ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1209
O‘ZBEK TILIDA NISBAT SHAKLLARI
A’zamjonova Farangiz Akmaljon qizi
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14787295
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi fe’l nisbatlarini o‘rganish maqsad qilib
qo‘yilgan. Nisbat shakllari qo‘shimchalari, ulardagi jihatlar va til vositalarining ahamiyati
haqida so‘z boradi. Fe’l nisbatlarining qoidasi va ularga istisno bo‘ladigan holatlar ham
tushuntiriladi. Nisbat qo‘shimchalari qoidasi tushuntirib o‘tiladi.
Tayanch so‘zlar:
nisbat, qo‘shimcha, so‘z, surishtir, shakl, ma’no, orttirma nisbat, majhul,
o‘zlik, harakat, holat.
PROPORTIONAL FORMS IN UZBEK
Abstract.
The purpose of this article is to study verb ratios in the uzbek language. It talks
about the aspects and the importance of language tools. The rule of verb tenses and exceptions to
them are also explained. The rule of relative additions will be explained.
Keywords:
ratio, adverb, word, query, form, meaning, accretive ratio, passive, identity,
action, case.
ПРОПОРЦИОНАЛЬНЫЕ ФОРМЫ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
Аннотация.
Целью данной статьи является изучение соотношений глаголов в
узбекском языке. В ней говорится о дополнениях относительных форм, их аспектах и
важности языковых средств. Также объясняются правила времен глаголов и исключения
из них. Будет объяснено правило относительных сложений.
Ключевые слова:
лингвист, соотношение, наречие, слово, запрос, форма, значение,
аккретивный коэффициент, страдательный залог, тождество, действие, падеж.
O‘zbek tilida til hodisalari bir-biriga uzviy bog‘liq. Fonetika, leksikologiya va morfologiya
bo‘limlari tilshunoslikning alohida bo‘limlari hisoblangani bilan ularni bir-biridan ajratib
bo‘lmaydi. Fe’l so‘z turkumidagi nisbat shakllari faqatgina morfologiya bo‘limidagina o‘rganilib
qolmay, balki sintaksiz va morfemalarda ham o‘rganiladi. Nisbat shakllarini ko‘pincha nisbat
qo‘shimchalari orqali aniqlaymiz. Lekin bu holatga zid holatlar ham kuzatilib turadi. Masalan:
Sarvinoz buyumlarini olib borib, o‘z xonasiga joylashdi. Bu yerda fe’l o‘zlik nisbatda, lekin “-sh”
qo‘shimchasi birgalik nisbat qo‘shimchasi hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1210
Morfologiya bo‘limida so‘z turkumlari o‘rganiladi. Shundan fe’l so‘z turkumi shaxs va
narsalarning harakat va holatini ko‘rsatib beradi. Fe’ldan anglashilgan harakat-holat ma’lum shaxs
yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi.
Masalan: mashina yurdi (harakat bajaruvchisi – mashina).
Mavjud qoidalarga ko‘ra bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok
etishini bildiruvchi fe’l shaklllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan: supurdi fe’lida supurish
harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe’lida noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi
fe’lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan.
Nisbat shakllari asosdan keyin qo‘shiladi. Fe’lda 5 ta nisbat shakli mavjud. Bular:
1.Aniq nisbat
2.O‘zlik nisbat
3.Orttirma nisbat
4.Majhul nisbat
5.Birgalik nisbat
Nisbat shakllari
T/R
Nisbat shakllari
Qo‘shimchalari
Misollar
1
Aniq nisbat
maxsus qo‘shimchasi yo’q
Ziyoda keldi
2
O‘zlik nisbati
-n, -in, -l, -il
U ko‘rpachaga cho‘zildi
3
Orttirma nisbat
-t, -dir, -tir, -giz, -kiz, -ir, -ar, -iz
Sarvinoz ukasiga yozdirdi
4
Majhul nisbat
-n, -in, -l, -il
Belbog‘imga kulcha
tugilgan
5
Birgalik nisbati
-sh, -ish
Ular maktabga borishdi
Aniq nisbat.
Bajaruvchisi aniq bolgan harakat va holatni bildirgan fe’l shakli aniq nisbat
deyiladi. Aniq nisbatning maxsus qo‘shimchasi mavjud emas. Masalan: keldi, ovqatlandi, bajardi,
surildi, tiklandi, qaytdi. “Ovqatlandi” so‘zini ko‘pchilik o‘zlik nisbat deb o‘ylaydi, lekin bu “-lan”
qo‘shimchasi ma’noli qismlarga bo‘linmagan. “Surildi” so‘zi ham shunday. “suril” o‘zi asos
bo‘lib kelgan.
