ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
882
ALTSGEYMER KASALLIGINI TAXSHISLASHDA NEYROPSIXOLOGIK VA
INSTRUMENTAL TEKSHIRUVLARNING AHAMIYATI
Aliyev Doniyor Soibjon o’g’li
“Central Asian Medical University” Tibbiyot universiteti
“Anatomiya va mikroanatomiya” kafedrasi assistenti, Nevropatolog.
Tel raqami: +99833-757-06-30.
E-mail:
aliyevdoniyor1@gmail.com
Sattorova Ruxshona
“Central Asian Medical University”
Davolash ishi yo’nalishi talabasi.
Tel raqami: +99877-115-32-35.
E-mail:
ruxshonasattorova698@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14741500
Annotatsiya.
Mavzuning dolzarbligi. 2010-yil ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 12
mln. kishi Alsxaymer kasalligi bilan ro‘yxatga olingan. Mutaxassislar fikricha, 2025-yilga borib,
bu ko‘rsatkich 3 barobarga ko‘payishi mumkin. Dunyo bo‘yicha har yili Alsxaymer kasalligi bilan
og‘riganlardan 100 000 kishi hayotdan ko‘z yumadi. Ushbu maqola Alsgeymer kasalligi,
sabablari davolanishi hozirgi kunda kundan kun yosharib ommalashib borayotgani va eng muhimi
va salbiy tomoni haligacha kasallikka davo topilmagan, haliham kasallik o’rganilyatgani va
kasallikni to’gri taxshislashda neyropsixologik va instrumental tekshiruvlar ahamiyati haqida
ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar:
Alsgeymer kasalligi, xotira, demensiya, neyronlar, sinapslar, patalogiyalar.
THE IMPORTANCE OF NEUROPSYCHOLOGICAL AND INSTRUMENTAL
EXAMINATIONS IN THE DIAGNOSIS OF ALZHEIMER'S DISEASE
Abstract.
Relevance of the topic. According to 2010 data, 12 million people worldwide are
registered with Alzheimer's disease. According to experts, by 2025 this figure may increase by 3
times. Every year, 100,000 people die from Alzheimer's disease worldwide. This article provides
information about Alzheimer's disease, its causes and treatment, which are becoming increasingly
popular today, and the most important and negative side is that there is still no cure for the disease,
the disease is still being studied, and the importance of neuropsychological and instrumental
examinations in the correct diagnosis of the disease.
Keywords:
Alzheimer's disease, memory, dementia, neurons, synapses, pathologies.
ЗНАЧЕНИЕ НЕЙРОФИЗИОЛОГИЧЕСКИХ И ИНСТРУМЕНТАЛЬНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ В ДИАГНОСТИКЕ БОЛЕЗНИ АЛЬЦГЕЙМЕРА
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
883
Аннотация.
Актуальность темы. По данным на 2010 год, в мире насчитывается
12 миллионов человек. человек зарегистрирован с болезнью Альцгеймера. По оценкам
экспертов, к 2025 году эта цифра может увеличиться в три раза. Ежегодно от болезни
Альцгеймера во всем мире умирают 100 000 человек. В этой статье представлена
информация о болезни Альцгеймера, ее причинах, лечении и о том, что она становится все
более популярной с каждым днем, и что самое главное и негативное, до сих пор нет
лекарства от этой болезни, болезнь все еще изучается, и значение нейропсихологического
и инструментального обследования в правильной диагностике заболевания.
Ключевые слова:
болезнь Альцгеймера, память, деменция, нейроны, синапсы,
патологии.
KIRISH
Alsxaymer kasalligi – kognitiv funksiyalarning zo‘rayib boruvchi buzilishi bilan kechuvchi
va yillar o‘tib og‘ir demensiya bilan tugallanuvchi neyrodegenerativ kasallik. Ushbu kasallik
birinchi bo‘lib 1906yili nemis psixiatri A. Alsgeymer (1864–1915) tomonidan yozilgan.
A.Alsgeymer kuzatuvidan so‘ng boshqa olimlar ham zo‘rayib boruvchi og‘ir demensiya
bilan kasallangan xuddi shunday 11 nafar bemor haqida ma’lumot berishadi.Bu kasallikda bosh
miyaning diffuz atrofiyasi kuzatiladi, ya’ni pushtalar kichrayadi, egatchalar va miya qorinchalari
kengayadi. Atrofiyalar, ayniqsa, chakka, tepa va peshona bo‘laklarining po‘stloq hujayralarida
kuchli namoyon bo‘ladi. Xotira jarayonida muhim ahamiyatga ega gippokamp va bazal yadrolar
ham atrofiyaga uchrab kichrayadi. Diffuz atrofiya sababli bosh miya hajmi kichrayadi. Alsxaymer
kasalligi aniqlanganlarda, ayniqsa, kasallikning dastlabki bosqichida, bosh miyadagi o‘zgarishlar
bemorning yoshiga mos kelishi mumkin. Gistologik tekshiruvlarda neyronlar katta miqdorda
atrofiyaga uchrab yo‘qolganligi, miya to‘qimalarida amiloid konglameratlar (tugunchalar) paydo
bo‘lganligini kuzatish mumkin. Nerv sistemasining degenerativ kasalligi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
884
Epidemiologiya.
