Authors

  • Shahboz Murtazayev
  • Abdulaziz Murtazayev
  • Xurshidbek G‘aniyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.63898

Keywords:

Tergov amaliyoti inson huquqlari qiynoqlar psixologik yondashuv axborot texnologiyalari huquqni muhofaza qilish xalqaro standartlar adolat insonparvarlik.

Abstract

Ushbu tezisda zamonaviy tergov amaliyotida inson huquqlariga oid yangi yondashuvlar va ularni amalga oshirish zaruriyati o‘rganiladi. Tergov jarayonida inson huquqlarining himoyasiga e’tibor qaratish, xalqaro standartlar va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati muhokama qilinadi. Tezisda BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish, qiynoqlarga qarshi kurash, psixologik yondashuvlar va texnologiyalarning tergovdagi xavflari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi islohotlar haqida so‘z boradi. Tezis, tergov jarayonida inson huquqlarini himoya qilishning muhimligini ta’kidlaydi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ularni samarali tatbiq etish zaruriyatini ko‘rsatadi.

background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

583

ZAMONAVIY TERGOV AMALIYOTIDA INSON HUQUQLARIGA OID

YANGI

YONDASHUVLAR

Murtazayev Shahboz Alimardon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

“Prokurorlik faoliyati” 2-kurs talabasi.

Shahbozmurtazayev27@gmail.com

Murtazayev Abdulaziz Alimardon o‘g‘li

Samarqand Davlat Universiteti Yuridik Fakulteti 3-Kurs Talabasi.

Abdulazizmurtazayev85@gmail.com

G‘aniyev Xurshidbek Yoqubjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

“Tergov faoliyati”

2-kurs talabasi.

khurshidganiyev577@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14760002

Annotatsiya. Ushbu tezisda zamonaviy tergov amaliyotida inson huquqlariga oid yangi

yondashuvlar va ularni amalga oshirish zaruriyati o‘rganiladi. Tergov jarayonida inson

huquqlarining himoyasiga e’tibor qaratish, xalqaro standartlar va zamonaviy texnologiyalarni

qo‘llashning ahamiyati muhokama qilinadi. Tezisda BMTning Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasi, xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish, qiynoqlarga qarshi kurash, psixologik

yondashuvlar va texnologiyalarning tergovdagi xavflari tahlil qilinadi. Shuningdek,

O‘zbekistonda so‘nggi islohotlar haqida so‘z boradi. Tezis, tergov jarayonida inson huquqlarini

himoya qilishning muhimligini ta’kidlaydi va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ularni

samarali tatbiq etish zaruriyatini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: Tergov amaliyoti, inson huquqlari, qiynoqlar, psixologik yondashuv, axborot

texnologiyalari, huquqni muhofaza qilish, xalqaro standartlar, adolat, insonparvarlik.

Abstract. This article analyzes new approaches to the protection of human rights in modern

investigative practices. It examines international standards, psychological approaches, modern

technologies, and reforms being implemented in Uzbekistan. Recommendations for the effective

protection of human rights during investigation processes are proposed.

Keywords: Investigation practice, human rights, torture, psychological approach,

information technologies, law enforcement, international standards, justice, humanitarianism.

Аннотация. Данная статья анализирует новые подходы к защите прав человека в

современной практике расследований. Рассматриваются международные стандарты,


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

584

психологические подходы, современные технологии, а также реформы, проводимые в

Узбекистане. Предлагаются рекомендации по эффективной защите прав человека в

процессе расследования.

KIRISH

Zamonaviy huquqiy tizimning muhim ustunlaridan biri inson huquqlarini himoya qilishdir.

Tergov amaliyoti bu maqsadga erishishda asosiy bosqich hisoblanadi. Zamonaviy tergov

amaliyotida inson huquqlariga e’tibor qaratish huquqiy tizimning adolatli va samarali ishlashini

ta’minlaydi. Bunda xalqaro standartlarga amal qilish, zamonaviy texnologiyalarni inobatga olish

va inson huquqlarini buzmaslik bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish muhimdir. Kelgusida huquqni

muhofaza qilish organlari tergov amaliyotlarini takomillashtirish orqali jamiyatda adolatni

ta’minlashga hissa qo‘shishi zarur.