O‘zlik nisbat.
Bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadigan harakat va holatni
ifodalaydigan fe’l shakli o‘zlik nisbati deyiladi. O‘zlik nisbatining qo‘shimchalari -n, -in, -l, -il
tarzida keltirilgan. Masalan: taradi-tarandi, maqtadi-maqtandi.
O‘zlik nisbati qo‘shimchalari o‘timli fe’llarga qo‘shiladi. Kiyindi (kiy – otimli fel).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1211
O‘zlik nisbati qo‘shimchasi ayrim hollarda o‘timsiz fe’llarga ham qo‘shiladi. O‘timli fe’l
o‘zlik nisbat shakliga o‘tgach o‘timsizlashadi.
Uxla, bor, ek kabi fe’llardan o‘zlik nisbati yasalmaydi.
Ammo kampirning dodiga odam tez to‘pla(n)di. (Abdulla Qahhor).
Nurga toldi dara, to‘ldi soy, Nur yog(il)di qorong‘i jarga. (Hamid Olimjon).
Orttirma nisbat.
Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan
bajarilgan harakat va holatni bildiruvchi fe’l shakllari orttirma nisbat shakli deyiladi. Orttirma
nisbat shakllari –t, -dir, -tir, -giz, -kiz, -qiz, -ga, -kza, -qaz, -ir, -ar, -iz kabi qo‘shimchalar orqali
yasaladi. Orttirma nisbatdagi fe’llarda buyruqona da’vat boladi. Masalan: keltir, oldir, qaytar,
chaqir, ko‘rsat.
Orttirma nisbatning -t qo‘shimchasi unli tovush bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shiladi.
Masalan: to‘qit, ishlat.
Jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga –dir, jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l
asoslariga esa –tir qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: to‘ydir, bildir, tushintir, kuttir. Birgina
kelmoq fe’li bundan mustasno: keltir holatida bo‘ladi.
Majhul nisbat.
Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shakli
majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe’l asoslariga -n, -l; undosh bilan
tugagan fe’l asoslariga esa -in, -il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil boladi. Masalan:
sanalmoq, qilinmoq.
O‘zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat va holatning bajaruvchisi
nuqtayi nazaridan farq qiladi. O‘zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o‘zi ustida amalga
oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi noma’lum bo‘ladi. Masalan: tarandi- taraldi, kiyindi -
kiyildi.
Egilgan boshni qilich kesmas – majhul nisbatda
Polvon sal oldinga egildi – o‘zlik nisbatda.
Birgalik nisbat.
Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki
holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi. Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan
fe’l asosiga -sh, undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -ish qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil
boladi. Masalan: borishdi, ovqatlanishdi.
Birgalik nisbat qo‘shimchasini harakat nomi qo‘shimchasi bilan chalkashtirmaslik kerak.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1212
Fe’l birgalik nisbatda bo‘ladigan bo‘lsa, -sh, -ish qo‘shimchalaridan keyin zamon va shaxs-
son qo‘shimchalari keladi, harakat nomida esa -sh, -ish qo‘shimchalaridan keyin egalik, kelishik
qo‘shimchalari keladi.Masalan: o‘qishi – o‘qishdi.
Zeboning o‘qishi yaxshi – harakat nomi.
Zebo kitobni o‘qidi – birgalik nisbat
Xulosa shuki
, fe’lning qaysi nisbatda turganligi eng oxirgi nisbat shakliga qarab
aniqlanadi: gilamlar to‘shattirildi – majhul nisbatda.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining yetakchi qismida ham, ko‘makchi qismida ham
nisbat shakli bolsa, ko‘makchi qismiga qarab fe’l qaysi nisbatdaligi aniqlanadi. Masalan:
kuldirtirib turildi – kuldirildi: majhul nisbat.
Nisbat shaklini aniqlash uchun, avvalo, uning shakliga ya’ni nisbat qo‘shimchalariga
e’tibor berish kerak.
REFERENCES
1.
A. Hojiyev. Fe’l. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.1980
2.
M.Hamroyev, D. Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva “Ona
tili” Toshkent “Iqtisod-moliya” 2007
3.
Nargiza Erkaboyeva “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami” 2012
4.
A.F.G‘ulomov “Fe’l” 1954
5.
Y. Tojiyev “Fe’llarda o‘timli-o‘timsizlik haqida” 1957
