Authors

  • Zarina Achilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64181

Keywords:

E’tiqod musiqali tanaffus sadoqat va vafo kimxob parvo hayot kitobi Zulfiya nomli Davlat mukofoti xalqaro mukofotlar.

Abstract

Ushbu maqolada O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning tavallud ayyomi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbirlarni o`tkazish, she’riy parchalar va videolavhalar, musiqali parchalarni ishlatish bo`yicha ona tili va adabiyot fani o`qituvchilariga uslubiy yordam berish haqida ma’lumot beriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1117

“BAHOR KELDI SENI SO`ROQLAB” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR

O`TKAZISH TAJRIBASIDAN

Achilova Zarina Saidovna

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi,

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi.

Telefon raqami: +998905051709.

achilovazarina55@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14771679

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning tavallud ayyomi

munosabati bilan adabiy-badiiy tadbirlarni o`tkazish, she’riy parchalar va videolavhalar,

musiqali parchalarni ishlatish bo`yicha ona tili va adabiyot fani o`qituvchilariga uslubiy yordam

berish haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so`zlar:

E’tiqod, musiqali tanaffus, sadoqat va vafo, kimxob, parvo, hayot kitobi,

Zulfiya nomli Davlat mukofoti, xalqaro mukofotlar.

FROM THE EXPERIENCE OF HOLDING A SPIRITUAL AND EDUCATIONAL

EVENT ON THE THEME “SPRING HAS COME, ASKING YOU QUESTIONS”

Abstract.

This article provides information on holding literary and artistic events on the

occasion of the birthday of the People's Poet of Uzbekistan Zulfiya, providing methodological

assistance to teachers of the native language and literature on the use of poetic fragments and

videos, musical fragments.

Keywords:

Belief, musical break, loyalty and fidelity, kimkhob, care, book of life, State

Prize named after Zulfiya, international awards.

ИЗ ОПЫТА ПРОВЕДЕНИЯ ДУХОВНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОГО МЕРОПРИЯТИЯ

НА ТЕМУ «ВЕСНА ПРИШЛА ТЕБЯ ДОПРОСИТЬ»

Аннотация.

В статье дается информация о проведении литературно-

художественных мероприятий, посвященных юбилею народного поэта Узбекистана

Зульфии, оказании методической помощи учителям родного языка и литературы по

использованию поэтических фрагментов и видеоматериалов, музыкальных отрывков.

дано.

Ключевые слова:

Вера, музыкальная интермедия, преданность и верность, кимшоб,

забота, книга жизни, Государственная премия имени Зульфии, международные награды.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1118

Ushbu tadbirni shoira Zulfiya tavalludi munosabati bilan “Nazm va navo” turkumidagi

adabiy-badiiy kecha tarzida akademik litsey, umumta’lim o`rta maktablarda quyidagi tartibda

o`tkazish maqsadga muvofiqdir.

“Bahor valsi” musiqasi

1-boshlovchi

: Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

2-boshlovchi

: Assalomu alaykum, she’riyatga oshno qalblar!

Bugungi “Bahor keldi seni so`roqlab” nomli nazm va navo kechamiz O`zbekiston xalq

shoirasi, Respublika Davlat mukofoti sovrindori, xalqaro «Nilufar» va “Javoharla`l Neru”

mukofoti laureati, “Mehnat Qahramoni” davlat unvoni, «Do’stlik» ordeni sohibasi, Bolgariyaning

«Kirill va Mefodiy» ordeniga sazovor bo`lgan Zulfiyaxonimning tavallud kuniga bag`ishlanadi.

1-boshlovchi

: Hamon e`tiqodim – haqiqat, haqdir,

So`zlayman yuzimni tutib Ka’baga.

Yemira olmaydi o`tkinchi taqdir,

Osuda o`tadi ruhim abadga.

E’zozlar, ardog`lar uchun tashakkur,

Asli Siz oftobim, men ziyosiman.

Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,

Baxtim shul – o`zbekning Zulfiyasiman.

2-boshlovchi

. O`zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati

dunyosining betakror kuychisi Zulfiya o`z she'rlari bilan bizni nafosatga, ezgulikka oshno etib,

oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.

1-boshlovchi.

Zulfiyaning ovozi - ona qalbini, ayol nazokatini, inson orzusini kuylagan

otashin she’rlari faqat O`zbeksitondagina emas, butun Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham

kitobxonlar diqqatini jalb qildi.

