663
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
USMONIYLAR IMPERIYASINING TASHKIL TOPISH TARIXI
Haqqulov Mehriddin Yunusovich
Osiyo xalqaro universiteti
“Tarix va filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
mexriddinhaqqulov@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14709170
Annotatsiya. Ko‘p yillar davomida Usmoniylarning paydo bo‘lishi va ularning XIV asr
oxirigacha bo‘lgan tarixi kam o‘rganilgan. Tarix yaqin davrlargacha faqatgina dushmanlik
ruhida bo‘lgan grek manbalaridan yoki keyinchalik Usmoniy sultonlarni maqtab yozadigan turk
tarixchilari asarlaridan o‘rganilgan. Usmoniylar va Yevropa arxivlaridan olingan yangi xujjatlar
va ularning tanqidiy analizi Usmoniylarning kelib chiqishini tushunishga yordam beradi. Biz
bilamizki, Usmoniylar kelib chiqqan qabila o‘g‘uzlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi
qabilalar bo‘lib, yozda tog‘larga ketar edi. Shaharlardan uzoqlarda chodirlarda yashovchi
qabilalar O‘rta Osiyodan kelgan Saljuqiylardan yoki XIII asr birinchi yarmida mo‘g‘ullar
tomonidan g‘arbga keltirilgan turkiy qabilalardan kelib chiqqan. Anatoliyadagi qabilalarning ilk
boshliqlari haqidagi ma’lumotlar juda kam. Ular haqida faqatgina afsona va tarixiy uydurmalar
qolgan. Ishonchli dalillar shuni ko‘rsatadiki, Usmoniylar sulolasi nomiga Erto‘g‘rul asos solgan.
Bu haqda Erto‘g‘rulning o‘g‘li Usmon nomidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar guvohlik
beradi. Afsonaga e’tibor beramiz.
Kalit so’zlar: tarix, qabila, yilnomalar, turk va vizantiya manbalari, musulmonlar va
xristianlar, qonunshunoslar, mudofaa inshoatlari.
HISTORY OF THE OTTOMAN EMPIRE
Abstract. For many years, the emergence of the Ottomans and their history up to the end
of the 14th century has been little studied. Until recently, history was studied only from Greek
sources, which were hostile, or from the works of Turkish historians who later wrote in praise of
the Ottoman sultans. New documents from Ottoman and European archives and their critical
analysis help to understand the origin of the Ottomans. We know that the Oghuz tribe, from which
the Ottomans originated, were nomadic and semi-nomadic tribes who went to the mountains in
the summer. The tribes living in tents far from the cities descended from the Seljuks who came
from Central Asia or from the Turkic tribes brought west by the Mongols in the first half of the
13th century. Very little is known about the early chieftains of the tribes in Anatolia. Only legends
and historical fictions remain about them. Reliable evidence suggests that the Ottoman dynasty
was founded by Ertugrul. This is evidenced by the inscriptions on coins minted in the name of
Ertugrul's son Osman. Let's pay attention to the legend.
664
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Keywords: history, tribe, chronicles, Turkish and Byzantine sources, Muslims and
Christians, jurists, defensive structures.
ИСТОРИЯ ОБРАЗОВАНИЯ ОСМАНСКОЙ ИМПЕРИИ
Аннотация. На протяжении многих лет возникновение османов и их история до
конца XIV века были малоизучены. До недавнего времени историю изучали только по
враждебным греческим источникам или по трудам турецких историков, которые позднее
писали хвалебные песни османским султанам. Новые документы из османских и
европейских архивов и их критический анализ помогают понять происхождение османов.
Мы знаем, что огузы, племя, от которого произошли османы, были кочевыми и
полукочевыми племенами, которые летом уходили в горы. Племена, жившие в палатках
вдали от городов, произошли от сельджуков из Средней Азии или от тюркских племен,
привезенных на Запад монголами в первой половине XIII века. Информации о ранних
племенных вождях Анатолии очень мало. О них остались лишь легенды и исторические
вымыслы. Достоверные данные свидетельствуют о том, что Османскую династию
основал Эртугрул. Об этом свидетельствуют надписи на монетах, отчеканенных от
имени сына Эртугрула Османа. Мы обращаем внимание на легенду.
