Authors

  • Gulchexra Axmedova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58348

Keywords:

Kavushim Oshpaz qо‘shig‘i Novoylar qо‘shig‘i Xavor-xavor Temirchi Dо‘ppim mehnat qo‘shiqlar.

Abstract

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodidagi mehnat qo‘shiqlari folklor jamoalarning ijrosida aytilib kelinayotgan Kavushim, Oshpaz qо‘shig‘i, Novoylar qо‘shig‘i, Xavor-xavor, Temirchi, Dо‘ppim va boshqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

714

XALQ OG‘ZAKI IJODIDA MEHNAT QО‘SHIQLARI

Axmedova Gulchexra О‘skinovna

Termiz davlat universiteti

Jaxon tarixi kafedrasi dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14552721

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodidagi mehnat qo‘shiqlari

folklor

jamoalarning ijrosida aytilib kelinayotgan Kavushim, Oshpaz qо‘shig‘i, Novoylar qо‘shig‘i,
Xavor-xavor, Temirchi, Dо‘ppim va boshqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Kavushim, Oshpaz qо‘shig‘i, Novoylar qо‘shig‘i, Xavor-xavor, Temirchi,

Dо‘ppim, mehnat qo‘shiqlar.

LABOR SONGS IN FOLKLORE

Abstract.

This article presents information about the labor songs in folkloric art performed

by folklore groups: Kavushim, Oshpaz ko'shigi, Novoylar ko'shigi, Khavor-khavor, Temirchi,
Doppim, etc.

Keywords:

Kavushim, Oshpaz ko'shigi, Novoylar ko'shigi, Khavor-khavor, Temirchi,

Doppim, labor songs.

ТРУДОВЫЕ ПЕСНИ В НАРОДНОМ УСТНОМ ТВОРЧЕСТВЕ

Аннотация.

В статье собраны сведения о трудовых песнях в народном творчестве,

таких как «Кавушим», «Поварская песня», «Новойларская песня», «Хавор-хавор»,
«Темирчи», «Доппим» и др., исполняемых фольклорными коллективами.

Ключевые слова:

Кавушим, поварская песня, песня Нового, Хавар-хавар, Темирчи,

Доппим, трудовые песни.

Mehnat qо‘shiqlari qadimiy tushunchalar bo‘lib, balo-qazolardan asrash haqidagi

tasavvurlar dehqonlarga xos soddadillik bilan о‘z ifodasini topgan. Buni biz chorvachilikdagi
mehnat qо‘shiqlarida ham kuzatishimiz mumkin. Ularda chorvadorlar mehnati, turli hayvonlarga
inson munosabati, ish faoliyati (sog‘ish, ip yigirish "Charx", junni qayta ishlash "O‘rmak")
tasvirlanadi. Surxon vohasida kasb va hunarga bag‘ishlangan mehnat qо‘shiqlari ham saqlanib,
turmush va mehnat jarayonida, ayniqsa, folklor jamoalarning ijrosida aytilib kelinayotgan
Kavushim, Oshpaz qо‘shig‘i, Novoylar qо‘shig‘i, Xavor-xavor, Temirchi, Dо‘ppim va boshqalar
shular jumlasidan.

Navrо‘z

-

Ota –bobolarimiz tomonidan yaratilgan “Navrо‘z”, “Sumalak” va “Yo ramazon”

singari xalq ijodi merosi ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Navrо‘z bayrami keyingi yillarda keng nishonlanmoqda. Respublikamizda, jumladan,

viloyatimizda bu marosim haqiqiy mehnat va bahor bayrami sifatida shodiyonalik jarchisi bо‘lib,
har bir xonadon va qalbga baxt olib kirmoqda. Navrо‘z va sumalak rivoyatlari hamda u bilan
bog‘liq kо‘pgina urf-odatlarni keksalarimiz tilidan yozib olingan. Sumalak Navrо‘zning ramziy
taomlaridan hisoblanadi.