2-boshlovchi

. Zulfiya ijodi-millionlab kishilarga, muhabbat va sadoqatdan saboq

bermoqda, sadoqat va vafo ramzi bo`lib yashamoqda. Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib,

barchani maftun qilganidek, Zulfiya tongning o`ziday rost va yorqin haqiqatga yo`g`rilgan

poeziyasi bilan sadoqat va vafo tuyg`usini -insoniylikning, komillikning bosh mezoni darajasiga

ko`targan.

1-boshlovchi

. Zulfiya xalqimiz qalbida mangu yashashdek baxtga musharraf bo`lgan

noyob iste’dod egasi edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1119

U o‘zining bor mehr-muhabbatini, ilhomini xalqiga, Vataniga bag`ishlagandi. Yurtimizda

shoirni bilmagan, she’rlarini o`qib zavqlanmagan kishi bo`lmasa kerak.

2-boshlovchi

. O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim nomini eshitmagan, loaqal u yozgan

she’rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak. Vafo va sadoqat timsoli

bo`lmish shoiraning nomi shodlik va baxt kuychisi Hamid Olimjon nomi bilan chambarchas

bog`liq. Har ikki buyuk qalb egasi uyg`onish fasli bahorni juda qadrlashgan. Har gal bahordan

ilhom va jo`shqinlik olishgan.

1-boshlovchi

. Biz bugungi she`riyat bazmimizni ham aynan har ikki buyuk shoirning

sevimli fasli bahorning kirib kelishi, ular ijodi va nomining bahorday abadiy, doimiy yashnab

turishiga bog`lab o`tkazishga ahd qildik.

2-boshlovchi.

Kechada har ikki shoirning bahorga bag`ishlangan she`r-u qo`shiqlari

yangraydi.

O`QUVCHILAR CHIQISHI:

Salqin saharlarda, bodom gulida,

Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,

Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...

Qancha sevar eding, bag`rim, bahorni,

O`rik gullarining eding maftuni.

Har uyg`ongan kurtak hayot bergan kabi

Ko`zlaringga surtib o`parding uni.

Mana qimmatligim, yana bahor kelib,

Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.

Qishning yoqasidan tutib so`radi seni,

Ul ham yosh to`kdi-yu, chekindi nari.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,

Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.

O`lmagan ekansan, jonim, sen hayot,

Men ham hali sensiz olmadim nafas.

1-boshlovchi.

Shoira she’rlarida butun qalbi bilan xalq baxt-saodatini kuylagan Hamid

Olimjonning yorqin obrazi yaratilgan. U o`z ijodi va ovozida Hamid Olimjon barhayot ekanini

komil ishonch bilan bayon etar ekan, shunday deydi:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1120

“Bahor” musiqasi fonida “O`rik gullaganda” she’ri asosida

sahna ko`rinishi namoyish etiladi.

O`QUVCHILAR CHIQISHI:

Hijroning qalbimda, sozing qo`limda,

Hayotni kuylayman, chekinar alam.

Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.

Hayot kitobimni bexos varaqlab,

Men o`tgan umrga achinmay qo‘ydim.

Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.

Suyish kerak bo`lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,

Yurak boyligidan qilmabman parvo.

Meni og`ushlagan hayot naq oftob,

Yangi qo`shiq talab unda har saboq.

Men o`tgan umrga achinmay qo`ydim,

Hech kimda ko‘rmayin umrimga o`xshash:

Suydim, erkalandim, ayrildim, kuydim,

Izzat nima - bildim. Shu-da bir yashash!

H.Olimjonning “Xayolimda” she’riga bastalangan qo`shiq ijro etiladi.

1-boshlovchi.

O`zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi - Zulfiya xorijiy

mamlakat taraqqiyparvar yozuvchilari va davlat arboblarining mehmoni sifatida juda ko`p

mamlakatlarda bo`lgan edi.

2-boshlovchi.

O`zbek-hind do`stligi ,O`zbekiston Jamiyatining prezidenti sifatida o`zining

butun ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan tinchlik ishiga, xalqlarning do`stligi va birodarligi ishiga

katta hissa qo`shib kelgan.

1-boshlovchi.

U baxtli zamonamizni - Vatanimiz mustaqilligini ko`rishga muyassar bo’ldi,

xalqimiz boshidan o`tgan dardu jafolar ortda qolganidan aytdi.

O`QUVCHILAR CHIQISHI:

Zulfiya haqidagi fikrlar

1-o`quvchi.