Ключевые слова: история, племя, летописи, турецкие и византийские источники,
мусульмане и христиане, юристы, оборонительные сооружения.
Usmoniylar yilnomalarida bu tarix siyosiy maqsadlarda o‘ylab topilgani aytiladi. XIV asr
boshlaridagi turk va vizantiya manbalarini qiyosiy o‘rganish orqali quyidagi dalillarni aniqlash
mumkin. XIII asrda turk qabilalari mo‘g‘ullar zulmidan qutilish uchun G‘arbga qochishadi.
Anatoliya yassi tog‘liklarining tub aholisi ularni siqib chiqaradi, ular Ko‘nyadagi
saljuqiylar sultonligi g‘arbiy chegarasida to‘planishadi.
Yangi yaylovlarni qidirib turk qabilalari chegara hududlarida o‘rnashib olishadi. Yaqinda
joylashagan Vizantiya markazlari ularga mahsulotlarini sotish va zahiralarini to‘ldirishga yordam
beradi. Sangarios (hozirgi Sakarya) daryosi qal’alar bilan mustahkamlangan hudud bo‘lib
Vizantiya va turk bekligi o‘rtasidagi chegara hisoblanardi. Boshlanishida turklar va Vizantiyaliklar
jiddiy to‘qnashuvlarsiz yashaganlar. Chegaralar o‘tib bo‘larli, musulmonlar va xristianlar
bozorlarda bir-birlari bilan aloqalarni mustaxkamlab yashar edilar.
Aloqalarning rivojlanishiga Vizantiyada yashovchi xristianlikni qabul qilagan turklar o‘z
hissalarini qo‘shdilar. Lekin o‘zaro ishonch rishtalari va tinch hayot bir kun nihoyasiga yetishi
kerak edi. To‘qnashuvlardan to‘qnashuvlarga turklarning o‘z kuchiga ishonchi ortib bordi. Usmon
boylik orttirishga o‘ch bo‘lgan, sarguzasht izlovchi va urushlarga tayyor bo‘lgan jangchilarni
yig‘di.
665
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Qonunshunoslar va “ziyolilar” Anatoliyani tashlab unga yangi davlat qo‘rishda yordam
berish uchun kelishardi. Usmon bu insonlar jamoasini kerakli oqim bo‘yicha harakatlantira oladi
va ularni o‘z bayrog‘i ostida birlashtiradi. 1302 yil 27 iyulda Usmon Nikomediyada (Izmit)
vizantiyaliklar bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng Usmon Anatoliyaning
shimoliy-g‘arbida beklikning boshiga keldi. U vizantiyaliklarga qarshi tura oldi va kuchli bo‘lgan
Germiyon, Karaman, Jondor, Saruxan, Teke va Mentesha kabi qo‘shni turkman bekliklari bilan
kurash olib bordi. XIII asr oxirigacha Usmon Vizantiyaning Vifiniya viloyatining sharqiy qismida
nazorat o‘rnatdi. 1317 yil Usmon (1326 yil vafot etgan) qo‘shin boshqaruvni o‘z o‘g‘li O‘rxonga
qoldiradi va Sakarya daryosi vodiysini kechib o‘tib Brusa (Bursa) ostonalarini himoya qiladigan
mudofaa inshoatlarini egallaydi. Oqibatda 1326 yilda Bursa shahri taslim bo‘ladi va shu paytda
sharqdagi Bolu shahri ham taslim bo‘ladi. 1326 yildan 1365 yilgacha Brusa (Bursa) Usmoniylar
davlatining poytaxti bo‘ladi. O‘rxonning xizmatlari shundan iboratki u haqiqatdan Usmoniylar
davlatiga asos soldi. U ichki boshqaruv o‘rnatdi: 1327 yildan Us-moniylar tangasi bosila
boshlandi, tanganing bosilishi mustaqillikni anglatar edi, haqiqiy armiyaga asos solinishi va uning
asosiy qismini yanicharlar-professional askarlardan tashkil topgan sara qism tashkil qilar edi,
undan tashqari kavaleriya qayta tashkil etildi. Bunday Usmon armiyasida “kofirlar dunyosini”
egallash kabi diniy mafkuraviy g‘oyalarni ko‘rmaslik mumkin emas edi. Bursadagi Shahodat
masjididagi yozuvga asosan O‘rxon “Sulton-g‘olib, iymon uchun kurashchi” unvonini olgan.
