Authors

  • Xurshida Karshiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.62951

Keywords:

Alisher Navoiy “Hayrat-ul abror” talmeh Jabroil Odam Yusuf Yunus Havvo Iso Masih Xizr Abu Jahl Umar.

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonida tilga olingan tarixiy-diniy shaxslar nomlari va bu orqali talmeh she’riy san’atidan mohirona foydalanib, voqea va rivoyatlarga alohida urg’u berganligi haqida so’z boradi.

background image

781

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

“HAYRAT-UL ABROR” DOSTONIDA TALMEH SAN’ATI

Karshiyeva Xurshida Allaberdi qizi

TISU talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14719853

Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” dostonida tilga

olingan tarixiy-diniy shaxslar nomlari va bu orqali talmeh she’riy san’atidan mohirona

foydalanib, voqea va rivoyatlarga alohida urg’u berganligi haqida so’z boradi.

Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, “Hayrat-ul abror”, talmeh, Jabroil, Odam,Yusuf, Yunus,

Havvo, Iso Masih, Xizr, Abu Jahl, Umar.

THE ART OF TALMEH IN THE EPIC POEM “HAYRAT-UL ABROR”

Abstract. This article discusses the names of historical and religious figures mentioned in

Alisher Navoi’s epic poem “Hayrat-ul abror” and how he skillfully used the poetic art of talmeh

to emphasize events and narratives.

Keywords: Alisher Navoi, “Hayrat-ul abror”, talmeh, Gabriel, Adam, Joseph, Yunus, Eve,

Jesus Christ, Khizr, Abu Jahl, Umar.

ИСКУССТВО ТАЛМЕ В ЭПИЧЕСКОЙ ПОЭМЕ «ХАЙРАТ-УЛ-АБРОР»

Аннотация. В статье рассматриваются имена исторических и религиозных

деятелей, упомянутых в эпической поэме Алишера Навои «Хайрат-ул-аброр», и то, как он

искусно использовал поэтическое искусство талме для подчеркивания событий и

повествований.

Ключевые слова: Алишер Навои, «Хайрат-ул-аброр», талме, Гавриил, Адам, Иосиф,

Иона, Ева, Иисус Христос, Хизр, Абу Джахль, Омар.

Maqsud Shayxzoda bejiz Alisher Navoiyni “So‘z mulkining sultoni” deya atamagan.

Zotan, hazrat Navoiy o‘zbek adabiyotida eng so‘zamol va teran mushohadali, faylasufona

qarashlarga to‘yingan, tasavvufiy qarashlar mohiyatini anglagan zotdir. Qolaversa, adabiyotda

mavjud o‘nlab she’riy san’atlarni mahorat bilan qo‘llay olgan daho hamdir. Din nizomi deya

atalgan Alisher Navoiyning “Talmeh” san’atidan ustomonlik bilan foydalana olganligini izohlash

uchun ortiqcha bo‘yoqdor so‘zlar shart emas, axir. Uning buyukligi va odamiyligi Alloh va uning

elchisiga bo‘lgan cheksiz muhabbati, haqiqiy-boqiy hayotga bo‘lgan intilishi o‘z zamonasida

bajargan amallarida ham namoyon bo‘ladi. Shu qatorda insonlarga bo‘lgan hurmati, ustozlarni

e’zozlashi va ularga ko‘rsatgan hurmat-e’tibori tahsinga sazovor.

“Talmeh” arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “ko‘z qirini tashlamoq”, “bir nazar tashlash”,

“ishora qilmoq”, degan ma’nolarni bildiradi.


background image

782

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Mumtoz adabiyotda badiiy san’at sifatida u mashhur qissa, maqol, tarixiy va afsonaviy

voqea, shaxs, mashhur asar qahramonlari nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham

ifodalashdir. Bu badiiy san’at adabiyotimizda keng qo‘llanilgan.

Ayniqsa, Navoiy “Hayrat-ul abror”da Qur’oni Karimda nomlari zikr etilgan yuzlab

shaxslarning nomini o‘z ijodiy merosida talmeh orqali qo‘llaydi.

Talmeh san’atida “shoir qahramon siymosini gavdalantirishda uni o‘tmishdagi mashhur

adabiy, diniy yoki tarixiy qahramonlar bilan qiyoslaydi, o‘xshatadi; goho o‘sha o‘tmish

qahramonlari ism-shariflari aytilmay, ular bilan bog‘liq voqealar, ishoralar esga olinishi ham

mumkin. Har ikki holda ham talmeh san’ati sodir bo‘ladi”.

