2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
253
BANKLARNING LIKVIDLILIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Xolbayev Samandar Abduqulovich
Bank-moliya akademiyasi magistri.
BIA MSc-36 guruh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14543568
Annotatsiya. Har bir mamlakat iqtisodiyotida banklar muhim o’rin egallaydi, va shu bilan
birga iqtisodiy va moliyaviy rivojlanishlar bank tizimida ham ijobiy o’zgarishlar va
rivojlanishlarga sabab bo’ladi. Quyida bank likvidliligiga tasir etuvchi omillarni ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar: likvidlilik, bank aktivlari, kredit resurslari, risklilik, diversifikatsiya, pul
oqimlari, depozitlar.
Bank likvidliligiga tarif keltiradigan bo’lsak, bankning majburiyatlarini o’z vaqtida va
to’liq bajar olish imkoniyati bo’lib hisoblanadi, shunga ko’ra bank aktivlaring eng likvidlisi pul
mablag’lari bo’lib, bank mijozlaring to’lov qobiliyati yuqoriligi yoki kam daromadliligi bankning
faoliyatiga ham uzviy tasir ko’rsatadi. Bu muammolar o'z ichiga mablag'lar to'plash va egasi
bo'lgan kreditlarni qaytarishning qiyinchiliklari, bank depozitlaridan mablag'lar sarflash va
banklarga qo'shimcha mablag'lar kiritish zaruriyatini chaqiradi.
Likvidlik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va ularning
to’lovga qobiliyatli bo’lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidligi ularning to’lov qobiliyati va
ishonchli bo’lishini ta’minlashda zarur kategoriya hisoblanadi. Tijorat banklarining mijozlar va
kreditorlar oldida o’z imidjini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to’lov
qobiliyati mustahkam bo’lishi lozim. Bank likvidligi bo’yicha risklarning ortishiga ta’sir qiluvchi
bir qancha omillar mavjudki, bu omillar bank likvidligiga alohida ahamiyat berishni va bank
likvidligi bo’yicha xatarni doimiy ravishda kuzatib borishni talab qiladi. Shu sababli banklar o’z
daromadidan kechib bo’lsa ham, likvidlikni saqlab turishga majbur. O’z navbatida, resurslar
banklarning daromadliligini oshirish maqsadiga yo’naltirilsa, unda bu bankning likvidligiga ta’sir
ko’rsatadi.
Bank sohasida likvidlilik, turli omillar orqali oshirilishi mumkin:
1.
Naqd pul mablag'lari
: Banklar uchun likvidlikning asosiy manbai nakd mablag'lar
hisoblanadi. Bu mablag'lar, bankning depozitlari, xalqaro valyutadagi mijozlar tomonidan amalga
oshirilgan valyuta almashtirish operatsiyalari natijasida olish, omonatlarni olish va sotish va
boshqa bank faoliyatlaridan ortiqcha mablag'lar hisoblanadi.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
254
2.
Qisqa muddatli sertifikatlar
: Banklar o'zlariga murojaat qilingan yoki boshqa tashqi
manbalardan kichik muddatli sertifikatlar sotib oladilar.
3.
Bu sertifikatlar, bankning mablag'larini muddati tugagan kreditlarga investitsiyalashni
yaxshi hisoblashi mumkin bo'lgan muddatli maqsadli mablag'larini olib borish uchun ishlatiladi.
4.
Korporativ qimmatli qog'ozlar
: Banklar, korporativ qimmatli qog'ozlar, masalan,
qog'ozlar bozorida bozorlik qilish orqali yoki korxonalar hissasi bilan investitsiyalash orqali
likvidlikni oshirishadi.
5.
Banklararo bozorlar
: Banklar o'zaro moliyalashish orqali ham likvidlikni oshira
olishadilar. Bu banklar orasidagi kichik muddatli kreditlar, omonatlar va qarzlar orqali amalga
oshiriladi.
6.
Boshqa moliyaviy vositalari
: Banklar, moliyaviy munosabatlarni oshirish uchun boshqa
moliya vositalaridan foydalanishlari mumkin, masalan, banklarning depozitlari, xorijiy banklar
orqali kreditlar va boshqa moliyaviy vositalar.
Bu omillar banklar uchun likvidlikni oshirishda asosiy vositalardir va ularga o'rtacha pul
miqdori, kredit portfeli tuzilishi va boshqa moliyaviy omillar bo'yicha duch kiritish orqali e'tibor
beriladi.
Banklar likvidligini
ob’ektiga ko’ra, manbasiga ko’ra, vaqtinchalik xususiyatiga ko’ra,
to’lov mablag’larining turi bo’yicha,
ajratib, tahlil qilishimiz mumkin. Banklararo bozorning
rivojlanishi vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini banklar o’rtasida qayta taqsimlanishiga
imkoniyat tug’diradi. Undan bank o’zining likvidligini ta’minlashi uchun turli xil muddatda
mablag’larni jalb etishlari mumkin, xususan, bir kundan to bir necha oygacha bo’lgan muddatni
tashkil etadi. Bu mablag’larni banklararo kredit resurslari bozoridan qay darajada jalb qilishi
iqtisodiy kon’yunkturaga, bank nufuziga va banklararo bozordagi boshqa tijorat banklarining
faoliyati bilan bog’liq. Banklararo kredit resurslari bozori mamlakatimizda o’z faoliyatini
yuritmoqda, unda bank resurslarini sotish va sotib olish indikatorlari e’lon qilinadi va qatnashish
huquqini olgan banklar bo’sh to’rgan bankning resurslarini sotadi, o’zining majburiyatlarini
bajarish uchun etishmagan mablag’larini boshqa banklarning mablag’lari hisobidan jalb qiladi.
