1208
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
LINGVISTIK INTERFEYSIYA HODISASI VA UNING MOHIYATI
Xayitova Dildora
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14784692
Annotasiya.
Mazkur maqolaning maqsadi interferensiya hodisasini lingvistik jihatdan
turli til sathlari doirasida tahlil qilishdan iborat. Bu tadqiqotni amalga oshirishda lingvistik tahlil,
qiyoslash, solishtirish va adabiyotlar tahlilidan foydalanildi. Interferensiya va uning turlari, bir-
biridan farqi lingvistik tahlil asosida ko’rib chiqildi. Interferensiya ijobiy va salbiy tomonlari
o’rganildi.
Kalit so‘zlar:
Interferensiya, salbiy va ijobiy interferensiya, sotsiolingvistika, fonetik
interferensiya, lingvistik interferensiya.
ФЕНОМЕН ЯЗЫКОВОГО ИНТЕРФЕЙСА И ЕГО СУЩНОСТЬ
Аннотация.
Целью данной статьи является лингвистический анализ явления
интерференции в рамках разных языковых уровней. При реализации данного исследования
были использованы лингвистический анализ, сопоставление, сопоставление и обзор
литературы. Интерференция, ее виды и различия рассмотрены на основе
лингвистического анализа. Изучены положительные и отрицательные стороны
интерференции.
Ключевые слова:
Интерференция, негативная и позитивная интерференция,
социолингвистика, фонетическая интерференция, языковая интерференция.
PHENOMENON OF LANGUAGE INTERFACE I EGO SUSCHNOST
Abstract.
The purpose of this article is to analyze the phenomenon of interference
linguistically within the framework of different language levels. Linguistic analysis, comparison,
comparison and literature review were used in the implementation of this research. Interference
and its types and differences were considered on the basis of linguistic analysis. The positive and
negative aspects of interference were studied.
Keywords
Interference, negative and positive interference, sociolinguistics, phonetic
interference, linguistic interference.
Kirish.
Til jamiyatda, kishilar hayotida axborot vositasi, ijtimoiy hodisa sifatida uzviy
bog’liq. Til jamiyat boyligi u jamiyat a’zolarining o’zaro aloqasini ta’minlovchi vosita. Til asrlar
mobaynida shakllanadi va mavjud bo’ladi. Tilning jamiyatdagi mavqeyi hamda insonlar
hayotidagi shakllanishi, ularning bir-biriga ta’sirini o’rganuvchi fan sotsiolingvistika deb
nomlanadi.
1209
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Jamiyatning tilga, tilning esa jamiyatga ta’sirini o’rganuvchi fan sifatida bir qator masalalar
bilan shug’ullanadi. Shu kabi masalalardan biri, ikki va ko’p tillik asosida paydo bo’ladigan
hodisalardir.
Asosiy qism.
Uzoq vaqt davomida tilshunoslikda interferensiya hodisasi faqat to’g’ridan
to’g’ri til aloqasi natijasida kelib chiqishi kuzatilgan. XIX asrning oxirida ko’p millatli davlatlarda
tillarni o’rganish natijasida, olimlarlar “tillar bir-biriga ta’sir qiladi va tillar aralashadi”- degan
xulosaga kelishdi. Garchi, tilshunos olimlar bu kabi masalarda tadqiqotlar olib borishgan
bo’lsalarda shunga qaramay, bir qancha sabablarga ko’ra bu mavzular dolzarbligicha qolmoqda.
Interferensiya hodisasining ta’rifi haligacha bahsli bo’lib kelmloqda.
Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, interferensiya hodisasiga asosan salbiy ma’nodagi
qarash ilgari surilgan. Vaqt o’tishi bilan uning tilga ijobiy ta’sir ko’rsatishi haqida fikrlar paydo
bo’ldi. Keyinchalik interferensiya namoyon bo’ladigan sohalar o’rganilin, bu borada olimlarning
qarashlari turlicha bo’ladi. Biroq an’anafga ko’ra, interferensiya fonetik, kelsik va Grammatik
bo’lishi mumkin degan xulosaga kelishgan. XX asrning oxirida ular bu hodisani tillararo ham
bo’lishi mumkinligini ta’kidlashgan. Rus-polyak tilshunosi I.A.Boduen de Kurteni tillarning
aralash tabiati haqida birinchliardan bo’lib ta’kidlagan edi. Tillarning bir-biriga ta’siri ostida, olim
aloqda paytida tillarning qayta tuzulishi haqida fikr yuritadi. Shu bilan birga uning asosiy
jarayonlari ya’ni tillar aloqaga kirishganda nafaqat bir tilning, boshqa til birliklarini qarz olishi
balki, umuman yaqinlashishi ham sodir bo’ladi degan xulosaga kelgan. I.A.Boduen de
Kurtenening fikri sharqiy lusatiya lahjasini o’rgangan tilshunos olim Shcherba tomonidan davom
ettirildi. Ushbu tadqiqotlar olimga, til aloqalarining zamonaviy nazariyasini hamda muhim bo’lgan
xulosalar chiqarishga imkon berdi.
1
Aynan L.Vshcherba til aloqalarini interferensiya jarayoni
sifatida o’rganish va tavsiflash dasturini bayon qilgan. Ushbu jarayonning mohiyati ma’ruzachi
tili va tinglovchi tilining o’zaro moslashishi va ikki aloqa qiluvchi til normalarining mos ravishda
o’zgarishi bilan shakllanishi ta’kidlangan va shunga asoslanib 1915-yilda “Sharqiy lusatiya
lahjasi” asarini yaratadi.
