Authors

  • Muhayyo Ergasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63350

Keywords:

Go’daklik o’yinchoq jismonan psixik ijtimoiy emotsional munosabat psixik taraqqiyot senzitivlik senzitiv davr hissiy yolg’izlik.

Abstract

Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bog’liq bo’lib, bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga uni to’g’ridan - to’g’ri emotsional hisssiy yuksalishiga ta’sir ko’rsatadi. Kattalar bilan emotsional munosabat 1-3 yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo’lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo’lishlariga unga o’z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o’yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi bilan birgalikda, dastlabki senzitiv jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

560

OILAVIY BOLALAR UYI SHAROITIDA TARBIYALANAYOTGAN BOLALARDA

SENZITIVLIKNING O’ZIGA XOSLIGI

Ergasheva Muhayyo Jo’rayevna

Xalqaro innovatsion universitet

“Psixologiya va jismoniy ma’daniyat kafedrasi” o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14736984

Annotatsiya. Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan hamkorlikdagi

emotsional munosabat bilan bog’liq bo’lib, bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga uni to’g’ridan -

to’g’ri emotsional hisssiy yuksalishiga ta’sir ko’rsatadi. Kattalar bilan emotsional munosabat 1-

3 yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo’lib

hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo’lishlariga unga o’z diqqatlarini

qaratishlariga odatlanishi, uning o’yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi

bilan birgalikda, dastlabki senzitiv jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Kalit so’zlar: Go’daklik, o’yinchoq, jismonan, psixik, ijtimoiy, emotsional munosabat,

psixik taraqqiyot, senzitivlik, senzitiv davr, hissiy yolg’izlik.

Abstract. The life of a child in infancy is completely connected with the emotional

relationship with adults, which directly affects the child's good mood and emotional growth.

Emotional relationship with adults is the main leading activity of children aged 1-3 years and is

the basis of the child's psychological development. The habit of adults to constantly be with the

child and pay attention to him, along with the weakening of his interest in toys, leads to the

emergence of the initial sensitive process.

Keywords: Infancy, toy, physical, psychological, social, emotional relationship,

psychological development, sensitivity, sensitive period, emotional loneliness

Аннотация. Жизнь ребенка в младенчестве полностью связана с эмоциональным

взаимодействием со взрослыми, а хорошее настроение ребенка напрямую влияет на его

эмоциональное развитие. Эмоциональные отношения со взрослыми являются основной

ведущей деятельностью детей в возрасте 1-3 лет и считаются основа психического

развития ребенка. Привычка взрослых постоянно находиться рядом с ребенком и уделять

ему внимание, а также ослабление его интереса к игрушкам обусловливают возникновение

первичного сенсорного процесса.

Ключевые слова: Младенчество, игрушка, физическое, умственное, социальное,

эмоциональное отношение, умственное развитие, чувствительность, сенситивный

период, эмоциональное одиночество.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

561

Go’daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam

reaksiyasi, boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan faol, tez, ilg’aydigan, harakatchan,

yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davrdir.

Go’dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez

rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va

ulardan foydalanishga o’rganadi.

Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining

funksional xolatini aks ettiradi.N.D.Levitovning ko’rsatishicha, yangi harakatlarni egallash

analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog’langan,ilk yoshdagi bolalarning muskullari

juda bo’sh bo’ladi.Shu sababli ham tana harakatini muvozanatlashtirishda kattalrni ko’magi zarur

hisoblanadi.

Go’daklik davridagi bolaning hayoti to’liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional

munosabat bilan bog’liq bo’lib, bola kayfiyatining yaxshi bo’lishiga uni to’g’ridan - to’g’ri

emotsional hisssiy yuksalishiga ta’sir ko’rsatadi. Kattalar bilan emotsional munosabat 1-3

yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo’lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo’lib

hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo’lishlariga unga o’z diqqatlarini

qaratishlariga odatlanishi, uning o’yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi

bilan birgalikda, dastlabki senzitiv jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bolalarga turfa

axborotlarni rang – barang berilishi, ular bilan muloqotga kirishish, o’ynash bolaning atrof –

olamdagi voqeliklarni anglashga bo’lgan ehtiyojini oshiradi.

Shuningdek cheklangan tarbiyaga nisbatan bolani faol harakat va muloqot bilan

ta’minlanishi boladagi bilish jarayonlarini rivojlanishini keltirib chiqaradi. Har bir bolada

senzitivlik har xil yoshga, har xil vaziyatga qarab shakllanadi.

Senzitivlik natijasida bola ma’lum harakat yoki xolatni o’zi mustaqil anglay olishi

kuzatiladi. Shu predmet yoki jarayon haqida bola tasavvurga ega bo’ladi.

Baholanki 1-5-3 yosh bolada nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola

bilan so’zlashayotganda kattalar so’zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talaffuzni

talab etishlari lozim.bir predmetni boshqasi o‘rnida qo’llay olish mumkinligini anglash, bolada

senzitivlikni eng yuqori cho’qqisi hisoblanadi.

