ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
443
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FE’L SO‘Z TURKUMI
A’zamjonova Farangiz Akmaljon qizi
Namangan davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14869069
Annotatsiya.
Maqolada boshlang‘ich sinflarda fe’l so‘z turkumi bilan qanday
tanishtirilishi tushuntirib o‘tilgan. 3 va 4-sinflarda fe’lning qaysi mavzulari ochib berilgani,
mavzuni o‘quvchilarga oson tushuntirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Eski va yangi darsliklarning
o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganilgan. PIRLS testidan namuna keltirilib, uni ishlash yo‘llari oson
tarzda tushuntirilgan.
Tayanch so‘zlar:
fe’l, kesim, harakat, holat, bo‘lishlilik, bo‘lishsizlik, fe’l yasovchi
qo‘shimchalar, fe’l ma’nolari, shaxs-son, zamon.
VERB WORD GROUP IN ELEMENTARY GRADES
Abstract.
The article explains how to introduce verbs in relational classes. In the 3rd and
4th grades, the subjects of the verb are revealed, and the subjects are shown to the students in easy
ways. Old and new textbooks are organized similarly and differently. An example of the PIRLS
test is given and the ways of its operation are easily described.
Keywords:
verb, participle, action, case, participle, participle, verb-forming adverbs, verb
meanings, person-number, tense.
В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ СЕРИЯ СЛОВ ГЛАГОЛОВ
Аннотация.
В статье объясняется, как включать глаголы в реляционные классы. В
3 и 4 классах раскрываются объекты глагола, в доступной форме учащимся показываются
предметы. Старые и новые учебники одинаковы и организованы по-разному. Приведен
пример теста PIRLS, и его работа легко проиллюстрирована.
Ключевые слова:
глагол, причастие, действие, падеж, причастие, причастие,
глаголообразовательные суффиксы, значения глаголов, лицо-число, время.
Bugungi ta’lim tizimining vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni kreativ, mustaqil
fikrlaydigan, erkin hamda o‘ziga ishonchini oshiradigan bilim bilan ta’minlash. Buning uichun
bizga Finlandiya ta’lim dasturi kirib kelmoqda. Aynan yangi darsliklar ham Finlandiya darsliklari
asosida shakllantirilmoqda. Yangi darsliklar eski darsliklardan farqli ravishda mustaqil fikrlash
qobiliyatini oshirmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
444
Boshlang‘ich sinflarda fe’l so‘z turkumi bilan umumiy tanishtirilgach, har bir xususiyati
bo‘yicha alohida-alohida o‘rganiladi. Bu esa grammatik xususiyatlarini to‘liqroq o‘rganish
imkonini beradi. 2-sinfda fe’l bilan umumiy tanishtirilsa, 3 va 4-sinfda kengroq tarzda yoritib
beriladi. 3 va 4-sinflarda fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
–so‘zning nimani ifodalashi (shaxs va narsalarning harakat va holatini);
–qanday so‘roqlarlar berilishi ( nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi?);
–imlosi (qo‘shma fe’llarning ajratib, juft fe’llarning chiziqcha bilan yozilishi).
O‘quvchilar mana shu o‘rgangan bilimlari asosida fe’l so‘z turkumini xususiyatlarini tahlil
qiladi. Ularning nimani o‘rganganlariga qarab fe’l so‘z turkumining har bir xususiyatining
grammatik belgilari haqidagi bilimlari kengaya boradi. Masalan, yugurdi, yugurmoqda,
yugurmoqchi so‘zlarining qaysi zamonga taalluqli ekanligini bilish uchun boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari quyidagicha fikr yuritishadi: yugurdi – nima qildi?, “-di” qo‘shimchasi o‘tgan zamon
qo‘shimchasi bo‘lgani uchun bu fe’l o‘tgan zamonda, yugurmoqda – nima qilmoqda?, “-moqda”
hozirga zamon qo‘shimchasi bo‘lgani sababli hozirgi zamon fe’li, yugurmoqchi –nima
qilmoqchi?, “-moqchi”kelasi zamon qo‘shimchasi bo‘lgani uchun bu fe’l kelasi zamon fe’li
hisoblanadi.
Dasturga ko‘ra, 2-sinfning 3-choragida shaxs va narsalarning harakat va holatini bildirishi
va so‘roqlari bo‘yicha; 3-sinfning 4-choragida fe’l so‘z turkumi, fe’lning so‘roqlari, yaqin ma’noli
fe’llar, fe’l ma’nolari, fe’llarning talaffuzi va imlosi bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, fe’l yasovchi
qo‘shimchalar (16 ta mavzu); 4-sinfda fe’l so‘z turkumi, fe’lning so‘roqlari, yaqin ma’noli fe’llar,
fe’l ma’nolari, fe’llarning talaffuzi va imlosi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, fe’l yasovchi
qo‘shimchalar, shaxs-son, zamon hamda matndan fe’llarni topish va tahlil qilish bo‘yicha soatlar
ajratilgan.
