Dekabr, 2024-Yil
1148
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOGNITIV-
PRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLАNTIRISH METODLARI
To‘rabekova Aziza Mirzabek qizi
Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14633960
Annotatsiya.
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kognitiv-
pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishda talabalar va boshlang samarali ich sinf
o‘quvchilarida samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlar tasnif qilingan. Berilgan
metodlarning amaliyotda qay tartibda qo‘llanilishi metodik jihatdan yoritilganligi maqolaning
qiymatini belgilaydi.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich sinf, metod, kognitivlik, pragmatiklik, “Xatoni top” metodi,
“Tovushni top” metodi, “So‘zni top” metodi, “Quyonchaga yordam” metodi.
Аннотация.
В данной статье классифицированы методы, которые могут быть
эффективно использованы у студентов и учащихся начальных классов в развитии
когнитивно-прагматических компетенций будущих учителей начальных классов.
Методическое освещение порядка применения данных методов на практике определяет
ценность статьи.
Ключевые слова:
начальный класс, метод, когнитивность, прагматичность, метод
"Найди ошибку," метод "Найди звук," метод "Найди слово," метод "Помощь крольчику."
Annotation.
This article classifies methods that can be effectively used in the development
of cognitive-pragmatic competencies of future elementary school teachers in students and
elementary school students. The methodological coverage of the order in which the given methods
are used in practice determines the value of the article.
Key words:
elementary school, method, cognitive, pragmatic, "Find the error" method,
"Find the sound" method, "Find the word" method, "Help the rabbit" method.
Metodist H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili o‘qitish metodlarini
quyidagicha tasniflaydi: o‘qituvchining bayoni; suhbat; til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
grammatik tahlil; mashq; darslik ustida ishlash; ko‘rgazmali qurollardan foydalanish; sayohat
1
.
Boshlang‘ich sinflar o‘qish darslarini ta’limning maqsadiga muvofiq tashkil etishda suhbat
metodini qo‘llash o‘quvchi tafakkuri va bilim olishdagi mustaqilligining nisbatan baland darajasini
1
G‘ulomov A, Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. “Universitet” nashriyoti. 2001, 55-b.
Dekabr, 2024-Yil
1149
ta’minlash lozim. Mazkur metodda o‘qituvchining vazifasi o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga
soladigan, ma’lum maqsadga xizmat qiladigan, ayni zamonda qiziqarli, bilimlarni yangi vaziyatga
muvofiqlashtirish va qayta ishlashga yo‘llaydigan, xulosa chiqarishga undaydigan, chiqarilgan
xulosalarni asoslashni talab qiladigan tarzdagi savol va topshiriqlarni tuzishdan iborat.
O‘quvchining faoliyati esa vaziyatni tahlil etish, o‘zlashtirilgan axborotlarni yodga soladigan
savollar qayd etish, ularga javob izlash, javob berish, yarim mustaqil va mustaqil xulosalar
chiqarish, fikrlarini asoslashdan iborat bo‘ladi.
“O‘qish savodxonligi” darsligidan o‘rin olgan badiiy matnlarni o‘rganishda qo‘llanadigan
suhbat metodi nafaqat o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan, balki o‘quvchilarning o‘zaro
dialogik hamkorligini ham nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati o‘qituvchi tomonidan o‘quv
materialidagi yetakchi, o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa u yerda o‘zidan ijobiy iz qoldirishi mumkin
bo‘lgan qarashlarni qiziqarli tarzda savol yoki topshiriqqa aylantira bilish, o‘quvchilarni javob
topish yo‘llarini izlashga, bilim va ma’naviy sifatlar, xulosa, qonuniyat va qoidalarning bolalar
tomonidan qayta kashf etilishiga, tarbiyalanuvchilarini yaratish lazzatini tuyishga jalb qilishdan
iboratdir
2
.
A.Tojiyevning “Adabiyot darslarida suhbat” kitobida bu metodning o‘ziga xos
xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan
3
.
“Xatoni top” metodi
Berilgan gaplardan xato yozilgan so‘zlarni toping va to‘g‘risini yozing.
1.
O‘quv qund beradi, bilm – sharav-shon,
Shu ikkov tuvayli ulug‘dir inson (Mahmud Koshg‘ariy).
2.
Noqobul o‘qtuvchi xaqiqatni shunchaki aydadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga
o‘rgatadi (V.O.Distervig).
3.
Qiyn fanlar yo‘q, faqat xazm etilishi qiyin bo‘lgan izoxlargna bor (A.I.Gersen).
4.
Qobilyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulumkorlik va noqobul odamga tarbiya
xayfdir. Tarbiyangni ayap unisini nobut qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketqazma (Alisher
Navoiy).
Mazkur o‘yinni talabalarni guruhlarga bo‘lgan holatda bajartirish tavsiya etiladi. Bu usulda
bajarish orqali talabalar bahs-munozara qilib, o‘z fikrlarini ilmiy izohlab, asoslash orqali
2
Husanboyeva Q., Hazatqulov M., Xolsaidov F. Ona tili va o‘qish savodxonligi metodikasi./Darslik?.- Toshkent: “Innovatsiya-
ziyo”, 2022. 252 bet.
3
Tojiyev A. Adabiyot darslarida suhbat. – T.: “ O‘qituvchi”, 1997.
Dekabr, 2024-Yil
1150
topshiriqni bajaradilar. Bu esa ularda kognitiv-pragmatik kompetentlikni yanada rivojlantirishga
xizmat qiladi.
“Tovushni top” metodi
Nutqalar o‘rniga kerakli undoshlarni qo‘yib yozing.
Kito…, avlo…, …isob, …ozo…, yal…iz, ko‘cha…, ba…nafs, tala…uz, soa… .
“So‘zni top” metodi
Berilgan namuna asosida topshiriqni bajaring.
Namuna:
bol – l + y = boy
moy – y + sh =
bog‘ – b + t =
lola – l + b =
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun shu kabi topshiqlar tuzing.
Bunda o‘quvchi ham mantiqan, ham uslubiy jihatda mulohaza qilib to‘g‘ri so‘zlarni topadi.
Bunday topshiriqlar tuzish esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining zehnini va bilimini
kengaytirishga xizmat qiladi.
“Quyonchaga yordam” metodi
Quyonchaga sabzini qo‘lga kiritishi uchun ko‘maklashing. Faqat imloviy xatosi yo‘q
so‘zlargina quyonchani sabziga olib boradi!
Ushbu metodni bajarish davomida o‘quvchilar har bir katakdagi so‘zni o‘qib chiqadilar va
unda imlo xatosi bor yoki yo‘qligini tahlil (analiz) qilish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar
va imlosini bilmagan so‘zlarini lug‘at kitoblar yoki internetdan foydalangan holda to‘g‘risini
topishga majbur bo‘ladilar. Bu orqali o‘quvchilarda imloviy savodxonlik rivojlanadi va olingan
axborotlardan aniq va ishonchlilarini ajratish ko‘nikmasi takomillashib boradi.
Umumiy qilib shuni ta’kidlash joizki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
m
e
t
o
d
l
a
Dekabr, 2024-Yil
1151
REFERENCES
1.
G‘ulomov A, Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.
“Universitet” nashriyoti. 2001, 55-b.
2.
Husanboyeva Q., Hazatqulov M., Xolsaidov F. Ona tili va o‘qish savodxonligi
metodikasi./Darslik?.- Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”, 2022. 252 bet.
3.
Tojiyev A. Adabiyot darslarida suhbat. – T.: “ O‘qituvchi”, 1997.
