2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
572
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR
Kaxxarova Shaxlo Shaydilloyevna
BuxDu ingliz tili o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14759915
Annotatsiya. Ushbu maqolada A.Qahhor hikoalarining leksik–semantik xususiyatlari
haqida bayon etilgan. Abdulla Qahhor asarlari orqali o‘zbek tiliga muhabbatni oshirish, adibning
asarlarida qo‘llagan so‘zlarning ma’no va mazmunini tahlil qilib o‘quvchilarga o‘zbek tili va
adabiyotni qiyoslab o‘rgatishda muhim o’rin tutadi.
Kalit so’zlar: leksik-semantik, hikoya, rammatika, leksika, lingvokulturologiya, til,
madaniyat, adabiyot.
Аннотация. В статье описываются лексико-семантические особенности
рассказов А. Каххора. Произведения Абдуллы Каххора играют важную роль в воспитании
любви к узбекскому языку, анализе смысла и содержания слов, используемых в
произведениях писателя, а также в обучении студентов узбекскому языку и литературе в
сравнительно-сопоставительной манере.
Ключевые слова: лексико-семантический, рассказ, грамматика, лексика,
лингвокультурология, язык, культура, литература.
Abstract. The article describes the lexical and semantic features of the stories by A.
Kahhor. The works of Abdullah Kahhor play an important role in fostering love for the Uzbek
language, analyzing the meaning and content of words used in the writer's works, as well as in
teaching students the Uzbek language and literature in a comparative manner.
Key words: lexical and semantic, story, grammar, vocabulary, linguocultural studies,
language, culture, literature.
Yozuvchilarning til vositalaridan foydalanishdagi individual ijodiy mahorati turlichadir.
Badiiy asar tili va yozuvchi uslubini o‘rganishda, ko‘pincha, leksik, frazeologik vositalar,
badiiy tasvir vositalari, ijodkorning okkazional so‘z va ibora yaratish mahorati kabi masalalar
o‘rganiladi-yu, ularning fonetik va grammatik xususiyatlari e‘tibordan chetda qoldiriladi. Lekin
Abdulla Qahhor asarlari tahliliga jiddiy yondashilsa, tilning barcha sathlari uchun ham boy poetik
material bera olishi kuzatiladi.
Abdulla Qahhorning so‘z qo‘llash mahorati, bir so‘zda turli ma’no ifodalay olishi,
millatparvarlik va asarlaridagi badiiy so‘z qudrati orqali yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va
ilm olishga rag‘bat uyg‘otishimiz, bugungi dorilomon kunlarning qadrini teran anglashga undash
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
573
mumkin. Ishning dolzarbligi shu va shu kabi jihatlarda namoyon bo‘ladi.Abdulla Qahhor asarlari
orqali o‘zbek tiliga muhabbatni oshirish, adibning asarlarida qo‘llagan so‘zlarning ma’no va
mazmunini tahlil qilib o‘quvchilarga o‘zbek tili va adabiyotni qiyoslab o‘rgatishda muhim o’rin
tutadi. Badiiy asar tili va yozuvchi uslubini o‘rganishda, ko‘pincha, leksik, frazeologik vositalar,
badiiy tasvir vositalari, ijodkorning okkazional so‘z va ibora yaratish mahorati kabi masalalar
o‘rganiladi-yu, ularning fonetik va grammatik xususiyatlari e‘tibordan chetda qoldiriladi. Lekin
Abdulla Qahhor asarlari tahliliga jiddiy yondashilsa, tilning barcha sathlari uchun ham boy poetik
material bera olishi kuzatiladi. Abdulla Qahhor asarlarida sinonim so‘zlarning qo‘llanishi.
Sinonimlar yunoncha synonymos – bir nomli ya‘ni bir umumiy ma‘noga ega bo‘lgan,
qo‘shimcha ma‘no ottenkasi, uslubiy bo‘yog‘i, qo‘llanishdagi xususiyati va shu kabi belgilari bilan
farqlanadigan so‘zlar. Misol: Behuda gap! Mana mening xotinim nima ekanini o‘zim bilaman.