Lekin u ortodoksal islomni emas balki ko‘plab turkiy qabilaviy urf-odatlarni o‘zida ifoda etuvchi
Alaviylik va o‘n ikki imomni e’zozlovchi oqimga xayrihoh edi. O‘rxon va uning valiaxdi Murod
I (1362-1389) Vizantiyaga qarshi doimiy va yengilmas urushlar olib bordi: Bursadan so‘ng ular
Nikeyani/Iznik (1331) va Nikomediyani/Izmit (1337) egallab olishdi. 1354 yil Usmoniylar
Dardanelni kechib o‘tib, bir necha yil dovomida Gallipolini (1354), Adrianopol/Edernani (1362-
1371) egallashdi va bu yerlar asrlar davomida ularning Yevropadagi tayanchi bo‘ldi. Serblar va
bolgarlar ustidan qozonilgan ko‘plab g‘alabalar, jumladan, Marisa (1371) yaqinidagi va Kosovo
maydonidagi (1389) g‘alabalar natijasida Bolqonning katta qismini egallashdi. Keyingi
muvafaqqiyatli yurishlardan so‘ng Makedoniya, Bolgariya va Serbiya ham qo‘lga kiritildi.
Yevropadagi har bir urushda bosqinchilik birinchi o‘rinda turar edi. Ko‘p xolatlarda bu tinchlik
bilan amalga oshirilar va ularning davlati asosini mustahkamlar edi. 1389 yil to‘rtinchi usmoniy
hukmdor, Yildirim (“Yashin”, “Chaqmoq”) nomini olgan Bayazid I Yevropa va Osiyodagi juda
katta hududni meros qilib oldi. Juda katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan sulton o‘z davlati
hududlarini kengaytirishni xohlar edi. Boshlanishiga u o‘z e’tiborini sharqqa qaratdi va birin ketin
barcha turk yerlarini (Saruxan, Oydin, Menteshe, Hamid, Karaman, Germiyon va Sivas) egallab,
butun Anatoliyani o‘ziga bo‘ysundirdi.
666
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
1451 yil Mexmed II o‘z otasi Murod II dan taxtni qabul qilib olganda imperiya oldingiday
ikkiga bo‘lingan edi. Qadimiy musulmonlar yerlari – Anatoliya Yaqin Sharq Islom
sivilizatsiyasining bir qismiga aylangan edi. Yaqindagina qo‘lga kiritilgan Rumeliya avvalgi
taassurotlari va chegara hududi aholisi urf-odatlari, shuningdek eklektik din va qalandarlik
afsonalari bilan yashar edi. Ularning orasida Bursadagi eski poytaxt va Edernadagi yangi poytaxt
ko‘prik vazifasini o‘tashi kerak edi. 1453 yil 29 mayda sultonning taxtga kelishidan ikki yil o‘tib,
qamalning boshlanganiga 7 hafta bo‘lganida, yanicharlar Konstantinopolning qal’a devorlarini
shturm qilishga kirishdi. Ko‘plab shaharliklar jang maydonida xalok bo‘lishdi. Muqaddas Sofiya
ibodatxonasi gumbaziga Usmoniylar bayrog‘i o‘rnatildi. Xristian Yevropasida bu voqea katta
shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Usmoniylar imperiyasining gullab-yashnashi Mexmed II ning hukmronligidan (1451)
Sulaymon Qonuniy (1566) hukmronligining oxirgi yillariga to‘g‘ri keladi. 100 yil davomida
Usmoniylar imperiyasi butun Bolqon Yevropasi, Markaziy Yevropaning bir qismi, Arab Yaqin
Sharqi va Shimoliy Afrika (Marokashdan tashqari) hududlariga tarqaldi.
Bu davrning buyuk muvafaqqiyati 1453 yil 29 mayda Mexmed II (Fotix) tomonidan
Konstantinopolni olinishidir. Bu shaharga egalik qilish sultonga Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi
yetishib bo‘lmas bog‘i-chni va Vizantiya imperiyasining vorisi maqomini berdi. Shuningdek,
diniy jihatdan islomning xristianlar ustidan g‘alabasini anglatar edi. Sulton musulmon dunyosida
katta mavqega ega bo‘ldi.
