42
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SO’FI OLLOHYORNING O’RNI
Bozorova Marjona Shoyimqul qizi
TISU talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14812316
Annotatsiya.
So’fi Ollohyor hayoti va ijodiy merosi, ilmiy faoliyati, pand nasihat ruhidagi
ibratli fikrlari hamda So’fi Ollohyor haqida yozuvchi shoirlarimiz fikrlari, Prezidentimiz
aytgan hayotiy gaplari haqida.
Kalit so’zlar
: So’fi Ollohyor, Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam,
Xalifa Navro’z Shahrisabziy, Hoji Muhammad Habibulloh, Xoja Mo’min G’aznaviy, G’afur
G’ulom, Boborahim Mashrab, “Maslak ul-mutaqqin” “Sabot ul-ojizin” asarlari va pand-
nasihat ruhidagi adabiyot.
THE PLACE OF SUFI ALLOHYAR IN THE HISTORY OF UZBEKISTAN
LITERATURE
Abstract.
About the life and creative heritage of Sufi Allahyar, his scientific activities, his
instructive thoughts in the spirit of advice and the thoughts of our poets who wrote about Sufi
Allahyar, the life sayings of our President.
Keywords:
Sufi Allahyar, our Prophet Muhammad, peace and blessings be upon him,
Khalifa Navruz Shahrisabzi, Haji Muhammad Habibullah, Khoja Momin Ghaznavi, Gafur
Ghulam, Boborahim Mashrab, the works "Maslak ul-mutaqqin" and "Sabot ul-ojizin" and
literature in the spirit of advice.
МЕСТО СУФИЯ АЛЛАХЁРА В ИСТОРИИ ЛИТЕРАТУРЫ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
О жизни и творческом наследии Суфия Аллахёра, его научной
деятельности, его поучительных мыслях в духе совета, мыслях наших поэтов, писавших о
Суфи Аллахёре, и жизненных цитатах нашего Президента.
Ключевые слова:
Суфий Аллахёр, Пророк Мухаммад, мир ему и благословение,
Халиф Навруз Шахрисабзи, Хаджи Мухаммад Хабибулла, Ходжа Момин Газнави, Гафур
Гулам, Боборахим Машраб, произведения «Маслак ул-мутакин» и «Сабат ул-аджизин», а
также литература в духе совета.
U zotning ismi Ollohyor otasining ismi Ollohqulidir. Din yo’lidagi e’tiqod va xizmatlari
uchun “So’fi” deb ulug’langan. U zotning tug’ilgan sanasi aniq emas. Taxminan 1644-yilda (1630-
1650-yillar oralig’ida) Samarqandning Kattaqo’rg’on bekligi Miyonkol mavzeiga qarashli
Minglar qishlog’ida tug’ilgan. Yoshlik yillari O’tarchi qishlog’ida o’tadi. 6 yoshida Qur’oni
karimni o’qib tugatadi. 12-yoshida Buxoroga borib, Buxoro amrligida obro’-e’tiborga ega bo’lgan
Jo’ybor madrasasida tahsilini davom ettirib, ustozlaridan ta’lim-tarbiya oladi zamonasining
43
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
barcha asosiy ilmlarini puxta egallaydi. U zot arab, fors tillarini mukammal o’rgangan. So’fi
Ollohyor o’zining iqtidori, qobiliyati donoligi sababli madarasani imtiyozli tamomlaydi.