Inson huquqlari

– bu har bir jamiyatning asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lib, uni himoya

qilish va hurmat qilish demokratik davlatning muhim vazifasidir. Tergov jarayoni esa ushbu

huquqlarni ta’minlashda hal qiluvchi bosqichlardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi kunda

huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida inson huquqlarining buzilishi holatlari, ayniqsa,

tergov jarayonida

qiynoq, bosim yoki zo‘rlik ishlatish

bilan bog‘liq muammolar hali ham

mavjud. Zamonaviy tergov amaliyoti nafaqat qonuniylikni, balki insonparvarlik tamoyillarini ham

o‘z ichiga olishi zarur. Texnologik taraqqiyot va xalqaro standartlarga asoslangan yondashuvlar

orqali tergov jarayonini adolatli va shaffof qilish bugungi huquqiy tizim oldidagi dolzarb

masalalardan biridir.

ZAMONAVIY TERGOV AMALIYOTIDA INSON HUQUQLARI:

XALQARO STANDARTLAR, O‘ZBEKISTON TAJRIBASI VA

TEXNOLOGIK

YONDASHUVLAR

1948-yilda qabul qilingan BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

1

tergov

jarayonlarida inson huquqlarini himoya qilish uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Xalqaro

shartnomalar, masalan, Qiynoqlarga qarshi konvensiya tergov davomida inson huquqlarining

buzilmasligini ta’minlovchi asosiy xalqaro huquqiy hujjatdir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda

tergov amaliyotini xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan bir qator islohotlar amalga

oshirildi. 2019yil bu sohaning jadal rivojlanish yili bo‘ldi desak mubolg‘a bo‘lmaydi. Shu yilda

Qiynoqlarga qarshi milliy mexanizmlar qabul qilindi. Shuningdek, tergovchilarning malakasini

oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

1

BMT, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948), Birlashgan Millatlar Tashkiloti

.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

585

O‘zbekiston Respublikasida tergov amaliyotini xalqaro standartlarga moslashtirish

bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan

mustahkamlangan. Jumladan: Konstitutsiya mamlakatdagi asosiy huquqiy hujjat bo‘lib, unda

inson huquqlari va erkinliklariga bo‘lgan hurmat, shuningdek, tergov jarayonlarida insonning

asosiy huquqlarini ta’minlashga doir asosiy prinsiplar belgilangan. Konstitutsiyaning 28-moddasi

2

hech bir inson aybsiz hibsga olishdan himoya qilishni kafolatlaydi, bu esa tergov jarayonlarining

qonuniyligi va adolatini ta’minlashda asosiy me’yor hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish tizimini yanada

kuchaytirish uchun kadrlar tayyorlash

3

va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining qarori, bu jarayonda muhim qadam hisoblanadi. O‘quv kurslari orqali,

huquqni muhofaza qilish organlarining mutaxassislari va boshqa javobgar shaxslar inson

huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida,

jamiyatda

adolat va huquqiy tartibni ta’minlashni mustahkamlashga

xizmat qiladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jinoyatlarni tergov qilish sohasida

malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi

Farmoni

– O‘zbekistonning jinoyatlarni tergov qilish tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan

muhim huquqiy hujjatdir. Ushbu farmon, tergovchilar va huquqni muhofaza qilish organlari

xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va professionalizm darajasini yuksaltirishga

yo‘naltirilgan. Farmonda jinoyatlarni tergov qilishda yuqori malakali, o‘z ishini professional

ravishda amalga oshiradigan kadrlarni tayyorlash uchun yangi tizim joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Bu tizimda mutaxassislar uchun ta’lim, ilmiy-pedagogik yondashuvlar va amaliy

ko‘nikmalarni oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ushbu Farmonda

4

tergovchilar

uchun maxsus o‘quv kurslari va dasturlar ishlab chiqish, ularni xalqaro huquq va tergovning

zamonaviy metodikalariga asoslangan tarzda tayyorlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Bu kurslar o‘z

ichiga

psixologik yondashuvlar

,

huquqiy bilimlar

,

inson huquqlarini himoya qilish

,

zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash

kabi muhim sohalarni oladi.

