Authors

  • Aziza To‘rabekova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.60277

Keywords:

kognitiv pragmatik kompetensiya model modellashtirish Inson nutqiy faoliyati modellari Lingvistik tadqiqot modellari metomodel.

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvhilarining kognitiv-pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish moodelini tuzish yuzasidan ilmiy adabiyotlarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada model tushunchasi va uning turlari, pedagogic model yaratishning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

background image


Yanvar, 2025-Yil

153

TA’LIM TIZIMIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING

KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MODELINI

YARATISH

To‘rabekova Aziza Mirzabek qizi

Nizomiy nomidagi TDPU 3-bosqich tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14634744

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvhilarining kognitiv-

pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish moodelini tuzish

yuzasidan ilmiy adabiyotlarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada

model tushunchasi va uning turlari, pedagogic model yaratishning ahamiyati haqida so‘z

yuritilgan.

Kalit so‘zlar: kognitiv, pragmatik, kompetensiya, model, modellashtirish, Inson nutqiy

faoliyati modellari, Lingvistik tadqiqot modellari, metomodel.

СОЗДАНИЕ МОДЕЛИ ФОРМИРОВАНИЯ КОГНИТИВНО-ПРАГМАТИЧЕСКИХ

КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ В СИСТЕМЕ

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннoтация. В данной статье представлены сведения, полученные в результате

изучения научной литературы по разработке модели совершенствования методики

развития познавательно-прагматической компетентности будущих учеников начальной

школы. В статье говорится о понятии модели и ее видах, о важности создания

педагогической модели.

Ключевые слова: когнитивная, прагматическая, компетентность, модель,

моделирование, модели речевой деятельности человека, модели лингвистического

исследования, метамодель.

CREATING A MODEL FOR DEVELOPING COGNITIVE-PRAGMATIC

COMPETENCES OF FUTURE PRIMARY TEACHERS IN THE EDUCATION

SYSTEM

Abstract. This article presents the data obtained as a result of the study of scientific

literature on the development of a model for improving the methodology for developing cognitive-

pragmatic competencies of future primary school teachers. The article discusses the concept of a

model and its types, the importance of creating a pedagogical model.

Keywords: cognitive, pragmatic, competence, model, modeling, Models of human speech

activity, Linguistic research models, metamodel.


background image


Yanvar, 2025-Yil

154

Model -

pedagogik jarayonning anologi (aynan moslik)i bo‘lib, pedagogik jarayon

elementlari (maqsad, mazmun, shakl, vosita, metod va natija) orasidagi munosabatni aks ettiradi.

Modelning misoli sifatida biz ta’lim muassasasi bitiruvchisini olishimiz mumkin, uning

bilimi, shaxsiy sifatlarida pedagoglar jamoasining mehnati, ularning innovatsion pedagogik

faoliyatlari loyihasi ko‘rinishida aks etadi.

Modellashtirishga ko‘ra ko‘pgina olimlar tadqiq etiladigan hodisalar va jarayonlarning

mohiyatiga kirib bora olganlar. Tadqiq etilayotgan jarayonga o‘xshash amal qiluvchi

modellashtirish, moddiy va fikrlash tizimini yaratish metodi uning xususiyatlarini o‘rganishga

hamda tizimning uni haqiqiy amalga oshirishdan oldinroq prognozlashtirishga imkon beradi

hamda pedagogika uchun yangilik xisoblanmaydi

1

.

Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari. bu har xil pedagogik

jarayon(dars va darsdan tashqari)ni, pedagogik kollektiv bilan muloqot qilishda, ota-onalar bilan

ishlashda, turli tuman vaziyatlarni tizimli tashkil etishni tavsiflovchi hujjat hisoblanshib, u

konsepsiya, model, reja shakllarida bo‘lishi mumkin

2

.

Lingvistik modelni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1.Inson nutqiy faoliyati modellari. Bu modellar konkret nutq jarayonini va hodisalarini aks

ettiradi. Masalan, aniq bir tovushning talaffuz modeli yoki nutqning yuzaga chiqish modeli.

2.Lingvistik tadqiqot modellari. Bunda muayyan til hodisalari asosida olib borilgan

tadqiqot jarayonini aks ettiradi.

3.Metamodellar – bunda lingvistik modellar saralanadi, u gipotetik-deduktiv xarakterga

ega boʻladi, oʻta abstraktlashgan va ratsionallashgan boʻladi

3

.

