Authors

  • G‘ulomjon Beshimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.68002

Keywords:

Jinoyat ishlari Federal Qonun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi attorneylar xalqaro hamkorlik transchegaraviy moliyaviy razvedka raqamlashtirish jamoatchilik nazorati shaffoflik avtomatlashtirish jinoyat-protsessual kompensatsiya mulk.

Abstract

Ushbu maqolada jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini mulkiy undiruvga oid qismlarini ijro etishda xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud samarali mexanizmlarni tahlil qilish va O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

740

JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD QARORLARINING MULKIY UNDIRUVIGA

OID IJRO VARAQALARNI IJRO QILISHDA XORIJIY TAJRIBA

Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich

O‘zbekistan Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14910116

Annotatsiya. Ushbu maqolada jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi

bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha sud

qarorlarini mulkiy undiruvga oid qismlarini ijro etishda xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud

samarali mexanizmlarni tahlil qilish va O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish imkoniyatlarini

ko‘rib chiqishdan iborat.

Kalit so‘zlar: Jinoyat ishlari, Federal Qonun, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi,

attorneylar, xalqaro hamkorlik, transchegaraviy, moliyaviy razvedka, raqamlashtirish,

jamoatchilik nazorati, shaffoflik, raqamlashtirish, avtomatlashtirish, jinoyat-protsessual,

kompensatsiya, mulk.

FOREIGN EXPERIENCE IN EXECUTION OF PROPERTY RECOVERY OF COURT

DECISIONS IN CRIMINAL CASES

Abstract. In this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal

cases are analyzed in detail. In particular, it consists in studying the international experience in

the execution of the parts of court decisions in criminal cases related to property recovery,

analyzing the existing effective mechanisms and considering the possibilities of their application

to the legislation of Uzbekistan.

Keywords: Criminal cases, Federal Law, Commonwealth of Independent States, attorneys,

international cooperation, cross-border, financial intelligence, digitization, public control,

transparency, digitization, automation, criminal procedure, compensation, property.

Kirish.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini mulkiy undiruvga oid qismlarini ijro etish

jarayoni huquqiy tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu jarayon davlatning huquqni

muhofaza qilish organlari tomonidan adolatni ta’minlash va jinoyat oqibatlarini bartaraf etishda

samaradorligini belgilaydi.

Dunyoning turli mamlakatlarida sud qarorlarini ijro etishning huquqiy va tashkiliy

mexanizmlari bir-biridan farq qiladi. Ayrim davlatlarda bu jarayon maxsus ijro organlari

tomonidan amalga oshirilsa, boshqalarida sud yoki prokuratura tizimi tomonidan nazorat qilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

741

Masalan, Yevropa mamlakatlarida ijro organlari mustaqil tuzilma sifatida faoliyat yuritadi va

qarorlarni majburiy ijro etish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Xususan, AQShda esa sud qarorlarini

ijro etish shtatlarning vakolatiga bog‘liq bo‘lib, davlat va xususiy ijro organlari hamkorlikda

ishlaydi. Osiyo mamlakatlarida esa davlat nazorati kuchli bo‘lib, ijro jarayoni qat’iy tartibga

solingan.

Ushbu ishning maqsadi – jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini mulkiy undiruvga oid

qismlarini ijro etishda xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud samarali mexanizmlarni tahlil qilish va

O‘zbekiston qonunchiligiga tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat.

Adabiyotlar tahlili va muhokama.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida Sud

hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror

nazoratining olib borilishi bir-biriga juda o‘xshash. Shu sababli biz, sud hujjatlari va boshqa

organlar hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining qay

darajada olib borilishini Rossiya Federatsiyasi misolida keltirib o‘tmoqchimiz.

