Authors

  • G‘ulomjon Beshimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62182

Keywords:

jinoyat ishlari sud-huquq tizimi ijro organi qaror daxlsizlik huquqiy asos.

Abstract

Ushbu maqolada jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, mulkiy undirish jarayonining huquqiy asoslari, ijro organlari vakolatlari hamda sud qarorlarini amaliyotda to‘liq amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, undirishda jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shu bilan birga mulk egalarining qonuniy talablariga rioya etish zarurati ham yoritib berildi.

background image

635

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD-QARORLARINING MULKIY UNDIRUVIGA

OID QISMINI IJRO QILISH MUAMMO VA YECHIMLARI

Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich

O‘zbekistan Respublikasi Xuquqni muhofaza qilish akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14681007

Annotatsiya. Ushbu maqolada jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi

bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, mulkiy undirish jarayonining huquqiy

asoslari, ijro organlari vakolatlari hamda sud qarorlarini amaliyotda to‘liq amalga oshirish

jarayonida yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, undirishda

jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shu bilan birga mulk egalarining

qonuniy talablariga rioya etish zarurati ham yoritib berildi.

Kalit so`zlar: jinoyat ishlari, sud-huquq tizimi, ijro organi, qaror, daxlsizlik, huquqiy asos.

ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ РЕШЕНИЯ В ИСПОЛНЕНИИ ЧАСТИ ГРАЖДАНСКОГО

ВЗЫСКАНИЯ СУДЕБНЫХ РЕШЕНИЙ ПО УГОЛОВНЫМ ДЕЛАМ

Аннотация. В данной статье подробно разбираются вопросы, связанные с

имущественным взысканием судебных решений по уголовным делам. В частности, были

рассмотрены правовые основы процесса имущественного взыскания, полномочия органов

исполнительной власти, а также проблемы, возникающие в процессе полной реализации

судебных решений на практике. Также освещается необходимость защиты прав и

интересов потерпевших при взыскании, а также соблюдения законных требований

собственников.

Ключевые слова: уголовное дело, судебно-правовая система, органы

исполнительной власти, решение, неприкосновенность, правовая основа.

PROBLEMS AND SOLUTIONS IN THE ENFORCEMENT OF THE CIVIL

COLLECTION PART OF COURT DECISIONS IN CRIMINAL CASES

Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the issues related to the

property collection of court decisions in criminal cases. In particular, the legal basis of the

property collection process, the powers of the executive bodies and the problems arising in the

process of full implementation of judicial decisions in practice were considered. Also highlighted

in the collection is the need to protect the rights and interests of victims, and at the same time

comply with the legal requirements of property owners.

Keywords: criminal cases, judicial system, executive bodies, decision, immunity, legal

basis.


background image

636

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Kirish

. Jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi bilan bog‘liq masalalar

hozirgi davrda nafaqat huquqni qo‘llash amaliyoti, balki ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligi

tamoyillarini yanada kuchaytirish nuqtai nazaridan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki,

jinoyat tufayli jabrlangan shaxslarning mulkiy zarari to‘liq qoplanishi, xususan, ayblanuvchi yoki

mahkum zimmasiga yuklatilgan kompensatsiya hamda boshqa to‘lovlarning to‘liq undirib

berilishi amalda adolatni tiklashning muhim shartlaridan biridir. Avvalo, jinoiy ishlar bo‘yicha sud

qarorlarida belgilangan mulkiy undirish choralari ayrim hollarda ijro etuvchilar o‘rtasidagi

vakolatlar chegarasining noaniqligi, shuningdek, tegishli ma’lumot almashinuvining yetarli

darajada integratsiyalashmaganligi sababli kechikib yoki butunlay samarali amalga oshmay

qolishi mumkin. Masalan, qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki va

daromadlari, mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda

yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lganligi undiruvchi e’tiroziga

sabab bo‘ladi va adolatga bo‘lgan ishonchni ham zaiflashtirishi mumkin.

