Authors

  • Farangiz A’zamjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.71445

Keywords:

PIRLS mantiqiy fikrlash tanqidiy fikrlash xalqaro baholash matn test topshiriq metodika.

Abstract

Mazkur maqolada PIRLS testlarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan. Boshlang‘ich sinflarga PIRLS matnlarini tuzish, uni qanday yo‘l bilan o‘quvchilarga tushuntirish, PIRLS testlari haqida ma’lumotlar, davlatlar o‘rtasida PIRLS testlari bo‘yicha reytingiga to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari, maqolaning asosiy maqsadi PIRLS testlari qanchalik muhimligi, o‘quvchilarning fikrlash doirasini sezilarli darajada o‘zgartirishi haqida. Global miqyosdagi ta’lim tizimini kuzatib borish va ularni bir-biriga solishtirish.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

221

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA PIRLS TESTLARI

A’zamjonova Farangiz Akmaljon qizi

Namangan davlat pedagogika institute,

Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15013728

Annotatsiya.

Mazkur maqolada PIRLS testlarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.

Boshlang‘ich sinflarga PIRLS matnlarini tuzish, uni qanday yo‘l bilan o‘quvchilarga

tushuntirish, PIRLS testlari haqida ma’lumotlar, davlatlar o‘rtasida PIRLS testlari bo‘yicha

reytingiga to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari, maqolaning asosiy maqsadi PIRLS testlari

qanchalik muhimligi, o‘quvchilarning fikrlash doirasini sezilarli darajada o‘zgartirishi haqida.

Global miqyosdagi ta’lim tizimini kuzatib borish va ularni bir-biriga solishtirish.

Tayanch so‘zlar:

PIRLS, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, xalqaro baholash, matn, test,

topshiriq, metodika.

PIRLS TESTS IN PRIMARY GRADES

Abstract.

This article aims to study the PIRLS tests. It discusses the development of PIRLS

texts for primary schools, how to explain them to students, information about PIRLS tests, and the

ranking of PIRLS tests among countries. In addition, the main purpose of the article is to show

how important PIRLS tests are and how they significantly change the mindset of students. To

monitor and compare education systems globally.

Keywords:

PIRLS, logical thinking, critical thinking, international assessment, text, test,

task, methodology.

ТЕСТЫ PIRLS В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация.

Целью данной статьи является изучение тестов PIRLS. Обсуждались

составление текстов PIRLS для начальных классов, способы объяснения ученикам,

информация о тестах PIRLS, рейтинги тестов PIRLS среди стран. Кроме того, основная

цель статьи — о том, насколько важны тесты PIRLS, как они могут существенно

изменить мышление учащихся. Отслеживание и сравнение систем образования во всем

мире.

Ключевые слова:

PIRLS, логическое мышление, критическое мышление,

международная оценка, текст, тест, задание, методика.

O‘zbekistonda ta’lim tizimi kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Turli xil fan

olimpiadalaridagi bellashuvlarda yoshlarimiz faxrli o‘rinlarni egallashmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

222

Ayniqsa, ta’lim tizimida 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matnni oqib-tushunish ya’ni PIRLS

testlari keng miqyosda ommalashib bormoqda. Pirls testlaridan O‘zbekiston 2021-yildan boshlab

foydalanishni boshladi. Bu testlar o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash doirasini oshiradi. Bundan

tashqari, hozirgi kunda o‘quvchilar “4K” modeli asosida o‘qitilmoqda. Bunda kollaboratsiya –

jamoaviy ishlash, mantiqiy fikrlash, kritik fikrlash ya’ni tanqidiy fikrlash o‘quvchi yoshlarda

rivojlantirilmoqda. O‘qituvchilar o‘quvchilarni guruh qilib ishlatishdan asosiy maqsad ularda

jamoaviy axloqni, jamoada o‘z fikrini mustaqil tarzda bayon qila olish qobiliyatini shaklllantirish.

PIRLS – 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matnni o‘qib-tushunish darajalari sifatini baholab

beruvchi xalqaro baholash tizimi. PIRLS xalqaro baholash tizimi har 5 yilda 1 marta o‘tkaziladi.

Bu baholash tizimi o‘tkazilishi 2001-yildan boshlangan. Keyinchalik 2006, 2011, 2016 va

2021-yillarda o‘tkazilib kelinmoqda.

PIRLS testlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishadi:

1.

Yangi ta’lim tizimi sifatini kuzatib borish;

2.

Global miqyosdagi ta’lim tizimini kuzatib borish hamda ularni bir-biriga solishtirish;

3.

Ta’limning zaif tomonlarini aniqlash va bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish;

4.

