Authors

  • Shaxlo Kaxxarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63654

Keywords:

milliy madaniy adabiy adabiyotshunos tarjima yozuvchi asar nafosat sarguzasht.

Abstract

Ushbu maqolada Ketrin Mensfild hikoyalarining lingvomadaniy xususiyatlari haqida bayot etilgan Ketrin Mensfild hikoyalari o‘ziga xos tarixiy va ijtimoiy kontekstga hamda, adabiy merosi ingliz adabiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning asarlari ko‘plab o‘quvchilar va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganiladi va qadrlanadi.

background image

999

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

KETRIN MENSFILD HIKOYALARINING MILLIY

-

MADANIY QIRRALARI

Kaxxarova Shaxlo Shaydilloyevna

BuxDu ingliz tili o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14742790

Annotatsiya. Ushbu maqolada Ketrin Mensfild hikoyalarining lingvomadaniy

xususiyatlari haqida bayot etilgan Ketrin Mensfild hikoyalari o‘ziga xos tarixiy va ijtimoiy

kontekstga hamda, adabiy merosi ingliz adabiyotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning asarlari

ko‘plab o‘quvchilar va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganiladi va qadrlanadi.

Kalit sovzlar: milliy, madaniy, adabiy, adabiyotshunos, tarjima, yozuvchi, asar, nafosat,

sarguzasht.

НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНЫЕ АСПЕКТЫ РАССКАЗОВ КЭТРИН МЭНФИЛД

Аннотация. В статье описываются лингвистические и культурные особенности

рассказов Кэтрин Мэнсфилд. Рассказы Кэтрин Мэнсфилд имеют уникальный

исторический и социальный контекст, а ее литературное наследие имеет большое

значение в английской литературе, а ее произведения изучаются и ценятся многими

читателями и исследователями.

Ключевые слова: национальный, культурный, литературный, литературный

критик, перевод, писатель, произведение, элегантность, приключение.

NATIONAL-CULTURAL ASPECTS OF KATHERINE MANSFIELD'S STORIES

Abstract. The article describes the linguistic and cultural features of Katherine Mansfield's

stories. Katherine Mansfield's stories have a unique historical and social context, and her literary

heritage is of great importance in English literature, and her works are studied and appreciated

by many readers and researchers.

Keywords: national, cultural, literary, literary critic, translation, writer, work, elegance,

adventure.

Ma’lumki, Yevropa tillari ichida ingliz tili juda keng tarqalganligi, lug‘atining boyligi bilan

alohida ahamiyatga ega. Mazmun jihatdan bir-biriga yaqin so‘zlarning ko‘p uchrashiga

qaramasdan, Ketrin Mensfild (Katherine Mansfield) adiblarning so‘zlardan o‘ta mohirona

foydalanganligi hattoki, yangidan-yangi so‘zlarni muomalaga kiritganligi adabiyotshunos olimlar

tomonidan e’tirof etiladi. Gʻarb adabiyoti deganda, avvalo nafosat, sarguzashtga boy adabiyot ko‘z

o‘ngimizda gavdalanadi. Aynan shu xususiyatlari bilan ham bu adabiyot boshqa adabiyotlardan

ajralib turadi. Ingliz adabiyoti – bu ko‘p asrlarni qamrab oladigan tarix ekanligiga, bu tilda U.


background image

1000

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Shekspirdek buyuk yozuvchilar o‘z asarlarini jahonga taqdim qilganliklariga diqqatimizni

qaratadigan bo‘lsak, mualliflar tomonidan inglizlarning milliy xarakterini, ruhini unutilmas asarlar

sifatida targ‘ib qilganligini ham tan olishimiz lozim.

Ko‘plab adabiyotshunos olimlar uchun ushbu buyuk yozuvchilarning asarlari nafaqat katta

ilxom manbai, balki ingliz madaniyatini, millat ruhiyatini, mamlakat sivilizatsiyasini, madaniy

xususiyatlarini anglashning asosi bo‘lib ham xizmat qilishi bugun hech birimizga sir emas.

Ketrin Mensfild (Katherine Mansfield) — Yangizelandiyada tug’ilgan mashhur

hikoyanavis adiba va shoira. 9 yoshida ilk hikoyalari «High School Reporter» va «Wellington

Girls’ High School magazine» jurnallarida bosilgan. U Angliyada tahsil olgach, ona yurtiga

qaytadi, ammo 1908 yilda yana Londonga qaytadi. Uning hayoti murakkab sevgi va oilaviy

mojarolarda o‘tgan. Ketrin Mensfild 11 yoshida kashf qilgan sevimli yozuvchisi Chexov ta’sirida

ijod qilgan.Uning butun ijodi umrining oxirida 2 jildda jamlanib, ”Musicha ini» (1923) va

«Bolalarcha» (1924) nomlari bilan nashr etilgan. Shuningdek, ”Aloe» nomli she’riy i,”Hikoyalar

va adiblar “ nomli adabiy maqolalar to‘plami ham adiba vafoti arafasida chop qilingan.. Ketrin

Mensfildning «Ming hikoyalar» degan maxsus to‘plami yo‘q, lekin u juda ko‘p qisqa hikoyalar

yozgan. Uning eng mashhur hikoyalari quyidagilardir:«The Garden Party» - Bu hikoya ijtimoiy

tabaqalar, o‘lim va hayotning go‘zalligi haqidagi fikrlarni o‘rganadi.