Sulton O‘rxon davrida ilk usmoniy tangalari zarb qilindi. Bunga juda katta ahamiyat berilar
edi. Chunki tangani mustaqil zarb etish, hukmdorning nomini juma namozida va bayram kunlarida
(xutbada) tilga olinishi musulmon davlatlarida davlat hukmdorlarining mustaqil ekanligiga ishora
edi. Usmoniylar davlatida qonun chiqargan birinchi sulton Maxmud I (1359-1389) hisoblanadi.
Uning davrida birinchi qonunlar chiqa boshlaydi. 1368 yildagi qonun rasmiylashtirildi, ya’ni bu
qonun bo‘yicha bosib olingan yerlar davlat mulki hisoblanadigan bo‘ldi.
XVI asr o‘rtalarida Usmoniylar imperiyasi 21 ta viloyatga bo‘lingan edi. Ularning har
biriga viloyatdagi harbiy va ma’muriy hokimiyatni to‘liq qo‘lida tutib turuvchi beklarbegi
boshchilik qilardi. Har bir beklarbegi o‘z saroyi, devonxona va devoniga ega edi. Viloyatlar san-
jaklarga bo‘lingan bo‘lib, ularga sanjakbeylar boshchilik qilardi. Sulaymon I hukmronligi davrida
250 ta sanjak bor edi. Usmoniylar imperiyasining quruqlikdagi armiyasi ham juda kuchli edi. Bu
armiya «Saroy qullari» deb ataluvchi markaziy qo‘shin va viloyatlardagi ko‘ngillilar qismlaridan
iborat edi. Markaziy qo‘shinda butunlay davlat tomonidan ta’minlanadigan yanicharlar korpusiga
alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, qo‘shinda artilleriya qismlari ham alohida ahamiyatga
ega bo‘lib, turk sultonlari uning holati yaxshi bo‘lishi uchun ko‘proq qayg‘urar edilar. Sulaymon
armiyasida 300 dan ortiq turli hajmdagi to‘plar bor edi. Yanichar-larning piyodalar korpusidan
667
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
tashqari sultonning otliq gvardiyasi ham mavjud bo‘lib, u yurishlar paytida sulton va buyuk vazirni
qo‘riqlar, janglarda yanicharlarga yordam berar edi.
Yaqin vaqtlargacha Usmoniylar imperiyasining inqiroz davri XVII-XVIII asrlar deb
hisoblangan. Lekin bizning davrimizda tarix-chilarimizning fikri har-xil. U asrlarda sodir bo‘lgan
voqealarda ular inqiroz alomatlarini ko‘rishadi lekin tanazzulni emas. Chunki tanazzul tushunchasi
davomiylikni, qaytarilmaslikni va ko‘p qirralikni bildiradi. Usmoniylar imperiyasi hayoti
davomida juda ko‘plab inqirozlarni Fransiyadagi diniy urushlar yoki markaziy Yevropadagi o‘ttiz
yillik urushlarni boshidan kechirdi. Lekin bu nuqtai nazardan tanazzul xaqida gapirish mumkin
emas. Tanazzul haqida gapirilganda ma’lum vaqt davlatning barcha hayot sohalari, siyosiy va
harbiygina emas, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalari ham achinarli holatga tushib qoladi. XVII
asr oxiri – XVIII asr boshlariga kelib imperiyaning turg‘unlik davri (tavaqquf davri) tugab inqiroz
davri boshlandi. Bu davrni turk tarixchilari «Rijot davri» deb atashadi. XVIII asrdan boshlab
Usmoniylar imperiyasi birin-ketin ilgari egallab olgan hududlarini yo‘qota boshladi. Buning
sababi, birinchidan, Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy rivojlanish natijasida harbiy va siyosiy
salohiyatning o‘sishi bo‘lsa, ikkinchidan, Usmoniylar davlatida yuz berayotgan chuqur iqtisodiy
inqiroz edi.
