “Dahshat” hikoyasidagi

dodho bilan bir zamonda yashasada, biroq undan farqi katta. Dodho boy-badavlat, sakkizta xotini

bo‘lishi bilanbirga, aql-farosati ham joyida zulmkor shaxs bo‘lib tasvirlanadi. “O‘g‘ri”

qahramoni haddan tashqari go‘l, nodon odam, uning faolligi ham aslida nodonlik, go‘llik oqibati;

u o‘z raqiblariga qarshi turish, ularni dushman deb bilish o‘rniga, ularga o‘zini yaqin oladi,

dushman bilando‘st tutinadi, ulardan yaxshilik kutadi, ularning ketidan tinmay yuguradi. Qobil

boboning eng qaltis, ayanchli vaziyatdagi holati ham, najot yo‘lidagi faol xatti-harakatlari

ham kitobxonga kulgili bo‘lib tuyulaveradi. Ammo shu o‘rinda bu kulgu fosh etuvchi

tahqirlovchi kulgi emas, bu kulgi zamirida oddiy odamga nisbatan zo‘r hurmat, oddiy odamni shu

kuylarga solib qo‘ygan muhitga nisbatan kuchli nafrat bor. Qobil bobo kulgili bo‘lib ko‘ringan

xatti-harakatlari bilan ham kitobxon simpatiyasini o‘z tomonigatortadi. Kitobxon uning

nodonlarcha qilgan xatti-harakatlarini ko‘rib kuladi, ayni vaqtda uning nochor ahvoliga

achinadi, qayg‘uradi. Ma’lumki, asarda Qobil bobodan tashqari yana bir necha salbiy

personajlar –ellikboshi, amin, pristav obrazlari bor. Asarda bu obrazlarning yoshi ko‘rsatilmagan

bo‘lsa-da, ular ham oddiy xalq hayotidan deb hisoblaymiz. Chunki ellikboshi ham ko‘rdi,

amin deganda yoshi ellik besh-oltmish besh yoshlardagi, qorin solgan keksa avlodni tushunamiz.

Hikoya voqeasi davomida Qobil boboular bilan bir necha bor to‘qnashadi. Yozuvchi

mahorati shundaki, salbiy personajlar tasvirida ham asarning umumiy ruhiga mos ritmika to‘la

saqlanadi, salbiy personajlar bilan bog‘liq hodisalar ham kulgili tarzda davom etaveradi.

Ammo gap salbiy personajlar ustiga ko‘chganda kulgining xarakteri o‘zgaradi, u

qahrli, kinoyali –kesatiq tusini oladi. “Qobil boboning qo‘shnisi –burunsiz ellikboshi kirdi.

og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni

chaqirdi va pang tovush bilan dedi:-Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi!A.Qahhor

“O‘g‘ri” hikoyasida takabbur amaldorlar qiyofasini cheksiz istehzo bilan ko‘rsatadi. Hikoyada

ho‘kizini o‘g‘ri urganidan nima qilishini bilmay “dag‘-dag‘titrab, tizzalari bukilib-bukilib

ketayotgan, ko‘zlari jovdirab hammaga qarasada hech kimni ko‘rmayotgan Qobil bobo”

huzuriga iltijo bilan kelganida amin uni “og‘zini ochmasdan qattiq kekirib, baqbaqasini

osiltirgancha kulib” bepisandlik bilan qarshi oladi. Adib uzundan-uzun tafsilotlarsiz bu

amaldorning bo‘kkanicha miriqib ovqatlangani, kunlari yeb-ichish, maishat bilan o‘tganidan

semirib, boqilgan ho‘kizday baqbaqasi osilib ketganiga e’tibor qaratadi. Qobil bobo iltijo qilib,

qo‘l qovushtirib ro‘parasida turgan paytda uyat, andishani, kambag‘al bechoralarni hurmat

qilishni unutgan amin “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi” degan.


background image

876

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Kambag‘al-bechora chol bilan takabbur amaldorning muloqot-munosabati, harakat-holatlari

romanlardagidek keng batafsil tasvirlanmasa-da, “O‘g‘ri”da bechora bir insonning tahqirlanishi

manzarasi aniq namoyon qilingan. Ko‘rinib turibdiki, mohiyat e’tibori bilan amin ellikboshining

o‘zginasi, u ham kambag‘alga aslo qayishmaydi, cholni laqillatadi, paytdan foydalanib bir narsali

bo‘lib qolishini o‘ylaydi. Lekin u ellikboshidan farqli o‘laroq, asl qiyofasiniyashirib o‘tirmaydi,

cholni bemalol masxaralaydi, odob-axloq qoidalarini bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib, beibo xatti-

harakatlar qiladi. Keksa kambag‘al choldan uyalmasdan pora so‘raydi. Qobil bobo keksa avlod

vakili. U dodhodan farqli o‘laroq, azob, qayg‘u-sitam, xo‘rlanishlar qurboniga aylanadi.“O‘g‘ri”

hikoyasidagi хаlq hayotining ifodalanishini ko‘rib chiqdik. Bu hikoyalarning yozilish davri

bir bo‘lib, bitta zamon va makon yoritiladi. Bu davrdan chiqib, keyingi o‘n yigirma yillik davr

ichida yozilgan asarlaridagi хаlqhаyotidagi ma’naviy qashshoqlik oldingi asarlaridan ancha farq

qiladi.

