ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
710
SURXON VOXASI AXOLISI OG‘ZAKI IJODIDA ALLA QО‘SHIG‘INING О‘RNI
Axmedova Gulchexra О‘skinovna
Termiz davlat universiteti
Jaxon tarixi kafedrasi dotsenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14552708
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodidagi alla qo‘shiqlari
folklor jamoalarning
ijrosida aytilib kelinayotgan alla va uning yosh bolalar tarbiyasidagi o‘rni shuningdek, boshqalar
haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘z:
“yig‘i-sig‘ilarga”, “huvdi” yoki “huvva, huv”, jо‘shqin, muloyim, maftunkor,
sehrli, hushyorlik- ogohlik.
THE PLACE OF ALLA'S SONG IN THE ORAL CREATION OF THE
SURKHAN VOXAS POPULATION
Abstract.
This article presents information about the alla songs in the oral culture of the
people, their role in the upbringing of young children, as well as others.
Keywords:
"to the weeping-sighing", "huvdi" or "huvva, huv", passionate, gentle,
charming, magical, alertness-awareness.
РОЛЬ ПЕСНИ АЛЛЫ В УСТНОМ ТВОРЧЕСТВЕ НАСЕЛЕНИЯ
СУРХАНСКОЙ ВОКСА
Аннотация.
В статье содержатся сведения о песнях аллы народного творчества,
исполняемых фольклорными коллективами, и ее месте в воспитании детей раннего
возраста, а также другие сведения.
Ключевые слова:
«кричащий», «хувди» или «хувва, хувва», живой, нежный,
обаятельный, волшебный, бдительность-сознательность.
Voha aholisining og‘zaki ijodi о‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Voha aholisi
og‘zaki ijodiyoti aytilish marosimi, о‘rni, ma’no va mazmun xususiyatlariga kо‘ra qо‘yidagi
guruhlarga bо‘lish mumkin:
Alla. Ona yuragidan tabiiy yaralgan alla insoniyat paydo bо‘lgandan buyon rivoj topib,
yuksalib, yangi-yangi maftunkor jilolanib, о‘zining ma’naviy qudrati bilan odamzodning
ulug‘likka chorlab kelayotgan buyuk qо‘shiqdir. Xalq og‘zaki ijodiyotida, uning bag‘rida rang-
barang turlar bо‘lib, bir-biriga о‘xshamaydigan, biroq jо‘shqin, muloyim, maftunkor, sehrli,
hushyorlik- ogohlikka chorlovchi kuchli, qudratli ohangdir. “Alla” aytish maxsus о‘rgatilmaydi, u
har bir ona yuragidan о‘ziga xos usulda baralla, xursandchilik, sokin, shiddatli, mungli, qayg‘uli,
olqish, alqash ohanglarida aytiladi. Xalq asrlarosha allani takomillashtirib, unga xos sayqallar
berishgan, kо‘pincha lapar aytuvchilar tо‘y va marosimlarda, xalq davrasida allalarni ham maxsus
ijro etib, aytib kelishgan. Laparchilar allani turli usullarda, ohanglarda aytib kelgan va kelmoqda,
shu tariqa allalar dostonlarda, termalarda, matallarda, xalq qо‘shiqlarida о‘zini namoyon qilib
borgan. “Alla” – qadimiy, milliy xalq qо‘shig‘i, u ibtidoiy davrlardan beri mavjud, Yer yuzida
odam va ona paydo bо‘libdiki, alla bor, bola bor joyda “Alla” aytilishi tabiiy. “Alla” sо‘zini
keksalarimiz muqaddas Alloh sо‘zidan olingan va Yaratgandan chaqaloqni о‘z panohida asrashni
iltijo qilishga nisbat berib, qutlug‘, qadrli, qimmatli qо‘shiq deb hisoblaydi,. allalarda xalq
turmushining juda kо‘p qirralari о‘z in’ikosini topgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
711
Onalar qadimdan о‘z bolalari tepasida kechasi bо‘lsin, kunduzi bо‘lsin alla aytib kelishgan.
“Alla” о‘z ohangi bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi, gо‘dakni xotirjam qiladi,
elitadi, orom olib uxlashiga imkon beradi.
Surxon vohasning hamma qishloqlarida “Alla” qо‘shig‘i keng tarqalgan bо‘lib,
keksalarning aytishlariga kо‘ra “alla eshitgan bolaning dunyoqarashi keng doirada bо‘ladi, u ruhan
va jismonan baquvvat bо‘ladi”. “Alla”ning о‘z ohangi, о‘z kuyi, о‘z xirgoyi yо‘li bor, yaratilish
asoslari va dramaturgiyasi qо‘shiqning ma’nosida va ona nafasida jamuljamdir. Chunki, “Alla”lar
onaning farzandga bо‘lgan mehru - muhabbati, umid va orzulari, kо‘nglidagi yaxshi niyat, ezgu
tilaklarini ifodalash bilan birga uning ruhiy kechinmalari, iztirob va boshidan kechirganlarini ham
ifodalaydi. Shu tarzda ayrim “Alla”lar shakl jihatdan murakkab, ohangi, kuyi rivojlangan, ijro
uslubi “yig‘i-sig‘ilarga” о‘xshash va yaqin bо‘lishi mumkin. Boysun hududlarida “Alla”
qо‘shiqlari “huvdi” yoki “huvva, huv” nomi bilan ham yuritiladi.