2. «Bliss» - Bu asar ayollarning ichki dunyosi va ularning kutilmagan hissiyotlarini

tasvirlaydi.

3. «The Daughters of the Late Colonel» - Hikoya ikki opa-singilning otalarining o‘limidan

keyingi hayoti va o‘z mustaqilliklarini topish yo‘lidagi qiyinchiliklar haqida.

4. «The Fly» - Bu hikoya urushning inson psixologiyasiga ta’siri va o‘lim mavzusini tadqiq

qiladi.quyida uning hikoyalaridan parchalar tarjima qilib ko‘rib chiqamiz:Rosemary Fell, a

young, intelligent, modern, and educated woman who had only been married for two years, was

very much loved by her husband and spared nothing for her. Rosemary's family, if the bride wanted

to buy something or other, would go straight to Paris, without even thinking about London.

O‘zbekcha tarjimasi: Turmushga chiqqaniga endigina ikki yil bo‘lgan ko‘hlikkina, yosh, aqlli,

zamonaviy va o‘qimishli juvon Rozmari Fellni eri juda yaxshi ko‘rar, undan hech narsani

ayamasdi. Rozmari tushgan oila, mabodo kelin u yoki bu narsa xarid qilmoqchi bo‘lsa, Londonni

nazariga ilmay, to‘ppa-to‘g’ri Parijga yo‘l olardi.(“Sadaqa” hikoyasidan O‘roq Rashidov

tarjimasi)ushbu tarjimadan ko‘rininb turibdiki, hikoyada Ketrin Mensfild so‘z ifodasini

to‘g’riqo‘llay olgan. Yana bir misol, shu hikoyadan. It was raining outside, and the newly lit

electric lights were flickering sadly. At that moment, a young girl with a small figure, from a dark

background, appeared next to Rosemary and said in a sad voice:”Madam, goodbye...” “Are you

telling me?” Rosemary turned in the direction of the voice and saw a strange girl trembling as if


background image

1001

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

she had just come out of the water. Tashqarida yomg’ir quyar, endigina yongan elektr chiroqlari

qandaydir g’amgin miltirab turardi.Ana shu vaqtda kichik jussali, qorachadan kelgan yosh bir qiz

Rozmarining yonida paydo bo‘ldi va mungli ovozda:

— Xonim, xayr qiling…— dedi.

— Menga aytyapsizmi? — ovoz kelgan tomonga o‘girildi Rozmari va xuddi suvdan

chiqqanday qaltirab turgan begona qizni ko‘rdi.( O‘roq Rashidov tarjimasi)

Quyida uning hikoyalari va ba’zi gaplarning o‘zbek tilidagi tarjimasi va leksik-semantik

xususiyatlariga oid ba'zi ma'lumotlar keltirilgan.Tarjimasi va Leksik-Semantik Xususiyatlari:

1. Inson Ruhiyatining Nozik Tasviri: Mensfildning hikoyalarida inson ruhiyatining nozik

jihatlari juda chuqur tasvirlangan. Masalan, "The Garden Party" (Bog‘da Kechgan Ziyofat)

hikoyasida yosh qizning boy va kambag‘allar orasidagi tafovutlarni anglab yetishi tasvirlangan.

Bu hikoya o‘zbek tilida tarjima qilinganda, qahramonning ichki kechinmalari va ularning

lingvistik ifodasi muhim o‘rin tutadi.

2. Tuyg‘ular va Holatlar:Uning hikoyalarida tuyg‘ular, holatlar va kayfiyatlar aniq va jonli

ifoda etilgan. O‘zbek tilidagi tarjimalarda bu tuyg‘ularni to‘liq yetkazish uchun ko‘pincha

sinonimlar va emotsional so‘zlardan foydalaniladi.

3. O‘xshatish va Metaforalar: Mensfildning asarlarida o‘xshatishlar va metaforalar keng

qo‘llaniladi. O‘zbek tiliga tarjima qilishda, ushbu badiiy tasvir vositalarini saqlab qolish muhim,

chunki ular hikoya atmosferasini yaratishda katta ahamiyatga ega.

4. Madaniy Kontekst va Muqobil Tarjimalar: Tarjimada madaniy kontekstga mos keluvchi

muqobil iboralarni topish muhim. Masalan, ingliz tilida keng tarqalgan idiomatik iboralar o‘zbek

tilida bevosita tarjima qilinmaydi, balki ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari topiladi.

Misollar:"And after all the weather was ideal." (The Garden Party)Tarjima: "Axir, ob-havo

ajoyib edi."Leksik-Semantik Tahlil: Bu gapda "ideal" so‘zi "ajoyib" deb tarjima qilingan.

Inglizcha "ideal" so‘zi mukammallikni ifodalaydi, o‘zbek tilida esa "ajoyib" so‘zi bu

ma'noni to‘liq yetkazadi.