Bir inson umrichalik davr xalqlarning milliy “Navrо‘z” bayrami sun’iy ravishda barham

topdi. О‘tkinchi siyosatlar uni tarbiyamizga yot deb qaradilar. U ota-bobolarimiz qalbida chо‘kib
yotdi, qatlandi, ammo xotiralaridan butunlay о‘chib ketmadii.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

715

“Oltin zanglamas” deganlaridek,, bu ziyo sandiqlari aksincha о‘z qimmatini va qadrini

oshira bordi. Endi ular daryo kabi tо‘lg‘anib oqmoqda. Undan chanqoq qalblar bahra olmoqda.

Borlari ham yangi tо‘qilgan she’rlar

1

.

Shoxmoy mehnat marosimlari

-

Bu marosim xalqimizning qadimiy mehnat

marosimlaridan biridir. Qо‘sh haydash, Shoxmoyilar, Kо‘shchi; Ekin ekish don septi; xosil yig‘ib
terimida - Yozi о‘roqchi, Oblo baraka; g‘alla yanchilishda-Maydayoqi Galagov; donni qayta
ishlashda - Yorg‘uchoq, Tegirmon qо‘shig‘i, "Yorg‘uchoq" qо‘shig‘idan tashqari hammasi
erkaklar tomonidan ijro etilib kelingan, yakka aytimda:

Bundagi asosiy g‘oya turmushni

yaxshilashga intilish, galagovga qо‘shilgan hо‘kizga munosabat bildirish. Qо‘shiqning har bir
misrasida hayajonli nidolar takrorlanishi naqarot vazifasini bajaradi: Xalq dalada, yig‘ilib,
popuklar bilan bezatilib qо‘shga qо‘shilgan hо‘kizlarni olib chiqqanlar. О‘tgan yilning oxirgi
bog‘lam g‘allasidan pishirilgan nonni sindirib odamlarga ulashib berganlar. Shu yurtning pokiza
va bokira qizlaridan ikkitasi ikki kosada yog‘ tutganlar va yurtning oqsoqoli qо‘llarini moyga
botirib hо‘kizlarning shoxini moylagan. Sо‘ngra eng qari kimsa oq fotiha berib birinchi egatni
tortishga ruxsat bergan;

Oblo baraka

-

Qadimdan turkiy xalqlar xirmon kо‘tarish “Oblo baraka” marosimni har yili

о‘tkazib kelishgan. Boysun nohiyasida bu marosim oxirgi marotaba 1945 yili yozda о‘tkazilgan.

Keyinchalik bu marosim ham “diniy” marosim sifatida tamg‘alanib qatag‘on qilingan.
Xirmon kо‘tariladigan kuni dondan umidvor kishilar qopi bilan xirmon kо‘tariladigan

joyga kelganlar. Aytuvchining aytuviga monand atrofdagilar xirmonga baraka tilab “Oblo baraka”,
deya jо‘r bо‘lib turishgan.

Don sepdi Bu qо‘shiqlar an’anaga kо‘ra ayollar tomonidan ravon uslubda, rechitativ kalta

kuyda, past ovozda, ritm ravonligida, cholg‘u jо‘rligisiz aytilgan: Ekish marosimini odatda qizlar
boshlab berishgan. Chunki, ayol qadimdan kо‘payish ramzi bо‘lgan;

“Sust Xotin” marosimi qadimdan bor. Bu marosim “Sust xotin” qо‘shig‘ini aytish orqali

yomg‘ir sо‘rashdir. Bu xildagi marosim hozirgi kunda ham qishloqlarda о‘tkaziladi. “Sust xotin”
qо‘shig‘ining turli xillari mavjud bо‘lgan. Bu qо‘shiqni kо‘pincha sо‘zga chechan, ovozi baland
kishilar aytishgan” Yomg‘ir bergin bizlarga, Bu musulmon ellarga. Hosillar mо‘l bо‘lsin,
Yomonning uyi kuysin

2

.

