1084
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
OILAVIY BOLALAR UYI SHAROITIDA TARBIYALANAYOTGAN BOLALAR
XULQ-ATVORIDAGI O’ZIGA XOS O’ZGARISHLARGA PSIXOLOGIK YONDOSHUV
Ergasheva Muhayyo Jo’rayevna
Xalqaro innovatsion universitet Psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14553991
Annotatsiya.
Barchamizga ma’lumki inson dunyoga kelar ekan avvalo oila muhiti ta’siriga
tushadi. Ammo yangi tug’ilgan chaqaloqda ota-ona tanlash,oila tanlash imkoniyati berilmaydi.
Inson bolasi individ darajasidan ma’naviy barkamol shaxs darajasiga erishgunga
qadar,albatta bolaning kamolatida ota-onaning, u tug’ilgan oilaning o’rni beqiyos. Oila tarkibini
tashkil etuvchi shaxslarni o’zaro bir-birlariga bo’lgan munosabatlarni orqali oladigan hissiy
psixologik ta’sir oqibatida unda tarbiyalanayotgan bolalar ham o’zlarining tashqi olam va
atrofdagilarga nisbatan munosabatlarini ifodalashni o’rganadilar.
Kalit so’zlar:
ijtimoiy himoya, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar, tarbiya,
ijtimoiy munosabat.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К СПЕЦИФИЧЕСКИМ ИЗМЕНЕНИЯМ В
ПОВЕДЕНИИ ДЕТЕЙ, ВОСПИТЫВАЮЩИХСЯ В УСЛОВИЯХ СЕМЕЙНОГО
ДЕТСКОГО ДОМА
Аннотация.
Все мы знаем, что когда человек приходит в мир, на него в первую
очередь влияет семейное окружение. Но новорожденному не дается возможности
выбрать родителя, выбрать семью. Роль родителя, семьи, в которой он родился, в
созревании ребенка, безусловно, неоценима, пока человеческое дитя не достигнет уровня
личности до уровня духовно совершенной личности. В результате эмоционально-
психологического воздействия, которое получают личности, входящие в состав семьи,
через взаимоотношения друг с другом, воспитывающиеся в ней дети также учатся
выражать свое отношение к внешнему миру и окружающим.
Ключевые слова:
социальная защита, дети, лишенные родительской опеки,
воспитание, социальное отношение.
A PSYCHOLOGICAL APPROACH TO SPECIFIC BEHAVIORAL CHANGES IN
CHILDREN RAISED IN A FAMILY ORPHANAGE
Abstract.
We all know that when a person comes into the world, he is primarily influenced
by his family environment. But the newborn is not given the opportunity to choose a parent, to
choose a family. The role of the parent, the family in which he was born, in the maturation of the
child is certainly invaluable until the human child reaches the level of personality to the level of a
spiritually perfect personality. As a result of the emotional and psychological impact that
1085
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
individuals who are part of a family receive through their relationships with each other, children
raised in it also learn to express their attitude to the outside world and others.
Keywords:
social protection, children deprived of parental care, upbringing, social
attitude.
KIRISH
Barchamizga ma’lumki inson dunyoga kelar ekan avvalo oila muhiti ta’siriga tushadi.
Ammo yangi tug’ilgan chaqaloqda ota-ona tanlash, oila tanlash imkoniyati berilmaydi.
Inson bolasi individ darajasidan ma’naviy barkamol shaxs darajasiga erishgunga
qadar,albatta bolaning kamolatida ota-onaning u tug’ilgan oilaning o’rni beqiyos. Oila tarkibini
tashkil etuvchi shaxslarni o’zaro bir -birlariga bo’lgan munosabatlarni orqali oladigan hissiy
psixologik ta’sir oqibatida unda tarbiyalanayotgan bolalar ham o’zlarining tashqi olam va
atrofdagilarga nisbatan munosabatlarini ifodalashni o’rganadilar. Insoniyat takomillashib
rivojlanib borar ekan,insonlarni bir-birlariga bo’lgan munosabatlarida ham yaqqol o’zgarishlarga
sabab bo’ladi. Farzand tarbiyasi va tarbiya natijasida barkamol shaxsni tarbiyalash muommosi
butun insoniyatni muommosiga aylangan.
Darhaqiqat tarbiya-ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo’lgan davrdan beri mavjud.
Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo’lishi uchun avvalo tarbiyalanishi zarur. Sharq
mutafakkirlari asarlarida ham farzand tarbiyasiga bo’lgan e’tibor eng kuchli masalalardan biri
sifatida qarashlarga ega. Xususan Abu Lays Samarqandiy “Bo’stonul-orifin” asarida tarbiya va
tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab “Ey o’g’il farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o’zingni
tarbiyala” tarbiya ko’rgan ota-ona tashkil etgan oilada tarbiyalanayotgan farzandlar
dunyoqarashida ham tarbiyalanganlik darajasi aks etadi.
