Authors

  • Dildora SHaripova
  • Gulnara Kutimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59034

Keywords:

Jamiyat ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy guruhlar madaniyat ijtimoiy tenglik ijtimoiy institutlar ijtimoiy nazorat ijtimoiy tafovut ijtimoiy taraqqiyot oila ta'lim ijtimoiy qadriyatlar ijtimoiy muammolar ijtimoiy hamkorlik ijtimoiy ong.

Abstract

Bu maqolada satsiologiya fanining jamiyatimizda tutgan o’rni, jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar haqida sóz etilgan.

background image

1290

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

SATSIOLOGIYA FANINING JAMIYATIMIZDA TUTGAN O’RNI

SHaripova Dildora

"Berdaq" nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti Tarix fakulteti

Sotsiologiya yoʻnalishi 2- kurs talabasi.

Kutimova Gulnara

Ilmiy rahbar: QMU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi oʻqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14571040

Annotatsiya.

Bu maqolada satsiologiya fanining jamiyatimizda tutgan o’rni,

jamiyat,

uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar haqida sóz etilgan.

Tayanch soʻzlar:

Jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy guruhlar, madaniyat, ijtimoiy

tenglik, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy tafovut, ijtimoiy taraqqiyot, oila, ta'lim,

ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy hamkorlik, ijtimoiy ong.

THE ROLE OF SOCIOLOGY IN OUR SOCIETY

Abstract.

This article discusses the role of sociology in our society, important ideas about

society, its existence and development.

Keywords:

Society, social relations, social groups, culture, social equality, social

institutions, social control, social difference, social development, family, education, social values,

social problems, social cooperation, social consciousness.

РОЛЬ СОЦИОЛОГИИ В НАШЕМ ОБЩЕСТВЕ

Аннотация.

В данной статье говорится о роли социологической науки в нашем

обществе, важных мыслях об обществе, его существовании и развитии.

Ключевые слова:

Общество, социальные отношения, социальные группы, культура,

социальное равенство, социальные институты, социальный контроль, социальные

различия, социальное развитие, семья, образование, социальные ценности, социальные

проблемы, социальное сотрудничество, общественное сознание.

Sotsiologiya (lot. socius — jamiyat, yun. λόγος — bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun

tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar,

shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil

qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara

oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.

Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va boshqalar)

paydo boʻldi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino,

Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan.


background image

1291

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Sotsiologik tasavvur va qarashlar XIX asrning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar

ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda.

Sotsiologiyaning asoschisi fransuz mutaffakiri Ogyust Kont sotsiologiyani jamiyat

haqidagi tajribaga asoslangan fan deb hisoblaydi.Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati

turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda

uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle).

XIX asrgacha sotsiologiya falsafaning tarkibiy bir qismi boʻlib kelgan. Dastlab Yevropada

taraqqiy etgan sotsiologiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va

asosli ravishda qoʻya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858—1918), V. Pareto

(1848—1923), P. Sorokin (1889—1968)). Shu maʼnoda u mohiyatan makrosotsiologiya edi.

Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, „kichik“ ijtimoiy hodisalarni oʻrganuvchi

mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi (J. Dyui (1859—1952), Ya. Moreno

(1892—1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (1880—1949)). Keyinchalik sotsiologiyaning bu

makro va mikro koʻrinishlari T. Parsons (1902—1979), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va

P. Lazersfeld (1901—1976)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatida yagona tizimga keltirildi. Biroq

sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha

davom etib kelyapti, yangi sotsiologiya yaratishga urinishlar toʻxtamayapti.

Sotsiologiya oʻz taraqqiyotining klassik davrida yaxlit bilimlar tizimi sifatida rivojlangan

boʻlsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yoʻnalishlar kirib kela boshladi. Mexanistik nazariya

tarafdorlari G. Ch. Keri (1798—1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848—1923)

sotsiologiyani ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, xususan, organik

yoʻnalish (G. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy darvinizm vakillari (Ch. Darvin va

boshqalar) jamiyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik

qarashlarda (D. S. Mill (1806—1873), MakDugall) jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar tahlil

nazariyasi, instinkt nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, Z. Freyd (jinsiy

mayl), Ya. Moreno (jamiyatni individual-psixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektiv-

psixologik nazariyalarga olib keldi. Shu yoʻnalishda ijtimoiy-psixologik, bixevioristik, simvolik

interaksionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari rivojlandi.