Rossiya Federatsiyasining 2007-yil 2-oktabrdagi “Ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi” gi 226-

sonli Federal Qonuniga asosan, sud ijrochilarining o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari jarayonida

qoununlarga rioya etishlari ustidan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi

prokurorlar nazorat olib boradilar. Bu qoidalar 1999-yil 10-fevralda qabul qilingan “Rossiya

Federatsiyasining Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topdi. Ta’kidlab o‘tish joizki,

yuqorida nomi keltirilgan qonunlarga hozirgi paytga qadar bir necha marotaba o‘zgaritirish va

qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsada, lekin ularning birortasida ham alohida “sud ijrochilarining

qonunlarga rioya etishlari ustidan prokuror nazorati” sohasini aniqlashtiruvchi bob mavjud

emas.Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 129-moddasida federatsiya prokurorlarining

vakolatlari “Prokuratura to‘g‘risida”gi Federal Qonun bilan tartibga solinishi belgilangan. Bir

qator rossiyalik olimlarning aytishlaricha, “Prokuratura to‘g‘risida”gi Federal qonunga ijro ishi

yuritish ustidan prokuror nazoratiga bag‘ishlangan mustaqil bobni kiritilishi orqali qonunchilikda

mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar barataraf etiladi.

Rossiya federatsiyasining “Sud ijrochilari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tizimini Sud ijrochilari federal

xizmati va uning hududiy organlari tashkil etadi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2004-yil

13-oktyabrdagi Farmoniga ko‘ra, “Sud ijrochilarining Federal xizmati to‘g‘risida”gi Nizom

tasdiqlangan. Sud ijrochilari Federal xizmatining tashkiliy faoliyat asoslari mazkur nizom bilan

tartibga solinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

742

Rossiyada bajaradigan vazifalariga qarab, sud ijrochilari ikki guruhga bo‘linadi:

– Sudlar faoliyatini amalga oshirishda belgilangan tartibni ta’minlovchi ijrochilar.

Ularning huquq va majburiyatilari “Sud ijrochilari to‘g‘risida”gi Federal Qonunda belgilab

qo‘yilgan.

– “Sud ijrochilari to‘g‘risida”gi Qonundan tashqari “Ijro ishi yuritish to‘g‘risida”gi

Qonunga ko‘ra faoliyat yurituvchi sud ijrochilari.

Mazkur bo‘linish tegishli ravishda sud ijrochilari ustidan prokuror nazoratinini amalga

oshirish doirasini belgilab beradi. Sud ijrochilarining qonunlarga rioya etishlari ustidan prokuror

nazorati o‘rnatilishidan asosiy maqsad – ularning faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, shuningdek

jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sud hujjatlari va boshqa

organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida har bir sud ijrochisining faoliyati tegishli hududiy

prokuror nazorati ostida bo‘ladi. Rossiya federatsiyasining viloyat, tuman prokurorlari umumiy

nazoratni amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi. Shunday ekan ular, sud ijrochilari tomonidan

sodir etilgan qonun buzilishlarini aniqlash va ularni baratraf etish bo‘yicha tegishli tartibda chora-

tadbirlarni ishlab chiqadilar. Hududiy prokuratura xodimlari sud ijrochilarining tashkiliy

bo‘linmalarida sodir etilan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tekshiruv o‘tkazib boradilar yoki bu

xususida sud ijrochilarining hududiy boshqarmalariga topshiriq berishlari mumkin.

“Ijro ishi yuritish to‘g‘risida”gi Federal Qonunning 3-moddasiga asosan, sud ijrochilari

bo‘linmalari majburiy ijro etish organlari sifatida belgilangan. Mazkur holat muhim ahamiyatga

ega bo‘lib, vakolatli prokurorlar tomonidan yuqori e’tiborni talab etadi.

Prokuratura organlariga sud ijrochilarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat

kelib tushsa, prokuratura xodimlari tegishli mansabdor shaxsni chaqirtirib holat yuzasidan

tushuntirish berishni talab qilishga haqli. Agar sud ijrochisi uzrli sababalarsiz prokurorning

chaqiruvi bo‘yicha prokuratura organiga yetib kelmasa, Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy

javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 17-moddasi 7-qismiga binoan, unga nisbatan ma’muriy

javobgarlik yuzaga keladi. Vakolatli prokuratura xodimlari ijro ishi yuritish yuzasidan kelib

tushgan shikoyatlarning mazmuniga qarab, sud ijrochilaridan ijro ishi yuritish materiallarnini

tekshirish uchun talab qilib olishga haqli. Sud ijrochilari tomonidan talab qilingan materiallarni