Shuningdek, til insonlar orasida kommunikatsiyada muhim ro’l o’ynaydi. Tilning jamiyat
bilan aloqasi, lisoniy vositalarning ijtimoiy tabiatining insonlar hayotida o’rnini o’rganuvchi
tilshunoslik tarmog’I sifatida sotsiolingvistika deb nomlanadi. A.Berdialiyevning ta’biri bilan
aytganda “ tilshunoslikning chaqaloq nabirasi” sotsiolingvistika (lotincha. Sociestas- jamiyat,
lingvistika-til) tilshunoslik esa sotsiolingvistika fanlari aloqasi asosida yuzaga kelgan bo’lib,
tilning ijtimoiy tabiati, vazifalari, til siyosati, tilning jamiyat hayotidagi o’rni bilan bog’liq
muammo va masalalarni o’rganuvchi soha.
2
1
Berdialiyeva A. O’zbek sinxron sotsiolingvistikasi – Hojand 2015.
2
Vinogradov V.A. Interferences Linguestic Enyclocik Dictionary.
1210
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
Til jamiyatda rivojlanar ekan, ijtimoiy omillar tilga o’z ta’sirini o’tkazadi. Zero, til “ aloqa
quroli” sifatida o’zi xizmat qilayotgan jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, va madaniy hayoti
bilan bog’liq ravishda rivojlanadi. Insonlar tabiatan, qiziquvchan, intiluvchan, doimo yangi
bilimlarni egallash, ko’proq o’rganish ehtiyojida bo’ladi va bunga xorijiy tillarni o’rganish va
maqsadlarni amalga oshirishda asosiy omildir. Albatta, xorijiy tillarni o’rganish jamiyat uchun
zaruriy ehtiyojdir. Bu ehtiyojlar asosida ikki tillik va ko’p tillik vujudga keladi. Buning natijasida
so’zlovchi ongida tillar o’zaro aloqaga kirishadi va nutqda tillar kontakti kuzatiladi.
“Odatda, boshqa tilni yoshlikdan mukammal o’rganmagan shaxs, ona tili sistemasi asosida
fikrlagan holda nutq yaratadi. Boshqa tilning lisoniy sistemasi o’zgacha bo’lsa, o’ziga xos lisnoiy
to’siq – lingvistik interferensiya hodisasiga duch keladi. Tilshunoslikda interferensiya
sotsiolingvistika tushuncha sifatida qaraladi. Bir tilga xos xususiytaning boshqa til qurulishi yoki
uning biro til ichki tizimiga lisoniy jihatidan ta’siri interferensiya deyiladi. Agar ikkita tilni
solishtirganda, ona tili va chet tili strukturalari bir-biriga o’xshash bo’lsa interferensiya ijobiy
kuchayadi. Tillar qanchalik bir-biriga yaqin bo’lsa, ijobiy interferensiya tillar bir-biriga
o’xshamagan bo’lsa salbiy interferensiya hisoblanadi.
Natijalar va muhokama.
Fonetik interferensiya til o’rganish jarayonida xorijiy til
orfoepik me’yorlarining buzulishi, chet tiliga oid fonemalarning ona tiliga moslab talaffuz
qilinishida namoyon bo’ladi. Interferensiyamimg fonetik ko’rinishi eng keng tarqalgan bo;lib,
tovushlar talaffuzi, urg’u me’yorlarining buzulishida namoyon bo’ladi. Bu hodisa ko’p hollarda
aksent deb ataladi va noto’g’ri talaffuzni nomlash uchun ishlatiladi. Interferensiyalar, fonetik,
leksik, sintaktik bo’lishi mumkin. Bu kabi interferensiyalarga avvalo so’z boyligi yetishmasligi,
Grammatik bilimlarning kamligi sabab bo’ladi. Agar interferensiyaning morfologik ko’rinishini
tahlil qilsak, bu borada tilshunos Al-xreshe 2011-yilda arab tilida gapiruvchi lordaniya maktabi
o’qituvchilarining arab tili va ingliz tili morfologik birliklari interferensiyasi bo’yicha, tajriba
o’tkazgan. BU tajribaga ko’ra, o’quvchilar ingliz tilida matn yaratganda ko’p holatlarda ing, “and”
bog’lovchining o’rniga rab tiliga xos “va” bog’lovchisini qo’llagan. Bu morfologik
interferensiyaning ko’rinishiga misol bo’la olgan.
Xulosa.
Demak, interferensiya tillarning o’zaro ta’siirda vujudga keladigan jarayon bo’lib,
tilning barcha sathlarida namoyon bo’ladi.Asosan, interferensiya til o’rganuvchilarning nutq
jarayonida sodir bo’ladigan hodisa. Til o’rganuvchining ona tili va chet tili o’rtasidagi ta’sir
sifatida tushunish mumkin. Til o’rganish jarayonida so’zlovchining ona tili, fonetik, leksik,
grammatik qonuniyatlarini uning chet tili o’rganish jarayoniga ham ta’sir ko’rsatadi.
REFERENCES
1.
https:// t.me./ open.scholar. 02.2023.
1211
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1
2.
Berdialiyeva A. O’zbek sinxron sotsiolingvistikasi – Hojand 2015.
3.
Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi – Toshkent. 2016.
4.
www. Wikipedia. Org. language transfer. Date of accsess. 2022.
5.
Vinogradov V.A. Interferences Linguestic Enyclocik Dictionary.
6.
James email Flege and Robert Port. Cross- language Phonetik Interference
7.
Turayeva.M. Interlingguab interference in language learning// ttps; www cyberlinika.ru /
Date of accsess 2020.