So’fi Ollohyor naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, turkiy tasavvuf
adabiyotining mashhur vakillaridan biri, mutasavvif va zullisonayn (ikki til ijodkori) shoir,
faqih, yirik din peshvosi, alloma davlat arbobi hisoblanadi. Turkiy va arab forsiy tillarda ijod
qilgan alloma. So’fi Ollohyor o’zbek adabiyotida Navoiydan keyingi naqshbandiya tariqatini
she’riy shaklda davom ettirgan ulug’ so’z san’atkoridir. U zotning adabiy me’rosi o’zbek
mumtoz adabiyoti va tasavvuf tarixida alohida o’rin olgan. So’fi Ollohyor o’z ijodida komil
insonni tarbiyalash borasidagi qarashlarini bosh maqsad qilib oladi. So’fi Ollohyorning ma’rifiy
qarashlarida ko’proq sof islomiy e’tiqod, pok amallar, komil inson axloqi va ilohiy muhabbati
talqini ifodalangan. U yoshlar tarbiyasiga butun jamiyat mas’ul ekanligini ta’kidlaydi. Alloma
asarlari insonni pokiza hayot kechirishga targ’ib qiladi, vijdonli, adolatli, insofli, iymonli
bo’lishga da’vat etadi. So’fi Ollohyor ijodining ijtimoiy mohiyatini, targ’ib va tashviqoti
shariatni o’rganish, uni bilish, amal qilib sadoqat ko’rsatishdan iborat. Alloma o’z faoliyati
bilan Sharqiy Turkistonda Oq Edil (Volga) bo’ylaridan Hindistongacha bo’lgan forsiy va
turkiyzabon xalqlarga islomiy ma’rifat tarqatgan. Shu sababdan ham u turkiy va forsiyzabon
xalqlar orasida obro’ga ega bo’lgan. So’fi Ollohyor ustozlarining silsilasi Payg’ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi va sallamga borib taqalishi haqidagi ma’lumotlar olimlar
tomonidan o’rganilgan. So’fi Ollohyor Xalifa Navro’z Shahrisabziy Hoji Muhammad
Habibullohdan tariqat ilmidan, Xoja Mo’min Muhammad G’aznaviylardan fiqh ilmidan dars
olgan degan ma’lumotlar mavjud. Uning pand-nasihatga yo’g’rilgan asarlari nafaqat Turkistonda
balki, Qashqardan tortib Edil (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astaraxan),
Bulg’or, Orenburg va boshqa mintaqlarda yashovchi xalqlar orsida keng tarqalgan. Axloqiy-
ta’limiy jihatdan “Maslak ul-muttaqin”
1
“Sabot ul-ojizin” asarlari maktab va madarasalarda
darslik sifatida foydalanilgan. Shu sababdan ham u asarlar ko’p nusxada chop etilgan. Asarlari
ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilinganligidan ham bu asarlar hayot tarziga qanchalar muhim
ekanligini ko’rishimiz mumkin. Asarlari tarjima qilinishi bilan bir qatorda ularga atab sharhlar
yozilgan, lug’atlar tuzilib, tasavvufiy atamalar keng qo’llanilgan.
Allomaning forsiy va turkiy tilda yozilgan she’rlarida Islom ahkomlari, tariqat talablari,
insoniy komillik shartlarini ham ta’riflab bergan. Asarlari keng omma ahliga tushunarli bo’lishi
uchun maxsus lug’atlar ham tuzgan.
Imon va e’tiqodga oid kitob yozishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan alloma
“Maslak ul-muttaqin” asarini yozadi.
1
So'fi Ollohyor. “Maslak ul-muttaqin”.Tarjimon Qo’zixo’ja Hafizxo’ja o’g’li.Nashrga tayyorlovchilar S.Sayfulloh
va A. Dehqon. – T. : “Sharq”, 2012.
44
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
U asardagi har bir g’oyani shariat hukmi, Qur’on va hadis asosida sharhlab,
tushuntirib asoslab bergan. Asarda Alloh taloning qudrati, zoti sifatlari ta’risini tavsiflab
bergan. Qur’onda zikr etilgan payg’ambarlarning nomlarini tilga olib ular bilan bog’liq
voqea-hodisalarni bayon etilgan. Shuningdek asarda iymon keltirish, ro’za tutish, zakot
berish kabi masalalarga to’xtalib o’tilgan. Allomaning
Agarchi ul oyog’ ostidandurxor,
Xudo maxluqidur, og’ritma zinhor.
Bu misralar orqali: Agar birov oyoq ostidagi bir tikanchalik bo’lsa, ham unga zinhor
ozor berma. U ham Xudoning maxluqidir deya ta’kidlaydi. Insonlarni baland martabalarga
ko’tarib, oyog’ing ostidagi tikan bolsa, ham unga ozor berma deb xitob qiladi. So’fi Ollohyor
Olloh yaratgan bandalariga ham ko’plab pand-nasihatlar berib o’tadi:
Kel, ey zohid, o’zingni aylagil xok,
Harom-u shubhadin ko’ngilni qil pok
Ey Ollohga bandalik qilib yurgan insonlar, o’zingizni tuproq bilan teng qil. Ya’ni
harom va shubhali narsalardan og’zingni tiyib, xulqingni poklagin deb insonlarni pok yo’llarga
chorlaydi. Bundan tashqari alloma insonlarni qo’llaridan kelmaydigan ishlarni qilmaslikka,
va’da berib vadasini bajarmay ketishligi haqida ham alohida to’xtalib o’tadi.
Chiqarmag’il og’zingdin qilmas ishni,
Qilurman dema qo’ldan kelmas ishni.