Qо‘shiqlarning kо‘pchiligini sigir, qо‘y, echki, tuyani sog‘ish uchun

erkalash ohangida aytiladigan sog‘im qо‘shiqlari tashkil etadi, jumladan, "Xо‘sh-xо‘sh" (sigir
sog‘ishda), "Turay-turay" yoki "Turam" (qо‘ylarni soqqanda va qо‘zilarni emizganda), "Chiray-
chiray"(echki), "Harova" yoki "Biyo-biyo" (tuya yoki biyani sog‘ishda). Bu qо‘shiqlar an’anaga
kо‘ra ayollar tomonidan ravon uslubda, rechitativ kalta kuyda, past ovozda, ritm ravonligida,
cholg‘u jо‘rligisiz aytilgan: Qо‘ylarni, echkilarni, sigirlarni sog‘ayotganda aytiladigan qо‘shiqlari
bor. Agar qо‘shiq aytib sog‘sa, sutini yaxshi beradi va jim tepinmasdan turadi. Masalan, echkini
sog‘ayotganda aytiladigan qо‘shiq; Ba’zi qо‘ylar bolasini emizmaydi. Yoniga borsa, tepib
yuboradi. Shunda qо‘yga bolasini yalatish kerak va silab-silab qо‘shiq aytish kerak;

Mehnat qо‘shiqlaridagi sо‘z, iboralarning takrorlanishi, ohang ravonligi musiqiylikka, ish

jarayonini sezishga yordam beradi.

1

Мустафоқулов Р. Халқ педагогикаси сарчашмаси. –Термиз:

2

Мустафоқулов Р. “Халқ Педагогикаси Сарчашмаси”. Термиз.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

716

"Qizig‘i shundaki, - deb yozadi M. Alaviya, - xotinlar qо‘l bilan sog‘ib aytganda, sut

kelishiga ohang boylanib, sog‘ish musiqasi eshitiladi. Sog‘ish qо‘shig‘ida ba’zi tovushlar takror
qо‘llanib, ish-harakat va undagi sutning oqishi kо‘z о‘ngimizga keladi". Insoniyatning kо‘p asrlik
umri davomida yil fasllarining tutgan о‘rni benihoyat kattadir.

Folklorshunos va musiqashunos olimlar tomonidan yilning tо‘rt fasliga xos marosimlar

о‘tkazilganligi e’tirof etilgan. Bir vaqtlar respublikamiz hududlarida an’ana tarzida qish faslida
«Gap-gashtak», bahor faslida «Navrо‘z», «Shoxmoylar», «Sust xotin», «Darvesh oshi», «Beshik
tо‘ying muborak». Muchal tо‘ying qutlug‘ bо‘lsin. «Choy momo», kuz faslida «Oblo baraka»,
«Shamol chaqirish» kabi mavsumiy marosimlar о‘tkazilgan. «Gap-gashtak» marosimi
mamlakatimiz janubiy hududlari Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida «gashtak», «о‘tirish»

3

nomi bilan atalib, bunda qadimdan ovullar, urug‘lar orasida erkaklar va ayollar alohidaalohida
yig‘ilib, tansiq taomlar tayyorlashgan, kо‘ngilxushlik qilib qо‘shiq-aytimlar ijro etishgan. Qish
faslida marosim tadbirlaridan gashtak va о‘tirishlar kо‘plab о‘tkazilgan. Ularning tarbiyaviy
ahamiyati ham shundaki, ayrim hollarda ushbu tadbirlarda aholining bahor mavsumi bо‘yicha
amalga oshiriladigan dehqonchilik va chorvachilik

4

yumushlari kabi turli bitimlar, kelishuvlar hal

etilgan. Uzoq davom etadigan qish mavsumini ulug‘lovchi qо‘shiqlar asosan gapgashtaklar,
gurung va yig‘inlarda avj olgan. Mavsumda «Qorbо‘ron», «Qorxat», «Kо‘k salla» va boshqa qator
qо‘shiqlarni ijro etishga maqbul sharoit hisoblanadi. Erta bahorda daraxtlar uyg‘onib, tollar kurtak
chiqarganda «Tolbargak», dala gullari ochilganda «Gul о‘yin», «Oq terakmi-kо‘k terak» kabi
marosim о‘yinlariga ehtiyoj seziladi. «Boychechak chiqibdi», «Jarchilar qо‘shig‘i», «Sumalak»,
«Navrо‘z ekan», «Hoy bobo», «Lolajon», «Hey lola», «Lola sayli», «О‘yna lola», «Lolachada
ishim bor», «Dо‘st bо‘lamiz lolacha», «Boychechak», «Turna keldi», «Muborakbod», «Yil
boshi», «Hamal», «Navrо‘zi oy kelip-tu», «Darveshona», «Qо‘sh haydash», «Shox moylar»,
«Hayinchak» va boshqa qо‘shiqlar sevib ijro etiladi