O‘qish va o‘qitishni o‘rgatish.

PIRLS qoidalariga muvofiq, badiiy yoki boshqa turdagi matnlarni o‘qiyotganda o‘qish

darajasining 4 ta guruhi baholanadi:

aniq korsatilgan ma’lumotlarni topish;

xulosalarni togri shakllantirish;

ma’lumotlarni tahlil va sintez qila olish;

matn mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qila olish.

PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

Eng yuqori daraja – 625 ball va undan yuqori;

Yuqori daraja – 550 ball;

O‘rta daraja – 475 ball;

Quyi daraja – 400 ball.

PIRLS matni va ular asosidagi topshiriqlar

Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi

Xudoyberdi To‘xtaboyev

(Hikoya)


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

223

Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini

o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning

og‘zidan tushmay qolibdi. Ana shu gaplar bahsga aylanib, katta bir kengash o‘tkazilibdi. Kengash

butun mamlakatga e’lon qilingan ekan. Bir dehqon yigit men ham qatnashay, sovringa ega

bo‘lsam, bir qo‘shho‘kiz olardim, deya niyat qilibdi. Shohona darvoza oldiga kelib, qo‘lidagi

o‘roq, yelkasidagi ketmonni yerga qo‘yib, “Bismilloh”, deb ichkari kirib, safga qo‘shilibdi. Bahs

avjiga chiqqan ekan. O‘z taxtida bahslarni kuzatib, tantana bilan o‘tirgan shohga qo‘lini ko‘ksiga

qo‘yib, ta’zim qilib salom yo‘llabdi. Bahsni saroy a’yonlari baholab o‘tirishar ekan. Shunda

baxsda qatnashayotgan bir kishi o‘rnidan turib:

–Yomonlik qilma! Yomonlik ketidan yomonlik keladi, – degan gaplarni aytibdi. Qilni qirq

yorradigan hakamlar qarsak chalib olqishlashibdi. Shoh ham qarsak chalibdi.

Navbat dehqon yigitga kelibdi.

–Yaxshilik qil! Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi, – deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘yibdi.

Atrofdagilar qarsak chalishibdi. Shoh esa o‘rnidan turib qarsak chalibdi.

–Shohanshohim, – deb so‘rabdi hakamlardan biri. – Birinchi ishtirokchi o‘z so‘zini

aytganida yengilgina qarsak chaldingiz, ikkinchi qatnashchi so‘zini aytganida esa o‘rningizdan

turib ketdingiz. Sabab ne? Buni biz – hakamlarga ayting, – debdi.

–Aslida ikkovlari ham foydali so‘zni aytishdi, birinchisi “yomonlik” deyishi bilan negadir

qalbim muzlab ketgandek boldi. Ikkinchisi yaxshilik degan so‘zni aytishi bilan qalbimdagi muz

erib ketgandek boldi. Shuning uchun o‘rnimda turib qarsak chaldim. To‘g‘ri so‘zni, chiroyli so‘zni

yoqimli qilib aytgani uchun sovrin shu dehqon yigitga berilsin, – deb farmon beribdi.

1-topshiriq: Shoh nima uchun bunday farmon berdi?

………………………………………………………………………………………………

………………………………………………………………………………

2-topshiriq:Mavzu yuzasidan quyidagi so‘zlarga “Sinkveyn” tuzing.

Shoh, dehqon, amaldor

Namuna:

1.

Shoh

2.

Farmon chiqaruvchi shaxs

3.

Adolatli inson.

3-topshiriq: “Tushunchalar tahlili” metodi orqali so‘zlarga izoh bering.

“Tushunchalar tahlili” metodi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

Tushuncha

Mazmuni

Shoh

Amaldor

Dehqon

Yaxshilik

Yomonlik

4-topshiriq: “Yaxshilik yerda qolmas” mavzusida kichik hikoya yozing.

………………………………………………………………………………………………

………………………………………………………………………………

5-topshiriq: Savolga yozma tarzda javob bering va javobingizni izohlang.

Adolat deganda nimani tushunasiz?

………………………………………………………………………………………………

………………………………………………………………………………

6-topshiriq: Yaxshilik va yomonlik haqida maqollardan, hikmatli so‘zlardan ayting.

1–…………………………………………………………………………………….

2–………………………………………………………………………………….....

3–…………………………………………………………………………………….

7-topshiriq: “Yaxshilik qil!” deb kim aytgan?

A).Shoh

B).Dehqon

C).Amaldor

8-topshiriq: Ushbu hikoyaning asosiy g‘oyasi nima?