Paranjisini tashlab ikki kun ko‘chada yursin-chi! U odamning zardasi qaynab ketdi: —
Nega ko‘chada yuradi? Ko‘chada paranjilik yursa ham ayniydi-da! To‘g‘risini aytaymi? Paranjilik
xotin harom ishga yaqinroq bo‘ladi. Sabab deng! Agar siz yuziga kulib qaramasangiz, devorg‘a
shoti qo‘yib ko‘chaga mo‘ralaydi: ko‘ylaklik olib bermasangiz, tom orqasidan ko‘ylaklik
uzatadigan chiqib qoladi. Ochilgan xotinchi, ko‘ylak olib bermasangiz o‘zi ishlab, o‘zi oladi.
Paranji tashlatmoq, paranji-siz yurishga imkon yoki ruxsat bermoq. Tuxum bosib, undan
joʻja chiqarmoq. Tovuq oʻnta joʻja ochibdi. Musicha bola ochibdi. -Biz yorugʻ dunyoni koʻrish
uchun tugʻilganmiz, Turgʻunoy!— dedi Maston. - Biz tovuq emasmizki, qanday tuxum bostirsa,
shuni ochib chiqarsak. Yigit hayron edi:Buning husnigina emas, hatto kiygan kiyimi ham mo‘jiza-
ku, nega mening otimni biladi, nega yani o‘zini past olgan tovush bilan so‘raydi?,, Yigit avf
so‘radi: Mening qulog‘imga Saidiy bo‘lib kiribdi,-- dedi va cho‘ntagiga solgan qog‘ozlarini yana
qo‘liga oldi. Abdulla Qahhor o‘z asarlarida ko‘chma ma‘noli so‘zlarni mohirlik bilan qo‘llay olgan
yozuvchilardan. Asarlarini tahlil qilib o‘qish jarayonida bir necha o‘rinlarda ko‘chma ma‘noli
so‘zlarni qo‘llaganiga guvoh bo‘ldik. Masalan: “Bemor” hikoyasini oladigan bo‘lsak matnda
tilanchi nutqi ham kiritilib ketgan va ayni paytda u tojik tilida berilgan.
Bizga ma’lumki, hozirgi kunda bizning xalq orasida “lo‘li” deb ataluvchi millatning asosiy
kasb-kori tilanchilik va ularning aksariyat qismi tojik tilida gaplashadi. Yozuvchi ham aynan shu
jihatlarga e’tibor bergan. “Hey do‘st, shaydullo banomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli
xudo…” Shuningdek, yozuvchining har bir hikoyasida iboralar qatnashgan. Bizga ma’lumki, ibora
frazeologik birlik hisoblanib bildirayotgan fikrimizni bo‘rtirib, ta’sirchanlikni oshirib
ifodalashimiz uchun ishlatamiz. Ayni damda iboralar o‘zbek tili lug‘at tarkibini boyituvchi til
birliklaridan biri hamdir.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
574
Abdulla Qahhor asarlari boshqa ijodkorlar asarlaridan tilining aniq, lo‘nda ravon, qisqa
so‘z aytib keng ma’no anglatishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari ijodkor asar qahramonlarining
yoshi, jinsi, kasb-koriga qarab so‘zlar tanlagan. Bu ijodkorning eng kata yutuqlaridan biri desak
yanglishmagan bo‘lamiz. Masalan: “Bemor” hikoyasini oladigan bo‘lsak matnda tilanchi nutqi
ham kiritilib ketgan va ayni paytda u tojik tilida berilgan. Bizga ma’lumki, hozirgi kunda bizning
xalq orasida “lo‘li” deb ataluvchi millatning asosiy kasb-kori tilanchilik va ularning aksariyat
qismi tojik tilida gaplashadi.
Yozuvchi ham aynan shu jihatlarga e’tibor bergan. “Hey do‘st, shaydullo banomi ollo,
sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo…” Shuningdek, yozuvchining har bir hikoyasida iboralar
qatnashgan. Bizga ma’- lumki, ibora frazeologik birlik hisoblanib bildirayotgan fikrimizni
bo‘rtirib, ta’sirchanlikni oshirib ifodalashimiz uchun ishlatamiz. Ayni damda iboralar o‘zbek tili
lug‘at tarkibini boyituvchi til birliklaridan biri hamdir. Biz ijodkor asarlarini o‘qish jarayonida bir
qancha iboralarga duch keldik. Keling ularni ko‘rib chiqsak: Turobjon eshikdan hovliqib kirar
ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi Shashti
qaytdi- xafsalasi pir bo‘ldi, kayfiyati buzildi,fikridan qaytdi. Xotin ovqatga unnadi, “reining
boshqorong‘i bo‘l evid-da bo‘l-da” degani unga juda alam qildi, xo‘rligi keldi, o‘pkasi to‘ldi
(Anor). O‘pkasi to‘ldi-yig‘lagisi kelmoq. Sherali bilan Shahriniso bir-birini yaxshi ko‘rar edi.
