Authors

  • Shaxlo Kaxxarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63652

Keywords:

xalq adabiyot maqol metall maorif madaniyat odob kundalik turmush.

Abstract

Bu maqolada Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq maqollarining o‘rinli qo‘llanishi va ularning leksik-semantik xususiyatlari bayon etilgan. Maqol va matallar uning asarlarida bo‘lgani kabi asrlar davomida o‘zining asl shaklini saqlab, uzviy tarzda rivojlanib, adabiy asarning asosiy elementiga aylangan. Ko'p janrlar mavjud.

background image

994

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XALQ MAQOLLARINING

LEKSIK

-

SEMANTIK JIHATLARI

Kaxxarova Shaxlo Shaydilloyevna

BuxDu ingliz tili o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14742731

Annotatsiya. Bu maqolada Abdulla Qahhor hikoyalarida xalq maqollarining o‘rinli

qo‘llanishi va ularning leksik-semantik xususiyatlari bayon etilgan. Maqol va matallar uning

asarlarida bo‘lgani kabi asrlar davomida o‘zining asl shaklini saqlab, uzviy tarzda rivojlanib,

adabiy asarning asosiy elementiga aylangan. Ko'p janrlar mavjud.

Tayanch so`zlar: xalq, xalq, adabiyot, maqol, metall, maorif, madaniyat, odob, kundalik

turmush.

ЛЕКСИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ В

СКАЗКАХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА

Аннотация. В этой статье описывается уместное использование народных

пословиц в рассказах Абдуллы Каххора и их лексические и семантические особенности.

Пословицы и поговорки, как и в его произведениях, развивались неразрывно на

протяжении веков, сохраняя свою первоначальную форму, и стали основным элементом

литературных произведений. Существует множество жанров.

Ключевые слова: нация, народ, литература, пословицы, металл, образование,

культура, этикет, повседневная жизнь.

LEXICAL AND SEMANTIC ASPECTS OF FOLK PROVERBS IN THE STORIES OF

ABDULLA QAHHOR

Abstract. This article describes the appropriate use of folk proverbs in the stories of

Abdullah Qahhor and their lexical and semantic features. Proverbs and sayings, as in his works,

have developed inseparably over the centuries, preserving their original form, and have become

the main element of literary works. There are many genres.

Keywords: nation, people, literature, proverbs, metal, education, culture, etiquette,

everyday life.

O‘zbekning atoqli va zabardast yozuvchisi, o‘tkir qalam sohibi Abdulla Qahhor

hikoyalarida xalq maqollari hamda qardosh xalqlar maqollarini unumli ishlatib, o‘zining

yashayotgan davridagi siyosiy tuzum oqibatida qiyinchilik bilan hayot kechirayotgan xalqning,

millatning kundalik hayotini yoritishda ustalik bilan foydalanadi. Shuningdek, aksar hollarda

maqolninig asl tuzilishini o‘zgartirmaydi va qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan ko‘p foydalanib,

maqol va matallarni hikoyaning istagan qismiga mos ishlata oladi.


background image

995

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Maqollardan ma’no kuchaytirish va vaziyatni fosh qilish kabi maqsadlarda foydalanadi.

Hikoyani o‘qishdan oldin maqolni o‘qigan o‘quvchi bir butun hikoya ma’nosini anglab

yetadi. Abdulla Qahhor asarlari tarkibidagi kabi maqol va matallar asrlar osha bir-biridan

ajralmagan holda rivojlanib, o‘z qolipini saqlab qolgan holda badiiy adabiyotda muallaq o‘rniga

ega janrlar bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev Abdulla Qahhorni shunday eslaydi:

“Mana, Abdulla Qahhor haqida xotiralar kitobi chiqayapti. Ulkan rus adiblari haqida

zamondoshlari bitgan ko‘p xotiralarni o‘qiganman. Ayniqsa, I.Buninning Chexov haqidagi

yodnomalari yoqadi. Unda Chexovning qanday o‘tirishi, havo qandoq ekani va nimalar degani

g‘oyat aniqlik bilan yozilgan. O‘zimning Abdulla Qahhorni ko‘rgan chog‘larim haqida o‘ylab,

xotiralarimni beixtiyor anavi yodnomalarga solishtirishni istasam: “Tavba, — degim keladi. —

Bunin Chexovning uyiga reportor sifatida borar ekan, xolos. Yoki… uning xotirasi o‘zi —

mo‘’jiza”.

