Authors

  • Mukarram Xushvaqtova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.61260

Abstract

Maqolada tarbiya va ta‘lim to‘g‘risidagi tushunchalar, pedagog shaxsiga qo'yiladigan talablar, dars jarayonini tashkil etish bo'yicha metodlar keltirib o'tilgan.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

169

BOSHLANG'ICH SINFLARDA “TARBIYA” DARSLARI O‘QUV JARAYONINI

TASHKIL ETISH

Xushvaqtova Mukarram

Qarshi Davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14631196

Annotatsiya.

Maqolada tarbiya va ta‘lim to‘g‘risidagi tushunchalar, pedagog shaxsiga

qo'yiladigan talablar, dars jarayonini tashkil etish bo'yicha metodlar keltirib o'tilgan.

Kalit so’zlar:

tarbiya, ta‘lim, o‘quvchi, o‘qituvchi, metod.

KIRISH

Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar uzluksiz ta’lim muassasalarida ta’lim

sifatini oshirish, innovasion ta’lim texnologiyalari asosida boshlang’ich sinf o’qituvchilarining

kasbiy kompetentliligi va kreativ tafakkurini rivojlantirishning variativ shakllarini ishlab chiqishni

taqozo qilmoqda. Ta’lim oluvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash

mexanizmlarini yangicha yondashuvlar bilan integrasiyalashda Xitoy, Singapur, Yaponiya,

Koreya, Finlandiya, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya kabi davlatlar

tajribalariga asoslanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasidagi islohotlar shaxsning

ijtimoiylashuvi va tarbiyasiga oid ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini ta’minlash, davlat

ta’lim standartlari talablari asosida o’quvchilar tomonidan odob-axloq, bilim, ko’nikma va malaka

hamda kompetensiyalarning to’liq o’zlashtirilishiga erishish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Ta’lim

muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, kichik yoshdan o’quvchilarda

o’qishga sog’lom, kuchli va ta’sirchan motivasiyani shakllantirish” [1] kabi vazifalar belgilangan.

Komil inson tarbiyasi har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb

etadi. Yosh avlod tarbiyasidagi loqaydlik jamiyatni ma’naviy inqirozga olib kelishi o’tmish

ajdodlarimiz tajribalaridan yaxshi ma’lum. Negaki, taraqqiyot uchun har qanday jamiyatda ham

moddiy, ham ma’naviy boyliklar doirasi to’xtovsiz ravishda kengayib borishi zarur. Buning uchun

yosh avlod moddiy va ma’naviy boyliklarni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq yarata

bilishlari kerak [2]. Kichik maktab yoshidan o’quvchilarda ana shunday moddiy va ma’naviy

qobiliyatlarni shakllantirish uchun esa Tarbiya darslarini loyihalashtirish mexanizmlarini

takomillashtirish tizimiga ega bo’lish muhim sanaladi.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

170

Chunki, Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek

“Al hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo

mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidu”.

Umuman olganda esa

ta’ilmning asosida tarbiya yotadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

boshlang’ich

sinflarning

Tarbiya

darslarini

loyihalashtirish

mexanizmlarini

takomillashtirish orqali o’quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy tolerantlik, umummadaniy

dunyoqarashni kamol toptirish nazarda tutiladi. Buning uchun:

–boshlang’ich sinflarning Tarbiya darslarini loyihalashtirish mazmuniga buyuk allomalar

ma’naviy merosini kiritish;

–o’tmish ajdodlarimiz asarlarini o’rganish va ularning faoliyatiga qiziqish, shaxsiyatiga

ehtirom tuyg’ularini tarbiyalash maqsadida tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirish va shu

orqali xalqaro ta’lim tizimiga integrasiyalashish;

–o’quvchilarning vatanimiz tarixi, madaniyati va atrof-olam haqidagi bilimlarini oshirish,

ta’lim olishda erkin mobilizasiyasiga erishish;

– ajdodlarimiz tomonidan to’plangan madaniy merosni asrab- avaylashga o’rgatish;

–milliy tajribalar va xalqaro standartlarga mos tarbiyaviy faoliyat mazmunini kengaytirish;

–fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlash;

–an’anaviy yondashuvlarga nisbatan innovasion ta’lim usullariga kengroq o’rin berish;

–yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni ta’minlash, bunda ularning san’at,

sport, axborot texnologiyalari, kitob o’qishga qiziqishlarini oshirish;

–boshlang’ich sinflarda tarbiyaviy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga

oshirish.