Ta’lim oluvchilarga belgilangan o‘quv dasturi asosida bilim berish va natijalarini
baholashda xalqaro baholash tizimidan biri bo‘lgan PIRLS xalqaro baholash eng yaxshi natijalarni
ko‘rsatmoqda. PIRLS (inglizcha: Progres in International Reading Literacy Study`) – bu turli
mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish
darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Tadqiqot davriy ravishda – har besh
yilda bir marta o‘tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001,2006, 2011, 2016, 2021-yillarda
o‘tkazilgan. PIRLS testlari asosan mantiqiy fikrlashni, tahlil qilishni o‘rgatadi.
Pirls testiga misol:
Muallif: Boboxon chumchuq bolani rosa qiynadi: suvga solib suzdirdi,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
445
qanotlarini yoyib, hilpillatdi. Keyin oyog‘iga ip bog‘lab, ko‘chaga olib chiqdi.
Ko‘chada Tal’atga duch keldi. Tal’at Boboxonni ko‘rdi-yu, qovog‘i solindi.
Boboxon judayam o‘jar bola edi. Tal’at shosha-pisha yonini kovlashtirdi:
kissasida yarimta o‘chirg‘ich bilan kecha ochgan qizil qalami bor ekan.
Tal’at:
- Boboxon, chumchuqni qayerdan olding?
Boboxon: - Bug‘doyzordan, chigirtka tutayotganimda, do‘ppim bilan urib
yiqitdim.
Tal’at:
- Alishmaysanmi?
Boboxon: - Alishaman, nimang bor? - dedi hovliqib.
Tal’at: - Mana rangli qalam, agar xo‘p desang, mana bu ochirg‘ichni ham
beraman.
Boboxon: - Buni alishvolib nima qilasan? - dedi.
Tal’at:
- Hozir bilasan nima qilishimni.
Muallif:
- Tal’at chumchuq bolaning oyog‘idagi ipni avaylab yechdi. Yuragi
duk-duk urayotgan bechora qushchani bir-ikki siladi-da, keyin birdan osmonga
qo‘yib yubordi. «Bor, uchaver!» deb qo‘yib yubordi. Boboxon goh qo‘lidagi
o‘chirg‘ich bilan qalamga, goh pat-pat qanot qoqib uchib ketayotgan
chumchuqqa, goh istehzo bilan kulimsirab turgan Tal’at o‘rtog‘iga javdirab,
nima qilishini bilmay, hang-mang bo‘lib qoldi.
Bu yerda, asosan, o‘quvchini mustaqil fikrlatishga qaratilgan, lekin buni biz o‘quvchilarda
fe’lni topib tahlil qildirsak bo‘ladi. Biror fe’l o‘rniga unga mos keladigan sinonimini qo‘ydirib
o‘qittirsak ham maqsadga muvofiq kelaveradi.Misol uchun, “javdirab” fe’li qanday ma’no
anglatgan, uning qanday sinonimlari borligi haqida o‘quvchilar bilan mulohaza yuritish ham
foydali.
Fe’l so‘z turkumi.
Shaxs va narsalarning harakat, holatini bildirib, nima qilmoq?, nima
bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘lib keluvchi so‘zlar turkumi fe’l deyiladi. Masalan: o‘qidi, yozdi,
undi.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra ikki guruhga bolinadi:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
446
1.Harakat fe’llari
2. Holat fe’llari
Harakat fe’llari – shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y beradigan fe’llar.
Masalan: yurmoq, tozalamoq, ko‘rmoq, tepmoq, bajarmoq.
Holat fe’llari – shaxslar ichki kechinmalari yoki narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga
o‘tishini ifodalaydigan fe’llar. Masalan: kulmoq, uyalmoq, muzlamoq, ranjimoq.
Fe’llar harakat va holatning bajarilgan yoki bajarilmaganligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Bular:
1.Bo‘lishli fe’llar. Masalan: aytdi, gapirdi, bajardi.
2.Bo‘lishsiz fe’llar. Masalan: aytmadi, gapirmadi, bajarmadi.
Fe’lning asosida ifodalangan harakat –holatning uch zamondan birida sodir bo‘lishini
bildiruvchi shakllar zamon shakllari sanaladi. Fe’l uchta zamon shakllariga ega: o‘tgan zamon,
hozirgi zamon va kelasi zamon.
