ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
953
SURXONDARYO VILOYATIDAGI BA’ZI TOPONIMLAR VA ULARNING
TAHLILI
Jumayev Mustafo Erkin o’g’li
Termiz davlat unversiteti
Jahon tarixi kafedrasi o’qituvchisi.
mustafojumayev95@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14589208
Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatidagi ba’zi joy nomlarining tahlili
tarixiy va lingvistik jihatdan yoritib berishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar: Besherkak, Afg’onguzar, “8-mart”, Bo’yrachi, Pasurxi, Bog’ibolo,
Ko’hitang, Gaza.
SOME TOPONAMES IN SURKHANDARYA REGION AND THEIR
ANALYSIS
Abstract. This article attempts to shed light on the analysis of some toponyms in
Surkhandarya region from a historical and linguistic perspective.
Keywords: Besherkak, Afgonguzar, “March 8”, Boyrachy, Pasurkhi, Bogibolo, Kohitang,
Gaza.
НЕКОТОРЫЕ ИМЕНА В СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ И ИХ
АНАЛИЗ
Аннотация В данной статье анализ некоторых топонимов Сурхандарьинской
области пытается быть объяснен с историко-лингвистической точки зрения.
Ключевые слова: Бешеркак, Афганузар, «8 марта», Бойрачи, Пасурхи, Богиболо,
Кохитанг, Газа.
Besherkak - Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qishloq. Toponim shu
hududda yashagan beshta odamning nomidan olingan. Uning paydo bo‘lish sababi esa
quyidagicha. Sadriddin Ayniy Buxoro hukmdori Rahimxon buyrug‘i bilan karminalik qozi
Zuxayr o‘g‘li qozi Muhammad Vafo (Shuhrat) tomonidan o‘z ko‘zi bilan ko‘rib yozilgan
«Tuhfai xoniy» nomli kitobidan olingan xulosasi asosida quyidagilarni bayon etadi: Mang‘it
sulolasining boshlig‘i, Buxoro hukmdori Rahimxon o‘zining Ko‘histonga qilgan ikkinchi
yurishida, ya’ni hijriy 1170 (milodiy 1756/57) yilda Sherobod qal’asi yaqinidagi Ko‘histon
qal’asi (hozirgi Kallamozor)da hisorliklar va Ko‘histonning boshqa ozod xalqlari bilan
to‘qnashadi. Bu jangda Rahimxonning qo‘li baland keladi, asir tushgan erkaklarni so‘yib,
boshlaridan kalla minora yasaydi, xotin-qizlarni esa o‘z sipohilari (askarlari)ga taqsimlab
beradi.
1
Shoniyoz Safarovning ma’lumotiga ko‘ra, Sherobod yaqinidagi quyi Laylagan (hozirgi
Kallamozor va Ashurxilvat) elbegi urug‘ining yurti bo‘lgan davrlarda uning shimoliy va
sharqiy tomonidagi keng adirlar, qirlar elbegilarning chorvasi uchun yaylov hisoblangan.
Rivoyatga ko‘ra, fojia sodir bo‘lgan vaqtlarda elbegilarning besh suruv qo‘yi shu
yaylovlarda bo‘lgan.
1
Ayniy Sadriddin. Asarlar, 4-jild, Toshkent, 1965 yil, 95-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
954
Qal’a atrofi aholisi qirib tashlanganda yaylovdagi besh cho‘pon mollari bilan omon
qolgan. Shu tufayli bu yaylov keyinchalik ularning sonidan kelib chiqib,
Besherkak
deb
atalgan.
2
Afg’onguzar – Surxondaryo viloyatining Denov, Jarqo’rg’on, Termiz va Sherobod
tumanlarida uchraydigan qishloq. Qadimdan mazkur nomlar bilan ataluvchi joylarda savdo-
sotiq bilan shug’ullangan afg’onlar yashagan.
“8-mart” - bu qishloq Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan. 1917-yilgi
oktyabr to`ntarishidan oldin u qishloq o`rnini to`qay va mayda ko`llar qoplab yotargan. U
yerda har xil yovoyi hayvonlar ko`p bo`lgan. Keyinchalik bu yerlar asta -sekin o`zlashtirilib,
yangi erlar ochildi, yangi uylar qurildi va odamlar yashay boshladilar. Qishloqda avval juda
ko`p ko`l bo`lganligi sababli «Ko`l qishlog`i» deb ham atalib kelgan. 2-jahon urushi yillarida
qishloq xo`jalik ishlarini boshqarish xotin-qizlar zimmasiga tushganligi, hamma ishlarni xotin-
qizlar bajarganligi uchun «Ko`l» qishlog`iga 1946 yili Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami «8-
mart qishlog`i» deb nom berilgan.