1918-yilning 30-oktabrida tuzilgan Mudros bitimi Antanta va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi
Birinchi jahon urushidagi harbiy harakatlarga chek qo‘ydi. O‘sha davrda inglizlar Yaqin Sharqda
kommunikatsiya va tabiiy (neft) resurslarni nazorat ostiga olgan edi. Britaniya hukumatining
orzulari ro‘yobga chiqdi, ya’ni Yaqin Sharqda to‘liq ingliz tartibi o‘rnatildi. Bitimga, asosan,
Bosfor, Dardanel, Istanbul, Antanta qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi. Turkiya hukumati
rahbarlari Anvar Poshsho, Tal’at Poshsho, Jamol Poshsholar o‘z yaqinlarini olib nemislarning
kemasida Germaniyaga qochishdi.
Yangi Majlis Anqarada 1920 yilning 23 aprelida juma kuni chaqirildi. Kamol
boshchiligidagi yangi saylangan majlis deputatlari oldin fransuz garnizoni boshqarmasi joylashgan
Ulus maydonidagi yangi bino oldida yig‘ilib, u yerdan tarixiy Xo‘ja Bayram vali masjidiga
bordilar va nomoz o‘qidilar. Qurbonlik keltirilgandan so‘ng deputatlar o‘zlarining Turkiya Buyuk
Millat Majlisining birinchi yig‘ilishiga yo‘l oldilar. Uning tarkibida endi saylangan deputatlar
(312) bilan bir qatorda Istanbuldan Anqaraga qochgan yeski parlament vakillari (78) ham bor edi.
TBMMning binosi ikki qavatli bo‘lib, tunda kerosinli chiroqlar bilan yoritilgan, qishda esa
“burjuyka”ga o‘xshash plitalar bilan isitilgan. Deputatlar orasida ofiserlar, savdogarlar, yer egalari,
diniy arboblar, amaldorlar, huquqshunoslar va jurnalistlar ham bor edi. Shu tariqa birinchi
inqilobiy majlisning ijtimoiy tarkibi milliy ozodlik harakatining tarkibi xususiyatini ochiq aks
ettirar edi. Birinchi yig‘ilishni oqsoqol deputat Sharif bey ochib berdi, ikkinchi bo‘lib Mustafo
Kamol so‘zga chiqdi. TBMM ishchi yig‘ilishi o‘z ishini 24 aprelda boshladi. Shu kuni TBMM
668
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
deklaratsiyasi o‘qildi va deputatlar “Milliy Qasam”ga sodiqlik ontini ichdilar. TBMM prezidiumi
saylandi, uning raisi etib Mustafo Kamol tayinlandi. U bu lavozimda 1923 yilning 29
oktyabrigacha qolib, Turkiya Respublika deb e’lon qilingan kun Mustafo Kamol prezident etib
saylandi.
Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, Ertug`rul G`oziy ekkan chinor o`sib barcha
turk ovullariga, musulmon ahliga soya bo`lib mo`g`ullar va vizantiyaliklar zulmidan najot soyasi
bo`ldi. Usmonbey hamda uning vorislari hukmronligi davrida butun aholi tinch totuvlikda, adolat
qilichi ostida himoyada yashadilar. Islom ahlining homiysi, xalifasi bo`lgan Usmoniylar Yevropa
davlatlarining o`yinlari qurboni bo`ldi. Birinchi jahon urushidan so`ng truk millati o`z vatanlarini
o`zlari himoya qilishga kirishib, xalq boshqaruvi asosida Turkiya Respublikasini qurishdi.
REFERENCES
1.
Haqqulov, M. Y. O. G. L. (2022). Markaziy Osiyoda ilk diplomatik munosabatlar tarixi.
Science and Education, 3(10), 385-389.
2.
Yunusovich, H. M. (2024). Experiences Related to the Fine Fiber Cotton of Uzbekistan
during the Years of Soviet Authority. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION, 4(9), 129-132.
3.
Yunusovich, H. M. (2024). The Formation, Development and Role of the High Seljuk
Empire Founded by the Turkic Peoples in the Islamic World. Miasto Przyszłości, 53, 956-
959.
4.
Haqqulov, M. (2024). O ‘RTA OSIYO XALQLARINING OZODLIK ORZUSI
BO‘LGAN “TURKISTON MUXTORIYATI”. Modern Science and Research, 3(12), 609-
613.
5.
