Authors

  • Aziza To‘rabekova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60035

Keywords:

kognitiv pragmatika axborot PowerPoint axborotni vizualizatsiya qilish ta’limni axborotlashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning ahamiyati yoritib berilgan. Maqolada ta’li sifatini oshirish va talabalarni darsga qiziqtirish maqsadida samarali foydalnish mumkin bo‘lgan ta’limiy internet sahifalari hamda kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan amaliyotda keng foydalanish metodik jihatdan yoritib berilgan.

background image


Yanvar, 2025-Yil

71

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING

KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING

AHAMIYATI

To‘rabekova Aziza Mirzabek qizi

Nizomiy nomidagi TDPU 3-bosqich tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14623237

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kognitiv-

pragmatik

kompetensiyalarini

rivojlantirishda

axborot

texnologiyalaridan

samarali

foydalanishning ahamiyati yoritib berilgan. Maqolada ta’li sifatini oshirish va talabalarni darsga

qiziqtirish maqsadida samarali foydalnish mumkin bo‘lgan ta’limiy internet sahifalari hamda

kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan amaliyotda keng foydalanish metodik jihatdan

yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: kognitiv, pragmatika, axborot, PowerPoint, axborotni vizualizatsiya qilish,

ta’limni axborotlashtirish.

ЗНАЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ КОГНИТИВНО-ПРАГМАТИЧЕСКИХ

КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье освещается важность эффективного использования

информационных технологий в развитии когнитивно-прагматических компетенций

будущих учителей начальных классов. В статье с методической точки зрения

раскрывается широкое применение на практике возможностей образовательных

интернет-ресурсов и компьютерных технологий, которые могут быть эффективно

использованы для повышения качества образования и усиления интереса студентов к

занятиям.

Ключевые слова: когнитивный, прагматика, информация, PowerPoint, визуализация

информации, информатизация образования.

THE IMPORTANCE OF THE EFFECTIVE USE OF INFORMATION

TECHNOLOGIES IN DEVELOPING THE COGNITIVE-PRAGMATIC

COMPETENCES OF FUTURE PRIMARY TEACHERS

Abstract. This article highlights the importance of effectively using information

technologies in developing the cognitive-pragmatic competencies of future elementary school

teachers. The article methodically highlights the widespread use of educational websites and


background image


Yanvar, 2025-Yil

72

computer technologies in practice, which can be effectively used to improve the quality of

education and interest students in the lesson.

Keywords: cognitive, pragmatics, information, PowerPoint, information visualization,

education informatization.

Talabalarning axborotni olishi va uni qayta ishlashi, qabul qilishi jarayonida xotiraning

o‘rni diqqatga sazovar. Shu jihatni inobatga olib, talaba kompyuterdagi ma’lumotni kodlash, uni

saqlash, foydalanish ishlari tizimli holatda bo‘lishi kerak. Shuningdek, metakognitiv yondashuv

mazmun-mohiyatida axborotlar bilan samarali ishlash va shu bo‘yicha o‘zini-o‘zi tushunish

bo‘yicha strategiyalar qabul qilish nazarda tutiladi.

Bu borada dastab kompyuter texnologiyasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda

dars jarayonida PowerPoint dasturidan unumli foydalanish mumkin. Microsoft PowerPoint

dasturidan faqatgina taqdimotlar yaratishda emas, balki bir qancha metodlarni ham yaratishda ham

samarali foydalanish mumkin. Masalan, “Millionlar kimga kerak?”, “Qumsoat”, “Tarvuz” kabi

metodlarni aynan Microsoft PowerPoint dasturi yordamida yaratish mumkin.