Bo’yrachi – Surxondaryo viloyatidagi Sherobod, Jarqo’rg’on, Denov tumanlarida
uchraydigan shu nomdagi qishloq. Bo’yra to’quvchilar nomi bilan bog’liq. Bo’yra bu pishgan
qamish po’stini tozalab to’qiladigan solinchiq (to’shama). Uy-joylarda namat (kigiz), gilam,
palos tagidan to’shaladi. Bo’yra paloslarni tuproq va zaxdan saqlagan; imorat tomini yopishda
vassa ustidan qo’yilgan, to’yhashamlarda, turli marosimlarda foydalanilgan, mevalarni yoyib
quritishda, quritilgan mevalarni qishda saqlashda Bo’yrani choklab, qop o’rnida ishlatganlar.
“Bo’yrapo’sh” degan qishloqlar ham shu kasb nomi bilan bog’liq.
Pasurxi - Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qishloq. 2009-yildan
shaharcha maqomi berilgan. Pasurxi toponimi etimalogiyasiga to’xtaladigan bo’lsak “past” +
“surxi” so’zlari qo’shilishidan hosil bo’lgan. “Past” bu – pastki, quyi ma’nosini, “surxi” esa
fors-tojik tilida qizg’ish, qizil ma’nosini berib, shu hududdagi tepalikka atab qo’yilgan, yani
“quyi qizil tepalik” ma’nosida. Ba’zilar esa “Qizil do‘ngning orqa tomoni” deb tushunishadi.
Bog’ibolo - Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qishloq. Bog’ibolo ikki
so’z: “bog’” + “balo” so’zlari qo’shilishidan hosil bo’lgan bo’lib, bog’ bu – bog’, bolo esa
tojik tilida yuqori degam ma’noni bildiradi. Demak, “Bog’ibolo” bu – “yuqori bog” degani.
Boshqa bog‘larga nisbatan yoki aholi markazidan yuqorida joylashgan (yoki atrofida
tashkil bo‘lgan) bog‘. Bog‘i-boloni janubiy-g‘arbida “Qo‘rg‘oni bolo qabriston”i bor.
Sharqdan “Xoja Surx Push” (qizil Ayzon) qabristoni bilan tutashgan .
Gaza – Surxondaryo viloyati Boysun tumanining sharqida joylashgan qishloq. Gaza
deb odatda tog‘ etaklari va notekis adirlarda qirsimon cho‘ziq balandliklarning oshib o‘tadigan
yo‘l bo‘lgan qismi. Ochgaza, Oqgaza, To‘qgaza, Qoragaza kabi turlari bor. Qishloq joylashish
o‘rniga ko‘ra nomlangan. Gaza-Yuqori Gaza va Quyi Gaza tarzida ikkiga bo‘lingan.
Ko’hitang – Surxondaryo viloyatinnig g’arbidagi shimolda Boysuntog‘ va janubda
Amudaryoga qadar cho‘zilgan yirik tog‘ tizmasidir.
2
Umarov I. va boshqalar. Surxon vohasida..., 265-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
955
Ko‘hitang so‘zi ko‘h (fors-tojikcha—«tog‘» , va tang (fors-tojikcha—tor, siqiq)
so‘zlaridan olinib, «eni qisqa, tor tog‘» ma'nosini bildiradi. Eng yuqori nuqtasi Ayribobo
cho‘qqisi sanaladi. U dengiz sathidan 3137 metr balandlikda joylashgan.
Xulosa qilib aytganda Surxon vohasida geografik o’rni, milliy kelib chiqishi yoki kasbi
va ijtimoiy holatiga qarab qo’yilgan nomlar ko’ochilikni tashkil etadi.
REFERENCES
1.
Ayniy Sadriddin. Asarlar, 4-jild, Toshkent, 1965 yil,
2.
Umarov I. va boshqalar. Surxon vohasida..., 2014
3.
Tursunov S. “Surxondaryo viloyati toponimlari”. T. 2008-y
4.
S.N.Tursunov, Q.Rashidov. “Boysun”. Boysun. 2011-y.
5.
S. Qorayev. “Toponomika”. Toshkent – 2006-y.
6.
Erkin o’g’li, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO’LIMLARI VA
ULARNING
TARIX
UCHUN AHAMIYATI. Лучшие интеллектуальные
исследования, 9(2), 121-125.
7.
Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING
ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576.
8.
Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI BOYSUN TUMANI PANJOB QISHLOG‘I
AHOLISINING NOMODDIY MADANIYATIDAN. TAMADDUN NURI JURNALI,
6(57), 78-81.
9.
Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA
XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATI RIVOJLANISHI. Modern Science and Research,
3(7).
10.
Xabibullo o‘g‘li, M. R. (2024). THE FAMOUS CHOPOGAN OF TAKCHI RESIDENTS
OF ALACHOPON.
Journal of Learning on History and Social Sciences
,
1
(5), 42-44.