Yunus ogli, H. M. (2023). QАDIMGI МЕSОPОTАMIYA SHАHАR-DАVLАTLАRI
O'RTАSIDАGI O'ZАRО MUNОSАBАTLАR.
6.
Haqqulov, M. (2024). TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI.
Medicine,
pedagogy and technology: theory and practice
,
2
(11), 154-159.
7.
Gulyamov, A., Srojeva, G., & Haqqulov, M. (2025). O ‘RTA OSIYO OLIMLARINING
KARTOGRAFIK MEROSI.
Modern Science and Research
,
4
(1), 221-227.
8.
Gulyamov, A. A. (2024). JАMIYАTIMIZNING IJTIMОIY-IQTISОDIY, MА’NАVIY-
MАDАNIY
SОHАLАRIDА
ОILАNING RОLI.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
36
(2), 149-153.
669
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
9.
Azizovich, G. A. (2024). Trade Relations of Population in Bukhara Emirate, Shariah Rules
and Regulations in Commercial Affairs, Partnership Relations.
EUROPEAN JOURNAL
OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 189-194.
10.
Azizovich, G. A. (2024). Family-Marriage and Inheritance Relations of the Population in
the Bukhara Emirate.
Miasto Przyszłości
,
53
, 964-969.
11.
Gulyamov, A. (2024). BUXORO MUZEYNING TASHKIL TOPISHI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 659-667.
12.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
13.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
14.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
15.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY
VA ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
852-858.
16.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR.
TA’LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(9), 1–5. Retrieved from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
17.
Obid o'g'li, B. O., & Zaynievich, O. M. (2024). BUXORO VA JUNG'OR XONLIKLARI
O'RTASIDA SIYOSIY MUNOSABATLAR TARIXI.
18.
Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 64-68.
19.
Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA
BUXORO,
XIVA
VA
KO’CHMANCHILAR
BILAN
OLIB
BORGAN
DIPLOMATIYASI.
20.
Sadullayev, U. . (2024). MAHALLA: UNDERSTANDING THE CONCEPT. Medicine,
Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(4), 376–385.
21.
Sadullaev , U. . (2024). USE OF INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION.
Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(5), 344–352.
670
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
22.
Sadullaev, U. (2024). EDUCATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE: A NEW ERA
OF OPPORTUNITY. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(6),
238–241.
23.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),
276-280.
24.
Shokir o’g’li, S. U. (2024). Media literacy is a requirement of the modern world.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),
276-280.
25.
Рахмонова, С. (2024). HARMONY OF EDUCATION AND TRAINING. Журнал
универсальных научных исследований, 2(5), 366-375.
26.
Ramatov, J., Hasanov, M., & Rahmonova, S. (2024). TA’LIM TIZIMI
MODERNIZATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(8), 160-172.
27.
Rаhmоnоvа, S. S. Q. (2024). О ‘ZBЕKISTОNDА АMАLGА ОSHIRILGАN
MА’NАVIY-MАDАNIY
ISLОHОTLАR
DINАMIKАSI
VА
АSОSIY
YО‘NАLISHLАRI.
International scientific journal of Biruni
,
3
(2), 95-104.
28.
Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi. (2024). SPIRITUAL AND EDUCATIONAL REFORMS
ARE
THE
FOUNDATION
OF
A
NEW
UZBEKISTAN.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14503228
29.
Nozimov, J. T. (2024). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDREN FOR
FORMATION OF DEVELOPMENT FOR PREPARATION FOR UNIVERSITY.
Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(5), 575-578.
30.
Нозимов Ж. Т. и др. Социально-психологические особенности формирования
духовных потребностей в профессиональном развитии студентов //Science and
Education. – 2024. – Т. 5. – №. 5. – С. 455-459.
31.
Nozimov, J. (2019). The use of the trainings in developing intercultural competence in
students. In Психология образования будущего: От традиций к инновациям (pp. 112-
114).
32.
Nozimov, J. T., & Usmanova, M. N. (2022). SOCİO-PSYCHOLOGİCAL ASPECTS OF
INTERNET ADDİCTİON AMONG STUDENTS. Педагогика и психология в
современном мире: теоретические и практические исследования, 1(10), 49-51.
33.
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CHILDREN FOR FORMATION OF
DEVELOPMENT FOR PREPARATION FOR UNIVERSITY. (2024).