Bu jarayon orqali endi bola yangi yondoshuvlar o’ylab topa boshlaydi. Oilada

tarbiyalanayotgan bola ko’proq kattalar bilan munosabatga kirishsa mehribonlik uylari

tarbiyalanuvchilari o’yinchoqlar bilan ovunishini ko’rishimiz mumkin.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

562

Oiladagi bolalar o’zlarida kechayotgan hissiyotlarni ko’rsatib, hissiy javob olishi mumkin,

lekin afsuski mehribon tarbiyachilar shijoatiga qaramasdan, bolalar ko’pincha muommolar

qarshisida bitta o’zlari qolishga majbur bo’lishadi. Muommolar qarshisida ojizlik,hali mustaqil

bajara olish ko’nikmasining shakllanmaganligi,bolalarda ruhiy tushkunlikni

Shuningdek bolalarda “hissiy yolg’izlik’’ni keltirib chiqaradi.1-3 yoshdagi bolalar

dastlabki mustaqil harakatlarni atrofidagi insonlar yordami, olqishi orqali amalga oshirgan bo’lsa,

ular yana shu olqish uchun ko’proq xatti-harakatlarni o’zlari mustaqil bajarishga harakat qilishadi.

Bola o’z harakatlari bilan atrofdagilarni diqqatini torta olishi mumkinligini

anglagan xolda endi harakatdan to’xtamaydi. Ana shunday munosabat natijasida bolada qandaydir

aktivlik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo’lgan

munosabatdan yuzaga keladigan emotsional reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar.

Bu kompleksda bola uning bilan munosabatda bo’layotgan odamga muloyim

tikilib, jilmayadi, qo’l va oyoqlari bilan talpinib qandaydir ovoz chiqaradi. Bolalarda ovoz

chiqarish orqali e’tibor tortish eng oson usul hisoblanadi. Psixologiya, psixofiziologiya,

psixolingvistika fanlarida to’plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko’ra akustik nutq

signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo’luvchi majmuaviy

xolatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.

Tarbiyaning to’g’ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo’ladigan muomila munosabatini

predmetlar, o’yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalarning bolaga

nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning diqqat qaratishi, javob qaytarishga

harakat qilishi, ba’zi so’zlarni xotirasida saqlab emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa

bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi.

Agar bola 5-6 oyligidayoq oilaviy bolalar uyi yoki farzandlikka olinsa, unda atrof olamdagi

narsa - predmet va insonlarga moslashib ketish osonroq kechishini ko’rishimiz mumkin.

Ana shunday munosabat natijasida bolada qandaydir aktivlik, kattalarga talpinish

reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo’lgan munosabatdan yuzaga

keladigan emotsional reaksiyalarni “jonlanish kompleksi” deb ham ataganlar.

Nutq juda erta bolaning va atrofdagilarning amaliy faoliyati bilan bog’lanib L.S.Vigotskiy

aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda

nutqning amaliy faoliyati bilan aloqadorlik shakllaridan biri,bo’lajak harakatlarni

rejalashtirish,kechayotgan harakatlarga nutqning yo’ldosh bo’lishi va harakat natijalarini nutq

vositasida ta’kidlab quyishda namoyon bo’ladi.Bularning bari esa aqliy faoliyatning shakllanishi

uchun juda zarur.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

563

Maktabgacha davrning oxiri kichik va o’rta bog’cha davrlarda nutq bolaning amaliy

faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi. Bolalarda senzitivlik faqat nutqqa nisbatan emas, balki

boladagi har bir bilish faoliyatlarini ma’lum davrlarda alohida –alohida rivojlanishini ko’rishimiz

mumkin. Ilk bolalik yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Ixtiyorsiz

diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bog’liqdir.

Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan bo’ladi.

Bola har qancha ko’p e’tibor va harakat bilan yashar ekan boladagi shaxsiy rivojlanish jadal

kechadi. Hissiy – emotsional jihatdan shakllangan ruhiyat muommolarga duch bo’lganda ruhiy

zaif bolalarga nisbatan kamroq stresga tushadi.

Bolalarni kichik yoshdayoq oilaviy bolalar uyiga qabul qilinishi, ularda hissiy–emotsional

bog’lanishni mustahkam bo’lishiga zamin yaratadi. Xuddi shu sababli ham bolalarni kichik

yoshdayoq oilaviy bolalar uylariga qabul qilinishi hissiy-emotsional holatlarni yaxshi

rivojlanishiga sabab bo’ladi.

REFERENCES

1.

Vasila Karimova “Psixologiya “, Toshkent, 2000.

2.

Foziev E. “Umumiy psixologiya “ 1-kitob, Toshkent, 2004

3.

“Psixologiya atlasi” M.Gomezo tahririda Moskva 1986

4.

M.G.Davletshin. “Psixologiya”, Izohli lug`ati, Toshkent 1998

5.

M.G.Davletshin. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 2002.

6.

Foziev E. «Umumiy psixologiya», 2 –kitob, Toshkent, 2004.

7.

A.V.Petrovskiy. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 1992.

8.

Anastazi A. Psixologicheskoe testirovaniya v dvux tomax. M., 1992.

9.

M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o`qituvchisi psixologiyasi. T., 1997.

10.

Foziev E. Psixologiya. T., 1994.

References

Vasila Karimova “Psixologiya “, Toshkent, 2000.

Foziev E. “Umumiy psixologiya “ 1-kitob, Toshkent, 2004

“Psixologiya atlasi” M.Gomezo tahririda Moskva 1986

M.G.Davletshin. “Psixologiya”, Izohli lug`ati, Toshkent 1998

M.G.Davletshin. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 2002.

Foziev E. «Umumiy psixologiya», 2 –kitob, Toshkent, 2004.

A.V.Petrovskiy. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 1992.

Anastazi A. Psixologicheskoe testirovaniya v dvux tomax. M., 1992.

M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o`qituvchisi psixologiyasi. T., 1997.

Foziev E. Psixologiya. T., 1994.