Ma’lumotlarga ko’ra “Avesto”eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida
yaratilgan bo’lib u davrlarda yashagan insonlar dunyoqarashi naqadar kengligini ko’rish
mumkin.Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ham ta’lim tarbiya masalalariga qanchalik alohida
e’tibor bilan qaralganini ko’rish mumkin.
Bizning o’zbek oilalarida bola tarbiyasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega masala
hisoblanadi. Shu sababli ham tarbiya yondoshuvlari barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir.
Biz bolalarni tarbiyalashda har-xil usul va yondoshuvlardan faol foydalanamiz.Qaysidir
oilada zo’rovonlik tarbiya usuli sifatida qaralsa, qaysidir oilada zo’rovonlikka umuman yo’l
quyilmaydi. Shaxsni o’rganishning ijtimoiy-psixologik yondoshuvi uni ijtimoiylashuvining
bevosita mahsuli sifatida qarab uning ijtimoiy- psixologik tizimini bevosita o’rab turgan ijtimoiy
muhit ta’sirida o’rganadi.Inson ijtimoiylashuvi manbalariga quyidagilar kiradi: Bolalik davrida
orttirilgan tajriba,Ijtimoiy institutlar,muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning
1086
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
ta’siri kabilarni ko’rsatish mumkin.Bu borada bir qancha olimlarning o’ziga xos nuqtai nazarlari
ham mavjud. Masalan, K.K.Platonov shaxs tizimida to’rtta asosiy jabhani ajratadi.
Shaxsning yo’nalganligi va munosabatlari tizimi: uning mayllari, xoxish-istaklari,
qiziqishlari, layoqati, ideallari, dunyoqarashi, e’tiqodi kabilarni o’z ichiga oladi. Bu tizimdagi
xususiyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo’lib,ular insonning jamiyatda yashashi, undan oladigan
tarbiya shakllari, mafkuraviy muhit asosida shakllanadi.
Shaxsning individual ijtimoiy tajribasi: bu jabhadagi sifatlar inson hayoti mobaynida
orttiradigan bilimlari, malaka, ko’nikmalari asosida namoyon bo’ladi. Bu sifatlar ijtimoiy
xarakterli bo’lib,ko’proq ta’lim jarayonida shakllanadi.
Inson psixik jarayonlarining individual xususiyatlari: Xotira, idrok, sezgilar tafakkur,
qobiliyatlar kabi bir qarashda tug’ma omillarga bog’liq xususiyatlar inson umri davomida
takomillashuvi va uning boshqa ijtimoiy sifatlari ta’sirida individuallik o’ziga xoslik kasb etishi
mumkin.
4.Biologik xususiyatlarga bog’liq shaxs sifatlari: Bunga shaxsning tipologik,yoshiga
oid,jinsiy xususiyatlari kiradi va u ko’pincha bioijtimoiy omillar sifatida qaraladi.
Bola tarbiyasiga yondoshuvlar bevosita uning psixologik jihatlariga ham alohida e’tibor
bilan qarashga majbur bo’lamiz. Bevosita yondoshuvlar o’sib shakllanayotgan bola ongidagi
tushuncha va tasavvurlarni hosil qiladi va o’z ichki his-tuyg’ularini ayni vaqtda sodir bo’layotgan
voqelik bilan kelishib yashashga o’rgatadi.
Ammo jamiyatning yana shunday og’riqli nuqtasi mavjudki bu ota -ona qaramog’idan
mahrum bolalar tarbiyasidir. Muruvvat uylarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilar xulq-
atvori,ularda kechayotgan ijtimoiylashuv jarayoni,oilada tarbiyalanayotgan bolalardan keskin
farqlanadi. Muruvvat uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’zlarini shu muassasani qachondir tark
etishlarini his qilib yashaydilar. Ularda oilada yashamaganliklari uchun oila haqida oilaviy
munosabatlar haqidagi tasavvurlarni bo’lmasligi ko’pincha ularning oila qurishlariga ham xalal
berishi mumkin.
Muhtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan 16.08.2022 yildagi 451-son Hukumat
qarori asosida “Oilaviy bolalar uylari to’g’risidagi” Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom 8-bobdan
iborat bo’lib unda ko’rsatilgan talablar asosida, nomzodlar, mehribonlik uylari
tarbiyalanuvchilaridan olib tarbiyalash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bevosita guruh xolida faoliyat
yuritayotgan shaxslarni hatti-harakatlarini umumlashtirishdan ko’ra,yakka holda o’z xatti-
harakatlarini boshqarish osonroq. Jamoaviy fikrlab, hamma bir qarorga kelib, ushbu qarorlarga
qo’shilib, fikrlashdan ko’ra insonning o’zi mustaqil fikrlashi osonroq. Shu sababli doimiy guruhda
shakllanayotgan bolalar,guruh rahbarlari tamonidan quyilgan talablarga va bevosita norasmiy
tarzda guruh liderlari tamonidan qo’yilgan talablarga javob berishga majbur bo’ladi.
1087
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Dastlabki oilaviy bolalar uyi
haqidagi tasavvurlarning
shakllanishi
Yangi oila muhitiga moslashuv
jarayonida yuzaga keladigan
muommolar
Ayni vaqtda oilaviy bolalar uyi sharoitida tarbiyalanayotgan 6-sinf o’quvchisi Nazarova
Sevaraning quyidagi anketa savollariga bergan javoblarini ko’rishimiz mumkin.
1.Qachondan beri oiladasan ? 2 yil bo’ldi
2.Qaysi joyda yashash senga ma’qul, senda tanlov imkoniyati bor qaytib ketishni
xoxlaysanmi? Yo’q.Chunki mehribonlik uyida guruh xolida harakat qilishga majbursiz, ammo
guruhning hamma a’zolari ham sizning fikrlaringizga birdek hayrixox bo’lavermaydi.Ko’pincha
ba’zi qizlar o’z atrofiga boshqalarni yig’ib oladida,boshqalarga hukm -tazyiq o’tkazishadi.
Oilada esa faqat o’zingizning hatti-harakatlaringizga javob berasiz va qayerda xató
qilayotganingizni yakka xolda tushuntirishadi.Yaqin bir yildan beri xató qilishdan qo’rqmayapman
sababi maslahat olish orqali fikrlarimni mustahkamlab olaman.Hozirda men maktabimizda tashkil
etilgan musiqa to’garagiga qatnashyapman.Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining oilaga
moslashuvi muommolarini og’irlik ko’lamiga ko’ra quyidagi diagrammada aks ettirildi.
Oilaviy uyning oila sifatida emas
qandaydir muassasa sifatida
qaralishi
Oilada yashab kelayotgan oila
a’zolari bilan hissiy aloqa
o’rnatishdagi muommolar
Oilaviy bolalar uyi tashkil etgan
ota-onalarning o’z farzandlari va
qabul qilayotgan bolalar o’rtasida
munosabatni to’g’ri yo’lga qo’ya
olishdagi muommolar
Yangi qabul qilingan bolalarda
ota -onaga nisbatan hissiy
munosabatlarning shakllanishi
Har xil tushuncha va dunyo
qarashga ega bolalarning oilaviy bolalar uyi
tashkilotchisi bo’lgan,ota -onalar tarafidan,joriy
qilingan qoidalarni o’zlashtirishidagi
qiyinchiliklarni mavjudligi
1088
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
Xulosa
Yetim va ota- ona qaramog’isiz qolgan bolalar muommosi 19- asrda ilk bor Pedagogikada
ko’tarilgan bo’lib, bunga sabab bunday bolalarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishdagi
qiyinchiliklar oqibatida yuzaga chiqdi.
Tarbiyaga bo’lgan yondoshuvlar zamonlar osha bolalarga ta’siri doirasida yosh va jinsga
qarab, o’zgarib boradi.shu sababli ham tarbiya yondoshuvlari guruhlar individualligidan kelib
chiqib belgilanadi. Ayni vaqtda biologic ota-onasi mavjud lekin ular bilan aloqa qilmaydigan
bolalarda, ota-ona tushunchasiga nisbatan nafratning paydo bo’lishi ularning ijtimoiylashuvida
ko’plab muommolarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Chunki oilada tarbiya topgan bolalar o’z
ota-onalaridan otalik,onalik obrazini ko’chirib taqlid orqali o’zida shakllantiradi.
Inson ko’rmagan narsa – buyum yoki obrazlar haqida tasavvur eta olmaydi.Shu sababli
ham biz yangi ma’lumotlarni, xotiramizda mavjud obrazlarga bog’lagan xolda yangi obrazni
yaratamiz. Obrazning hissiy ta’siri oqibatida inson uni turfa rang va sifatlar bilan boyitadi. Oilada
tug’ilib, voyaga yetayotgan bolalar, ota – onasi tarafidan berilayotgan hissiy ta’sir natijasida mehr-
muhabbatni his qilishadi. Bu tuyg’u haqida bilishadi.O’zlariga yaqin insonlarga ular ham mehr-
muhabbatlarini, ko’rganlaridek qaytarishga harakat yuzaga keladi.