o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki prokurorning tekshiruv o‘tkazishiga qarshilik ko‘rsatish ham o‘z

navbatida ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

743

Ijro ishi yuritish sohasida ish hajmining ko‘pligi va ijro materiallari turli bosqichlarda ijro

etilishi tufayli sud ijrochilari tomonidan tez-tez qonun buzish holatlari kuzatiladi. Ijro ishi yuritish

ishtirokchilari o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida, sud ijrochisining chiqargan noqonuniy

hujjatlariga, harakatlariga yoxud harakatsizliklariga nisbatan sud ijrochilarining hududiy

boshqarmalariga, prokuratura organlariga va sudga 10 kunlik muddat davomida shikoyat qilishlari

mumkin. Bundan tashqari prokuratura organlari ham sud ijrochilari tomonidan chiqarilan har

qanday qonunga zid ravishda chiqarilgan hujjatga nisbatan protest keltirish vakolatga ega. Shu

o‘rinda aytib o‘tish joizki, ijro ishi yuritish ishtirokchilarining bildirgan shikoyatlariga nisbatan

prokuror tomonidan keltirilgan protest qonun buzilishini bartaraf etishda samaraliroq natija beradi.

Prokuror tomonidan keltirilgan protestning samarasi yuqorilini asosiy sharti uni o‘z vaqtida

qo‘llanilishida ko‘rinadi. Prokuratura organlari qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra sud

ijrochilarining hududiy boshqarmalari hamda bo‘limlarida tekshiruvlar o‘tkazishlaridan oldin, sud

ijrochilarining harakatlari ustidan kelib tushgan shikoyatlar bilan tanishib, ularni tahlil qilishlari

lozim. Bu bilan prokuror o‘zi o‘tkazmoqchi bo‘lgan tekshiruvining hajmini, mazmunini aniq

belgilab olishi mumkin. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya

etilishini tekshirish davomida prokuratura xodimlari quyidagilar bilan tanishib chiqishlari zarur.

– murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnali;

– ijro ishi yuritishni ro‘yxatga olish jurnali;

– ijro ish yuritish jurnali;

– voyaga yetmagan farzandalr uchun zarur bo‘lgan summalarni undirish jurnali;

– jarimalarni ro‘yxatga olish jurnali;

– sud ijrochilarining tashkiliy bo‘limlaridagi depozit summalarini ro‘yxatga olish jurnali;

– sud ijrochilariga federal hukumat tomonidan berilgan rag‘batlantirishlarni qay etish

jurnali.

O‘zbekistondan farqli ravishda Rossiyada sud ijrochilari maxsus kiyim kiyib, o‘qotar

quroldan foydalanishadi. Lekin shunday bo‘lsada, sud ijrochilari qonun doirsidan chetga chiqib,

ijro shi yuritishda qatnashuvchi shaxslarga jismoniy kuch ishlatishlari va qurol bilan tahdid

qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar sud ijrochisi ijro ishi yuritish davomida maxsus quroldan

o‘zgalar manfaatlariga zid ravishda foydalansa, holat yuzasidan albatta vakolali prokuroning

tekshiruv o‘tkazishi zarur bo‘ladi.

1

1

uristinfo.net/prokurorskij-nadzor/207-prokurorskij-nadzor pod-red-jue-vinokurova/5130-prokurorskij-nadzor-za-

ispolneniem-zakonov-sudebnymi-pristavami/html


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

744

Qozog‘iston Respublikasida ijro ishi yuritish Qozog‘iston Respublikasining

Konstitutsiyasi, Fuqarolik prosessual kodeksi, “Ijro ishi yuritish va sud ijrochilarining maqomi

to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Qozog‘iston

Respublikasida ham O‘zbeksiton Respublikasidek ijro ishi yuritish sohasida sud ijrochilari va

boshqa shaxslar tomonidan qonunlarga rioya etilishi ustidan samarali prokuror nazorati

o‘rnatilgan.