Kasallik erkaklarga qaraganda ayollarda koʻproq uchraydi.Uzoq olib
borilgan tadqiqotlar natijasida (dastavval sogʻlom aholi yillar davomida kuzatilgan) ming kishiga
demensiyaning barcha turlari uchun 10-15 ta yangi holat uchraydi va Alsgeymer kasalligi uchun
5-8 ta holat qayd etilgan. Qarilik statistik maʼlumotlarda oʻz aksini topgan asosiy xavf omili: 65
yoshdan keyin har 5 yilda uchrash xavfi taxminan ikki baravar koʻpayib 65 yoshda 3ta holatda, 95
yoshga kelib 1000 kishiga 69 ta holat uchraydi. Ayollarda Alsgeymer kasalligini uchrash darajasi
ayniqsa 85 yoshdan soʻng koʻproq kuzatiladi.
65 yoshdan oshgan shaxslarda kasallikuchrashi.
Yosh
Hodisa (yangi holatlar)
mingta odamga nisbatan — yiliga uchrashi
65-69
3
70-74
6
75-79
9
80-84
23
85-89
40
90
69
Kasallik boshlanishi.
Kasallik nozik alomatlar bilan boshlanadi hamda vaqt oʻtishi bilan
oʻsib boradi. Koʻpincha, qisqa muddatli xotira buzilishlari dastlabki bosqichlarda kuzatiladi,
masalan; yaqinda oʻrganilgan maʼlumotni eslay olmaslik. Kasallikning rivojlanishi bilan uzoq
muddatli xotira yoʻqoladi, nutq va kognitiv buzilishlar yuzaga kelib, bemor atrof-muhitda
befarqlik va oʻziga ishonchlik hissini yoʻqotadi. Tana funktsiyalarining asta-sekin yoʻqolishi va
oʻlimga olib kelishi mumkin
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
885
Alsgeymer alomatlariga shubha qilinganda, tashxisni aniqlashtirish uchun bir qator
kognitiv sinovlar oʻtkaziladi, agar iloji boʻlsa, magnit-rezonans tomografiya (MRT) oʻtkaziladi.
Kasallikning davomiyligidagi oʻzgarishlar tufayli individual prognoz qiyin boʻlib,
simptomlar sezilarli boʻlishidan va tashxis qoʻyishdan oldin uzoq vaqt mobaynida yashirin shaklda
rivojlanishi mumkin. Tashxisdan keyin oʻrtacha umr koʻrish taxminan yetti yilni tashkil qiladi,
bemorlarning uch foizdan kamrogʻi oʻn toʻrt yildan ortiq umr ko'radi.Hozirgi vaqtda Altsgeymer
kasalligining sabablari va kechishi haqida maʼlumotlar yetarli emas. Kasallikning asosiy belgilari
miya toʻqimalarida amiloid plitalari va neyrofibrillar donachalarining toʻplanishidir. Zamonaviy
davolash usullari bemor ahvolini biroz yengillashtiradi, ammo hozirgacha kasallikning
rivojlanishini toʻxtatish yoki sekinlashtirishga imkon bermaydi. 2013-yilda Deep Transcranial
Magnetic Stimulation (Deep TMS) Altsgeymer kasalligining alomatlarini davolash uchun idoralar
tomonidan tasdiqlanish belgisini ishlab chiqishgan. Pfizer va Johnson & Johnson ushbu sohadagi
boshqa barcha tadqiqotlar toʻxtatilganini maʼlum qilgan. Hozirda Alsgeymer kasalligini oldini
oluvchi va davolovchi maxsus dori yoʻq. Alsgeymer kasalligini oldini olish uchun koʻplab usullar
taklif qilingan boʻlib, kasallikning kechishi va uning ogʻirligiga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar
yoʻq. Kasallikning oldini olish va nazorat qilish uchun koʻpincha jismoniy mashqlar, aqliy mehnat
faoliyati va rejimli ovqatlanish tavsiya etiladi.Isroil olimlari 2016-yilda ishlab chiqilayotgan
dorilari sichqonlarda Alsgeymer kasalligi alomatlarining butunlay yo‘qolishiga olib kelgani
haqida xabarlar tarqalgan edi. Alsgeymer kasalligi rivojlangan mamlakatlarda aholigaga eng ogʻir
moliyaviy noqulayliklar tugʻdirayotgan kasalliklardan biridir.
Neyropatologiyasi.