Bu misralar orqali shoir quruqdan-quruq va’da berib uni, bajarmay ketgan vadaboz
kimsalar haqida fikr yuritadi. Qilmas ishing xususida birovga va’da berma. Qo’lingdan
kelmaydigan ishga so’z berib qo’yma deya ta’kidlaydi. Chunki va’da bergach, uning ustidan
chiqish, erlik alomatidir degan fikrlarini bayon etgan. Allomaning barcha misralarida hayot
uchun zarur va kerakli, pand o’gitlar keltiriladi. Yaxshi va yomon til xususida o’z qarashlarini
bayon etadi.
Yomon til goh sarg’aytirur yuzingni,
Tuban boshingni, telmurtar ko’zingni.
Yomon til goho yuzingni sarg’aytirsa, gohi boshingni egib, o’zingni mashaqqatlarga
solib, ko’zingni jovdiratib qo’yadi deya sodda til uslubida xalqqa o’z fikrlarini tushuntirib
beradi. Gapirganda og’zingdan ma’ni durlarini soch deya ta’kidlaydi. Agar bu ishlarni qila
olmasang, tek tur va odamlarning so’ziga quloq tut deb o’z fikr mushohadalarini aytib o’tadi.
Bu misralar orqali anglaymizki, Alloma bunday satrlari orqali insonlarga yaxshi
yo’llardan yurishga va’da berib va’dasining ustidan chiqishga yaxshi ishlarni qilishga
yolg’on gaplardan saqlanishga chorlaydi.
45
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Yaxshi so’z aytmoqlik qo’lingdan kelmasa, unda bilginki sukut saqlab, insonlarni
eshitmoqlik va so’zlaridan ibrat olmoqlik zo’r davlatdir deb o’zining oltinga teng firlarini
bayon etadi. Shuni ham ta’kidlaydiki: Zero, demishlarki, sukut-g’animatdir.
Quloq solma vale bema’ni so’zga,
Eshitsang - qo’p u yerdan o’zga yerga.
Esing bo’lsa ko’p be’mani foydasiz so’zlarga quloq solma. Unday so’zlar bo’gan
joylarni tark et deya insonlarni pok va to’g’ri yo’llarga chorlaydi. Yana shuni ham takidlaydiki,
Agar uch kunda topsang parchayi non-
Yema yolg’uz ani, yarmini qil ehson.
Agar sen uch kunda bir burda non topsang-da, uni yolg’iz o’zing yema, yarmini
miskinlarga ber deya bu fikrlardan ko’rinadiki, So’fi Ollohyor qanchalar bilimli va zakovatli
inson bo’lgan. Huddi shu misralar kabi nasihatlar Imom Al- Buxoriyning hadislar to’plamida
ham keltirilgan quyidagi fikrlardan anglashiladiki, So’fi Ollohyor baland martabali yuksak
sifatlarga boy din va diyonatdan habardor mashhur shaxylardan bo’lgan. Bunday ibratli
hayotiy fikrlardan keyin So’fi Ollohyor haqida ko’plab yozuvchilarimiz o’zlarining fiklarini
aytib o’tishgan.
Akademik G’afur G’ulom 60- yillarda Samarqandga kelganida Obirahmat bo’yidagi
bir suhbatida Samarqand olimlariga qarata: “So’fi Ollohyor bobomiz haqida shunday
fikrlarini bayon etadi… Ulug’ bobomiz haqida bir narsa yozib ko’ringlar, u zo’r bo’lmasa,
Mashrab So’fi Ollohyorni uch marta izlab, yoniga kelarmidi?” degan iliq firlarini aytib
o’tgan.
Haqiqatdan ham Boborahim Mashrab So’fi Ollohyor bilan ikki marta Kattaqo’rg’onda
uch marta Hisor vohasidagi Qabodiyonda uchrashishadilar. Birinchi marta Mashrab Buxorodan
qaytib kelayotganida yo’lda bir dehqonning uyiga kirib dam oladi. Bu habar So’fi Ollohyorga
yetib boradi va shundan keyin So’fi Ollohyor ixlos bilan Boborahim Mashrab yo’liga peshvos
chiqib uni iliqlik bilan kutib oladi. Mashrab Kattaqo’rg’onga uchinchi marta kelganida, So’fi
Ollohyor Qabodiyonda bo’lgan. Bu to’g’risida Mashrab g’azallarining birida shunday deydi:
Topmasak So’fiy izin
Kattaqo’rg’ona yurib,
Qo’sh Olloyor deb,
Azmi Hisor istar ko’ngul.
