Authors

  • Nodira Pirmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.59035

Keywords:

Toshkent - Farg’ona maqom yo'nalishi maqomchilar «Surnay Iroqi» Ashula yoʻllari

Abstract

Maqomlar tarixini o'zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy ohang qatlamlarini o'rganish tashkil etadi. Biz hozir Toshkent - Farg’ona maqom yo'nalishi va uning tarixi haqida so’z yuritamiz.

background image

1294

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI

Nodira Pirmatova

Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti Maqom xonandaligi kafedrasi

mudiri dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14571085

Annotatsiya.

Maqomlar tarixini o'zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi

davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish

ildizlari, dastlabki kuy ohang qatlamlarini o'rganish tashkil etadi. Biz hozir Toshkent - Farg’ona

maqom yo'nalishi va uning tarixi haqida so’z yuritamiz.

Kalit so’zlar:

Toshkent - Farg’ona maqom yo'nalishi, maqomchilar, «Surnay Iroqi»,

Ashula yoʻllari

FERGANA-TASHKENT HIGHWAYS

Abstract.

The history of status can be divided into two main periods. The content of the

first period is the study of the roots of the very ancient origins of the maqoms in the space-time

plan, the layers of the first melody. It is about the Tashkent-Fergana route and its history.

Keywords:

Tashkent - Fergana maqom route, maqomists, "Surnay Iraqi", Ashula roads

ФЕРГОНА-ТАШКЕНТ МАКОМ ДОРОГИ

Аннотация.

Историю статуса можно разделить на два основных периода.

Содержание первого периода - изучение корней очень древних истоков макомов в

пространственно-временном плане, пластов первой мелодии. Речь идет о маршруте

Ташкент-Фергана и его истории.

Ключевые слова:

статусный маршрут Ташкент-Фергана, официальные лица,

«Турнай Ирак», дороги Ашула.

Tabiiyki, bu davrda, hozirda bizga ma'lum tom ma'nodagi maqomlar bolmagan albatta.

Zotan bizgacha yetib kelgan maqomot tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-

madaniy taraqqiyotning ma'lum bosqichi bilan shakllanganki, bu (ikkinchi davr) xususida o'z

o'rnida mufassalroq to'xtamga o'tamiz. Ta'kidlash joizki, maqom kuy ohanglarini qadimiy

qatlamlarini o’rganishga ko'mak bo'luvchi maxsus musiqiy risolalar bo'lmasada ammo bu borada

eng asosiy va muhim manbaalar bizning davrga qadar yetib kelgan. U ham bo’lsa ajdodlarimizdan

ulkan ma'naviy meros qolgan. Shashmaqom, "Xorazm maqomlari" va "Farg' ona-Toshkent

maqom yo'llari"dir. Maqom kuylarining xususiy "tip" tuzilish (sintaksis) turlarini malakali idrok

va tahlil eta olish asosida ular tarkibida uyg’unlashgan turli davr musiqiy qatlamlarini aniqlab olish

imkoniyati mavjud. Ayni palda bizga ma'lum rivoyatlar mazmunidan ham zarur xulosalar keltirish

mumkin. Keling hozir "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari" haqida gaplashamiz.


background image

1295

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva

va b.) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom na'munalarining umumlashma nomi.

Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli oʻlaroq alohida alohida cholgʻu va ashula

yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari «Nasrullo I—V», «Munojot 1—V», «Ajam va

taronalari», «Miskin I—V», «Segoh I — III», «Sayqal I— II», «Mirzadavlat I—II», «Choʻli Iroq»,

«Chorgoh», «Surnay Iroqi», «Surnay Dugohi» «Surnay Ushshogʻi» kabilar mashhur. Ashula

yoʻllari alohida bir qismli («Segoh, «Toshkent» irogʻi» kabi) na'munalardan tortib keng koʻlamli

turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli «Chorgoh», «Bayot», «Bayoti Sheroziy»,

«Gulyor—Shahnoz» va yetti qismli «Dugoh — Husayn» ashula yoʻllari ommalashgan. Ular

mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va b.) namunalari asosida

oʻqiladi.

Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas,

«Miskin I», «Miskin II», «Bayot I»). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham

uchraydi. Jumladan, «Miskin» cholg'u turkumining III kismi «Adoiy», IV qismi «Asiriy»,

«Nasrullo»ning II qismi «Chavandoz», III qismi «Qashqarcha», IV qismi «Tarona», V qismi

«Ufar» deb nomlanadi. Shuningdek, Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —T. m. y. ning cholgʻu

kuylarining ayrimlariga nisbatan «Mashq» atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, «Mashqi

Chorgoh», «Mashqi Dugoh—Husayn» va h. k.). Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari —Toshkent

maqom yo’llarining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi

va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. «Yoʻllari» atamasi ham shunga

ishora etadi. Zero «maqom» atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida «yoʻl» maʼnosidagi

«roh», «tariqa», «ravashin» kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh

ravishda F — T. m. y. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va

sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Nay surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar

oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy sharoitlarida

oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu maqomlarda

Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari oʻz

aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida

mashhur boʻlishi sabablaridan biridir.

