Yanvar, 2025-Yil
11
BOSHLANG'ICH TA‘LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Xushvaqtova Mukarram
Qarshi Davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14804090
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xorij ta‘lim tizimlaridan namunalari shuningdek, bizning
tallim sohasiga kiritishingiz kerak bo‘lgan ayrim tajribalar haqida so‘z boradi. O‘zbekistonda
boshlang‘ich ta’limga zamonaviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yutuq va
kamchiliklari, afzalliklari, ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish
lozimligi, “Milliy o‘quv dasturi” asosida tuzilgan yangi avlod darsliklarining amaldagi qiyosiy
tahlili, kompetensiya, tinglab tushunish,o‘qib tushunish va yozma nutqning o‘quvchilarda qay
tarzda rivojlanishi, ahamiyatliligi, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi mohiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, tarbiya, zamonaviylik, maktab, jahon ta’limi, boshlang‘ich ta’lim,
kompetensiya, tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qib tushunish, yozma nutq, zamonaviy ta’lim, xorijiy
tajriba, darslik, dastur, milliy o‘quv dasturi.
MODERN APPROACHES IN PRIMARY EDUCATION
Abstract.
This article discusses examples of foreign education systems, as well as some
experiences that you should include in our field of education. The specific features of modern
approaches to primary education in Uzbekistan, their achievements and shortcomings, advantages,
the need to effectively organize the educational process using specific tools, a comparative
analysis of the current state of the new generation of textbooks based on the "National Curriculum",
how competence, listening comprehension, reading comprehension and written speech develop in
students, their importance, and the essence of the education system of developed foreign countries
are highlighted.
Keywords:
education, upbringing, modernity, school, world education, primary education,
competence, listening comprehension, speaking, reading comprehension, written speech, modern
education, foreign experience, textbook, program, national curriculum.
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В этой статье рассматриваются примеры из зарубежных систем
образования, а также некоторый опыт, который вам следует внедрить в нашу систему
образования. Раскрыты особенности, достижения и недостатки, преимущества
современных подходов к начальному образованию в Узбекистане, необходимость
эффективной организации учебного процесса с использованием конкретных средств, а
Yanvar, 2025-Yil
12
также проведен сравнительный анализ современного состояния учебников нового
поколения на основе «Национальной учебной программы». «Освещены вопросы развития у
учащихся навыков аудирования, понимания прочитанного и письменной речи, их
значимости, а также сущность систем образования развитых зарубежных стран.
Ключевые слова:
образование, воспитание, современность, школа, мировое
образование, начальное образование, компетентность, аудирование, говорение, чтение,
письменная речь, современное образование, зарубежный опыт, учебник, программа,
национальная учебная программа.
Ta’lim jarayoni uzluksiz bo‘lib, uning shakllanishi bosqichma-bosqich amalga
oshiriladigan sifatli natijalarga olib keladigan islohotlarga bog‘liqdir. Ushbu maqolada biz asosan
umumiy o‘rta ta’limning ilk bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich ta’lim haqidagi fikrlarga alohida
e’tibor qaratamiz.
Haqiqatan ham, ta’limga zamonaviy yondashuvlar ta’lim jarayonini aniq vositalar
yordamida samarali tashkil qilish va qo‘yilgan o‘quv dasturlariga muvaffaqiyatli erishish
natijalarini kafolatlaydi.
Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib
chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish
zarurligini ta’kidladi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat
umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri.
Ta’limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta’lim olishning asosiy vositasi bo‘lgan
darsliklarni yangilamay turib, o‘quvchi va o‘qituvchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga erishib
bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:“Darsliklar masalasida ham ancha
muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi.
Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo‘ldi. Finlandiya standarti bilan 1- 4 -sinflar
uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. Finlandiya xalq ta’limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda
raqobatbardosh hisoblanadi”, - degan fikrlari bu sohaga yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb
qilishni anglatadi. Barcha maktablarda “Milliy o‘quv dasturi”ni to‘laqonli joriy etish hamda
mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish
amalga oshirildi.
Boshlang‘ich maktab o‘quvchining umumiy ta’lim jarayonidagi eng muhim bosqichdir.
Yanvar, 2025-Yil
13
To‘rt yil ichida u nafaqat fan fanlarining dasturiy materialini o‘zlashtirishi, balki qanday
o‘rganishni – “professional talaba” bo‘lishni ham o‘rganishi kerak. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining mas’uliyati doimo eksklyuziv bo‘lgan.
Jahon ta’lim tizimini kuzatar ekanmiz, har bir rivojlangan davlatning boshlang ‘ich
ta’limida alohida ustivorlikka ega jihatlar mavjud. Jumladan, Xitoyda 6 yoshga to‘lgan bolalar
boshlang‘ich maktab yoki o‘rta maktabga kiradilar va u yerda 6 yil o‘qiydilar. Boshlang‘ich
maktabda bolaning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar jismoniy
tarbiya darslariga ko‘p vaqt ajratadilar, cholg‘u asboblarini chalishni o‘rganadilar, ingliz va rus
tillaridagi bilimlarini oshiradilar.