Bu baytlar orqali Masharb So’fi Ollohyorning izini Kattaqo’rg’onni aylanib topmasak,
bu ko’nglimiz Hisorni (tog’ nomi) istaydi deb go’zal tarzda ifoda etadi. Bundan tashqari
prezidentimiz:
46
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
Islom dini rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy va
Termiziy
Allomalarning Benazir merosini ilmiy asosda chuqur o’rganish, muqaddas yurtimiz zamini
azal-azaldan
Ulug’ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo’lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik
o’rtasida
Keng targ’ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda
yosh
Avlodni ezgu g’oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat
tuyg’usini
Yanada kuchaytirish maqsadida shu kabi firlarini bildirib o’tgan.
2
Alloma taxminan 1724-yilda vafot etgan degan qarashlar mavjud. Uning qabri
Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumani Vaxshivor qishlog’ida joylashgan.
3
So’fi Ollohyor
avlodlari hozirga qadar ushbu joyda istiqomat qilib kelishadi.
Shu qarorga binoan, So’fi Ollohyor mangu qo’nim topgan maskanini obod qilish
maqsadida “ So’fi Allohyor “ jamg’armasi tashkil etilgan. Bundan tashqari alloma ijodini ilmiy
jihatdan o’rganish va yoshlarimiz ongiga qolaversa, kitobxon muxlislarga yetkazish ishlari
tez sur’atlarga amalga oshirildi. Mustaqillikdan tortib hozirgi kunga qadar So’fi Ollohyor
hayoti, va ilmiy faoliyati asarlarining tarjimalari yurtimiz olimlari tomonidan nashr qilindi.
Shu kabi g’oyalardan ilhomlanib So’fi Ollohyor hayoti ilmiy faoliyati haqida
konfrensiyalar va ilmiy semenarlar tashkil qilindi, jurnal gazetalarda maqolalari chop etila
boshladi.
Yurtimizda mustaqillikkacha jahon ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo’shgan buyuk
siymolarimiz hayoti me’roslarini o’rganish dolzarb muammoga aylangandi. Mustaqillikka
erishgandan so’ng, milliy qadriyatlarimiz, muqaddas dinimizga oid an’analarning qayta
2
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi
“Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-2774-sonli qarori
asosida tashkil etilgan.
3
Abdusattor Jumanazar.Vaxshuvor (hammasi So’fi Ollohyor haqida).-T. : Akademnashr, 2015.
47
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 2
tiklanishi allomalar faoliyatini o’rganish bo’yicha berilgan e’tibor xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy
yuksalishda muhim omil vazifasini o’tadi.
Bugungi kungacha xalqimizning ko’plab xonadonlarida So’fi Ollohyorning “Maslak
ul-muttaqin” “Sabot ul- ojizin” asarlari joy olib kelmoqda. So’fi Ollohyor Markaziy Osiyo
mintaqalarida yashovchi turkiy va forsiy xalqlarning asarlari bilan bahramand etib, ularni
yagona islomiy axloqiy g’oyalar ostida birlashtirdi. Shu sababli turli mintaqalarda yashovchi
xalqlar bir-birlari bilan ma’nan yaqinlashdilar, ma’rifatparvarlik g’oyalaridan xabardor
bo’ldilar.
Allomaning asarlarida dunyo hayotining ma’no-mazmuni insonlarning jamiyat
oldidagi vazifalari, yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi, tarbiyaning jamiyat hayotidagi o’rni,
ustoz-shogird odoblari, farzand tarbiyasi, yomon xulqning zararli taraflari, kamtarlikning
foidasi, sabr-qanoat manfaati, halol kasb qilish to’g’risidagi fikrlari mas’uliyatli ilm fazilati,
toat-ibodat lazzati, anbiyo-u avliyolar tarixi, sahobalarning fidoyiligi hamda dunyo va
oxirat ishlarini isloh qiladigan amallardan tashkil topgan.
REFERENCES
1.
So’fi Ollohyor.”Maslak ul-muttaqin”.Tarjimon Qo’zixo’ja Hafizxo’ja o’g’li. Nashrga
tayyorlovchilar S. Sayfulloh A. Dehqon.-Toshkent. :”Sharq”, 2012-yil.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Toshkent shahri, 2017-yil 14-
fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-2774-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
3.
Imom Termiziy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Buyuk Termiziylar So’fi Ollohyor
Toshkent-2021.
4.
Abdusattor Jumanazar. Vaxshuvor (So’fi Ollohyor haqida).-Toshkent.: Akademnashr,
2015.