Bir yozuvchi boshqa yozuvchining asarlarini turli yillarda tarjima qilsa, bilingki, bu

shunchaki havas emas, balki uning asarlarini tarjima qilayotgan odamga yuksak ishonch

belgisidir. Menga Qahhorning shaxsiyati, xarakteri, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanligi

yoqadi, qobiliyati Menga uning o‘ziga xos jihati bo‘lgan lirika va kinoya yoqdi.Bir so‘z bilan

aytganda, uning barcha jihatlari menga yoqdi.Uning hayotida ham, ijodida ham jasoratini alohida

qadrladim, bu uning asarlari uchun tanlagan hayotiy materialida yaqqol namoyon bo‘ldi.

U materialga mavzuni va muammoni qanday hal qilganini eslaydi, deb eslaydi yozuvchi

Konstantin Simonov

1

.

“Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi

modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol,

naqadar shijoatli ekaniga bog‘liq.

Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish,

kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun talantning o‘zi kifoya qilmaydi, insof ham

kerak.”

2

-Abdulla Qahhor

Abdulla Qahhor bosib o‘tgan hayot yo‘li ham, ijod yo‘li ham vijdon yo‘li edi. U so‘nggi

nafasigacha millat dardi bilan yashadi. Shuning uchun ham unga og‘ir bo‘lgan. Mamlakatda toza

fikrlaydigan odamlar kamayib ketgani, shular ham iqtidorini yangi haqiqat izlashga emas,

eskilarini takrorlashga sarf aylaganiga qaramay, Abdulla Qahhor doimo ozod fikr, yangi

haqiqatlar uchun kurashgan — yolg‘izlanish, tanqidu ta'qiblarni pisand qilmasdan kurashgan.

1

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‘zbekiston, 2002. – 558 b

2

Abdulla Qahhor “Yo‘qotganlarim va topganlarim”.-2008


background image

996

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Abdulla Qahhorning ijodiy nafasidan nomardlik, har qanday g‘irromlik titragan, tubanlik

o‘zini panaga tortgan. Unga tish qayraganlar esa yuzlariga niqob tortishga majbur bo‘lishgan.

Uning borligi millatning ham davlati, ham sarvati, ham shavkati bo‘lgan. Mubolag‘asiz

shunday!

Ma’lumki, Abdulla Qahhor mahoratining ildizlari nafaqat milliy adabiyotimiz zamini,

balki mumtoz rus adabiyoti namoyandalari — Tolstoy, Turgenev, Gogol`, eng avvalo, Chexov

ijodiy tajribalari bilan ham chambarchas bog‘liq. Sirasini aytganda, Abdulla Qahhor jahon

adabiyotidagi yutuqlarni imkon darajasida ijodiy o‘zlashtirib, milliy nasrimizda yangi sahifalar

ochgan. Bu sahifalarda muhrlangan so‘zlar, tuyg‘u va xarakterlarga takror-takror nigoh tashlagan

sayin insonning so‘z vositasida mo‘jiza yaratish salohiyatiga bo‘lgan ishonch shuncha ortadi.

Men, barcha tengdoshlarim qatori, Abdulla Qahhor asarlarini o‘qishni bolalikda —

maktab darsliklaridan boshlaganman. Abdulla Qahhorning meni dastlab juda qiziqtirgan asari

“Anor” hikoyasi edi. Shu hikoyadan keyin birin-ketin adibning yupqa-qalin kitoblarini topib

o‘qishga kirishib ketganman. Bolalik olislarda qoldi. Yigitlik shamolday o‘tdi-ketdi… Lekin men

hamon qahhorxonlikdan to‘xtaganim yo‘q. O‘qish ishtiyoqi ham, taassurot va mushohada ham

endi nisbatan o‘zgacha. Bultur “Sarob”ni qayta o‘qidim. Qanday ajoyib roman! Yigirma uch

yoshli o‘spirin yigit shunday ko‘rkam, shunday baquvvat kitob yozganiga aql bovar qilmaydi.