Ushbu yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlillaridan ma’lum bo’ladiki,

boshlang’ich sinflarning Tarbiya darslarini loyihalashtirishning quyidagi tarkibiy komponentlarini

ishlab chiqish maqsadga muvofiq:

Tarbiya darslari mazmunini o’zlashtirish darajalarini baholashning ilmiy asoslangan

indikatorlarini ishlab chiqish;

tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillari asosida ajdodlarimiz merosidan oqilona foydalanish

metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;

uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg’or yutuqlaridan samarali

foydalanish;

kichik yoshdan o’quvchilarda o’qishga sog’lom, kuchli va ta’sirchan motivasiyani

shakllantirish;


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

171

fanni o’qitishning metodik ta’minotini boyitish;

o’quv materiallarini va pedagogik baholashni ishlab chiqish orqali ta’lim tizimiga

ta’limning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish [1].

Yuqorida qayd etilgan tarkibiy komponentlarni rivojlantirish muammolarining yechimi

sifatida fanni o’qitishning yangicha usullari, vositalarini aniqlash, pedagogik-psixologik

imkoniyatlarini o’rganish davr talabiga aylanmoqda

Agarda biz bu maqsadlarga rioya etadigan bo‘lsak ta’limda nuqsonni kamaytirishga bir oz

bo‘lsada erishgan bo‘lamiz. Ta’lim tarbiya uyg‘unligi o‘quvchilar uchun ham o‘qituvchi uchun

ham foydali bo‘ladi. Ular bir-birini kemtikligini to‘ldiradi. Tarbiya bor joyda ta’lim yuksaladi.

O‘qituvchilarimiz esa bu narsalarga e’tibor qaratishi kerak. Darslarni esa qiziqarli tarzda

ishlashni, metodlardan ko‘proq foydalanishlari kerak. Odatiylikdan qochishi va mukammallikka

intilmog‘i kerak. Pedagog shaxsi o‘quv hi uchun ideal insondir. Agar o‘qituvchi bolaga ta’imni

ham tarbiyani ham berolsa undan jamiyat manfaat topadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda ham ta’limga va tarbiyaga ham keng qamrovli ishlar

amalga oshirilmoqda. Pedagoglarga berilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar ta’limni yuksaltirish

va tarbiyani kamol toptirish uchun. Bola bilan ishlash, ularning fikrlariga quloq solish ular uchun

ham biz uchun ham foydadan yoki bo‘lmaydi. Tarbiyasi yuksak darajada lekin bilimi bo‘lmasa,

yoxud bilimi chiroyli ammo tarbiyasiz bo‘lsa u butun umrga aziyat chekadi.

Jamiyatga moslashishi qiyinlashadi. Shuning uchun bu bilan nafaqat ustozlar, balki ota-

onalar ham shug‘ullanishlari kerak deb hisoblayman. Darslarini va tarbiyasidagi o‘zgarishlarni

nazorat qilsa, albatta bola ham o‘rganadi. Shunga o‘xshagan fikrlar ko‘p. Xullas, bolaga ta’lim

sohasida ham tarbiya jarayonida ham e’tibor kerak.

REFERENCES

1.

Shadiyev A.R, Aslanova O.P. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va

integratsiya. Darslik. Qarshi. 2021

2.

Hasanboyev J, To'raqulov X.A, Alqarov Sh.A, Usmonov N.A. Pedagogika Toshkent:2016

3.

Mavlonova P. Turayeva O, Xoliqberdiyeva K. Pedagogika Toshkent 2001

4.

Atabayeva N, Salayeva M, Hasanova M. Umumiy pedagogika Toshkent: 2013

References

Shadiyev A.R, Aslanova O.P. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya. Darslik. Qarshi. 2021

Hasanboyev J, To'raqulov X.A, Alqarov Sh.A, Usmonov N.A. Pedagogika Toshkent:2016

Mavlonova P. Turayeva O, Xoliqberdiyeva K. Pedagogika Toshkent 2001

Atabayeva N, Salayeva M, Hasanova M. Umumiy pedagogika Toshkent: 2013