Hozirgi davrda funksionalizm zamonaviy gʻarb sotsiologiyasining asosiy yoʻnalishlaridan

biri hisoblanadi. Bu yoʻnalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funksional birligi,

uning dinamik muvozanati muammolariga asosiy eʼtiborni qaratadi. Formal-sotsiologik yoʻnalish

F. Tennis (1855—1936), G. Zimmel, L. fon Vize (1876—1969) kabi sotsiologdar ijodi taʼsirida

mustahkamlandi va rivojlandi. Bu yoʻnalish vakillari ijtimoiy hodisalarning mazmunidan ham

koʻra ularning shakliga koʻproq eʼtibor berilsa, bu sotsiologiya predmetiga mosroq boʻladi, deb

hisoblaydi.


background image

1292

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Oʻzbekistonda ham sotsiologiya oʻz tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida

asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida

oʻz ifodasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi sotsiologiyaning rivojlanishiga

ham katta hissa qoʻshdilar. Mukammal jamiyat gʻoyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning

oʻrni va roli masalalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu boʻlganligiga qaramay

sotsiologiya fanini mustaqillikdan soʻnggina lozim darajada rivojlantirish imkoniyati tugʻildi.

Oʻzbekistonda keng koʻlamli nazariy-metodologik muammolarni qoʻyish, ijtimoiy

dunyoga tahliliy nazar bilan qarash koʻnikmalari hosil qilinmoqda. Sotsiologiya faniga oid kitob

va risolalar, darslik va qoʻllanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sotsiologik tafakkurni

shakllantirish, uni taʼlim tizimida, boshqaruvda, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarda

kengroq qoʻllashga harakat qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat

va jamiyat qurilishi akademiyasida „Sotsiologiya va boshqaruv psixologiyasi“ kafedrasi faoliyat

yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi

tomonidan sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish tajribasi toʻplandi. Bir nechta ilmiy muassasalar

(Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, viloyatlardagi universitetlar)da

nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu ilmiy fanning konturlari hatto T. Xobbs, J.

Lokk, Sh. Monteskye va boshqa taniqli siyosiy faylasuflarning asarlarida ham aks eta boshladi.

Ammo, bu mualliflar nafaqat siyosiy tizimlarning oʻzgarishi, balki ishlab chiqarish

usullari, ularning evolyutsiyasi, shu bilan birga, bu rivojlanish jamiyatga qanday taʼsir qilganini

tahlil qilishda ongli ravishda bugungi kunda siyosiy sotsiologiya bilan bogʻliq boʻlgan masalalarga

toʻxtalib oʻtdilar.

Siyosiy sotsiologiyaning paydo boʻlishi odatda Maks Veber faoliyati bilan bevosita bogʻliq

boʻlib, u birinchilardan boʻlib hokimiyat munosabatlarining ijtimoiy tahlilini oʻtkazgan va

jamiyatda hukmronlik turlarining tasnifini siyosatga olib kirgan (xarizmatik, anʼanaviy va

ratsional-huquqiy yetakchilik). M.Veber Byurokratiyaning davlatni boshqaruvchi tuzilma sifatida

faoliyat yuritish jarayonini tahlil qilgan va bunda asosan sotsiologik kategoriyalarga tayangan.

Shunday qilib, u mansabdor shaxslarning shaxsiy fazilatlari va ularning ijtimoiy guruh

sifatidagi xususiyatlariga qarab byurokratiyani bir nechta turlarga ajratdi. M.Veberning fikricha,

boshqaruvda byurokratiya ideal usul boʻlib, unga koʻra byurokratiya toʻlaqonli ijtimoiy guruh

aʼzolari uchun yagona mafkuraga sifatida oʻrin hosil qila oladi. Ushbu mafkuraga koʻra unda

odamlar umumiy qadriyatlarga ega hisoblanib, burchlarini aniq his qilgan holda oʻzlarining emas,

balki jamiyat manfaatlarini koʻzlaydilar.


background image

1293

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

REFERENCES

1.

Социологический словарь: Пер. с англ. / Н. Аберкромби, С. Хилл, Б. С. Тернер. —

М.: ЗАО Издательство „Экономика“, 2004. — С. 332.

2.

Jump up to:2,0

2,1

Н. Баранов.

„Политическая социология как наука“

. 27-mart 2020-

yilda asl nusxadan

arxivlangan

. Qaraldi: 27-mart 2020-yil.

3.

Вебер, Макс

. Хозяйство и общество. Очерки понимающей социологии.

,

2017.

ISBN 978-5-7598-1514-3

.

References

Социологический словарь: Пер. с англ. / Н. Аберкромби, С. Хилл, Б. С. Тернер. — М.: ЗАО Издательство „Экономика“, 2004. — С. 332.

↑ Jump up to:2,0 2,1 Н. Баранов. „Политическая социология как наука“. 27-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2020-yil.

↑ Вебер, Макс. Хозяйство и общество. Очерки понимающей социологии., 2017. ISBN 978-5-7598-1514-3.