Original: "She sat down on the grass and leaned against a tall tree." (At the Bay)

Tarjima: "U maysaga o‘tirdi va baland daraxtga suyanib oldi."Leksik-Semantik Tahlil: Bu

gapda "sat down" va "leaned against" fe'llari o‘zbek tilida "o‘tirdi" va "suyandi" deb tarjima

qilingan. Bu fe'llar harakatni va holatni aniq tasvirlaydi.Mensfildning hikoyalarini o‘zbek tiliga

tarjima qilishda, ularning lingvistik va semantik xususiyatlarini to‘liq yetkazish uchun badiiy

uslublar va tilning boy ifoda imkoniyatlaridan foydalanish lozim.

Ketrin Mensfildning (Katherine Mansfield) “Bir Piyola Choy” ("A Cup of Tea")

hikoyasida ba’zi gaplarning tarjimasi, muammolari va madaniy jihatlari haqida quyidagicha

mulohaza qilish mumkin:


background image

1002

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

1. Lingvistik Muammolar: Ingliz tilidagi so‘z va iboralarni o‘zbek tiliga to‘g'ri va aniq

tarjima qilish qiyin bo‘lishi mumkin, chunki har ikkala tilning leksik va grammatik tuzilmalari

turlicha.

2. Idiomatik Iboralar: Ingliz tilidagi idiomatik iboralar yoki metaforalar tarjima

qilinayotganda o‘zbek tilida aniq ifodalanishi kerak, bu esa ba'zida murakkab bo‘lishi mumkin.

3. Kontekstni Saqlash: Hikoya kontekstidagi ohang va ma'no o‘zbek tilida ham saqlanishi

uchun tarjimon muallifning stilistik uslubini ham hisobga olishi kerak.

Madaniy Jihatlar:

1. Jamiyat va Ijtimoiy Sinflar: Hikoyada jamiyatning turli qatlamlari, xususan, boy va

kambag'al sinflar o‘rtasidagi farqlar tasvirlangan. O‘zbek madaniyatida ham bu mavzu dolzarb

bo‘lib, ijtimoiy adolat va tenglik masalalari bilan bog'liq bo‘lishi mumkin.

2. Gender Rollari: Asarda ayollar roli, ularning ijtimoiy mavqei va oiladagi o‘rni

ko‘rsatilib, bu o‘sha davr ingliz jamiyatidagi gender rollarini aks ettiradi. O‘zbek madaniyatida

ham gender masalalari o‘ziga xos tarixiy va ijtimoiy kontekstga ega.

3. Xayriya va Mehribonlik: Hikoyada asosiy qahramonning kambag'al ayolga yordam

berish istagi, keyinchalik esa bu niyatni unutishi tasvirlanadi. Bu motivatsiya va amaliy xatti-

harakatlar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatadi. O‘zbek madaniyatida mehmondo‘stlik va xayriya ishlari

qadrlanadi, shuning uchun bu jihatlar muhim ahamiyatga ega.Umuman olganda, hikoyaning

tarjimasi va madaniy jihatlarini tahlil qilishda til va madaniyat o‘rtasidagi bog'liqlik, shuningdek,

har ikki jamiyatdagi ijtimoiy masalalarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish

muhimdir.

REFERENCES

1.

Katherine Mansfield‘s men// Ed. by Charles Ferrall, Jane Stafford. Wellington: Katherine
Mansfield Birthplace Society; Steele Roberts Publishers, 2004

2.

Burgan M. Illness, gender, and writing: the case of Katherine Mansfield. Baltimore: Johns
Hopkins UP, 1994

3.

Saydulla Mirzayev. XX asr o‘zbek adabiyoti. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2005.

4.

А.Қаҳҳор. Асарлар. Т.: 1989, 5-жилд,22-бет

5.

Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –Т.: –1980. –307б.

6.

http://cheloveknauka.com/mezhkulturnye-svyazi-novoy-zelandii-i-rossii-ketrinmensfild-i-
russkaya-kultura

7.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla_Qahhor

8.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Hikoya

9.

Ochilova N.Oʻ. The image of ―horse‖ in the work of Chingiz Aitmatov ―Farewell, Gulsari‖
// BuxDU ilmiy axboroti, 2020-yil, 6-son. – B. 222-227. (10.00.00; № 1)

References

Katherine Mansfield‘s men// Ed. by Charles Ferrall, Jane Stafford. Wellington: Katherine Mansfield Birthplace Society; Steele Roberts Publishers, 2004

Burgan M. Illness, gender, and writing: the case of Katherine Mansfield. Baltimore: Johns Hopkins UP, 1994

Saydulla Mirzayev. XX asr o‘zbek adabiyoti. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2005.

А.Қаҳҳор. Асарлар. Т.: 1989, 5-жилд,22-бет

Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –Т.: –1980. –307б.

Ochilova N.Oʻ. The image of ―horse‖ in the work of Chingiz Aitmatov ―Farewell, Gulsari‖ // BuxDU ilmiy axboroti, 2020-yil, 6-son. – B. 222-227. (10.00.00; № 1)