Nantawan Kaewchote, Chatchayapha Wattanathumlarning ta’kidlashicha, modelni ishlab

chiqish jarayoni 4 ta xususiyatni o‘z ichiga oladi: o‘rganilish kontekstini, mazmunini va o‘quv

mashg‘ulotlarini tashkil etishning amaldagi shart-sharoitlarini hamda unda uchraydigan muammo

va to‘siqlarni o‘rganish; o‘qituvchi va talabalar kasbiy hamkorlik jarayonida faol ta’limga

asoslangan o‘qitishni loyihalashtirish; ma’lumotlar yig‘ish va uni to‘plash vositalaridan

foydalanish hamda anketa-so‘rovnoma o‘tkazish; turli kompetensiyalarni rivojlantirish modelini

tuzish va faol ta’lim asosida kompetensiyalarni maqsadga muvofiqligini tekshirish

4

.

1

Файрушина С.М. Научно-методическая исследовательская деятельность студентов педагогических вузов при изучении

естественнонаучных дисциплин. Вестник ТГПУ. 2010. Выпуск 12 (102). УДК 378.14:55. 41-45-бет.

2

Зайцева В.С. Современные педагогические технологии. Учебное пособия В 2-книгах Книга-1. – Челябиск, 2012. – 411 с.

3

Ro‘ziyeva S.H. Modelleshtirish texnologiyasi umumiy oʻrta ta`limda sintaksis boʻlimini oʻqitishda optimal yondashuv sifatida.

DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.42.85.089

4

Nantawan Kaewchote

,

Chatchayapha Wattanathum

.

College of Teacher Education, Phranakhon Rajabhat University, Bangkok,

Thailand

. DOI:

10.4236/ce.2022.135098

PDF

HTML

XML

317 Downloads 1 406 Views

Citations

.


background image


Yanvar, 2025-Yil

155

“Model” tushunchasi fan va texnikada turli ma’nolarda ishlatilgani bois modellashtirish

turlarining

yagona

tasnifi

mavjud

emas.

Tasnif

modelning xarakteriga ko‘ra,

modellashtirilayotgan obyektning tabiatiga ko‘ra, modellashtirish tatbiq qilinayotgan soha yoki

yo‘nalishga qarab amalga oshirilishi mumkin

5

.

Modellarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin:

1.Tabiiy model – o‘rganilayotgan obyekt bilan bir turda bo‘ladigan va undan faqat

o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladigan model.

2.Matematik model – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan farq qiladigan,

lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘lgan model.

3.Mantiqiy-matematik model – belgilardan iborat bo‘lgan, tafakkur jarayonini o‘rganishda

qo‘llanadigan abstrakt model.

4.Kompyuter modeli – matematik, mantiqiy modellashtirish metodlariga asoslanib

kompyuterda algoritm va dasturlardan foydalangan holda yaratiladigan model

6

.

Yig‘ish-aks ettirish-bog‘lash-nashr qilish modeli. Jeremi Hibert (Jeremy Hiebert)

tomonidan yaratilgan ushbu “Personal learning environment” modeli o‘tmish, hozirgi va kelajakda

o‘rganishni hisobga oladi. U quyidagilardan iborat

7

:

Yig‘ish: kontaktlar, artefaktlar va ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tartibga solish va

filtrlash.

Aks ettirish: tushunchalarni ko‘rib chiqish, bog‘lash, sintez qilish, blog yuritish,

shaxsiy/jamoat guruhlarida ishlash.

Bog‘lanish: odamlar va ma’lumotlar, guruhlarni shakllantirish, umumiy maqsadlar va

manfaatlar (va ma’lumot).

Nashr qilish: tanlash, o‘zgartirish, birlashtirish va nashr etish, elektron portfellar, bloglar

va boshqalar.

Ta’lim oluvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish sohalaridagi mavjud (yuqorida qayd

etilgan) modullarning amaliy-metodik imkoniyatlarini o‘rganish asosida boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda Jeremi Hibert (Jeremy Hiebert) tomonidan

yaratilgan “Personal learning environment” modelining modifikasiyalangan va individual ta’lim

muhitining qayta ishlash va harakat qilishning kognitiv bosqichlarini o‘z ichiga olgan “Yig‘ish-

5

Grishman R. Computational linguistics// Cambridge University Press. 1994-46 b.

6

Ro‘ziyeva S.H. Modelleshtirish texnologiyasi umumiy oʻrta ta`limda sintaksis boʻlimini oʻqitishda optimal yondashuv sifatida.

DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.42.85.089

7

Hiebert

J.

(2006)

Personal

Learning

Environment

Model.

[Elektronniy

resurs].