Faqat ayollar emas, goho erkaklar ham ijro etadigan “Alla” kо‘pincha yakka tarzda badiha
shaklida namoyon bо‘ladi. “Alla” qо‘shiqning qadimiy turi bо‘lib, farzandni uxlatish, orom
oldirish uchun beshikka belab, belanchakka solib, tebratib, onalarning allalab kuylaydigan
qо‘shig‘idir.
Qо‘shiqning bu turi ham cholg‘u jо‘rligisiz mayin orom beruvchi ohang bilan kuylanadi.
Uning kuy tuzilishi, rivoji, uslubi va ritmik holatlari erkindir, badihagо‘ylikka asoslangan
(ijrochi – ona о‘zi kuy, sо‘z matni va ijro uslubi muallifidir). “Alla” qо‘shig‘i о‘zbek musiqa
merosida katta ahamiyat kasb etadi, gо‘dak ruhga halovat keltiruvchi bu qо‘shiq asrlar osha sayqal
topib kelmoqda. “Alla”larga onalar о‘z his-tuyg‘ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarini, dard-
xasratlarini ham qо‘shib aytganlar: “Alla”lar ijtimoiy estetik qimmatiga kо‘ra ikki vazifani
bajaradi: birinchisi - uning tarbiyaviy-estetik mohiyat kasb etishida kо‘zga tashlanadi. Bu uning
emotsional ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bо‘lib, bolani kuy og‘ushida hayot bilan
tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini anglashiga yо‘l ochish, shu zaylda estetik didini
shakllantirish va о‘stirish maqsadiga qaratilganligidir1. Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino
“Alla”ning shu xususiyatini ming yillar ilgariyoq payqab, shunday yozgan edi: “...bolaning
mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qо‘llamoq kerak. Biri – bolani sekin - asta
tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun aytish odat bо‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu
ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga
bо‘lgan iste’dodi hosil qilinadi”. “Alla”ning ikkinchi vazifasi – bolalarni uxlatish; aslida “Alla”
sо‘zining lug‘aviy ma’nosi ham “ovutib”, “avaylab” bolani uxlatishdan iborat.
“Alla”lar odatda bolaning emizikli davridan to uch yoshni tо‘ldirgunlarigacha aytiladi.,
qolaversa, bolaning yoshiga qarab, uning ohangi о‘zgarib boradi va turlicha kuylanadi. “Alla”lar
onalarning minglab ajdodidan ming yillar davomida avlodlarga asta-sekin о‘tib, qayta ishlanib,
har bir davr xususiyatlarini о‘ziga singdirib, onalik mehrini, armonini ifodalab kelgan.
Shu jumladan, Surxon vohasida “Alla”larning о‘ziga xos, ajoyib namunalari onalarimiz
tomonidan ijro etilgan. Allalarni onalar dunyosisiz sezgilarisiz, tashvishlarisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi, biroq bularning barchasi instingtiv tug‘ma sezgirlik tarzida emas, balki, ming yillar
davomida yashagan onalarning necha-necha avlodlari yaratgan hayot tajribalari sifatida, ularning
1
Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 1960, 277-b
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
712
qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlaridan tug‘ilgan achchiq saboq sifatida
yuzaga kelgan. Shu ma’noda allalar “onalarning instingtiv faoliyati natijasi bo‘lmay, balki ijtimoiy
tajribalar, ijtimoiy ong mahsuli”2 hisoblanadi. Ular ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir
siymoda birlashgan vaqtida, asl, o‘lmas poeziya sifatida hamma adabiyotlarning boshlang‘ichi
bo‘lib vujudga kelganlar3 .
Zotan, allalarda onalik mehru saxovati, dardu iztiroblari, orzu armonlari, sevgi-yu
hijronlari, quvonchu o‘kinchlari, ayriliqu aldanishlaripog‘onama-pog‘ona silsilaviylikda o‘sib
boradi. Buni rus allashunosligi onalik tuyg‘ularining uch bosqichi sifatida xarakterlab, ularni bir-
biridan shunday ajratib ko‘rsatadiki4 , bu holni o‘zbek allalarida ham ko‘rish mumkin. Alla –
go‘dak (bola)ni uxlatishda yakka usulda, mayin ohang va past ovoz bilan aytiladigan qo‘shiq.