Lekin ikkovi ham ochiqchasiga bir nima deyolgan emas (Sep). Yaxshi ko‘rmoq-sevmoq.
O‘rtoq Boqijon Boqoyevning ta’bi ochildi-sigir, uning qulog‘idagi ko‘m-ko‘k kana,
go‘qillab tumshug‘i bilan ariq yoqalarini buzib yurgan cho‘chqa ko‘z oldidan ketdi (Adabiyot
muallimi) Ta’bi ochildi-kayfiyati ko‘tarildi. To‘xtabuvi yugurganicha Nazirabuvinikiga
chiqdi.Nazirabuvi hali uxlamagn ekan. -Hoy, Nazirbuvi shu bo‘ladigan ishmi yo raisning qo‘ynini
puch yong‘oqqa to‘ldirib jo‘natdikmi? (Kampirlar sim qoqdi) Qo‘ynini puch yong‘oqqa
to‘ldirmoq-qo‘lidan kelmasligi mumkin ishni qila olaman deb ishontirmoq. Abdulla Qahhor
hikoyalarinig ta’sirchanligini ta’minlagan yana bir omillardan biri ijodkorning so‘z tanlashda asar
qahramoning yoshi, kasb korini ham hisobga olib so‘z tanlagan. “Bemor” hikoyasida 4 yashar
qizaloqning qilgan duosini ko‘rsak: -Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin… Bizga ma’lumki yosh
bolalarning ko‘pchiligi talaffuz jarayonida “r” tovushini talaffuz qilishga qiynalishadi.
Yozuvchu bu jihatni o‘z asar qahramoniga singdirib, bu vaziyatini kitobxon ko‘z o‘ngida
gavdalantira oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Abdulla Qahhor asar qahramonini qanday
lavozimda ishlashiga qarab ham so‘zlarni mohirlik bilan tanlagan. Sud jarayoni, surishtiruv ishlari
rasmiy-idoraviy uslubda olib borilishi bizga ma’lum. “O‘g‘ri” hikoyasida ham ba’zi joylarda amal-
dorlar nutqi rasmiy-idoraviy uslubda bayon etilgan.
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
575
Amin chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi. -Yo‘qolmasdan ilgari
bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi? -Ola ho‘kiz… -Yaxshi ho‘kizmidi, yo yomon ho‘kizmidi? -Qo‘sh
mahali… Yaxshi ho‘kiz birov yetalasa keta beradimi? -Bisotimda hech narsa yo‘q… -O‘zi qaytib
kelmasmikin?... Birov olib ketsa qaytib kela ber deb qo‘yilmagan ekanda !Nega yig‘lanadi? A?
Yig‘lanmasin! Bundan tashqari Abdulla QAhhor asarlarini ta’sirchanligini oshirishga
xizmat qilgan vositalarga so‘z ma’nolarinig ko‘chishi va o‘xshatishlarni ham misol sifatida
keltirsak bo‘ladi. Qozonning zangi chiqib qoraygan go‘jaga qatiq ham rang kirgiza olmadi.
Turobjon ikki kosa ichdi,xotin esa hanuz bir kosani yarimlata olmas edi.(“Anor”). Asrorqul
erta bilan barvaqt turiub ketdi.Haydar otani “Tushga yaqin tegirmon boshiga chiqib borsin” deb
kampirga tayinlabdi.(“Asror bobo”) -“J” ning kattasi qanday yozilar edi?Domlamiz bir kun
so‘ratgan edi, esimda qolmapti. San’atkorning jahli chiqdi: Endi “J” ga keldingizmi?Barjom
deganda yoziladi.Kechagi barjom og‘zi ochiq qolipti,gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat.
