ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
554
BOSHLANG'ICH TA‘LIMDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Xushvaqtova Mukarram
Qarshi Davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14685204
Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlashib oshirish, ular bilan
qanday ishlash, o‘qituvchi shaxsiga va faoliyatiga qo'yilgan ba'zi talablar haqida so‘z boradi.
Bundan tashqari Vatanimizda boshlang‘ich ta'lim sohasida qilinayotgan islohotlar haqida aytib
o'tiladi.
Kalit so’zlar: "Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi", texnologiyalar, ta‘lim, tarbiya,
renessans.
INCREASING EFFICIENCY IN PRIMARY EDUCATION
Abstract. The article talks about how to think of students, how to work with them, and some
requirements for the teacher's personality and activities. It will be mentioned about the process
being developed in our country.
Key words: "Concept of primary education", technology, education, education,
renaissance.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация. В статье говорится о воспитании мышления учащихся младших
классов, способах работы с ними и некоторых требованиях к личности и деятельности
учителя. Кроме того, будет упомянуто о реформах, проводимых в сфере начального
образования в нашей стране.
Ключевые слова: «Концепция начального образования», технологии, образование,
образование, ренессанс.
Bugungi kunda respublikamizda “Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi” hamda boshlang‘ich
ta’lim uchun o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualarda o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini
rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada, O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida umumiy o‘rta ta’lim
sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va
ro‘yobga chiqarish kabi yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur jarayonni tadqiq
etish va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan didaktik tizim sifatida ko‘rib chiqishda bilish faoliyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv vaziyatlarini turkumlashtirish, boshlang‘ich sinf
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
555
o‘quvchilarida bilish faoliyatini rivojlantiruvchi o‘quv vaziyatlarini tashkil etish texnologiyasini
takomillashtirish kabi tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli
bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy
mohiyatio’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir.
Ta’limda berilayotganbilimlarni o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi
pedagogik texnologiya joriy etilishiningasosiy maqsadi hisoblanadi.Mamlakatning ertangi kuni
esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatlio’qituvchi-murabbiylarga ko’p
jihatdan bog’liqdir
O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida o'tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni
bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda.
Ta’limga zamonaviy yondashuv ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali
boshqarish va qo’yilgan o’quv maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlaydi.
Boshlang’ich sinflarda ta’lim sifat samaradorligini oshirishda zamonaviy yondashuv –vaqt
taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni
ta'minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan
tizimdir.
Respublikamizda "Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi" hamda boshlang'ich ta'lim uchun
o'quv dasturlari va o'quv-metodik majmualarda o'quvchilarning tayanch va fanga oid
kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish
savodxonlikni rivojlantirishning didaktik tizimini ishlab chiqish, o'qituvchilarni o'quvchilarda
hayotiy
ko'nikmalarni
tarkib
toptirishga
tayyorlashning
pedagogik
mexanizmlarini
takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo'yicha Harakatlar strategiyasida "yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-
quvvatlash hamda ro'yobga chiqarish" kabi muhim vazifalar belgilab berildi[1]. Bu esa, o'qish
darslarida
boshlang'ich
sinf
o'quvchilarida
tayanch
va
hayotiy
kompetensiyalarni
shakllantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish, tayanch kompetensiyalarni tarkib
toptirishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risi"dagi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” yosh avlodni tarbiyalashning asosiy istiqbol va yo’nalishlarini belgilab berdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
556
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta‟limni tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishlari
ko„rsatib berildi. Unda “Uzluksiz ta‟lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar
yaratadi”, deb ko‘rsatilgan.
Biz farzandlarimizning tarbiyasiga, ulardagi vatanga bo’lgan muhabbatni uyg’otishga
yoshlikdan boshlangich sinflardan boshlashimiz va ularda fidoyilik ruhini aynan shu yoshdan
shakllantirishimiz, ularni sog’lom, yetuk, komil inson qilib tarbiyalashimiz zarur, deb o’ylayman.
Aynan mana shu yoshda olingan bilimlar, tasavvurlar, fikrlar muxrlanib qolib keyingi
yoshlarda bu tushunchalar boyib boraveradi. Bilamizki, o’rta asrlarda aynan mana shu yoshda
bolalarga Qur’oni Karim oyatlari, suralarini yod oldiribborishgan. Shu ma’noda, bizning
bobokalonlarimiz yoshlikda erishgan yutuqlarini Yangi Ozbekiston sharoitida, Uchinchi
Rennesans davrida boshlangich maktablarda aynan oquvchilarning quvvayi hofizasini ostirishga
moljallab tatbiq etish, ularga yurtimiz eng nodir asarlar, she’rlar va xalq dostonlari, mumtoz
shoirlarimizning g`azal va dostonlarini yod olishga erishish mumkin, deb hisoblayman.
REFERENCES
1.
Shadiyev A.R, Aslanova O.P. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya.
Darslik. Qarshi. 2021
2.
"Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar" T. G‘afforova, Toshkent-
2016.
3.
Hasanboyev J, To'raqulov X.A, Alqarov Sh.A, Usmonov N.A. Pedagogika Toshkent:2016
4.
"Boshlang'ich ta'lim jurnali" , 2018-yil, 9-son.
