Fevral, 2025-Yil
458
JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD QARORLARINING MULKIY UNDIRUVIGA
OID QISMINI IJRO QILISHDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA
ULARNING YECHIMLARI
Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich
O‘zbekistan Respublikasi Xuquqni muhofaza qilish akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14895019
Annotatsiya.
Ushbu maqolada jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy undiruvi
bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha sud-
qarorlarining amaliyotda uchraydigan bir qancha muammolar va ularning yechimlari, sud
qarorlarini mulkiy undiruvida amaliyotda to‘liq amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan bir
qator muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, undirishda
jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shu bilan birga mulk egalarining
qonuniy talablariga rioya etish zarurati ham yoritib berildi.
Kalit so‘zlar:
Jinoyat ishlari, surishtiruv, dastlabki tergov, prostessual harakatlar, ijro
organi, tergov organlari, depozit, davlat ijrochisi, qaror, daxlsizlik, huquqiy asos, jinoyat-
protsessual, kompensatsiya, mulk.
PROBLEMS ARISING IN THE IMPLEMENTATION OF THE PROPERTY
RECOVERY PART OF COURT DECISIONS IN CRIMINAL CASES AND THEIR
SOLUTIONS
Abstract.
In this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal
cases are analyzed in detail. In particular, a number of problems and their solutions encountered
in the practice of court decisions on criminal cases, a number of problems and their solutions that
arise in the process of full implementation of court decisions in property collection were
considered. Also, the need to protect the rights and interests of the victims and to comply with the
legal requirements of the property owners was highlighted.
Key words:
Criminal cases, investigation, preliminary investigation, procedural actions,
executive div, investigative bodies, deposit, state bailiff, decision, immunity, legal basis, criminal
procedure, compensation, property.
Kirish
. Davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish murakkab
jarayon ekani barchamizga ma’lum. Mulkiy undiruvlarga oid ijro hujjatlari talabini bajarish
maqsadida qarzdorning mol-mulkini aniqlash, ularga qidiruv e’lon qilish, xatlash va realizastiya
qilish orqali uni naqd pul holatiga keltirish uchun muayyan vaqt va prostessual harakatlari talab
Fevral, 2025-Yil
459
etiladi. Biroq, ba’zi hollarda ijro jarayoniga qadar undirib, vaqtinchalik surishtiruv va tergov
organlarining depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari ham qonunda belgilangan
muddatlarda realizastiya qilinmay qolinayotgani kuzatiladi.
Xususan, Qonunning 48
6
-moddasida undiruvni surishtiruv, tergov organlarining yoki
sudning depozit hisobvaraqlarida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag‘lariga qaratish
xususiyatlari belgilab berilgan.
Mazkur tartibga ko‘ra, surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit
hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib
qo‘yilgan, shu jumladan fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yo‘l bilan
orttirilgan mablag‘lar sifatida olib qo‘yilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi
tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablag‘lari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan
e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi
kerak.
Ish yuritishida bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi surishtiruv, tergov
organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha saqlanayotgan pul
mablag‘larini uch kunlik muddat ichida Byuro organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish
to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
Talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv,
tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha turgan pul mablag‘larini ijro
hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Byuro organining depozit hisobvarag‘iga
inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shartligi qonun bilan
mustahkamlab qo‘yilgan.
Biroq, amaliyot qonunning ushbu talabi to‘laqonli ishlamayotganligi, aniqroq aytadigan
bo‘lsak, aksariyat holatlarda surishtiruv va tergov organlar tomonidan surishtiruv va dastlabki
tergov davomida olib qo‘yilib, ushbu organlarning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan naqd
pul mablag‘larini davlat ijrochilari tomonidan realizastiya qilish (egasiga qaytarish yohud
undiruvni ushbu mablag‘larga qaratish)da belgilangan muddatlar buzilayotganini ko‘rsatmoqda.
Ya’ni, davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilganidan keyin ushbu
organlarning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan naqd pul mablag‘larini Byuroning depozit
hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha berilgan talabnomalar belgilangan muddatlarda ko‘rib
chiqilmasligi kuzatilmoqda. Davlat ijrochisiga ushbu holatda pul mablag‘lari mazkur organlarning
hisobvaraqlaridan inkasso topshiriqnomasi orqali olib qo‘yish vakolati berilgan bo‘lsada, huquqni
muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va nazorat funksiyalariga ko‘ra
Fevral, 2025-Yil
460
(masalan, prokuratura organlari tomonidan Byuro organlarining nazorat qilinishi) davlat ijrochisi
amalda ushbu vakolatdan umuman foydalanmaydi.