O‘tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini
bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga –di, -b, -gan (-kan, -qan) qo‘shimchalarini va ulardan
so‘ng shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Masalan: yozgan, aytibdi.
Hozirgi zamon shakllari fe’l asoslariga –yap, -yapti, -moqda, qo‘shimchalarini qo‘shish
bilan hosil qilinadi.Masalan: kelmoqda, aytyapti.
Kelasi zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan so‘ng yuz berishini
bildiradi. Masalan: aytadi, borarman.
Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra 4 xil bo‘ladi. Bular:
1.Sodda fe’llar
2.Qo‘shma fe’llar
3.Juft fe’llar
4.Takroriy fe’llar
Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Masalan: keldi, bajardi.
Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga qo‘shimchalarni qo‘shib bo‘lmaydigan,
bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi fe’llar qo‘shma fe’llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, olib kelmoq,
ayta olmoq.
Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta so‘roqqa javob bo‘luvchi va gapda bitta gap bo‘lagi
vazifasida keluvchi fe’llar juft fe’llar sanaladi. Juft fe’llar ish-harakatning tez va kutilmaganda
ro‘y berishini ifodalaydi. Juft fe’l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: yozdi-qo‘ydi,
sindi-qoldi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
447
Asosni takrorlash bilan hosil bo‘lgan ikkita juft fe’llar takroriy fe’llar deyiladi. Takroriy
fe’l qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: bora-bora, yura-yura. Yugur-yugur so‘zi
bugungi tilimizda takroriy otga o‘tgan. Bu narsa konversiya deyiladi.
Fe’llar, asosan, gapda kesim vazifasida keladi. Kesim esa gapning bosh bo‘lagi hisoblanadi
va gapda sintaktik tahlilda tagiga ikkita to‘g‘ri chiziq chiziladi.
Fe’l so‘z turkumi bo‘yicha 3-sinfda “Fe’l ma’nolari ustida ishlash mavzusi”da fe’l so‘z
turkumiga oid so‘zlarni qanday tahlil qilish o‘rgatilgan. Bunday mashqlar o‘quvchilarda ona
tilidan grammatik bilimlarni oshirish bilan birga mantiqiy fikrlash doirasini ham oshiradi. Misol
uchun: 3-sinf darsligi 17-mavzu: “Fe’l ma’nolari ustida ishlash” mavzusi 43-sahifa 65-mashq:
Berilgan matndagi fe’llarni ajrating va namuna asosida tahlil qiling.
Odobli bola dasturxon atrofiga kelib o‘tirishdan oldin qo‘llarini sovun bilan yuvadi.
Dasturxonga noz-ne’matlarni qo‘yishda, taomlarni keltirishda onasiga yordamlashadi.
Dasturxon atrofiga o‘tirayotganda o‘zboshimchalik bilan dasturxon to‘riga o‘tib ketmaydi.
Taom yeyishni kattalar boshlab berishini kutadi. Taomni biroz engashib, to‘kmay yeydi.
Namuna: Kulyapti
1.Fe’l so‘z turkumi.
2.Nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
3.Harakatning bajarilganini bildiradi.
4.-yapti qo‘shimchasi yordamida yasalgan.
5.Bo‘lishli fe’l.
6.Yaqin ma’noli so‘zi – jilmayyapti.
Savol: Nima deb o‘ylaysiz, odobsiz bola dasturxon atrofida o‘zini qanday tutadi? Kimlarni
odobsiz bola deb aytamiz?
Oxiridagi savolidan ham ko‘rinib turibdiki, ona tili darsliklari faqatgina grammatik
savodxonlikni emas, balki mustaqil fikrlashni, fikrlarini erkin bayon eta olishni ham o‘rgatadi.
Xulosa shuki, boshlang‘ich sinflarda ona tili darsliklarida grammatik tahlildan tashqari,
mantiqiy fikrlashni ham oshiradi.
Yangi darsliklar Finlandiya ta’limi asosida shakllantirilgan bo‘lib, eski darsliklardan
tubdan farq qiladi. Eski ona tili darsliklarida faqat grammatika berilgan bo‘lsa, yangi darsliklarda
matn bilan ishlash mashqlari ko‘paytirilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
448
REFERENCES
1.
A.F.G‘ulomov “Fe’l” 1954
2.
A.Hojiyev. Fe’l. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”. 1980
3.
Nargiza Erkaboyeva “O‘zbek tilidan ma’ruzalar to‘plami” 2012
4.
D.D.Boynazarova. M.E.Toirova Ona tili darslik 3-sinf “Novda Edutainment” nashri. 2023
5.
M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulov, X.G‘ulomova,Sh.Yoldosheva “Ona tili”
Toshkent “Iqtisod-moliya” 2007.