(“San’atkor”) -Undoq bo‘lsa, sen bizdan bitta qo‘y bilan qutulmaysan,-dedi To‘xtabuvi,-birinchi
termini olib topshirgan kunimiz Toshkentga sim qoqasan, aytasanki… (“Kampirlar sim qoqdi”).
Samovarda o‘tirgan edik, birpasdan keyin jonfig‘on chiqdi va yonimizga kelib: Shu gap
gap bo‘ldimi yo tag‘in jinniligi tutarmikin?-dedi.(“Jonfig‘on”). Mish mish rost bo‘lib chiqdi:
domla bozor qilishni, magazinga kirishni jinidan battar yomon ko‘rar edi, kimdir uni univermagda
navbatda turganini ko‘ribdi; ertasi-ga choyxona oldidan chammandagul do‘ppi kiyib o‘tdi
(“To‘yda aza”).
Abdulla Qahhor asarlarida kamdan-kam holatda maqolning sintaktik tuzilishini
o‘zgartirgan. Ya’ni, ega yoki kesimni shaxs va sonda o‘zgartiradi. Bu o‘zgartirishda maqol
kimning tilidan kimga qarata aytilayotganini inobatga oladi. Abdulla Qahhor asarlarida
maqollardan tashqari matallarni ham unumli ishlatadi. “Bemor” hikoyasidagi ko‘ngilga armon
bo‘lmasin deb,chilyosin ham qildirishga to‘g‘ri keldi, “To‘yda aza” hikoyasidagi:yaxshining
yuzida zuluk ham xol bo‘lib ko‘rinadi, “Nurli cho‘qqilar” hikoyasida: kesakdan o‘t chiqqaniga
xursandligini izhor qilib; Fotima qari qiz bo‘lib o‘tirib qoladi; tappi tappidan yiroq tushmas ekan,
“Mahalla” hikoyasida : mening bir oyog‘im go‘rda , sening ikki oyog‘ing to‘rdami?, “So‘ngan
vulqon” hikoyasida sendan ugina, mendan bugina; Isoning alamini, Musodan oladi; sizlaganni
xushlab, senlaganni mushtlaydigan bo‘lib qoldilar; o‘t kech desa, o‘t kechganman, suv kech desa,
suv kechganman; “Dumli odamlar” hikoyasida: yo‘lovchi har bir xurgan itning ortidan quvsa,
manzilga qachon yetadi; bunga gap uqtirish, qorong‘u uyga kesak otganday gap; “Ikki yorti bir
butun” hikoyasida : eshakni yashirsang, hangrab sharmanda qiladi; “Yillar” hikoyasida: birovning
2025
JANUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 1
576
ishiga saratonda qo‘l sovqotadi matallari asar ma’no mazmunini yanada yaqqol ochib berishga
xizmat qiladi.
Xulos qilib aytganimizda O‘zbek hikoyachiligi va romanchiligida o‘ziga xos maktab
yaratgan yozuvchi Abdulla Qahhor badiiy merosi dunyo adabiyotining an’anaviy va yangi yutuq
va tajribalarini o‘rganish, ijodiy o‘zlashtirish, shu asosda milliy voqelikni yangicha uslub hamda
ranglarda tasvirlash natijasida yuzaga kelgan. U Sharq va G‘arb madaniy-estetik tajribalarini o‘z
badiiy olamida tabiiy va haqqoniy omuxtalashtira olgan yirik adib edi. Bu shoir qalam sohibining
hikoya, qissa, roman, komediyalarida yigirmanchi asr o‘zbek milliy hayoti jahon adabiyotining
zamonaviy usul va tasvir prinsiplari asosida badiiy ifoda etilgan.
REFERENCES
1.
Qahhor A. Asarlar. 5 jildlik, 1-jild. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1987. – 333 b.
2.
Qahhor A. Asarlar. 6 tomlik, 6-tom. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot
nashriyoti, 1967. – 333 b.
3.
Qahhor A. Asarlar. 6 tomlik. 2-tom. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot
nashriyoti, 1967. – 147 b.
4.
Qahhor Abdulla. Sinchalak. Asarlar. 5 jildlik, 3-jild. Qissalar. Nashrga tayyorlovchi
K.Qahhorova. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. – B.44-188.