Umrlarcha davom etsin

Vatan ufqida parvozing,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1121

Zamon aksi sadosidek

Jaranglab tursin ovozing. (G`afur G`ulom)

2-o`quvchi

. “Shoira Zulfiyaning adabiyot olamimizdagi ovozini birinchi eshitganimda,

birinchi she'rlarini o`qiganimda, ilhomoning tozaligi, hislarining nafisligi, she’rlarining

samimiyligidan suyungan edim”. (Oybek)

3-o`quvchi

. “Zamondoshim, uzoq ijod yo`lida hamfikr va hamkasbimiz Zulfiya haqida

o`ylasam shunday fikr yodimdan kechadi. Zulfiyaning oddiy temirchi qizidan qahramon shoira

darajasigacha bosib o`tgan yo`li - bu Sharq xotin-qizi, o`zbek ayolining shonli yo`lidir”.

(Komil Yashin)

4-o`quvchi.

“Zulfiyaning she’rlarini ona tilim - boshqird tiliga o`girarkanman, ulardan

olgan zavq meni lol qoldirgan”. (Mustay Karim)

5-o`quvchi

. “Zulfiya hozirgi zamon o`zbek poeziyasining eng maftunkor zarvarag`idir”.

(Chingiz Aytmatov)

MUSIQALI TANAFFUS

“Eng gullagan yoshlik chog`imda” qo`shig`i o`quvchi ijrosida yangraydi.

1-boshlovchi.

Zulfiyaning she’rlari turli tillarda jahon minbarlarida jaranglagan va

jaranglaydi.

O`quvchilar tomonidan Zulfiya she’rlari ingliz, nemis, rus, fransuz,

tojik tillarida jaranglaydi.

MUSIQALI TANAFFUS

Zulfiyaning “Fontan oldida” nomli she’riga bastalangan qo`shig`i videolavhasi

namoyish etiladi.

2-boshlovchi.

Zulfiyaning g`ururi, sururi, butun iztirobi, dardlari, kuyunchi, suyunchi,

osuda xayollari, dolg`ali tuyg'ulari balqib yotgan betakror ijodiyoti xalqimiz mehnati,mhayoti,

kelajagining ajralmas bir parchasi. Uning bedorligi,beoromligi, ilhomi, hijroni, o`chmas

muhabbati – o`z xalqining yuragiga, tomir urishiga hamohang.

1-boshlovchi.

Buyuk insonlarga, tarixda o`zining o’chmas izini qoldirgan ulug`

siymolarga baho berish yosh avlod uchun biroz nomunosib.Ular o`z davrining yuksak baholarini

olib ulgurgan shaxslardir. Biroq ularning ijod yo`lini, hayotining ibratli jihatlarini o`rganish

ertangi kun pillapoyalarini qurishda asos bo`lib xizmat qilishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1122

2-boshlovchi.

Ana shu o`rinda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining ta’sis etlishi katta

ahamiyat kasb etadi.Har yili mukofotga munosib deb topilgan o`n ikki nafar qiz siymosida esa

butun yoshlarga ishonch bildiriladi. Biz akademik litseyimizdagi matematika yo`nalishi bo`yicha

xalqaro fan olimpiadasida kumush va bronza medalini qo`lga kiritib, Zulfiya nomidagi davlat

mukofotiga sazovor bo`lgan qizlarimiz: Diyora Salimova, Umida Jo`rayeva, Muhayyo Ahmadova,

Maftuna Samatboyevalar bilan faxrlanamiz.

1-boshlovchi

. Bugungi “Bahor keldi seni so`roqlab” nomli kechamiz o`z nihoyasiga yetdi.

(Kechada “Muhabbat yaratgan mo`jiza” nomli videofilmdan lavhalar

namoyish etildi)

REFERENCES

1.

Zulfiya. Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985.

2.

Zulfiya. “Kuylarim sizga” (toʻldirilgan 2-nashri, 1965)

3.

H. Olimjon. Tanlangan asarlar. Toshkent, 2019

4.

Adabiyot darsligi 10-sinf, Toshkent, 2017

References

Zulfiya. Tanlangan asarlar (3 jildli), Toshkent, 1985.

Zulfiya. “Kuylarim sizga” (toʻldirilgan 2-nashri, 1965)

H. Olimjon. Tanlangan asarlar. Toshkent, 2019

Adabiyot darsligi 10-sinf, Toshkent, 2017