Asosan muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalarda ushbu muassasadan voyaga yetgach
ketishlarini biladilar. Oiladagi bolalar esa hech qachon oilasini tashlab ketishni o’ylamaydilar. Har
doim o’ziga tarbiya bergan ota-onalari oldida o’zlarini qarzdor his qiladilar. Xuddi shu his bir oila
a’zolarini qayerda bo’lishlaridan qat’iy nazar birlashishlariga sabab bo’ladi. Oilaviy bolalar
uylarini tashkil etilishi, bu oilada tarbiyalanishni xoxlagan bolalarga,oila qurishda amal qilinishi
lozim bo’lgan dastlabki tasavvurlarni shakllantiradi.Bolalarda hissiy to’yinish va oilada har bir
bolaga berilgan alohida vazifa natijasida,o’z shaxsiyatiga nisbatan baho bera olish qobiliyatini
shakllanishiga sabab bo’ladi.
REFERENCES
1.
Абдурахмонова, М. М. (2020). Ижтимоий иш касбий фаолиятининг мактабга
йўналтирилган соҳасини ривожланишида жаҳон амалиёти тажрибалари. Журнал
Социальных Исследований, 3(6).
2.
Абдурахмонова, М. М. (2021). ТЕОРИИ МЕЖСЕКТОРАЛЬНЫХ ПОДХОДОВ К
ЗАЩИТЕ ДЕТЕЙ. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.
3.
Абдурахмонова, М. М. (2021). НЕОБХОДИМОСТЬ ИЗУЧЕНИЯ ОБЩЕСТВЕННОГО
МНЕНИЯ ДЛЯ ПРИНЯТИЯ ЭФФЕКТИВНЫХ РЕШЕНИЙ В ШКОЛЕ. Человек.
Наука. Социум, (1), 33-46.
1089
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10
4.
Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). УЗБЕКСКАЯ МОДЕЛЬ
РАЗВИТИЯ МАЛОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА. Ученый XXI века, 62.
5.
Абдурахмонова, М. М., & Содикова, Д. Ш. (2020). EFFICIENCY OF MANAGEMENT
OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS IN THE PREPARATION OF QUALIFIED
PERSONNEL. Человек. Наука. Социум, (2), 8-27.
6.
Абдурахмонова, М. М. (2021). МАКТАБЛАРДА САМАРАЛИ ҚAРOР ҚAБУЛ
ҚИЛИШ УЧУН ЖAМOAТЧИЛИК ФИКРИНИ ЎРГAНИШ ЗAРУРИЯТИ. Журнал
Социальных Исследований, (SPECIAL ISSUE 1).
7.
Абдурахмонова, М. М., & Орипов, А. (2019). Основные направления и приоритеты
научной актуализации информационной парадигмы гражданского общества. Мировая
наука, (12), 56-59.
8.
Абдурахмонова, М. М., & Мирзажонов, Ж. (2020). Роль конституции в построении
правового государства и гражданского общества. Теория и практика современной
науки, (3), 9-11.
9.
Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). UZBEK MODEL OF SMALL
BUSINESS DEVELOPMENT. Учёный XXI века, (3-4 (16)), 58-63.
10.
Mаdаliyеvа, F., & Abduraxmonova, M. (2021). O ‘ZBЕKISTОNDА MАKTАB
BITIRUVCHI O ‘QUVCHILАRINI KАSB-HUNАR BILАN TА’MINLАSHDА
IJTIMОIY ISH АMАLIYOTI. Студенческий вестник, (8-3), 94-95.
11.
Abduraxmonova, M., & A'zamova, Z. (2021). O’ZBEKISTONDA PENSIYA TA’MINOTI
TIZIMINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM JIHATLARI. Интернаука, (7-2), 91-93.
12.
Shаripоvа, K., & Abduraxmonova, M. (2021). O‘ZBЕKISTОN MАKTАBLАRIDА
MЕHRIBОNLIK UYLАRI TАRBIYALАNUVCHISI BO‘LGАN O‘QUVCHILАR
BILАN IJTIMОIY ISH АMАLIYOTI ISTIQBОLLАRI. Студенческий вестник, (8-3),
82-83.
13.
Abdurakhmonova,M., Karimova,G., & Karimova,M. (2021). ROLE OF ETHICAL
CULTURE IN PREVENTING VIOLENCE AMONG SPUPILS. Интернаука, (11-2),50-51.
14.
Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. (2020). Conceptual
aspects of the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan.
Chief Editor, (5), 8.
15.
Abdurakhmonova, M. M. ugli Mirzayev, MA, Karimov, UU, & Karimova, GY (2021).