Kasallik miya yarim sharlarida va ayrim subkortikal sohalardagi
neyronlar va sinaptik birikmalarning yoʻqolishi bilan tavsiflanadi. Hujayralarning nobud boʻlishi
sababli, parietal va emporalloblar, frontal korteks zonalari va singulat giruslari zararlangan
zonalarni ogʻir atrofiyasiga olib keladi.Bemorlarning miya namunalarini oʻlimdan keyingi tahlilida
mikroskop ostida ham amiloid plitalari, ham neyrofibrilyar chigallar aniq koʻrinadi. Neyronlarning
tashqarisida va ichida betaamiloid hujayrali moddalarning tarkibi asosan zich bo'lib, erimaydigan
moddalar hisoblanadi. Ular nerv hujayralari ichida oʻsib, erimaydigan chigal deb ataladigan
tolalarni hosil qiladi. Koʻpgina qari odamlarda miyada baʼzi plitalar va chalkashliklar uchraydi,
lekin Alsgeymer kasalligida miyyaning baʼzi joylarida, masalan, temporal loblarda koʻproq
blyashka va chigallar kuzatiladi.
Klinikasi.
Kasallik klinikasi yengil tipdagi kognitiv buzilishlar bilan boshlanadi. Bemor
parishonxotir bo‘lib qoladi, eslab qolish qobiliyati susayadi va fikrlari tarqoqlashadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
886
U jizzaki, kayfiyati tez o‘zgarib turadigan va biroz aqliy zo‘riqishni talab qiladigan ishlarda
tez charchab qoladigan bo‘ladi. Kasallikning dastlabki davrida bemorni uyqusizlik, depressiya va
xavotir ham bezovta qiladi. Kognitiv buzilishlar sekin-asta kuchaya boradi. Bemor bugun o‘qigan
ma’lumotlari, yaqin tanishlarining ismi va ko‘chalar nomini tez unutib qo‘yadi. Birovning oldiga
borib, hozir aytmoqchi bo‘lgan gapini o‘sha zahoti unutadi, uni qiynalib eslay olmay turadi.
Diagnostikasi.
Kasallikni aniqlash va davolash ishlarini yo'lga qo'yish uchun dastlabki
tekshiruv usullari amalga oshiriladi. Birinchi o'rinda anamnez yig'iladi: kasallik kelib chiqish
vaqti, sabablari, ta'sirlovchi omillar, yaqin qarindoshlari bilan suxbat o'tkaziladi. Alsxaymer
kasalligida erta tashxis qo‘yish ancha mushkul. Chunki xotiraning zo‘rayib boruvchi buzilishlari
har doim ham Algaymer kasalligi bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Shuningdek, xotira buzilishlari
bilan boshqa tashxis qo‘yilgan bemorda Alsxaymer kasalligi rivojlanayotgan bo‘lishi ham
ehtimoldan xoli emas.Tashxis qo‘yish bilan bog‘liq yana bir muammo – bu neyropsixologik
testlarning kam qo‘llanishi. So'ngra, bemorda radiologik tekshiruvlarga ko'rsatma bo'lsa MRT,
MSKT, KT-skaner, skrining amaliyotlari bajariladi.
Alsgeymer kasalligida miyaning PET skanerlari temporal loblarda faollikning pasayishini
koʻrsatadi.
XULOSA.
1.
Alsgeymer kasalligiga to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun bemorni uzoq vaqt kuzatuvga olish va
har gal neyropsixologik testlar o‘tkazib turish talab etiladi. Kognitiv buzilishlar aniqlangan
bemorga, ko‘pincha, tomir demensiyasi, aterosklerotik ensefalopatiya yoki Binsvanger kasalligi
tashxislari qo‘yiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
887
2.
Bir necha bor o‘tkazilgan neyropsixologik testlarda kognitiv buzilishlarning zo‘rayib
borishi va MRT tekshiruvlarida bosh miyaning diffuz atrofiyasi aniqlanishi Alsxaymer kasalligi
tashxisini qo‘yishda muhim ahamiyatga ega. Bu kasallik uchun bosh miyaning chakka bo‘lagi,
ayniqsa, gippokamp atrofiyasi juda xos.
3.
PET va BFEKT tekshiruvlari, asosan, chakka-tepa bo‘laklarida regional perfuziya va
metabolizm kamayganligini ko‘rsatadi.
REFERENCES
1.
Odilov X, Mirzajonova S, Rustamov A. Ateroskleroz tibbiyotdagi dolzarb muammo va unga
amaliy tavsiyalar. Epai [Интернет]. 25 февраль 2023 г. [цитируется по 24 апрель 2023
г.];. доступно на: https://ferteach.uz/index.php/epai/article/view/206
2.
Ibroximova N. “Men, dadam va alsgeymer”./ Yangi Asr Avlodi, 2021.
3.
4.
https://www.mayoclinic.org 5. https://uz.m.wikipedia.org
5.
Zarifboy Ibodullayev “Asab kasalliklari”\