Ijro ishi yuritish sohasiga oid Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurorining “Ijro ishi

yuritishning qonuniyligi bo‘yicha prokuror nazoratini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2011-yil 18-

yanvarda qabul qilingan 188-sonli burug‘i mavjud. Ushbu buyruqqa asosan, vakolatli

prokurorlarning asosiy vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiya va qonunlarda

belgilangan huquqlarini amalga oshirishda, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishda

qonunlarga rioya etilishini ta’minlash hamda sohada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan qonun

buzilishlarini oldini olishdan iborat.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining Departamenti, viloyat prokurorlari,

Astana va Almata shahar prokurorlari, tuman va tumanlarga tenlashtirilgan prokuraturalar hamda

harbiy va boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalarijro ishi yuritish sohasida doimiy va samarali

nazoratni olib boradilar. Prokuratura organlari tegishli tartibda tekshiruvlar o‘tqazish yo‘li bilan

ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga vakolatli

bo‘lgan organlar va ularning hududiy bo‘limlari bilan bir qatorda xususiy sud ijrochilari tomonidan

qonuniy tartibda ijro etilishi yuzasidan tizimli tahlil qilib borishadi.

Qozog‘iston Respublikasida ijro ishi yuritishni qonuniyligini ta’minlashda prokuratura

organlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

–sog‘ligi yoki yoshiga ko‘ra himoyaga muhtoj bo‘lgan, o‘z huquqlarini mustaqil ravishda

amalga oshira olmaydigan shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga oshirish qoidalariga rioya

etilishi ustidan nazorat qilish;

–sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga vakolatli bo‘lgan organlarning

mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan ijro harakatlarini aniq va bir xilda

qo‘llanilishi ustidan nazorat olib borish;

–ijro ishi yuritishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxslarning harakatlari yoki

harakatsizliklari ustidan kelib tushgan shikoyatlarni nazorat qilish;

Prokuror nazorati faoliyatini amalga oshirish davomida qonun buzilish holatlari aniqlansa,

ushbu qonun buzilish holatini keltirib chiqargan sud ijrochilariga nisbatan qonunda belgilangan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

745

tartibda javobgarlik ta’sir choralari qo‘llaniladi. Masalan, ma’lum bir sud ijrochisi tomonidan ijro

ishi yuritish jarayonida noqonuniy tartibda qaror qabul qilinganligi aniqlansa, prokuror ushbu

qarorni bekor qilish haqida davlat yoki xususiy sud ijrochisining rahbariga protest keltiradi.

Agarda ijro ishi yuritish noqonuniy asoslarga ko‘ra to‘xtatilgan bo‘lsa, prokuratura organlari uni

darhol ijroga tiklash va ijro etish bo‘yicha choaralar ko‘radi. Shu bilan birgalikda ijro ishi yuritish

sohasida aniqlangan qonun buzilish holatlariga qarab, boshqa prokuror nazorati hujjatlari ham

qo‘llanilishi mumkin.

Qozog‘iston Respublikasining viloyat prokurorlari, Astana va Alamata shahar prokurorlari

prokuror nazoratining holatini, odil sudlovni amalga oshirilishining qonuniyligini, ijro hujjatlarini

ijro etishda sud ijroichilari tomonidan qonunlarga rioya etilishi ahvolini tahlil qilib, keyingi

hisobot davrining 7-kuniga qadar Bosh prokuraturaga axborot topshiradilar. Yil natijalari bo‘yicha

qonuniylik holati yuzasidan esa umumlashtirishlar tayyorlanadi va ushbu umumlashtirish

ma’lumotlari keyingi yilning 7-yanvar kunigacha Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasiga

taqdim etiladi.

2

Ukrainada ham Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi singari sud hujjatlari

va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishini ustidan prokuror

nazoratining o‘rnatilgani bu boradagi qonunuchilikni rivojanganidan dalolat beradi.

Ukraina qonunchiligiga binoan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda

qonunlarga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish davrida prokuratura organlari

tomonidan aniqlangan har bir qonundan tashqar holat tegishli tartibda javobgarlikni keltirib

chiqaradi. Prokuratura organlarining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lib, sud hujjatlarini ijro etishga

vakolatli bo‘lgan shaxslar faoliyatini tekshirish, qonun buzilish holatlarini, ularni keltirib

chiqargan shart- sharoitlarni o‘rganish va baratraf etishga doir zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rish

hisoblanadi.