Maqom borasidagi ushbu ta'riflar nafaqat O'n ikki maqom, balki Shashmaqom, Xorazrn

maqomlari va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llariga ham bevosita dahldordir. Bu o'rinda ularning

tarkibiy qismlarida "maqom" so'zi bilan birga yana "samo", "gardun", "qalandar", "samandar",

"girya", "nola", "charx", "faryod", "soqiynoma", kabi ko'plab tasavvuf istiholarining qo'llanishi,

shuningdek, asosiy ayrim yo'llarida ishlatsak, Jomiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Mashrab, Bedil

va b.) nazmidagi g'azallaming kuylanib kelinishi, shuningdek, "sof' musiqiy jihatdan esa


background image

1296

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

mukammal parda yo'llari asosida (tariqat jarayonlarining badiiy aksi o'laroq). Kuy mavzularini bir

tartibda izchil rivojiantirib, ularning avj sifatlarini namoyon etish tamoyili kabi omillarini dalillar

qatorida keltirish mumkin.

Lekin eng muhim dalil bu buyuk ishq dardi ila yo'g'rilgan maqomlar musiqasidir. Chunki

bu musiqa nazmida pok ruhiyatning asl go'zallik chin haqiqat sari ma'naviy xuruji o'z ifodasini

topdi. Binobarin maqomlarning asrlar osha o'z badiiy qadr-u qiymatini yo'qotmasligi va ayni

paytda, milionlab odamlar qalbidan o'rin olganligining asl sabablaridan biri ham ularning te'ran

ma'nolarga yo'g'rilgan go'zal navolari-yu, be'qiyos shakl-u tamoillari bilan izohlanadi. Zero,

ma'naviyatdan uzilgan har qanday go'zallik oxir-oqibat yoqimsizdir. Demak, maqomlar nafaqat

Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo'lga kiritgan ulkan hodisa bo'ldi. Zotan maqomlar

insonlarda sof, muqaddas tuyg'ulami uyg'otuvchi, ruhiyati nafs to'siqlari uzra asl maqomlari sari

yuksalishga da'vat etuvchi ma'naviy navolarimizdir.

Demak, maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo'lga kiritgan ulkan

hodisa bo'ldi. Zotan maqomlar insonlarda sof, muqaddas tuyg'ulari uyg'otuvchi, ruhiyatni nafs

to'siqlari uzra asl maqomlari sari yuksalishga da'vat etuvchi ma'naviy navolarimizdir.

REFERENCES

1.

Karomatov F., Elsner Yu. Makam I makonr, kn: Muzika narodov Azii I Afriki. Vip . 1r4,

1984, s. 91

2.

Sach Curt- The Rise of music in the anchient World and West. W. W. Noften E.Company

INC. New York., Vinogradov V. S. Klassicheskie tradicii hanskoy muziki. M., Sovetskiy

kompozitor, 1981, s. 30-32; Gnrber R. L Vseobshaya istoriya muziki. I. M., Gosmuzizdat,

1960, s. 69, ll4-117

3.

Jmud L. Ya, Pifagor I yego shkola. L., Nauk4 1990, s. 91-100

4.

Change Darvish Ali. Traldat o muzike. (perevod s pers.-tadj. D. Rashidovoy) Rukopis bib-

ka Ntr Iskusstvoznaniya Inv. N879 s. 23-29.

5.

Nazarov

A.

F.

Kniga

pesen

al-Isfaxani

v

aspekte

mejregionalnix

muzikalnotranskulturativnix processov. Dis. Kan. Is-y4 bib-ka N Iskusstvoznaniya. Inv

N812, s.37

6.

Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social

Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.

7.

Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING

EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.

References

Karomatov F., Elsner Yu. Makam I makonr, kn: Muzika narodov Azii I Afriki. Vip . 1r4, 1984, s. 91

Sach Curt- The Rise of music in the anchient World and West. W. W. Noften E.Company INC. New York., Vinogradov V. S. Klassicheskie tradicii hanskoy muziki. M., Sovetskiy kompozitor, 1981, s. 30-32; Gnrber R. L Vseobshaya istoriya muziki. I. M., Gosmuzizdat, 1960, s. 69, ll4-117

Jmud L. Ya, Pifagor I yego shkola. L., Nauk4 1990, s. 91-100

Change Darvish Ali. Traldat o muzike. (perevod s pers.-tadj. D. Rashidovoy) Rukopis bib-ka Ntr Iskusstvoznaniya Inv. N879 s. 23-29.

Nazarov A. F. Kniga pesen al-Isfaxani v aspekte mejregionalnix muzikalnotranskulturativnix processov. Dis. Kan. Is-y4 bib-ka N Iskusstvoznaniya. Inv N812, s.37

Pirmatova N. XONANDALIK VA HOFIZLIK MAHORATI //Art and Design: Social Science. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 24-27.

Pirmatova N. PROBLEMS OF VOICE ADJUSTMENT IN MAQOM SINGING EDUCATION //Archive of Conferences. – 2021. – Т. 22. – №. 1. – С. 39-43.