Xulosa qilib aytganda, adabiyotimizning yirik vakili, o‘zbek professional prozasining

oyoqqa turishida tinimsiz mehnat qilgan yozuvchi Abdulla Qahhor ijodi necha o‘n yillardan buyon

xalqimizning ongu shuurini band etib kelmoqda. Adibning badiiy mukammal hikoyalari,

qaytarilmas xarakterlar talqini joy olgan qissa, roman va pesalari, aforizm darajasidagi tesha

tegmagan fikrlari hali uzoq yillar ko‘p avlodlar uchun mulohaza obyekti bo‘lib qolishi

shubhasizdir. Adibning mo’jaz hikoyalari bag’riga olam olam mazmun sig’dira bilishi, har bir so’z

jumla ustiga chuqur fikr yuklay olish mahoratiga tam beramiz . Uning asarlari hech qachon o’z

muxlislarini yo‘qotmadi.

REFERENCES

1.

Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK

TA’LIMOTI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

2.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY

QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

3.

Sharipova,

M.

(2023).

MAKTABGACHA

TA’LIM

TASHKILOTIDA

SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

4.

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046

Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

5.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI

ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI.

Journal of Research and

Innovation

,

1

(10), 45-52.


background image

877

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

6.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI

MAROSIMINING BADIIY TALQINI.

Научный Фокус

,

1

(2), 1091-1095.

7.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH

BOSQICHLARI, METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI.

Научный Фокус

,

1

(2),

1096-1100.

8.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY

TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

35

(35).

9.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI

NUTQNING

IJTIMOIY-PEDAGOGIK

FUNKSIYALARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

32

(32).

10.

Sharipova, M., Ro’ziboyeva, Z., & Yovqocheva, H. (2024). FEATURES OF

ACHIEVEMENT OF A CAREER IN PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM.

Modern

Science and Research

,

3

(5), 1370-1376.

11.

Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA

MOTIVLAR TAHLILI.

SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR

JURNALI

,

2

(4), 343-349.

12.

Шарипова, М. Б. (2024). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИЗУЧЕНИЯ

ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА.

International Journal of Formal Education

,

3

(4), 77-82.

13.

Bakhshilloevna, S. M., & Akmalovna, A. M. M. (2024, February). SCIENTIFIC AND

THEORETICAL FOUNDATIONS OF AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN OF

PRESCHOOL AGE. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-

CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF

IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp.

49-51).

14.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.

In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.

(Vol.

3, No. 1, pp. 73-82).

15.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ

ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ

МЕТОДОЛОГИИ. In

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC

AND

PRACTICAL

E-

CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF

IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 6-

13).


background image

878

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

16.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ

КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ

ОСНОВЫ. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"

MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING

THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 18-25).

17.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

18.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

19.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

20.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

21.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY

TA'LIM TIZIMI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

32

(32).

22.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA

MAROSIMLARNING O ‘RNI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

30

(30).

23.

Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO

ETILADIGAN

URF-ODATLAR

TASVIRI

(“ALPOMISH”

DOSTONI

MISOLIDA).

Scientific progress

,

2

(7), 1125-1129.

24.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF

DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.

In

INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.

(Vol.

3, No. 1, pp. 73-82).

25.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ

ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ

МЕТОДОЛОГИИ. In

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC

AND

PRACTICAL

E-

CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF

IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 6-

13).

26.

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ

КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ

ОСНОВЫ. In

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"

MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING

THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech

(Vol. 1, pp. 18-25).


background image

879

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

27.

Sharipova,

M.

(2023).

“ALPOMISH”

EPOSINING

QADIMIYLIGI

VA

AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

28.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

29.

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-

BAIIY XUSUSIYATLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

30.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY

TA'LIM TIZIMI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

32

(32).

References

Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK TA’LIMOTI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI. Journal of Research and Innovation, 1(10), 45-52.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA SUNNAT TO ‘YI MAROSIMINING BADIIY TALQINI. Научный Фокус, 1(2), 1091-1095.

Baxshilloyevna, S. M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O ‘RGANISH BOSQICHLARI, METODLARI HAMDA KUYLASH ETOSI. Научный Фокус, 1(2), 1096-1100.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IFODALI NUTQNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).

Sharipova, M., Ro’ziboyeva, Z., & Yovqocheva, H. (2024). FEATURES OF ACHIEVEMENT OF A CAREER IN PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM. Modern Science and Research, 3(5), 1370-1376.

Baxshilloyevna, S. M. (2024). ARXAIK EPOSNING SUJET STRUKTURASIDA MOTIVLAR TAHLILI. SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI, 2(4), 343-349.

Шарипова, М. Б. (2024). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИЗУЧЕНИЯ ГЕРОИЧЕСКОГО ЭПОСА. International Journal of Formal Education, 3(4), 77-82.

Bakhshilloevna, S. M., & Akmalovna, A. M. M. (2024, February). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 49-51).

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ МЕТОДОЛОГИИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 6-13).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 18-25).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY TA'LIM TIZIMI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA MAROSIMLARNING O ‘RNI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 30(30).

Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA). Scientific progress, 2(7), 1125-1129.

qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. In INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS. (Vol. 3, No. 1, pp. 73-82).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). ТЕОРИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ ЭРИКА ЭРИКСОНА СРЕДИ ДРУГИХ ПОДХОДОВ И НАУЧНОЙ МЕТОДОЛОГИИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 6-13).

Шарипова, М. Б., & Неъматуллоева, М. (2024, February). КОМПЛЕКСНАЯ КОНЦЕПЦИЯ РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ И ЕЕ НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech (Vol. 1, pp. 18-25).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” EPOSINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-BAIIY XUSUSIYATLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK-MADANIY TA'LIM TIZIMI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 32(32).