“So‘zdin etib o‘tg‘a azimat Xalil,

So‘z yukiga xomil o‘lub Jabrail”.

Ushbu misralar orqali Navoiy bobomiz anglatmoqchi bo‘lgan xulosa shuki, Jabroil farishta

bo‘lib, barcha payg‘ambarlar (Muso alayhissalomdan tashqari) u bilan gaplashgan. Muqaddas

kitoblarning vahiy bo‘lishi ham bevosita Jabroil farishta bilan bog‘liq. Shu sabab unga “so‘z

yukiga xomil bo‘ldi” deya ta’rif berilmoqda.

“Bo‘ldi sanga Odam sabqatnamo,

Avval o‘g‘ul, so‘ngra gar o‘lsa ato”.

Yuqoridagi baytda keltirilgan Odam ismi Qur’oni Karimda bir nechta suralar, xususan,

“Hijr”, “Sod”, “A’rof”, “Kahf” va “Baqara” suralarida ham qayd etilgan bo‘lib, Alloh Taolo

tomonidan ilk yaratilgan inson sifatida talqin etiladi. Demakki, ushbu misrada ham Navoiy ushbu

faktga e’tibor qaratadi. Avval Odam yaratilib, so‘ng hammaga ota bo‘ldi deyiladi.

“Istadi Havvo bila chun ittisol,

Ayladi Havvog‘a bu nur intiqol”.

Ushbu baytlarda keltirilgan Havvo esa Odam (alayhissalom)ning ayoli. Ikkalasini Iblis-

shayton vasvasa qilib taqiqlangan daraxt mevasini yeyishga undaydi. Ular shu meva tufayli

jannatdan quviladilar. Baytda ham aynan Havvo momomiz nomi keltirilishi bilan ayni mazvuga

ishora keltiriladi.

“Garchiki ul chashma nazardin qochib,

Xizr ko‘k uzra qatarotin sochib”.

“Ko‘rguzibon barq bulutdin daraxsh,

Qatra Xizr chashmasidek ruhbaxsh”.

Yuqoridagi ikki baytda Xizr alayhissalom haqida so‘z boradi. Xalq orasida Xizr bobo nomi

juda mashhur bo‘lib, turli xil rivoyat va afsonalar bor.

Shuningdek, Xizr alayhissalom haqidagi qissa Qur’oni Karimning “Kahf” surasida kelgan.


background image

783

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Bu qissani mufassir ulamolarimiz “Muso alayhissalom va solih banda qissasi” deb

ataydilar. Chunki Qur’onda Xizr alayhissalom “Xizr alayhissalom” nomi bilan atalmagan, balki

“solih banda” deb atalgan. Ana shu oyatlarning tafsirida Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda solih

bandani “Hazr” deb ataladi, biz “Xizr” deb o‘rganib qolganmiz.

1

Ana shundan Xizr alayhissalom borligi, Qur’onda “solih banda” nomi bilan esga

olinganligi va sahih hadislarda “Xizr” nomi bilan tanilganliklari, mashhur bo‘lganliklari kelib

chiqadi. Shuningdek, har ikki baytda ham Xizr chashmasi atamasiga urg‘u berilib, unda Xizr

alayhissalomning hayot suvini ichib, o‘lmaslikka erishgani haqidagi rivoyatga ishora borligidan

deya fahmlash mumkin.

“Dalvg‘a Yusuf kibi solmay nazar,

Hutda Yunus kibi qilmay maqar”.

Ushbu baytda Qur’oni karimda nomlari keltirilgan ikki payg‘ambar tilga olingan.

Birinchisi Yusuf (alayhissalom) bo‘lib, u zot to‘g‘risida Yusuf surasida mufassal bayon

qilingan. Keyingi misrada Yunus alayhissalomga to‘xtaladi, u zot haqida ham Qur’on suralarida

bayon qilinadi. Unga ko‘ra ba’zi sabablar bilan baliq qornida yotgan Yunus (alayhissalom) uni

yaratgan Ollohga yolvorib, duo qiladi va duosi qabul bo‘lib, baliq qornidan qutilib chiqadi.

“Sandalining atri Masixo dami,

Andin o‘luk misli Masix odami”.

Iso Masih alayhissalom va onasi Mariyam binti Imron qissasi Qur’oni Karimning turli

suralarida keltirilgan. Ularga ko‘ra, Iso Masihni onasi iffatini saqlagan holda dunyoga keltiradi va

Mariyam surasida kelgan oyatlarga ko‘ra yo‘rgaklangan chaqaloq tilga kirib onasi va o‘zining

qanday dunyoga kelgani haqida so‘zlaydi. Shundan so‘ng Isoni Xudoning o‘g‘li degan noto‘g‘ri

talqin yuzaga keladi.