5

. Ayniqsa, bahor yomg‘irlari ostida «Yomg‘ir

yog‘aloq» qо‘shiqlari bolalar tomonidan maroq bilan kuylangan.

«Navrо‘z» respublikamizda «yangi kun» sifatida nihoyatda kо‘tarinkilik, shodiyona

ruhiyatda keng nishonlanadi. Ajdodlarimiz bahor oyi 21-martda tun va kunning tenglashishi va
shu kundan kunning uzayishi, dehqonlarning dala yumushlarini boshlashi, boychechakning ilk
nish urib chiqishi, qishdan eson-omon chiqqanligini katta bayram sifatida erta tongdan jarchilar
(qо‘shig‘i) chaqirig‘i bilan boshlaydilar. Bahor faslining kelinchagi bо‘lmish «Navrо‘z»
bayramini nishonlash uchun asosan tog‘ yon bag‘ridagi serdaraxt о‘tloq joylar tanlanib, erkaklar,
ayollar, bolalar uchun alohida-alohida joylar ajratilgan. Jumladan, balog‘at yoshiga yetgan qiz-
juvonlarga daraxtzor joylarda halinchak (osiq arg‘umchoq)lar tutilgan. Qizlar bayramni a’lo
kayfiyatda о‘tkazish uchun «Halinchak», «Lola sayli», «О‘yna lola», «Lolachada ishim bor» kabi
qator mavsumiy qо‘shiqlarni, keksa bobo va momolarnigsh kо‘nglini xushnud etish uchun
«Muborakbod» qо‘shig‘ini kuylaganlar. Dar haqiqat, bahor fasli О‘zbekistonning qishloq
joylarida yashovchi aholini yangi mehnat sari chorlashga kuch-quvvat beruvchi fasl sifatida
ardoqlanadi. Yuqorida tilga olingan qо‘shiqlarni deyarli hamma biladi va uni xirgoyi qilishdan
hech charchamaydi.

3

Алавия М. Ўзбек халқ маросим қўшиқлари. – Т.: «Фан», 1974. –221-б.

4

Ахмедов Б. Кўчманчи ўзбек давлати. – Т.: «Фан», 1969.

5

Иброхимов О.А. Ўзбек халқ мусиқа ижоди (методик тавсиялар, I қисм). – Т.; «Фан». 1994. –62-б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

717

REFERENCES

1.

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – T.: «Fan», 1974.

2.

Axmedov B. Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati. – T.: «Fan». 1969.

3.

Ibrohimov O.A. O‘zbek xalq musiqa ijodi (metodik tavsiyalar, I qism). – T.: «Fan», 1994.

4.

Yo‘ldosheva S. Barhayot an’analar. – T.: «Fan», 1999.

5.

Panjiev Q. Surxondaryo viloyati o‘zbek xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti. Dissertatsiya, 2010.

6.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING
AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.

7.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social

sciences

,

2

(1), 43-51.

8.

Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

История и культура центральной Азии

,

1

(1), 341-344.

9.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS.

Modern Science and Research

,

2

(4), 720-722.

References

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – T.: «Fan», 1974.

Axmedov B. Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati. – T.: «Fan». 1969.

Ibrohimov O.A. O‘zbek xalq musiqa ijodi (metodik tavsiyalar, I qism). – T.: «Fan», 1994.

Yo‘ldosheva S. Barhayot an’analar. – T.: «Fan», 1999.

Panjiev Q. Surxondaryo viloyati o‘zbek xalq qo‘shiqchilik ijodiyoti. Dissertatsiya, 2010.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. История и культура центральной Азии, 1(1), 341-344.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.