Dunyodagi har bir xalqning o‘z allasi bor. Turkiy xalqlar, xususan o‘zbeklar ham qadim-
qadimdan bolaning nafaqat tanasi, balki ruhiy olami – ma’naviyati ham sog‘lom bo‘lishiga alohida
e’tibor qaratishgan. Ajdodlar bola ko‘nglining sog‘lom va toza bo‘lib shakllanishida beshikdalik
paytida eshitgan allasi muhim o‘rin tutishini juda yaxshi bilishgan. O‘zbek onalari tilidan aytilgan
allalarda uning orzusi, to‘kis odam haqidagi ideali aks etgan deyish mumkin. O‘zbek allasida ona
qalbining harorati, tilaklarining samimiyati va bolasiga chin insoniy sifatlar yor bo‘lishini
istashidagi haqqoniyat mavjud. Alla matnini chaqaloq (bola) tushunmasligi mumkin, lekin alla
mohiyatiga singdirilgan ona muhabbatini, undagi shukronalik tuyg‘usini ko‘ngli bilan his qiladi.
Allada onaning mehr-muhabbati bilan birga uning quvonchi, g‘ururi, ayni chog‘da dardi,
alami, o‘kinchi, orzu-armonlari ham o‘z ifodasini topishi mumkin. Ma’lumki, har qanday ona
oilasini farzandi uchun asraydi-ardoqlaydi. Ona qalbidagi shukronalik hissi bilan unga berilgan
eng oliy ne’mat farzandi uchun Xudodan jamiyki yaxshi sifatlarni so‘raydi va buni allasida
mujassamlashtiradi. Alla bolani uxlatishga qaratilgani bois bir maromdagi ovoz va ohang
tanlanadi. Eng qizigʻi, bunda onaning musiqiy isteʼdodga va shirali ovozga ega boʻlishining
ahamiyati yoʻq. Tibbiyot olimlarining aniqlashicha, alla bola miyasining oʻng yarim sharini
harakatga keltirib, aqliy faollikka turtki beradi va diqqatni oshiradi
5
.
Mutaxassislar umumiy ruhiy siqilish sindromi, nafas olish ritmi buzilishi, yurak qisqarishi
chastotasining kamayishi (bradikardiya), ichaklar motorikasidagi muammolar, muddatidan erta
tugʻilish va kichik vaznga ega boʻlish bilan kechadigan perinatal ensifalopatiya (bosh miya
funksiyasi yoki tuzilmasi buzilishi)ga chalingan bolalarga alla aytishni tavsiya etishadi. Alladagi
oʻziga xos ohang, ritm, harakat va nutq buzilishlari (aʼzolar uchishi, duduqlanish, harakatlarning
oʻzaro nomuvofiqligi) oldini olishga yordam berishi tajribalarda aniqlangan. Alla aytish ona
salomatligi uchun ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi va tugʻruqdan soʻng tez tiklanishga yordam beradi.
Tibbiy kuzatuvlarga koʻra, goʻdagiga alla xirgoyi qilib turadigan ayollarning koʻkragiga
sut kelishi koʻpayarkan. Shifokorlarning onalarga bolani emizgandan soʻng kuniga 2-3 marta alla
aytib turishni tavsiya qilishlariga aynan mana shu omil sabab boʻlgan.
2
Мельников М.Н. Русский детский фольклор Сибири. С. 37. 1970.
3
Горький М. Адабиёт ҳақида. Тошкентб 1967. 339- б
4
Ветухов А. Народные колыбельные песни. М., 1892, с. 131.
5
С.Н.Турсунов ва бошқалар. Ўзбекистонда бахшичилик саньатининг шаклланиши ва тараққиёти тарихи
“Fan va texnologiya” 2014
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
713
Alla boladagi turli hissiyotlarga va ongiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Tadqiqotlar
alla aytilayotgan paytda bola miyasining turli sohalardagi biologik potensiallariga sinxron
ravishda taʼsirlanishini koʻrsatgan. Allani bemalol sogʻlomlashtiruvchi ijobiy psixoterapevtik
taʼsirga ega, deyish mumkin. Agar alla chaqaloqqa dastlabki kunlaridanoq aytilsa, uni turli
kasalliklardan himoya qilib, vujudining kuchga toʻlib borishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Allaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. Toshkent: “Fan” 1974.
2.
Naimov M. Surxon qo‘shiqlari. I - qism. – Termiz: Jayhun, 1997.
3.
Safarov O. Alla-yo alla. Toshkent, 1999 yil.
4.
Tursunov S. va boshq. Surxondaryo – etnografik makon. –Toshkent: Akademnashr, 2012.
5.
Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING
AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.
6.
To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
,
2
(1),
43-51.
7.
Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.
История и культура центральной Азии
,
1
(1), 341-344.
8.
Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS.
Modern Science and Research
,
2
(4), 720-722.