3

Belorussiyada sud qarorlarini qonunga muvofiqligi va ularni ijro etishda qonunlarga rioya

etilishi ustidan nazorat olib borish prokuror nazoratining alohida bir yo‘nalishi bo‘lib, ushbu

yo‘nalish barcha sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirishga yo‘naltirilgan.

Prokuratura organlarining nazorat predmeti xo‘jalik, fuqarolik va jinoyat sudlari tomnidan

2

https://tengrinews/kz/zakon/generalnaya -prokuratura-respubliki kazahstan/sud/id-V1000006737/

3

.http://pravo-ukraine/org/ua/gos-organy-sluzhba/zakon-o-prokurature/12841-prokurorskij-nadzor-za-soblyudeniem-

zakonov-v-ukraine-ststya-1


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

746

chiqarilgan sud qarorlari va xo‘jalik sudining apellatsiya instansiyasi qarorlarini qonunga

muvofiqligini tekshirish hisoblanadi.

Prokuror nazoratining asosiy vazifalari quyidagilar:

– fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini

himoyasini ta’minlash;

– iqtisodiy sohada qonunchilikni ta’minlash va huquqbuzarliklarni oldini olish;

sud qarorlari va ajrimlarini ijro etishda qonunlarga rioya etilishini ta’minlash.

Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekistondan farqli ravishda Belorussiyaning

“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etilishi

ustidan nazorat prokuror nazoratining asosiy yo‘nalishlari qatoridan o‘rin olgan.

4

Italiyada “Sud tuzilishi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq prokuratura organlari qonunlarni

amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi va davlat manfaatlarini himoya qiladi. Shu bilan

birgalikda sud qarorlarini to‘g‘ri va samarali ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkillashtiradi.

Italiyaning prokuratura organlari sud hokimiyati tarkibiga kiradi. Ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi

masalalar Italiya fuqarolik prosessual kodeksi bilan tartibga solinadi. Ushbu kodeksning 474-

moddasiga ko‘ra, majburiy ijro etish asoslari, ijro varaqasi ijroga topshirilgan paytdan boshlab

yuzaga keladi. FPKning ikkinchi bo‘lim ikkinchi bobi majburiy musodara qilishga oid masalalarga

bag‘ishlangan bo‘lib, majburiy musodara qilish jarayonida qonunlarga rioya etilishi ustidan

nazorat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Italiyada mavjud bo‘lgan “Ijro ishi yuritish

to‘g‘risida”gi Qonun jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy odat normalarini aks ettiradi. Sud ijrochilari

ijroga taqdim etilgan ijro hujjatiga asosan band solinishi mumkin bo‘lgan mulk miqdorini belgilash

va debitorning shaxsiga oidma’lumotlarni o‘rganish huquqiga ega. Sud ijrochilari ijro ishi yuritish

jarayonida taraflarning manfaatlariga ziyon yetkazmasliklari hamda jamiyatda mavjud bo‘lgan

qonun normalariga qat’iy tartibda rioya etishlari lozim.

5

Fransiyada prokuraturaga oid normalar 1958-yilda qabul qilingan Jinoyat prosessual

kodeksida o‘z aksini topgan. Bu normalar sudda prokurorning mustaqil ishtirokini belgilab beradi.

Fransiyaning prokuratura organalari ijro hokimiyatining vakillari hisoblanadi. Sud qarorlarini ijro

etishda qonunlarga rioya etilishini ta’minlash jarayonida prokurorlarning ahamiyati katta.

Sud qarorlarini ijro etish asoslari Fransiyaning JPK, FPK va 1991-yil 9-iyulda qabul

qilinib, 1992-yildan kuchga kirgan “Ijro ishi yuritish to‘g‘risida”gi qonun bilan mustahkamlangan.