Multidisciplinary
671
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Journal
of
Science
and
Technology
,
4
(5),
575-
https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/1502
34.
Muyiddinov, B. (2023). XII-XIII ASRLAR DAVRIDA BUXORODA ILM – FANNING
RIVOJLANISHI. SCHOLAR, 1(28), 341–345.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10027071
35.
Muyiddinov Bekali. (2023). MO’G’ULLAR BOSQINI DAVRIDA BUXORONING
AYANCHLI
TAQDIRI. TADQIQOTLAR.UZ, 25(2),
212–215.
Retrieved
from
http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/308
36.
Muyiddinov Bekali. (2023). THE ROLE OF BUKHARA AND OTHER CITIES IN THE
MILITARY
ART
AND
ARMY
STRUCTURE
OF
KHOREZMSHAHS
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 35(3), 55–58.
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/10035
37.
Muyiddinov, B. (2024). BARTHOLD'S "СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В
ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ" THE HISTORY OF THE CREATION OF
THE
WORK.
MODERN
SCIENCE
AND
RESEARCH,
3(1),
699–
https://doi.org/10.5281/zenodo.10552555
38.
Muyiddinov, B. (2024). THE ROLE OF MILITARY REFORMS IN THE BUKHARA
KHANATE IN THE LIFE OF THE STATE UNDER THE SHAYBANIDS. MODERN
SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 646–648.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10668887
39.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Sadullayev, U. (2024). SHARQ
ALLOMALARINING
DIDAKTIK
QARASHLARI.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12), 985-993.
40.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Sadullayev, U. (2024). TARIX FANLARINI
OQITISHDA MUZEYLARNING ORNI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 994-1003.
41.
Sadullayev, U., Gadayeva, M., & Toshpo‘latova, S. (2024). MAHALLA–
QADRIYATLAR BESHIGI.
Modern Science and Research
,
3
(12), 1228-1238.
42.
Toshpo'latova
Shaxnoza
Shuhratovna.
(2024).
ILK
UYG'ONISH
DAVRI
NAMOYONDALARNING DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O'QUVCHILARNI
TARIX FANIGA QIZIQTIRIS METODIKASI.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14520996
43.
Toshpo’latova,
S.
(2024).
TARIX
FANINI
O’QITISHDA
SAMARALI
METODLAR.
Modern Science and Research
,
3
(11), 774-782.
44.
Тошполатова, Ш. (2024). THE PRESENT IRANIANS.
Журнал универсальных
научных исследований
,
2
(5), 453-462.
45.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR.
Modern Science and
Research
,
3
(5), 522-529.
672
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
46.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR.
Modern Science and Research
,
3
(12), 353-361.
47.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot
District.
Modern Science And Research
,
3
(5), 148-151.
48.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT.
Modern Science and Research
,
3
(2), 447-450.
49.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology.
SPAST
Reports
,
1
(7).
50.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology.
European Journal Of Innovation In
Nonformal Education
,
4
(3), 432-437.
51.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI.
Innovations in Technology and
Science Education
,
2
(8), 1214-1222.
52.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani.
Modern
Science and Research
,
3
(2), 87-93.
53.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara.
Modern Science
and Research
,
3
(2), 1004-1011.
54.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics.
Modern Science and Research
,
3
(2), 500-507.
55.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology.
Modern Science and Research
,
3
(1),
504-510.
56.
Gadayeva, M. (2024). MARKAZIY OSIYODA JADID AYOLLARI TARIXI.
Modern
Science and Research
,
3
(12), 652-658.
57.
Muxamedovna, G. M. (2024). Millatimiz Faxri-Buxoro Ma’rifatparvari.
Miasto
Przyszłości
,
52
, 557-562.
58.
Muxamedovna, G. M. (2024). PARANJI TARIXI, YOXUD O'RTA ASR
AYOLLARINING KIYIMI HAQIDA.
59.
Muxamedovna, G. M. (2024). TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING O ‘RNI.
TA'LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
4
(5), 97-102.
60.
Mukhamedovna, G. M. (2024). The Sad Fate Of The Women Of Turkistan: About The
“Hujum” Movement And Its Impacts On Agriculture.
SPAST Reports
,
1
(7).