Bu jarayon banklararo bozordagi eng arzon va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bunda
bank o’zining resurslarini mijozlar uchun joylashtirmasdan, balki boshqa banklarga o’zining
bo’sh turgan resurslarini joylashtirish siyosatini olib boradi.
Daromad keltiruvchi aktivlarning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, ular shunchalik bankka
daromad olib keladi. Bunda bank yuzaga keladigan xatolarni o’z zimmasiga oladi.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
255
Aktivlarning tarkibini tartibga solish uchun idrokka tayanishni taqozo etadi. Bank
rahbarining foyda olishga to’xtovsiz intilishi aktivlar bilan bir vaqtning o’zida likvidlikni ham
yo’qotib qo’yishi mumkin.
Aktivlarning diversifikatsiyalanishi bank likvidligiga va uning umumiy faoliyatiga ijobiy
ta’sir etuvchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Ularning diversifikatsiyalanishida bank aktivlari,
kredit qo’yilmalari, qimmatli qog’ozlar portfeli, xorijiy valyutalar tarkibi va boshqa shu kabi
ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi.Aktivlar qanchalik diversifikatsiyalangan bo’lsa, bankning
likvidlik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Banklarda depozitlarning sifati ularning
barqarorligiga bog’liq. Depozitlar qanchalik barqaror bo’lsa, bank likvidligi ham shunchalik
yuqori bo’ladi. Ular yuridik va jismoniy shaxslarning bo’sh to’rgan pul mablag’lari hisobidan
muddatli, jamg’arma va talab qilib olinguncha depozitlar (omonatlar), jamg’arma (depozit)
sertifikatlari, boshqa depozitlarning turlari bilan shakllanadi. Depozitlarning barqaror qismining
ko’payib borishi bankning likvidli mablag’lariga bo’lgan talabini kamaytiradi.
Ma’lumki, tijorat bankining likvidligi to’g’ridan-to’g’ri, bankdagi hisobvaraqlar orqali
o’tuvchipul oqimlarining xususiyatlari bilan bog’liq. Aynan, tijorat banklarining xususiyati pul
oqimlari tizimi sifatida, bank likvidligi tushunchasining o’ziga xos komponenti sifatida aloqa
qiladi, bunda likvidlik tijorat bankining mavjud majburiy sharti bo’lib qoladi. Bank uchun
eng muhimi hozir va kelajakda kirim va chiqim qilinadigan pul oqimlarining muvozanatini
ta’minlashning real va potentsial imkoniyatlari zarur. Tijorat bankining likvidligi dinamik
holatda bo’lganda, u balansning statistik ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi va likvidlik
darajasining o’zaro nisbatini aniqlash orqali belgilanadi. Pul oqimlarida yuzaga keladigan
salbiy tafovutlar zaxira manbalarining hisobidan qoplanishi mumkin.
Fikrimizcha, pul mablag’larini resursi sifatida qisqa muddatga bankka jalb qilish, ularni
uzoq muddatli aktivlarga joylashtirish, iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik natijasida mablag’ning
chiqib ketish jarayonlari bankning likvidlik darajasini pasaytiradi, va aksincha, xalqaro
kapitallarning banklarga kirim qilinishi bankning likvidlik darajasini oshiradi. Shu bilan birga,
bank likvidligining o’zgarishiga «bankka jalb qilingan resurslarga belgilangan foiz stavkasi bilan
milliy valyuta kursining o’zgarishi», kreditlar va depozitlar uchun o’rnatilgan foiz stavkalari ham
ta’sir etadi.
REFERENCERS
1.
Lopomo Beteto Vegner, D. (2020). Likvidlik siyosati va moliyaviy zaiflik. Iqtisodiyot va
moliya xalqaro sharhi, 70, 135–153.
2024
DECEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 10
256
2.
Rakhimov, A. (2021). Issues Of Increasing Customers Satisfaction Grade With Banking
Services. International Finance and Accounting, 2021(2), 15.
3.
Rakhimov, A., & Mamadjonov, S. (2022). Market Risks In Commercial Banks: Methods
Of Assessment And Analysis. European Journal of Research Development and
Sustainability, 3(3).
4.
Berdiyarov B. (2020) Impact of the monetary policy of the central bank on the banking
system liquidity. International Journal of Economics, Business and Management Research.
www.ijebmr.com, Volume 4, Issue 1, ISSN 2456-7760.
5.
Making Public in a Privatized World David A. McDonald London, United Kingdom ZED-
BOOKS-LTD 2016 Paperback
6.
Mamarasulov U.M. Iqtisodiyot va bozor munosabatlari. - Т.: «Navruz», 2016.
7.
Кузнецова А.И. Инфраструктура: Вопросы теории, методологии и прикладные
аспекты современного инфраструктурного обустройства.
8.
Геоэкономический подход. М.: Кои Книга, 2016.
