Authors

  • Zarina Achilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58157

Keywords:

Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi juftlikda ishlash ovozli diktant videousul telegramma matbuot sahifalarida sof va vazifadosh ko`makchi.

Abstract

Ushbu maqolada ko`makchi so`z turkumining uslubiyatiga doir darsda qo`llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumot beriladi.

background image

768

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

KO`MAKCHI SO`Z TURKUMINING USLUBIYATI

Achilova Zarina Saidovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi,

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi.

achilovazarina55@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14531756

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ko`makchi so`z turkumining uslubiyatiga doir darsda

qo`llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so`zlar.

Yangi O`zbekiston, taraqqiyot strategiyasi, juftlikda ishlash, ovozli diktant,

videousul, telegramma, matbuot sahifalarida, sof va vazifadosh ko`makchi.

TECHNOLOGY OF THE AUXILIARY WORD GROUP

Abstract.

This article provides information about new pedagogical technologies used in the

lesson on the methodology of auxiliary vocabulary.

Key words.

New Uzbekistan, development strategy, work in pairs, voice dictation, video

method, telegram, on press pages, pure and dedicated assistant.

ТЕХНОЛОГИЯ ВСПОМОГАТЕЛЬНОЙ ГРУППЫ СЛОВ

Абстрактный.

В данной статье представлена информация о новых педагогических

технологиях, используемых на уроке по методике вспомогательной лексики.

Ключевые слова

. Новый Узбекистан, стратегия развития, работа в парах, голосовой

диктант, видеометод, телеграмм, на страницах прессы, чистый и преданный помощник.

Ko`makchi so`z turkumining uslubiyati

” mavzusi uchun 2-bosqich o`quv rejasida 2 soat

ajratilgan. Ushbu dars 2 soatga mo`ljallangan bo`lib, unda ko`makchi so`z turkumining uslubiyati

haqidagi ma’lumot beriladi.

O`quv mashg`uloti quyidagi usullardan fo`ydalanilgan holda o`tkaziladi: ”Juftlikda

ishlash”, videousul, ”Kim g`olib?”, ”Ovozli saylanma diktant”, ”Fikrni charxlang!”,

”Telegramma”, ”Matbuot sahifalarida” usuli. Dars quyidagi reja asosida o`tkaziladi:

O`quv mashg`uloti

“Kun hikmatlari” usuli

bilan boshlanadi. O`zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikri elektron doskada namoyish qilib izohlanadi:

“Prezident

sifatida men mamlakatimiz tinchligi, el-yurt farovonligi, Vatan taraqqiyoti

yo`lida butun borlig`imni bag`ishlab xalqimga sadoqat bilan xizmat qilishni hayotimning ma’no-

mazmuni deb bilaman. Siz, qadrli vatandoshimning, chin dildan qo`llab-quvvatlashingiz, nuroniy

otaxon va onaxonlarimizning duolari, aziz yoshlarimizning ishonchi menga katta kuch va g`ayrat

beradi”.


background image

769

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Shuningdek, darsda topshiriqlarni bajarishda ”2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi

O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi ma’lumotlardan foydalaniladi.

Yangi mavzu bayonidan so`ng quyidagi usullardan foydalanib, mavzu

mustahkamlanadi.

“Juftlikda ishlash” usuli

Ushbu matndagi sof va vazifadosh ko`makchilarni toping

.

“Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot

natijalarini chuqur tahlil qilgan

holda

keyingi yillarda “Inson qadri

uchun

” tamoyili asosida

xalqimiz farovonligini oshirishga e’tibor qaratildi.

-inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish

orqali

xalqparvar davlat barpo etish;

-nodavlat, notijorat tashkilotlari

bilan

xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish

orqali

ularning

bandligiga ko‘maklashish loyihalar ko‘lamini kengaytirish;

-ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish

bo‘yicha

kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish

orqali

yoshlarni ishlab

chiqarishdan ajralmagan

holda

oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish”.

“Ovozli saylanma diktant” usuli

Quyidagi matn ovozli tarzda kompyuter orqali o`qiladi, o`quvchilarga yordamchi

so`zlarni saylab yozish topshiriladi

.