“Millionlar kimga kerak?” metodida savol va topshiriqlar osondan murakkabga qarab

tanlab olinadi va ularga ma’lum pul qiymati belgilanadi. Talabalar ma’lum qiymatdagi savol-

topshiriqlarni tanlashlari va savol-topshriqlarni to‘g‘ri bajarishlari orqali guruhlari hisobiga

belgilangan qiymatni qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.


background image


Yanvar, 2025-Yil

73

Mazkur metod talabalarda qiziqish uyg‘otish bilan birga fanga oid bilimlarini boyitishga

ham xizmat qiladi.

Ta’limni axborotlashtirish tizimi ta’lim-tarbiyaning pedagogik-psixologik maqsadlarini

amalga oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy AKTdan foydalanish hamda ta’lim sohasida ularni

yaratish amaliyoti va metodologiyasi bilan uzviy bog‘liq

1

. Ta’limni axborotlashtirish va

zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoni o‘qitishdagi tashkiliy shakllar va

metodlarning o‘zgarishigagina emas, balki undagi yangi metodlarning shakllanishiga ham olib

keladi. Bunda bir qancha saytlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni dars jarayoniga tadbiq

etish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsga qiziqishi va bilim olish sifatiga ijobiy ta’sir

etish

mumkin

deb

hisoblaymiz.

Bunda

https://www.flippity.net/

,

https://wordwall.net/create/picktemplate

,

https://me-qr.com/

,

https://wordcloud.online/

,

https://wheeldecide.com/

kabi saytlar imkoniyatidan samarali foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich

sinf o‘qituvchilarining internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini yana ham oshiradi. Bu esa

darslarning bir xillikda o‘tilishining oldini olib, ta’lim sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Quyidagi jadvalda internetning ta’limiy metodlar tashkil etish uchun mo‘ljallangan saytlari

keltirilgan:

Internet saytlari

Imkoniyatlari

https://www.flippity.net/

So‘z topish, krossvord tuzish, so‘z birikmalari tuzish, imlo so‘z

boshqaruvchisini yaratish (speeling), yozish tezligi testini

yaratish, Wordle uslubidagi jumboqlarni yaratish, randomizator

g‘ildiraklari to‘plamini yaratish mumkin.

https://wordwall.net/create/pi

cktemplate

Juftliklarni moslashtirish, flesh kartalar yaratish, guruhlarga

ajratish, tartibsiz harflardan kerakli so‘zlarni yaratish, plitkalar

ortiga savol yashirish, tartibsiz so‘zlardan gap tuzish, mosini

topish, quiz sinovlar yaratish, noodatiy savollar kartasini yaratish,

so‘z topish kabi didaktik o‘yinlar yaratish mumkin.

https://me-qr.com/

Kerakli rasm, matn, fayl ko‘rinishidagi topshiriqlarni QR-kod

ortiga yashirib berish imkoniyati mavjud.

1

фоминова, м.н. мeдиaобразование в контексте освоения курса мировой художественной культуры в

общеобразовательной школе: дис. канд. пед. наук / м.н. фоминова. -м., 2001. -с.178.


background image


Yanvar, 2025-Yil

74

https://wordcloud.online/

Mavzuga oid atamalarni tartibsiz holatga keltirib berish uchun

mo‘ljallangan. Bunda berilgan axborotlarni ham noodatiy

ko‘rinishga keltirish imkoni mavjud.

https://wheeldecide.com/

Mavzu yuzasidan savol va topshriqlarni yoki darsga javob berish

navbatini nooadiy tarzda tanlash imkonini beradigan baraban

yaratish imkoniyatini beradi.

https://www.flippity.net/

saytidan foydalanagan holda 1-sinf o‘quvchilari uchun

mo‘ljallangan “Flippity snowman” metodimizda maktab, vatan, daraxt, asal, lola, ayiq kabi so‘zlar

yashiringan va o‘quvchilar mazkur so‘zlarni topishlari kerak bo‘ladi. Bunda ularning harflarni

taniy olish va to‘g‘ri yozish ko‘nikmlarini tekshirishimiz mumkin. Shu bilan birga so‘z nechta

harfdan iborat ekanligini bilgan holda mazkur topshiriqni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Mazkur metoddan talabalar uchun ham foydalanishimiz mumkin. Bunda fanga yoki

mavzuga oid terminlarni topish topshirig‘ini berishimiz mumkin.