4

bargu/by/1183-nadzor-za-sootvestviem-zakonu-sudebnyh-postanovleniy-a-takzhe-soblyudeniem-zakonodatelstva-

pri-ih-ispolnenii/html

5

http://www.pravo.vuzlib.su/book-z1299-page-82.html


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

747

Sud ijrochilari majburiy ijro choralarini qo‘llash orqali ijro hujjatlarida keltirilgan talablarlarni ijro

etilishiga ko‘maklashadilar. Ijro hujjatlari sud ijrochilari bilan bir qatorda Fransiya Bosh prokurori

va unga bo‘ysinuvchi prokurorlar, polisiya ofiserlari hamda komandirlar tomonidan ham ijro

etilishi mumkin. Sud ijrochisi huquqiy maqomiga ko‘ra, o‘zida mustaqil harakat qiluvchi davlat

xizmatchisi bo‘lgan shaxs elementlarini mujassam etadi. Lekin har bir sud ijrochisi ijroi ishi

yuritishni amalaga oshirish davomida Respublika prokurorlarining bo‘ysinuvida bo‘ladi. Sud

ijrochilari Fransiya Adliya vazirining buyrug‘iga asosan o‘z lavozimlariga tayinlanadilar. Sud

ijrochilarini tayinlashda hududiy prokuratura organlari prokurorlarining xulosalari muhim

ahamiyat kasb etadi. Prokuratura organalari sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro

etilishi ustidan nazorat olib borish bilan bir qatorda murakkab ijro ishi yuritish jarayonlarida sud

ijrochilariga ko‘maklashishlari mumkin.

6

AQSHda sud qarorlarini ijro etilishi ustidan nazorat.

AQSHda davlat hokimiyati tizimida attorneylik xizmati instituti faoliyat yuritadi. Ularning

o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan harakatlari bizdagi prokuratura organlari funksiyalari

bilan o‘xshash. Shuning uchun ham AQSHdagi attorneylarni prokurorlar deb atashimiz mumkin.

Ularning Yevropa va MDH davlatlari xususan O‘zbekistondagi prokurorlardan farqi attorneylar

nazorat funksiyalariga ega emas. Attorneylarning belgilangan vakolatlari qatorida sud qarorlarini

ijro etish masalasi ham mavjud. Attorneylar prokurorlar kabi nazorat funksiyasiga ega

bo‘lmasalarda sud qarorlarini ijro etilishi yuzasidan tekshiruvlar olib borib, sud ijrochilari

tomonidan chiqarilgan noto‘g‘ri hujjatlarni bekor qilish va ularga nisbatan ta’sir choralarini

qo‘llash vakolatiga egadurlar.

AQSHda attorneyik xizmati bilan bir qatorda sheriflar ham faoliyat yuritadilar. Ular

o‘zlarining hududiy uchastkasida huquqiy tartibotni o‘rnatibgina qolmay, o‘zini o‘zi boshqarish

mahalliy organlarning farmoyishi va sud qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi. Bu bir tomondan

bizning uchastka nozirlaridan farqli ravishda:

–sud qarorlarini bajarilishini (o‘z hududida) ta’minlaydi;

–ijroiya organining quyi vakili hisoblanadi;

–shu hududni tinchligi, jinoyatchilikdagi holat, xavfsizlikni boshqaradi va boshqa

masalalar bo‘yicha yuqori turuvchi organlarga xabar beradi.

7

6

Мухамеджанов Э.Б. Прокуратура в зарубежных странах. Учебник. –Алматы: «Нур-пресс», 2005. – 9 с.

7

A.T.Allamuratov, J.A.Rahmanov.Xorijiy mamlakatlarda prokuratura. O‘quv-qo‘llanma. Mas’ul muharrir: yu.f.n.

O.M.Madaliyev. –T.: TDYUI nashriyoti, 2007. –34-35 bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

748

Angliyada ijro ishi yuritish fuqarolik prosessining oxirgi yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.

Anliyada sud qarorlarini ijro etilishi ustidan fuqarolik sudlari nazorat olib boradilar. Angliyada

ham AQSHdagi singari prokurorlik lavozimi mavjud emas. Anliyadagi sud nazoratini ikki xil

ko‘rinishi mavjud. Birinchisi nazorat tartibidagi sud kontroli, ikkinchisi ma’muriy kontrol.

Nazorat tartibidagi kontrolni amalga oshirilishidan asosiy maqsad – majburiy ijro etish

organlarining moddiy va prosessual huquqlarini rioya etilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat

qilishdan iborat.