Darslar 7:00 da boshlanadi. Har kuni ertalab barcha o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan
birgalikda jismoniy mashqlar qiladilar. Keyin soat 8.00 dan 12.00 gacha tabiiy va matematika
fanlari o‘rganiladi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik tanaffusi mavjud bo‘lib, unda bolalar
maktabda uxlashlari mumkin, tushdan keyin esa gumanitar fanlar bo‘yicha yana uchta dars
o‘tkaziladi. Keyin bolalar uy vazifalarini bajaradilar va faqat soat 16.00 da uyga qaytishlari
mumkin.
Finlandiya 2014-yilda asosiy ta’lim bo‘yicha yangi milliy tayanch o‘quv dasturini ishlab
chiqdi va u 2016-yil avgust oyidan boshlab Finlandiya maktablarida amaliyotga joriy qilina
boshlandi.
O‘quv dasturini isloh qilishdan maqsad o‘qituvchilar va pedagoglarga bolalar va
yoshlarning hayotida zarur bo‘lgan narsalarni o‘rgatishda yordam berishdir. (Sahlberg 2015.)
Finlandiya ta’limining oliy maqsadi farzandlarimizni hayotga tayyorlashdir. Biz farzandlarimiz
kelajakda ularning hayotida yordam beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat va qadriyatlarni
o‘rganishlarini xohlaymiz. Shuning uchun biz bugungi tez o‘zgaruvchan dunyoda ularga qanday
muhim kompetensiyalar kerak bo‘lishi haqida o‘ylashimiz kerak.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yangi yaratilgan
“Milliy o‘quv dasturi” asosida chiqarilgan darslikda o‘quvchilarning og‘zaki bilim ko‘nikmalariga
alohida e’tibor qaratilgan.O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi
adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, to‘g‘ri
va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyati hamda mustaqil
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy o'qitish usullari va yangi texnologiyalar ta'lim sohasini inqilobiy tarzda
o'zgartirmoqda.
Yanvar, 2025-Yil
14
Ushbu innovatsiyalar o'qishni nafaqat qiziqarli va samarali qilish bilan cheklanmay, balki
talabalarni 21-asrda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar bilan ta'minlaydi.
Aralash ta'lim, loyiha asosida o'qish, gamifikatsiya, moslashuvchan o'qish va boshqa
innovatsion yondashuvlar orqali o'qituvchilar talabalar uchun dinamik, shaxsiylashtirilgan va
interaktiv o'qish tajribalari yaratmoqdalar. Ta'lim davomida ushbu innovatsiyalarni qo'llash orqali
nafaqat bilim, balki tanqidiy fikrlash, ijodiy muammolarni hal qilish va doimiy o'rganish kabi
ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'limning kelajagi ushbu innovatsiyalarni qabul
qilish va talabalarni o'qitishda yangi imkoniyatlarni yaratishga zamin yaratadi.
Ta’limni isloh qilish haqida fikr yuritar ekanmiz, ta’lim olishning asosiy vositasi bo‘lgan
darsliklarni yangilamay turib, o‘quvchi va o‘qituvchi mustaqilligiga erishmasdan natijaga erishib
bo‘lmaydi. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning:“Darsliklar masalasida ham ancha
muammo borligi uning ichiga kirgach bilindi. Ularning saviyasi haqida katta muhokamalar bo‘ldi.
Finlandiya standarti bilan 1- 4 -sinflar uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. Finlandiya xalq
ta’limi Yevropa miqyosida, umuman, dunyoda raqobatbardosh hisoblanadi”,-degan fikrlari bu
sohaga yuksak iqtidorga ega soha vakillarini jalb qilishni anglatadi.
Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda
yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil
fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi.
Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida
o‘rganiladi. Xulosa qilib aytganda, bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi
axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan
kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali
ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv
mashg‘ulotlari amaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek,
o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini
shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi.
Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq
etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi
prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda
g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga
javob izlab ko‘raylik», - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini
tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.
Yanvar, 2025-Yil
15
REFERENCES
1.
Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik
nutqi. Toshkent, 2020
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
3.
Barkamol avlod - O`zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.- T.: «Sharq» nashriyot-matbaa
kontsеrni, 1997.
4.
Axmеdov M. .Abduraxmonova N.Jumaеv M.E. Birinchi sinf matеmatika darsligi.)Toshkеnt.
“Sharq” 2005 yil., 160 bеt
5.
Prezident Sh.Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tabrik
nutqi. Toshkent, 2020
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
7.
Ona tili fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari.
Toshkent, 2021.
8.
https://kun.uz/uz/news/2022/10/08/
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son 9.
10.
Новые подходы к обучению в начальных классах в условиях обновления содержания
образования (infourok.ru)
11.
Моисеенко О.А., Краснополова А.С. К вопросу об учебной игре как
интенсифицирующем средстве начального иноязычного образования // Современные
проблемы науки и образования. – 2018. – №