Farmon, shuningdek,

xalqaro standartlarga

mos ravishda kadrlar tayyorlashni

ta’minlashni nazarda tutadi. Tergovchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda xalqaro tajriba

va metodlardan foydalanish talab qilinadi. Yangi tizimda jinoyatlarni

2

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 28-moddasi. “Aybsizlik prezumpsiyasi”.

3

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy

markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha
o‘quv kurslarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarori

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat

jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

586

tergov qilishda

huquqiy va psixologik bilimlarni

chuqurlashtirish, tergovchilarning

inson

huquqlarini hurmat qilish

va

muammo yechishdagi adolatli yondashuv

ni ta’minlashga e’tibor

qaratiladi. Tergovchilarning malakasini oshirishga oid kurslar, treninglar va seminarlar tashkil

etish rejalashtirilgan. Ushbu Farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish

akademiyasi tashkil etildi. Akademiyaning asosiy maqsadi jinoyatlarni tergov qilish sohasida

malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgan. Bu, o‘z

navbatida, huquqni muhofaza qilish organlarining samaradorligini oshirish, jinoyatlar bo‘yicha

adolatli tergov o‘tkazish va jamiyatda huquqiy tartibni ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi tizim

kadrlarning professionalizm darajasini oshirib, tergov jarayonlarini yanada shaffof va samarali

qiladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarish uchun xalqaro

huquqning asosiy tamoyillarini o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdi.

Xususan, “

Qiynoqlarga qarshi BMT konvensiyasi

va

Fuqarolik va siyosiy huquqlar

to‘g‘risidagi xalqaro pakt”

ga asoslanib, tergov jarayonlarida inson huquqlari himoyasini

ta’minlashni kuchaytirish maqsad qilingan. Bunda, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash

uchun milliy huquqni mustahkamlashda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu normativ-huquqiy asoslar, o‘z navbatida, O‘zbekistonda tergov jarayonlarining xalqaro

standartlarga mos kelishini ta’minlash va inson huquqlarini hurmat qilishga qaratilgan islohotlarni

amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Yangi tizim va huquqiy me’yorlar xalqaro miqyosda tan

olingan prinsiplarga muvofiq, tergov jarayonlarida adolat va qonuniylikni ta’minlashga xizmat

qiladi Axborot texnologiyalari tergov jarayonida muhim o‘rin tutadi. Masalan, elektron dalillarni

yig‘ish, saqlash va tahlil qilish, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish zaruriyati

mavjud. Shuningdek, psixologik usullardan foydalanish orqali guvoh va gumondorlar bilan

samarali ishlash mumkin. Ammo bosim o‘tkazish yoki manipulyatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik

muhim hisoblanadi. Tergov jarayonida inson huquqlarini hurmat qilishni ta’minlash demokratik

davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zbekistondagi islohotlar natijasida tergov jarayonlarini

yanada insoniylashtirish va adolatni ta’minlashga imkon yaratilmoqda. Kelgusida xalqaro huquqiy

hujjatlarga va normalarga amal qilish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish

O‘zbekiston Respublikasi tergov jarayonlari uchun adolatlik, tenglik va fuqarolar huquqlarini

insoniylik tamoyili asosida amalga oshirishga yordam beruvchi asosiy yo‘ldir.


background image

2025

JANUARY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 1

587

REFERENCES

1.

BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948).

2.

Qiynoqlarga

qarshi

konvensiya

(1984)

https://www.ohchr.org/en/instruments-

mechanisms/instruments/conventionagainst-torture-and-other-cruel-inhuman-or-degrading

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 257-sonli Farmoni (2022).

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni

himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish

to‘g‘risida”gi

Qarori.

5.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

. O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi.

6.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992)

. O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi.

7.

Anderson, M. (2015). “International Human Rights Law: A Practical Approach”

.

Oxford University Press.

References

BMT Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 257-sonli Farmoni (2022).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qarori.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.

Anderson, M. (2015). “International Human Rights Law: A Practical Approach”. Oxford University Press.