Angliyada majburiy ijro harakatlari undiruvchining rahbariy ahamiyatga ega bo‘lgan

yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu vaziyatda sherif yoki baylif undiruv choralarini

ko‘rishga yo‘naltiriladi. Sheriflar Angliyada sud ijrochilari hisoblanadi. Angliyadagi sud amaliyoti

jarayonida shu narsa o‘rganilganki, sherif o‘zining o‘rinbosari va xatto qo‘l ostidagi har bir xodimi

tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik harakatlari uchun javobgar bo‘ladi hamda ularning

harakatlari yuzasidan sudda javob beradi. Aynan shu sababli sheriflar sud qarorlarini ijro etilishida,

xodimlari tomonidan huquqbuzarlik harakatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida ichki

nazoratni ta’minlaydi.

8

Xulosa.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish, ayniqsa mulkiy undiruv

masalalarida, turli mamlakatlarda samarali tizimlar joriy etilgan bo‘lib, davlatlar ushbu masalani

tartibga solish uchun o‘ziga xos mexanizmlardan foydalanadilar va ularning tajribasi quyidagi

xorijiy tajribadan kelib chiqib asosiy xulosalarda umumlashtirilishi mumkin:

1. Mustaqil va samarali ijro tizimini yaratish – davlat tizimidan alohida faoliyat yurituvchi

ijro organlari samaradorlikni oshiradi.

2. Ijro jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish – bu vaqt va resurslarni tejashga

yordam beradi.

3. Xalqaro hamkorlik va transchegaraviy moliyaviy razvedka tizimlarini rivojlantirish –

jinoyatchilar tomonidan aktivlarni yashirishning oldini oladi.

4. Musodara qilingan mol-mulkni davlat manfaatlariga yo‘naltirish – jamiyat uchun foydali

dasturlarni moliyalashtirish imkonini beradi.

5. Ijro tizimining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash – korrupsiya va byurokratiyaning

oldini oladi.

6. Jamoatchilik nazorati va shaffoflikni oshirish – fuqarolar va fuqarolik jamiyati

ishtirokida ijro tizimining ochiqligini ta’minlaydi.

8

Мухамеджанов Э.Б. Прокуратура в зарубежных странах. Учебник. –Алматы: «Нур-пресс», 2005. – 14-15с.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

749

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston uchun ushbu tajribalarni, xususan, sud qarorlarini ijro

etish jarayonini samarali tashkil etish uchun raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik, moliyaviy

razvedka va mustaqil nazorat tizimlari mahalliy qonunchilikka moslashtirib tatbiq etish ijro

tizimining samaradorligini oshirishga va mulkiy undiruv jarayonlarini takomillashtirishga va ijro

tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. 2023-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish

to‘g‘risida»gi qonuni. 258-II-son. 29.08.2001-yil.

3.

O‘zbekiston Respublika Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning “Sud-huquq sohasini yanada

takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PF 6034-son farmoni. 2020-yil.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2019-yil 1-aprelgacha bo'lgan o'zgartish va

qo'shimchalar bilan. lex. uz).//www.lex.uz.

5.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: Rasmiy nashr. - T., 2019.-672 b.

6.

Niyozova S.S., Xaydarov Sh.D. Jinoyat-ijroiya huquqi moduli tushunchasi, predmeti va

prinsiplari. O'quv qo'llanma. / Mas'ul muharrir: B.B. Xidoyatov - T.: TDYU nashriyoti,

2020. - 80-b.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonuni. 258-II-son. 29.08.2001-yil.

O‘zbekiston Respublika Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning “Sud-huquq sohasini yanada takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6034-son farmoni. 2020-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2019-yil 1-aprelgacha bo'lgan o'zgartish va qo'shimchalar bilan. lex. uz).//www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: Rasmiy nashr. - T., 2019.-672 b.

Niyozova S.S., Xaydarov Sh.D. Jinoyat-ijroiya huquqi moduli tushunchasi, predmeti va prinsiplari. O'quv qo'llanma. / Mas'ul muharrir: B.B. Xidoyatov - T.: TDYU nashriyoti, 2020. - 80-b.