“Sarob”da sirli-sehrli bir ruh bor. Ana shu ruh asar qahramonlari taqdiriga biryoqlama qarashga

imkon bermaydi. Ilk o‘qishda romanning tub mohiyatini yetarli darajada tushunmaganman. Lekin

Saidiy ham, Munisxon ham menga yoqqan. Negadir ularni ayblashga, dushman deyishga tilim

bormagan. Boshqa obrazlarga nisbatan Saidiy, Munisxon va Murodxo‘ja domla xarakterlari juda

pishiq ishlanganday tuyulgan. Ma’lumki, “Sarob” sho‘ro tuzumi dushmanlari — o‘zini millat

homiysi, millatchi deb atagan guruhga qarshi, “burjua millatchiligining sinfiy mohiyatini fosh

etish” maqsadida yozilgan. Adibning e’tirofi bo‘yicha, u “Sarob”da bolaligida qalbini yaralagan

o‘tmish hayotni “qaytarishga bel bog‘lagan dushmanlarning boshiga” qalbidagi “g‘azab o‘tini

yog‘dirishga” tirishgan. Ammo nechundir romanda g‘azab o‘ti sezilmaydi: uning sahifalaridan

xolislik shu’lasi taralib turadi. Salimxon, Munis, Saidiy, Murodxo‘ja kabi obrazlar, albatta, salbiy

tiplar

3

. Yozuvchi ularning hayot tarzi, fikr-qarashi, psixologiyasi va dunyoqarashini ich-ichidan

inkor etadi. Ularning nainki maishiy hayoti, balki ma’naviy olamiga ham dadil kirib boradi.

O‘quvchi mutolaa jarayonida ularning har biri go‘l, laqma va anoyi kishilar emasligini

sezib, shunga iqror bo‘lib boradi.

Sho‘ro mafkurasi “ko‘zgu”sida qaraladigan bo‘lsa, bu qahramonlar haqiqatan ham

adashgan, xudbin, makkor va g‘anim, bir so‘z bilan aytganda, zararkunanda kimsalar.

3

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‘zbekiston, 2002. – 558 b


background image

997

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Biroq ularga adolat va xolislik mezoni bilan baho berilsa-chi? Iniga cho‘p suqilsa, ari ham

odamga yopishadi, talaydi.

Yurt bosib olinsa, vayron etilsa, elning qoni to‘kilsa, hokimiyat zo‘ravonlikka, qaramlikka

asoslansa, odam farzandi ari qadar qarshilik ko‘rsatmasinmi?! Arichalik ham qahri yo‘qmi

uning?! Ha, Saidiy xudbin, meshchan va shuhratparast

4

. U millatchi va sho‘ro siyosatining

dushmani. Nima qilib bo‘lsa ham odamlarni “bolshevizm zulmidan dod” degizishni ko‘zlaydi.

Boshqa davr, boshqa bir zamon bo‘lganda, ehtimolki, uning qismati butunlay o‘zgacha

bo‘lar, “ichki hayoti bilan tashqi hayoti orasidagi kundan-kun o‘sib borgan qarama-qarshilik”

joniga qasd qilarli darajaga yetmasdi. Saidiy badiiy ijodda katta bir muvaffaqiyatlarga erishmagan

bo‘lsa-da, umrining oxirlarigacha yozuv-chizuvdan o‘zini cheklay olmaydi. Agar u do‘sti

Ehsonning “Siz o‘zbek adabiyotini butun dunyo ko‘radigan yuksaklikka ko‘tarishda qatnashasiz.

Bu faoliyatni siz sho‘ro hukumatini nima mustahkamlasa, nima sotsializm qurilishiga

yordam bersa, shu “mening mavzuim” deb boshlang…” degan fikrlarini qabul aylab, amalda

shuni ko‘rsatishga jahd etsa, hayotda ham, ijodda ham qandaydir yutuqlarni qo‘lga kiritarmidi?