Bundan tashqari, mulkni aniqlash va uning ustidan taqiq qo‘yish, bank hisob raqamlariga

band solish kabi chora-tadbirlar, odatda, jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqib, ijroga qaratilgandan

so‘ng amaliyotga joriy etilsa-da, bu jarayonning samaradorligi har doim ham kutilgan natijani

bermaydi. Ayrim mahkum (qarzdor)lar mol-mulkni boshqaning nomiga o‘tkazish yoki nobud

qilish, hisob raqamlaridagi pul mablag`larini begonalashtirish yo‘li bilan undirishdan qochishga

harakat qilishadi. Bu kabi noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish uchun, avvalo, jinoiy

protsessual va ijro huquqi normalarini takomillashtirish, xalqaro tajriba asosida tezkor va aniq ish

yuritish mexanizmlarini yaratish zarur. Shuningdek, barcha jarayonlarni raqamlashtirish va mas’ul

organlar o‘rtasida yagona elektron hamkorlik tizimini shakllantirishga ehtiyoj bor.

Shu jumladan, ijro hujjatlarining xususiyatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston

Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8

3

-moddasi “Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi

kerak bo‘lgan hujjatlar” 5-bandi “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruviga oid

ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning mulklariga nisbatan qo‘yilgan ta’qiq ma’lumotlari” bilan

to‘ldirish taklif etilmoqda-ki, bu aynan, ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari

boshlangunga qadar qarzdorlar tomonidan mulklarni begonalashtirilmasligini oldini oladi.

Ijro jarayonidagi yana bir muhim masala – bu jabrlanuvchi (undiruvchi)larning huquqlari

va manfaatlarini to‘la ta’minlash bilan birgalikda, mulk egalarining (ayblanuvchi yoki

mahkumning) qonuniy talablari ham kamsitilmasligini ta’minlashdir. Davlat organlarining mazkur

jarayonlarni o‘rganish, tahlil qilish, monitoring olib borish va zarur bo‘lsa, qonunchilik bazasini

takomillashtirish bo‘yicha olib borayotgan islohotlari ma’lum samara bermoqda.


background image

637

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Adabiyotlar tahlili va muhokama.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy

undiruvi – adolat prinsipi hamda qonun ustuvorligini amalda ta’minlovchi asosiy omillardan

biridir. Chunki jinoyat tufayli yetkazilgan zarar o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishi

jabrlanuvchilarning buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash, ayni paytda, ijtimoiy adolatni qaror

toptirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, mulkiy undirish jarayonining samarali amalga

oshirilishi davlatning o‘z fuqarolari oldidagi burchi sifatida ham qaraladi. Biroq mazkur

yo‘nalishda, amaliy tajribada bir qator yechimini kutayotgan muammolar mavjud bo‘lib, ularni

bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, shuningdek,

hukumat tomonidan turli chora-tadbirlar tasdiqlab kelinmoqda.

Ijro organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyev tomonidan imzolangan, 2020-yil 7-martidagi “Sud-huquq sohasini yanada

takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF

6034-son farmoni ijro organlari o‘rtasida yagona elektron ma’lumotlar tizimini shakllantirish,

raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, vakolatli idoralar o‘rtasidagi o‘zaro axborot

almashinuvi samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Shu yo‘l bilan jinoyat ishlari bo‘yicha sud

qarorlarida belgilangan mulkiy undirish choralarini o‘z vaqtida qo‘llash, hisob raqamlarini

bloklash, mulkni xatlash, huquqiy cheklovlar o‘rnatish kabi amaliy jarayonlarni tezlashtirishga

erishish mumkin. Ayni paytda, mavjud elektron tizimlarning funksionalligi yetarlicha keng

doirada bo‘lmasligi yoki idoralararo kelishmovchiliklar sabab ma’lumotlar almashinuvi sust

kechishi tufayli ushbu islohotlar kutilgan natijani berishi kechikayotganligi qayd etiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud-qarorlarining mulkiy undiruvida amaliyotda

uchraydigan bir qancha muammolar

o

Mulkni izlash va xatlashdagi qiyinchiliklar

: Mahkum yoki aybdorlar mulkni o‘z vaqtida

o‘zga shaxs nomiga rasmiylashtirib yuborishi, bank hisob raqamlarini yashirishi mumkin. Bu

jarayonni tezkor usullar bilan kuzatib borish mexanizmlarini mustahkamlash zarurati bor.

o

Ijro muddati va noaniqliklar

: Ayrim hollarda ijroning qancha muddat ichida amalga

oshishi qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilsa-da, amaliyotda turli sabablarga ko‘ra (hujjatlar

aylanishi, qo‘shimcha tekshiruvlar) kechikishlar kelib chiqadi.

o

Idoralar o‘rtasidagi nomuvofiqliklar

: Mahalliy adliya bo‘limi, ichki ishlar, prokuratura,

sud hamda boshqa mas’ul organlar o‘rtasida electron ma`lumot almashinuvini keng qamrovli

qilish.

Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yechimlar

o

Yagona elektron tizimni keng joriy qilish

: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

farmonlarida ko‘zda tutilgan raqamlashtirish jarayonlarini to‘liq va uzluksiz yo‘lga qo‘yish zarur.


background image

638

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, banklar o‘rtasida onlayn ma’lumot almashish, notarius

idoralari va adliya organlari o‘rtasidagi ma’lumot uzatishni avtomatlashtirish orqali mulkni izlash

va undirishni ancha soddalashtirish mumkin.

o

Ijro organlari salohiyatini mustahkamlash

: Davlat ijrochilarining vakolatlarini

kuchaytirish, tezkor ma`limot almashinuvini tezlashlashtirish maqsadida moddiy va texnik

bazasini mustahkamlash hamda xodimlar malakasini oshirish. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari

surilayotgan sud-huquq islohotlari doirasida bu borada maxsus qarorlar e’lon qilinishi va ularga

qat’iy amal qilinishi zarur.

o

Qonunchilikni izchil takomillashtirish

: Jinoyat-protsessual kodeksi va Ўзбекистон

Республикаси “Суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини ижро этиш тўғрисида”ги

qonunlarga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, tajribada aniqlangan bo‘shliqlarni

bartaraf etish lozim. Xususan, mulkni yashirishga urinish holatlari bo‘yicha javobgarlikni

kuchaytirish yoki ijro tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha me’yorlarni belgilash zarur

bo‘lishi mumkin.

o

Kompensatsiya jamg‘armasi yoki sug‘urtalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish

:

Ayrim holatlarda mahkumda mablag‘ topilmasa, jabrlanuvchining zarari o‘z vaqtida qoplanmay

qolishi mumkin. Shu bois maxsus kompensatsiya jamg‘armasini tashkil qilish yoki notarial-

sug‘urta tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu

chora jabrlanuvchining huquqlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qiladi.

Xulosa.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruv qismini samarali ijro

etish huquqni qo‘llash amaliyotida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashning eng muhim

shartlaridan biridir. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, jabrlanuvchining yetkazilgan zararni o‘z

vaqtida va to‘liq qoplatish huquqini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun, avvalo, tegishli qonunchilik

hujjatlarini izchil takomillashtirish zarur.

Shuningdek, davlat ijrochilari, huquqni muhofaza qilish organlari, notarius va bank

muassasalari o‘rtasida raqamli texnologiyalarga asoslangan yagona elektron tizimlarning

samaradorlik bilan joriy etilishi mulkni izlash va xatlash jarayonlarining tezkorligini oshiradi. Ijro

jarayonini soddalashtirish, ijro amallarini monitoring qilish va mas’ul shaxslarning javobgarligini

kuchaytirish ham muhim bosqich hisoblanadi. Bunda undiruvchilarning huquqlari kafolatli

himoya qilinishi barobarida, qarzdorlarning qonuniy manfaatlari ham inobatga olinishi zarurligi

mulkiy manfaatlar muvozanatini ta’minlaydi.


background image

639

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublika Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning “Sud-huquq sohasini

yanada takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF 6034-son farmoni. 2020-yil.

2.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2019-yil 1-aprelgacha bo'lgan o'zgartish va

qo'shimchalar bilan. lex. uz).//www.lex.uz.

3.

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: Rasmiy nashr. -T.,2019.-672 b.

4.

Niyozova S.S., Xaydarov Sh.D. Jinoyat-ijroiya huquqi moduli tushunchasi, predmeti va

prinsiplari. O'quv qo'llanma. / Mas'ul muharrir: B.B. Xidoyatov - T.: TDYU nashriyoti,

2020. - 80-b.

References

O‘zbekiston Respublika Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning “Sud-huquq sohasini yanada takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6034-son farmoni. 2020-yil.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2019-yil 1-aprelgacha bo'lgan o'zgartish va qo'shimchalar bilan. lex. uz).//www.lex.uz.

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: Rasmiy nashr. -T.,2019.-672 b.

Niyozova S.S., Xaydarov Sh.D. Jinoyat-ijroiya huquqi moduli tushunchasi, predmeti va prinsiplari. O'quv qo'llanma. / Mas'ul muharrir: B.B. Xidoyatov - T.: TDYU nashriyoti, 2020. - 80-b.