Qiyomatda Iso alayhissalomning osmondan tushishi va Dajjolni o‘ldirishi haqida ishonchli

hadislar rivoyat qilingan. Iso alayhissalom ismlariga Masih sifatining qo‘shilishi esa quyidagi

baytlarda izohlangan.

“Tirguzub o‘lganni kalomi fasix,

O‘ziga jonbaxsh laqab deb Masix”.

Navoiy talmeh san’atidan foydalanar ekan, shaxslar vositasida voqealarni mohirona

singdira oladi. Mazmun esa bu san’at orqali yanada boyiydi. Aynan tarixiy shaxslarning bir baytda

ketma-ket kelishining o‘ziyoq ayrim o‘rinlarda “talmeh” bilan birga boshqa san’at turlarini ham

yaralishiga sabab bo‘ladi.

“Kim iki tandin birin et tojvar,

1

https://islom.uz/maqola/4511


background image

784

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Biri Abu Jahl-u birisi Umar”.

Ushbu baytdagi Abu Jahl hamda Umar roziyallohu anhu bilan bog‘liq rivoyatlar “talmeh”

vositasida baytda kontrast tushunchalarni ham ifodalaydi. Bir vaqtning o‘zida iymon, teskari

qarashlar, yondashuv va tarixiy voqeaning kishi ko‘z oldiga kelishini tezlashtiradi.

“Na’lini gar toji sharaf qildi Arsh,

Qildi Ali na’lig‘a egnini farsh”.

Bu baytda hazrat Ali ulug‘lanmoqda. Arsh – osmon ham Ali na’liga – oyog‘i ostiga egnini

to‘shadi. Shoir Muhammad payg‘ambarimizga sadoqat ko‘rsatgan bu zoti muborakni ana shunday

hurmat bilan tilga oladi. Dostonning ellik beshinchi bobida ham Ali nomi uchraydi:

“Xatmi nubuvvatqa bo‘lub nuri ayn,

Sham’i valoyat Ali binni Husayn”.

Bu yerda hazrat Alining o‘g‘illari Husayn nomi ham tilga olingan. Navoiy islom tarixining

biliimdoni ekanligi yaqqol seziladi. U qaysiki tarixiy shaxsni misralarida qo‘llar ekan, she’r

mazmunan to‘yinib boraveradi. Ba’zi kez mavhum qoldirilgan mohiyat aynan Qur’onning bir

necha o‘rnida ushbu shaxs haqida so‘z borgani yoxud rivoyatlar ko‘p ekanligi bilan izohlanadi.

Xulosa qilib aytganda, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy nafaqat turkiy til taraqqiyotida

muhim shaxs, balki asarlariga o‘zi mukammal bilgan islom ta’limotini tom ma’noda bejirim qilib

singdira olgan daho ijodkordir. Shu bois, Navoiy asarlari takror-takror o‘qiladi va har mutolaada

boshqacha taassurot qoldiraveradi. Va eng muhimi: kitobxonni o‘ziga rom etsa etadiki, o‘zidan

bezdirmaydi. Talmeh san’atida murojaat etilgan insonlar bisyor, “Hayrat-ul abror”ning mohiyatiga

mos voqealar esga olingan. Talmeh orqali eslangan, voqealardan saboq chiqarishga chaqirilgani

bilan ham tarbiyaviy ahamiyatli, g‘oyaviy jihatdan qimmatli, zamon tanlamas darajada dolzarbdir.

REFERENCES

1.

Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири.

Таржима ва тафсир муаллифи

Абдулазиз Мансур Toshkent: “Tafsir-books”. 2023

2.

Пайғамбарлар тарихи “Matbaachi” nashriyoti, 2023. 1-2-3-4-kitoblar.

3.

ҲАЙРАТ-УЛ АБРОР Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. Toshkent.

1989

4.

Ashurova H. “Talmeh san’ati”. Golden Brain conference

References

Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва тафсир муаллифи Абдулазиз Мансур Toshkent: “Tafsir-books”. 2023

Пайғамбарлар тарихи “Matbaachi” nashriyoti, 2023. 1-2-3-4-kitoblar.

ҲАЙРАТ-УЛ АБРОР Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. Toshkent. 1989

Ashurova H. “Talmeh san’ati”. Golden Brain conference