https://wordwall.net/create/picktemplate

saytidan foydalangan holda “Tartibsiz so‘zlardan

gap hosil qilish” metodini oson-murakkabligiga ko‘ra boshlang‘ich sinfning har qaysi sinfida

hamda talabalarda ham qo‘llash samarali natija beradi. Bunda gap bo‘laklarining kerakli joylashish

nuqtasini bilan holda gapni mantiqan to‘g‘ri tuzish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Quyida

“Qalinroq kiyining, chunki bugun havo juda sovuq!” gapini tuzishlari uchun berilgan topshiriq

ko‘rsatilgan.

Yuqoridagilardan

ko‘rinadiki,

“Axborotni

vizualizatsiya

qilish

(Information

Visualization)” – murakkab ma’lumotlarni diagrammalar, grafiklar va boshqa vizual vositalar

orqali taqdim qilish orqali samaradorligini oshirish usuli. Ushbu yondashuv, axborotlarni tez

tushunish va analiz qilishni osonlashtirishga yordam beradi, ayniqsa katta hajmdagi ma’lumotlar


background image


Yanvar, 2025-Yil

75

bilan ishlashda foydali hisoblanadi. Vizualizatsiya, tushunchalar xaritalari (concept maps) yoki

diagrammalar kabi usullar talabalarning axborotni samarali o‘zlashtirishiga yordam beradi

2

.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituchilarining kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini

rivojlantirishda konstruktsionizm, ya’ni talabalarning yangi axborotni izlashi va uni qayta ishlash

jarayonida oldingi bilimlariga tayanishi va yangicha tafakkur paydo bo‘lishini nazarda tutadi.

Bunda axborot va kontekst, ularning ijtimoiylashuvi axborotni o‘zlashtirishda ahamiyatga molik.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini

rivojlantirish ta’lim olishda va kasbiy faoliyatda hamda kundalik shaxslararo muloqotning

muvaffaqiyati uchun juda muhim.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zini-o‘zi

mustaqil rivojlantirishi, o‘zini-o‘zi boshqarishi, erkin raqobat qila olishi, mustaqil muloqni amalga

oshirishi uchun simbiotik va sinergetik tarzda faoliyati amalga oshiriladi. Bo‘lajak boshlang‘ich

sinf o‘qituvchilari qanchalik ko‘p axborotga ega bo‘lsa, axborotlar bilan ishlash davomiyligi ortib

borsa, ulardagi o‘z-o‘zini anglash darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Talabalarda kognitiv-

pragmatik kompetensiyani rivojlantirish davomida o‘zaro munosabatlar va o‘zaro muloqot odobi

va o‘z bilimlariga ishonish tuyg‘usi tizimli rivojlanishi maqsadga muvofiq. Shu nuqtayi nazardan,

ulardagi axborotlarni ishlashdagi shaxsiy tanlovlar, axborotlar tanlovlari to‘plamlarini olib

tafakkurni o‘stirish va o‘qitishda ulardan samarali foydalanishga erishish, jonli nutqida ulardan

samarali foydalanish talabalarni ijobiy ko‘rsatkichga yo‘naltiradi.

Axborotlar bilan ishlashda uning hajmiga va resursiga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga

ega. Bunda bilimlar yig‘indisi, turli mavzudagi axborotlar matni, axborotni o‘rgatishdagi

hamkorlik ishlari, o‘zaro muloqot qilish, bilimlarni ijtimoiylashitirish nazarda tutiladi

3

.