Shubhasiz, shunday bo‘lardi. Unda u — Saidiy emas, ixtiyoriy ravishda sho‘ro bosqini va

qirg‘inlarini qo‘llab-quvvatlagan ijodkorga aylanardi. Romanning sakkizinchi qismida bir lavha

bor. Saidiy ilk bor Salimxonlarnikiga kelganida Munisxon royalda unga bir kuy chalib bermoqchi

bo‘ladi va deydi: “Bu juda keksa mashq. Harbiy mashq… Arablar Undulusni olganda chalingan

mashq. Kishini shunday g‘ayratlantiradiki, buni eshitganda o‘lik ham tirilib jangga otlanadi.

Eshiting, Rahimjon… Mashqni eshitganda Saidiyning ko‘z oldiga gijinglagan arab otlari, nayza,

qalqonlar kelib, qulog‘iga kurash va qondan xabar beruvchi tovushlar eshitilib ketdi”. Avvalo,

Munisxon kishini g‘ayratlantiruvchi, o‘lik ham tirilib, kurashga otlanadigan qadimiy bir g‘alaba

kuyini Saidiyga bejiz chalib bergani yo‘q.

Ikkinchidan, uni tinglagan Saidiyning ko‘z oldigagijinglagan arab otlari, nayza, qalqonlar

gavdalanib, qulog‘iga kurash va qon tovushlari eshitilganday bo‘lishi mutlaqo tasodifiy emas.

Bunda qizil bayroq baland ko‘tarilgan bir yurtdagi mag‘lubiyatga ham, ayni paytda, hali

so‘nib bitmagan umid, omonsiz kurash va janglarda tug‘ilajak g‘alabaga ham ishorat bor. Saidiy

“erk ertaklari”ga ishonmaydi va ishonishni ham istamaydi. U “o‘z doirasidagi kishilarning

hammasini aqlli, hammasining miya mexanizmlari but” va “tushunadigan odamlar» deb bilgani

bois boshqa bir “ertak”ning qurboni bo‘ladi. Saidiy va atrofidagilarning fojiasi — faqat adashish

fojiasi emas, kurashish fojiasi ham[5]

Abdulla Qahhor ijodining keng ko‘lamliligi va so‘z san’atining eng yuqori cho‘qqisida

ekanligi bilan ham ajralib turadi.

4

Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In

Конференции.


background image

998

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Qahhor hikoyalaridagi hayot siz-u bizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan jamiyat

voqeliklarini o‘z ichiga oladi. Romanlaridagi qahramonlarning taqdiri o‘quvchi ko‘z o‘ngida

jonlanadi. Hayot haqiqati bilan yo‘g‘rilganligi bois ham kishiga chuqur ta’sir etadi. Qahhor ijodi

bilan tanishish bugungi kun o‘quvchisiga nima bera oladi deganda hayot, undagi mashaqqat,

insonlarning bir-biriga munosabati, jamiyatdagi illatlar, ayrim nobakor ikkiyuzlamachi insonlar

taqdirini ko‘rsatishi bilan birga, Vatan, el-yurt, xalqparvarlik, millatparvarlik kabi ezgu fazilatlarni

shakllantirishda ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‘zbekiston, 2002. – 558 b

2.

Abdulla Qahhor “Yo‘qotganlarim va topganlarim”.-2008

3.

Hamidov, M. (artistic features of shukhrat's novel" mashrab". Конференции 2020, December.

4.

Qahhor A. Asarlar. 6 tomlik. 2-tom. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti,

1967. – 147 b.

5.

Qahhor Abdulla. Sinchalak. Asarlar. 5 jildlik, 3-jild. Qissalar. Nashrga tayyorlovchi

K.Qahhorova. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. – B.44-188

References

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. –T.: O‘zbekiston, 2002. – 558 b

Abdulla Qahhor “Yo‘qotganlarim va topganlarim”.-2008

Hamidov, M. (artistic features of shukhrat's novel" mashrab". Конференции 2020, December.

Qahhor A. Asarlar. 6 tomlik. 2-tom. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967. – 147 b.

Qahhor Abdulla. Sinchalak. Asarlar. 5 jildlik, 3-jild. Qissalar. Nashrga tayyorlovchi K.Qahhorova. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. – B.44-188