“Taraqqiyot strategiyasida quyidagilarga e’tibor qaratilgan:

-hududlar kesimida ichki turizm oqimi

ham

yo`nalishini tashkil qilishga

oid

asosiy prognoz

ko‘rsatkichlarini tasdiqlash;

-mehnat jamoalari orasida mamlakat

bo‘ylab

sayohatlarni rag‘batlantiruvchi turizm

xizmatlarini taqdim etish;

-Samarqand xalqaro aeroportiga yangi xorijiy tashuvchilarni jalb qilish

orqali

parvozlar

soni

va

geografiyasini oshirish

orqali

turistlar

bilan

yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish;

-har yili qabul qilinadigan davlat dasturiga yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida

tarbiyalash

bo‘yicha

Kompleks dasturni ishlab chiqish

va

amalga oshirish;

-umumta’lim maktablarida chaqiruvga

qadar

boshlang‘ich tayyorgarlik fanining moddiy-

texnik bazasini mustahkamlash;

-o‘zbek milliy mumtoz

va

zamonaviy adabiyoti namunalarini jahon tillariga sifatli

o‘girishga

doir

tarjimonlik maktablarini rivojlantirish, xorijiy tillarga tarjima qilingan o‘zbek

ijodkorlari asarlarini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish;


background image

770

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

-buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish

maqsadida

yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ularga

muvofiq

ilmiy

va

ommabop risolalar yaratish.

“Kim g`olib?” usuli

Ushbu matndagi ko`makchi, bog`lovchi va fe’l so`z turkumlarini ko`chirib yozish

topshiriladi.

Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot

strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat

2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson

qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi 1 va 2-ilovalarga

muvofiq tasdiqlansin:

-Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya

siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:

-2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab

olinsin.

Beshinchi yo`nalishda asosan ma’naviy va ma’rifiy sohalar rivojlantiriladi. Shu maqsadda

“Yangi O`zbekiston - ma’rifatli jamiyat konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san’atni

yuksaltirish, yoshlarni sog`lom e’toqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik hamda o`zaro

hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat beriladi.

“Fikrni charxlang” usuli

O`quvchilar yil nomlariga qarab, uning yilini topib daraxtga yopishtiradilar, xato va

kamchiliklari o`qituvchi tomonidan to`g`rilanadi.

2024 - Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili

2023 - Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

2022 - Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili

2021 - Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

2020 - Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

2019 - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili

2018 - Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili

“Telegramma” usuli

Ta’lim oluvchilar mavzu o`zlashtirilgandan so`ng, o‘z istak (she’r, tilak, lirik qahramon,

hayotiy voqea va hokazo) larini bildirib yonidagi ta’lim oluvchiga yoki yaqin kishisiga telegramma

jo‘natadi (qog‘ozlar bilan almashinadi). Bu usulda ko`makchilar imlosidan foydalanishlari

mumkin.


background image

771

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

“Izohli yozuv” usuli

Ushbu gaplardagi yordamchi so`z turkumlarini izohlash topshiriladi.

Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha

sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot

tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida

ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish yo`lga qo`yilsin.

“Matbuot sahifalarida” usuli

Respublika gazetalaridan ko`makchilar ishtirok etgan gaplarni ko`chirib yozish

topshiriladi.

O`quvchilar bilimi izohlanib baholanadi va uy ishi topshiriladi.

Darsni xulosalashda o`qituvchi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning

quyidagi fikri yoshlarga dasturulamal bo`lishi lozimligini ta’kidladi:

“Xalqimiz talablarini

inobatga olgan holda, biz YANGI O`ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASINI ishlab

chiqdik. Prezident sifatida men mamlakatimiz tinchligi, el-yurt farovonligi, Vatan taraqqiyoti

yo`lida butun borlig`imni bag`ishlab xalqimga sadoqat bilan xizmat qilishni hayotimning ma’no-

mazmuni deb bilaman. Siz, qadrli vatandoshimning, chin dildan qo`llab-quvvatlashingiz, nuroniy

otaxon va onaxonlarimizning duolari, aziz yoshlarimizning ishonchi menga katta kuch va g`ayrat

beradi”.

Xulosa sifatida aytish joizki, ushbu darsdan ko`zlangan maqsad o`quvchilarning ijtimoiy-

siyosiy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan

holda yanada shakllantirish bo`lib, uni amalga oshirish o`qituvchining uslubiy mahoratiga

bo`g`liqdir.

REFERENCES

1.

N.Mahmudov, Y.Odilov, G.Ziyodullayeva . Ona tili. - Toshkent-2018.

2.

N.Saidaxmedov,

S.A.

Abdurahimov.

Pedagogik

mahorat

va

pedagogik

texnologiyalar.Toshkent -2019.

3.

2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.

“Zarafshon” gazetasi, 28-yanvar 2024-yil

References

N.Mahmudov, Y.Odilov, G.Ziyodullayeva . Ona tili. - Toshkent-2018.

N.Saidaxmedov, S.A. Abdurahimov. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar.Toshkent -2019.

2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. “Zarafshon” gazetasi, 28-yanvar 2024-yil