Talabalarda axborotlar bilan ishlashda ularning kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini

rivojlantirishda axborot savodxonligining tamoyillari, qoidalari, tajriba loyihalari, ishlab chiqilgan

modellar tahlili keltirilishi va umumlashishi, shuningdek, o‘quv metodik ta’minot bilan chuqur

ishlanishi zarur.

Yuqorida aytilganlar axborot kompetentligining shakllanganlik darajasini baholashga

imkon beruvchi komponentlarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Ular orasida quyidagilarni

ajratib ko‘rsatish mumkin:

2

Tufte, E. R. “The Visual Display of Quantitative Information”. Cheshire, CT: Graphics Press. 2001.

3

To‘rabekova A.M. Bоʻlаjаk bоshlаng‘ich sinf оʻqituvchilаrining kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishda

аxbоrоtlаr bilаn ishlаshning o‘rni. O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2024, [1/12] ISSN 2181-7324. 203-bet.


background image


Yanvar, 2025-Yil

76

1-rasm. Axborot kompetentligining shakllanganlik darajasini baholash komponentlari.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

salohiyatidan foydalangan holda talabalarni o‘quv jarayoniga jalb etish va rag‘batlantirish orqali

olingan nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash, shuningdek “kelajakdagi xodimlarning

iqtisodiy barqarorligini ta’minlash

4

mumkin”. Demak, mutaxassisning axborot kompetentligining

obyektiv tomoni zamonaviy axborot jamiyati mutaxassisga qo‘yadigan talablarda namoyon

bo‘ladi. Subyektivlik esa mutaxassisning individual xususiyatlarida, uning kasbiy sohasining

o‘ziga xosligida va axborot texnologiyalari sohasida o‘zini o‘zi rivojlantirishga bo‘lgan

motivatsion omillarda aks etadi. Shuni ta’kidlash joizki, axborot kompetensiyasini rivojlantirish

vazifalariga nafaqat AKT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni, balki kommunikativ va intellektual

qobiliyatlarni rivojlantirishni ham kiritish mumkin.

REFERENCES

1.

To‘rabekova A.M. Bоʻlаjаk bоshlаng‘ich sinf оʻqituvchilаrining kognitiv-pragmatik

kompetensiyalarini rivojlantirishda аxbоrоtlаr bilаn ishlаshning o‘rni. O‘zbekiston Milliy

universiteti xabarlari, 2024, [1/12] ISSN 2181-7324. 203-bet.

2.

Tufte, E. R. “The Visual Display of Quantitative Information”. Cheshire, CT: Graphics

Press. 2001.

4

мысин м.н. образование в условиях информационного и коммуникационного прогресса // вестник санкт-петербургского

государственного университета культуры и искусств. 2015. № 3 (24). 179-182 c.


background image


Yanvar, 2025-Yil

77

3.

Мысин М.Н. Образование в условиях информационного и коммуникационного

прогресса // Вестник Санкт-Петербургского государственного университета

культуры и искусств. 2015. № 3 (24). 179-182 c.

4.

Фоминова, М.Н. Мeдиaобразование в контексте освоения курса мировой

художественной культуры в общеобразовательной школе: дис. канд. пед. наук / М.Н.

Фоминова. -М., 2001. -С.178.

References

To‘rabekova A.M. Bоʻlаjаk bоshlаng‘ich sinf оʻqituvchilаrining kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirishda аxbоrоtlаr bilаn ishlаshning o‘rni. O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2024, [1/12] ISSN 2181-7324. 203-bet.

Tufte, E. R. “The Visual Display of Quantitative Information”. Cheshire, CT: Graphics Press. 2001.

Мысин М.Н. Образование в условиях информационного и коммуникационного прогресса // Вестник Санкт-Петербургского государственного университета культуры и искусств. 2015. № 3 (24). 179-182 c.

Фоминова, М.Н. Мeдиaобразование в контексте освоения курса мировой художественной культуры в общеобразовательной школе: дис. канд. пед. наук / М.Н. Фоминова. -М., 2001. -С.178.