Adabiyotlar tahlili va muhokama.
Ijro ishini yuritishga oid qonun hujjatlari asosan
imperativ normalar bo‘lib, bu jarayonda sud yoki boshqa vakolatli organ qarori muhokama
qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shunday bo‘lsada, davlat bir butun mexanizm bo‘lib, asosiy
funksiyasi fuqarolarining huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya
qilishdan iboratdir. Davlat va uning organlarini men inson tanasiga qiyoslagan bo‘lar edim. Huddi
inson tanasining har bir organi yagona umumiy maqsadda harakat qilganidek, davlatning ham har
bir organi asosiy maqsadga erishish, fuqarolarga farovon hayotni ta’minlash yo‘lida xizmat qilishi
kerak. Davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi birinchi navbatda fuqarolarning minimal
yashash sharoitini kafolatlashi, ularni to‘lovlarga qobilligi haqida g‘amxo‘rlik qilishiga ham
bog‘liqdir. Chunki, har qanday mamlakatda ham fuqarolarning moliyaviy holati iqtisodiy
munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aynan shu nuqtai nazardan ham ijro ishi yurituvida
qarzdorning ham shaxsiy va davlat tomonidan kafolatlanishi lozim bo‘lgan normal turmush
kechirish uchun bo‘lgan huquqlari muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanmoqda. Ya’ni, asosiy
maqsad qarzdordan nafaqat ijro hujjatida ko‘rsatilgan summani undirish, balki amalga
oshiriladigan majburiy ijro harakatlari uning iqtisodiy ahvolini yanada og‘irlashtirib, kelgusida
yana yangi qarzdorliklarga kirib qolishini oldini olish bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, mulkni aniqlash va uning ustidan taqiq qo‘yish, bank hisob raqamlariga
band solish kabi chora-tadbirlar, odatda, jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqib, ijroga qaratilgandan
so‘ng amaliyotga joriy etilsada, bu jarayonning samaradorligi har doim ham kutilgan natijani
bermaydi. Ayrim mahkum (qarzdor)lar mol-mulkni boshqaning nomiga o‘tkazish yoki nobud
qilish, hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini begonalashtirish yo‘li bilan undirishdan qochishga
harakat qilishadi. Bu kabi noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish uchun, avvalo, jinoiy
protsessual va ijro huquqi normalarini takomillashtirish, xalqaro tajriba asosida tezkor va aniq ish
yuritish mexanizmlarini yaratish zarur. Shuningdek, barcha jarayonlarni raqamlashtirish va mas’ul
organlar o‘rtasida yagona elektron hamkorlik tizimini shakllantirishga ehtiyoj bor.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud-qarorlarining mulkiy undiruvida amaliyotda uchraydigan bir
qancha muammolar mavjud. Jumladan:
Mulkni izlash va xatlashdagi qiyinchiliklar:
Mahkum
yoki aybdorlar mulkni o‘z vaqtida o‘zga shaxs nomiga rasmiylashtirib yuborishi, bank hisob
raqamlarini yashirishi mumkin. Bu jarayonni tezkor usullar bilan kuzatib borish mexanizmlarini
mustahkamlash zarurati bor.
Fevral, 2025-Yil
461
Ijro muddati va noaniqliklar:
Ayrim hollarda ijroning qancha muddat ichida amalga
oshishi qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilsada, amaliyotda turli sabablarga ko‘ra (hujjatlar
aylanishi, qo‘shimcha tekshiruvlar) kechikishlar kelib chiqadi.
Idoralar o‘rtasidagi nomuvofiqliklar:
Mahalliy adliya bo‘limi, ichki ishlar, prokuratura,
sud hamda boshqa mas’ul organlar o‘rtasida electron ma’lumot almashinuvini keng qamrovli
qilish.
Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yechimlar
Yagona elektron tizimni keng joriy qilish:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlarida ko‘zda tutilgan raqamlashtirish jarayonlarini to‘liq va uzluksiz yo‘lga qo‘yish zarur.
Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, banklar o‘rtasida onlayn ma’lumot almashish, notarius idoralari va
adliya organlari o‘rtasidagi ma’lumot uzatishni avtomatlashtirish orqali mulkni izlash va
undirishni ancha soddalashtirish mumkin.
Ijro organlari salohiyatini mustahkamlash:
Davlat ijrochilarining vakolatlarini
kuchaytirish, tezkor ma’limot almashinuvini tezlashlashtirish maqsadida moddiy va texnik
bazasini mustahkamlash hamda xodimlar malakasini oshirish. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari
surilayotgan sud-huquq islohotlari doirasida bu borada maxsus qarorlar e’lon qilinishi va ularga
qat’iy amal qilinishi zarur.
Qonunchilikni izchil takomillashtirish:
Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston
Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunlarga
zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, tajribada aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etish
lozim. Xususan, mulkni yashirishga urinish holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish yoki ijro
tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha me’yorlarni belgilash zarur bo‘lishi mumkin.
Kompensatsiya jamg‘armasi yoki sug‘urtalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish:
Ayrim
holatlarda mahkumda mablag‘ topilmasa, jabrlanuvchining zarari o‘z vaqtida qoplanmay qolishi
mumkin. Shu bois maxsus kompensastiya jamg‘armasini tashkil qilish yoki notarial-sug‘urta
tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu chora
jabrlanuvchining huquqlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qiladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy
undiruviga oid qismini ijro qilish muammolari yechimlari topganda bu toifadagi ijro varaqalar
ijrosi samarali ta’minlash, shuningdek, taraflarning huquqlarini yanada mustahkamlashga xizmat
qiladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ijro ishini yuritishga oid qonun hujjatlari asosan
imperativ normalar bo‘lib, bu jarayonda sud yoki boshqa vakolatli organ qarori muhokama
qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fevral, 2025-Yil
462
Shunday bo‘lsada, davlat bir butun mexanizm bo‘lib, asosiy funksiyasi fuqarolarining
huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Davlat va
uning organlarini men inson tanasiga qiyoslagan bo‘lar edim. Xuddi inson tanasining har bir organi
yagona umumiy maqsadda harakat qilganidek, davlatning ham har bir organi asosiy maqsadga
erishish, fuqarolarga farovon hayotni ta’minlash yo‘lida xizmat qilishi kerak. Davlatning ijtimoiy
va iqtisodiy rivojlanishi birinchi navbatda fuqarolarning minimal yashash sharoitini kafolatlashi,
ularni to‘lovlarga qobilligi haqida g‘amxo‘rlik qilishiga ham bog‘liqdir. Chunki, har qanday
mamlakatda ham fuqarolarning moliyaviy holati iqtisodiy munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Aynan shu nuqtai nazardan ham ijro ishi yurituvida qarzdorning ham shaxsiy va davlat
tomonidan kafolatlanishi lozim bo‘lgan normal turmush kechirish uchun bo‘lgan huquqlari muhim
ahamiyat kasb etishi ta’kidlanmoqda. Ya’ni, asosiy maqsad qarzdordan nafaqat ijro hujjatida
ko‘rsatilgan summani undirish, balki amalga oshiriladigan majburiy ijro harakatlarini amalga
oshirishda ishonchli va samarali bo‘lishi lozim.
Yuqoridagi muammolarning yechimlari amalga oshirilsa, jinoyat ishlari bo‘yicha sud
qarorlarining mulkiy undiruviga oid qismini ijro qilish jarayoni samarali bo‘ladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. 2023-yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to‘g‘risida»gi qonuni. 258-II-son. 29.08.2001-yil.
3.
O‘zbekiston Respublika Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning “Sud-huquq sohasini yanada
takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF 6034-son farmoni. 2020-yil.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2019-yil 1-aprelgacha bo'lgan o'zgartish va
qo'shimchalar bilan. lex. uz).//www.lex.uz.
5.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: Rasmiy nashr. - T., 2019.-672 b.
6.
Niyozova S.S., Xaydarov Sh.D. Jinoyat-ijroiya huquqi moduli tushunchasi, predmeti va
prinsiplari. O'quv qo'llanma. / Mas'ul muharrir: B.B. Xidoyatov - T.: TDYU nashriyoti,
2020. - 80-b.