………………………………………………………………………………………………

………………………………………………………………………………

9-topshiriq: Tasavvur qiling siz o‘sha shohning o‘rnidasiz. Siz qanday yo‘l tutgan

bo‘lardingiz? Fikringizni yozma bayon eting.

………………………………………………………………………………………………

………………………………………………………………………………

10-topshiriq: Asar qahramonlari haqida yozing.

Shoh–………………………………………………………………………………

Dehqon–……………………………………………………………………………

11-topshiriq: Asar muallifi Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodi haqida nimalarni bilasiz?


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

………………………………………………………………………………………………

………………………………………………………………………………

12-topshiriq: Insonga xos bo‘lgan ijobiy xislatlarni “Klaster”da ifodalang.

Endi savol berib ko‘raylik, PIRLS bizga nima berdi? PIRLS tizimi eng, avvalo,

o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini oshiradi. Matnning tub maqsadi nima ekanligini tushunishga

zamin yaratadi. Bundan tashqari, kritik fikrlashga ham yordam beradi. Agar o‘quvchi tanqidiy

fikrlay olsa, demak u matnni to‘liq tushungan.

PIRLS xalqaro tizimi O‘zbekistonda ham ancha samara bermoqda. PIRLS testlari kirib

kelgandan beri o‘quvchilarda ham, o‘qituvchilarda ham fikrlay olish darajasi sezilarli ravishda

yuqoriladi.

PIRLS testlari 2001-yildan boshlab o‘tkazila boshladi va har 5 yilda bir marta

o‘tkaziladigan bo‘ldi. 2001-yilda o‘tkazilganda 35 ta davlat qatnashdi.

Reyting

Mamlakat

O‘rtacha bali

1

Shvetsiya

561

2

Niderlandiya

554

3

Angliya

553

4

Bolgariya

550

5

Latviya

545

Oxirgi 35-o‘rinda esa Beliz 327 ball bilan.

Ikkinchi marotaba 2006-yilda esa 215000 ga yaqin o‘quvchilar 40 davlatdan qatnashishdi.

Ijobiy

xislatlar

Yaxshilik

Mehrlilik

Odoblilik

Saxovat


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

Reyting

Mamlakat

O‘rtacha bali

1

Rossiya

565

2

Gon Kong

564

3

Kanada (Alberta)

560

Bundan ko‘rinib turibdiki, Rossiya 14-o‘rindan 1-o‘ringa chiqib oldi.

2006-yildagi tadqiqotda baholash testlari 4 jarayonda ko‘rib chiqildi.

1.

Aniq ma’lumot.

2.

To‘g‘ri xulosa.

3.

G‘oya va ma’lumotlarni to‘g‘ri talqin qilish va umumlashtirish.

4.

Til va matn elementlarini to‘g‘ri qo‘llay olish.

2011-yilga kelib, PIRLS testlarida ishtirok etuvchilar soni 45 mamlakatdan 325000 nafar

o‘quvchini tashkil etdi.

PIRLS-2011 tadqiqotida 571 ball bilan Gon Kong 1-o‘ringa chiqib oldi. Biz ta’lim

dasturidan foydalanayotgan Finlandiya esa 3-o‘rinni egalladi.

PIRLS-2016 tadqiqotida esa 581 ball bilan Rossiya davlati eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

PIRLS-2021da esa O‘zbekiston ham ishtirok etib, 57 mamlakatdan 49-o‘rinni egalladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, PIRLS testlari o‘quvchilarimizda mantiqiy fikrlash,

tanqidiy fikrlash, nutqini mustaqil bayon qila olish imkonini beradi. Bu testlar nafaqat fikrlash

doirasini oshiradi, balki boshqa davlatlar bilan ham qiyoslab beradi. Sof raqobatni yuzaga ketiradi.

REFERENCES

1.

K.Qosimova. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent O‘qituvchi 2010-

yil

2.

M.Umarova. X.Xamrakulova. R. Tojiboyeva 3-sinf O‘qish kitobi 4-nashri “O‘qituvchi”

nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2019-yil

3.

A.Xoliqov. “Pedagogik mahorat” Toshkent. Iqtisod-moliya. 2010

4.

T.Ashrapova “Ona tili o‘qitish metodikasi” T “O‘qituvchi” 2001

5.

PIRLS- Wikipediya

References

K.Qosimova. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent O‘qituvchi 2010-yil

M.Umarova. X.Xamrakulova. R. Tojiboyeva 3-sinf O‘qish kitobi 4-nashri “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2019-yil

A.Xoliqov. “Pedagogik mahorat” Toshkent. Iqtisod-moliya. 2010

T.Ashrapova “Ona tili o‘qitish metodikasi” T “O‘qituvchi” 2001

PIRLS- Wikipediya