–Rejim

dostupa:

https://www.researchgate.net/figure/Hiebert-J-2006-Personal-Learning-Environment-Model_fig1_32229599


background image


Yanvar, 2025-Yil

156

qayta ishlash-qo‘llash” modeliga asoslangan “Personal learning environment” texnologiyasini

ishlab chiqish samarali degan qarorga kelindi

8

.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kognitiv-pragmatik kompetensiyalarni

rivojlantirish faoliyatida mazmunga ega komponentlarga bo‘lib, ularning tuzilmalari, metodik

asosi, baholash mezonlari, fanlarning integratsiyalashuvi model mazmunida bir-birini taqazo

qiladi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kognitiv-pragmarik kompetensiyalarini

rivojlantirish modelida ifodalangan mazmun quyidagi vazifalarni hal qilish algoritmini ishlab

chiqishga ko‘maklashadi:

-

mavzu doirasida o‘quv materialni interaktiv tarzda tahlil qilish, shu nuqtayi nazaridan

samarali bilimlar, natijaga ega amaliy tajriba, mantiqiy izchil fikrlashga e’tibor qaratish, muloqot

qilishda effekt beruvchi kompetent shaklida belgilash;

-

mashg‘ulot tadqimotida mavzu qamrovini hamda ta’limiy maqsad mazmunini natijaviy

tasniflash;

-

ta’limiy jarayonni rejalashtirish maqsadida ta’lim subyektlarining subyektiv bilishiga

qaratilgan asosiy faoliyatni loyihalash;

-

innovatsion zamonaviy metodlar vositasida talabaning kognitiv-intensiv darajasiga faol

adekvat holatni tanlash;

-

kasbiy-metodik o‘sish bosqichlarining samaradorligini ta’lim subyektlarida kuzatish

yuzasidan muloqot qilish va bilish jarayonini tahlil qilish.

Modelning mazmunli komponentida bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv-pragmatik

kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi intellektual, lingvistik, aksiologik, kreativ va

motivatsion funksiyalar o‘z aksini topgan bo‘lishi ahamiyatli hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Grishman R. Computational linguistics// Cambridge University Press. 1994-46 b.

2.

Hiebert J. (2006) Personal Learning Environment Model. [Elektronniy resurs]. –Rejim

dostupa:

https://www.researchgate.net/figure/Hiebert-J-2006-Personal-Learning-Environment-

Model_fig1_32229599

8

Hiebert

J.

(2006)

Personal

Learning

Environment

Model.

[Elektronniy

resurs].

–Rejim

dostupa:

https://www.researchgate.net/figure/Hiebert-J-2006-Personal-Learning-Environment-Model_fig1_32229599


background image


Yanvar, 2025-Yil

157

3.

Nantawan Kaewchote, Chatchayapha Wattanathum. College of Teacher Education,

Phranakhon Rajabhat University, Bangkok, Thailand. DOI: 10.4236/ce.2022.135098

PDF HTML XML 317 Downloads 1 406 Views Citations.

4.

Ro‘ziyeva S.H. Modelleshtirish texnologiyasi umumiy oʻrta ta`limda sintaksis boʻlimini

oʻqitishda

optimal

yondashuv

sifatida.

DOI:

https://doi.org/10.53885/edinres.2021.42.85.089

5.

Зайцева В.С. Современные педагогические технологии. Учебное пособия В 2-книгах

Книга-1. – Челябиск, 2012. – 411 с.

6.

Файрушина С.М. Научно-методическая исследовательская деятельность студентов

педагогических вузов при изучении естественнонаучных дисциплин. Вестник ТГПУ.

2010. Выпуск 12 (102). УДК 378.14:55. 41-45-бет.

References

Grishman R. Computational linguistics// Cambridge University Press. 1994-46 b.

Hiebert J. (2006) Personal Learning Environment Model. [Elektronniy resurs]. –Rejim dostupa:

Nantawan Kaewchote, Chatchayapha Wattanathum. College of Teacher Education, Phranakhon Rajabhat University, Bangkok, Thailand. DOI: 10.4236/ce.2022.135098 PDF HTML XML 317 Downloads 1 406 Views Citations.

Ro‘ziyeva S.H. Modelleshtirish texnologiyasi umumiy oʻrta ta`limda sintaksis boʻlimini oʻqitishda optimal yondashuv sifatida. DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.42.85.089

Зайцева В.С. Современные педагогические технологии. Учебное пособия В 2-книгах Книга-1. – Челябиск, 2012. – 411 с.

Файрушина С.М. Научно-методическая исследовательская деятельность студентов педагогических вузов при изучении естественнонаучных дисциплин. Вестник ТГПУ. 2010. Выпуск 12 (102). УДК 378.14:55. 41-45-бет.