Authors

  • Marjona Bozorova
  • Shaxnoza Norkulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.49262

Keywords:

Sulaymon Boqirg’oniy Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy “Hakim ota risolasi” Shayx shoir Qul Sulaymon Hakim Sulaymon Hakim ota so’fiyona she’rlar “Boqirg’on kitobi” Qur’oniy va tasavvufiy g‘oyalar.

Abstract

Maqolada tasavvuf adabiyotining yirik namoyondasi Sulaymon Boqirg’oniyning hayot va ijod yo’li, Boqirg’oniy ijodining o’rganilishi, uning din va tasavvuf, ishq va axloqdan saboq beruvchi hikmatlari bilan bir qatorda “Boqirg’on kitobi” haqida gap boradi. S.Boqirg’oniyning o’zbek adabiyoti tarixida va tasavvuf ta’limotida tutgan o’rni xususida fikr yuritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

164

O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SULAYMON BOQIRG’ONIYNING O’RNI

Marjona Bozorova

TISU o’zbek tili yo’nalishi talabasi.

Norkulova Shaxnoza Tulkinovna

Ilmiy rahbar.

TISU dotsenti (PhD).

e-mail:

norqulovashaxnoza8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14307004

Annotatsiya.

Maqolada

tasavvuf

adabiyotining

yirik

namoyondasi

Sulaymon

Boqirg’oniyning hayot va ijod yo’li, Boqirg’oniy ijodining o’rganilishi, uning din va tasavvuf,
ishq va axloqdan saboq beruvchi hikmatlari bilan bir qatorda “Boqirg’on kitobi” haqida gap
boradi. S.Boqirg’oniyning o’zbek adabiyoti tarixida va tasavvuf ta’limotida tutgan o’rni xususida
fikr yuritiladi.

Tayanch so’z va iboralar:

Sulaymon Boqirg’oniy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy,

“Hakim ota risolasi”, Shayx shoir, Qul Sulaymon, Hakim Sulaymon, Hakim ota, so’fiyona
she’rlar, “Boqirg’on kitobi”, Qur’oniy va tasavvufiy g‘oyalar.

МЕСТО СУЛАЙМАНА БОКИРГАНИ В ИСТОРИИ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация.

В статье рассказывается о жизни и творческом пути Сулеймана

Бакыргани, крупного представителя суфийской литературы, изучении творчества
Бакиргани, его мудрости, дающей уроки о религии и мистике, любви и нравственности, а
также о «Книге Бакыргани». Обсуждается роль С. Бакыргани в истории узбекской
литературы и мистики.

Ключевые слова и выражения:

Сулейман Бакыргани, Ахмед Ясави, Алишер Навои,

“трактат Хакима Ота”, Шейх-поэт, Кул Сулейман, Хаким Сулейман, Хаким Ота,
суфийские стихи, “Книга Бакыргани”, Коран и мистические идеи.

THE PLACE OF SULAYMAN BOQIRGHANI IN THE HISTORY OF UZBEK

LITERATURE

Abstract.

The article talks about the life and creative path of Sulеyman Bakirgani, a major

representative of Sufism literature, the study of Bakirgani's work, his wisdom that teaches lessons
about religion and mysticism, love and morality, as well as the "Book of Bakirgani". The role of
S. Bakirghani in the history of Uzbek literature and mysticism is discussed.

Key words and phrases:

Suleуman Bakyrgani, Ahmаd Yasawi, Alisher Navoi, “treatise of

Hakim Ota”, sheikh-poet, Kul Suleiman, Hakim Suleiman, Hakim Ota, Sufi poems, The “Book of
Bakyrgan”, The Quran and mystical ideas.


Turkiy xalqlar orasida Hakim ota nomi bilan shuhrat qozongan Sulaymon Boqirg’oniy

Xorazmning Boqirg’on qishlog’ida dunyoga kelgan. Sulaymon Boqirg’oniy tasavvufning yirik
namoyondasi bo’lish bilan birga hassos shoir hamdir. Ahmad Yassaviy tariqatining davomchisi.

Tug’ilgan yili haqida aniq ma’lumotlar yetib kelmagan. Ustozi Ahmad Yassaviydan 20 yil

keyin vafot etgan degan ma’lumotlar yetib kelgan. Yassaviy maktabining eng zabardast va
mashhur namoyondasi bo’lgan bu buyuk vatandoshimiz tariqatda ham, she’riyatda ham Yassaviy
an’anlarinining munosib izdoshi bo’lgan. U Yassaviyning uchinchi xalifasi… Boqirg’oniyning din


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

165

va tasavvuf, ishq va axloqdan saboq beruvchi hikmatlari Turkiston xalqlari orasida keng tarqalib,
sevib o’qilgan. Hayoti haqidagi ma’lumotlar turli rivoyatlar bilan aralashib ketgan. Sulaymon
Boqirg’oniy tarjimai holiga oid ma’lumotlar juda oz bo’lib, Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul
muhabbat”, Ali Safiyning “Rashahot”, Mufti Zinda Alining “Samorot ul-mashoyih” tazkiralari,
shuningdek, noma’lum mualliflar tomonidan yozilgan va XIX asrda til o’zgarishlariga uchrab
bizgacha yetib kelgan “Hakim ota risolasi” shayx-shoir to’g’risida bir qator ma’lumotlar beradi

1

.

Keltirilishicha, Sulaymon Boqirg’oniy Ahmad Yassaviyga murid (shogird) bo’lgan,

pirining e’tiborini qozongan, she’rlari Yassaviyning mashhur hikmatlariga har jihatdan ham
mazmunan, ham badiiy uslubi bilan hamohang. Sulaymon Boqirg’oniy Yassaviydan farqli o’laroq,
o’zbek she’riyatini yangi janrlar, xususan, epik she’riyat bilan to’ldirgan va kengaytirgan.

Binobarin, u she’riyatda hikoya uslubida qissachilik shaklida ham dadil qalam tebratgan.

Undan ancha boy va badiiy jihatdan yetuk adabiy meros qolgan. Falsafiy fikr-mushohadalar, pand-
nasihat ham shayx-shoir hikmatlarining qat-qatiga singib ketgan. Ali Safiyning “Rashahot” asarida
keltirilishicha, Sulaymon Boqirg’oniy: “Turk mashoyihlarining ulug’laridan tururlar va
hikmatlarekim, olar turkiy tili bila darveshlarning muomalalarida aytibdurlar, Turkistonda ma’ruf
(ma’lum taniqli) va mashhurdur. Va favoidi anfoslarining (so’zlar) jumlasida bu masalkim, xalq
ehtiromida va vaqt ig’tinom (g’animat hisoblash)ida oytubdurlar:

Har kim ko’rsang, Xizr bil,
Har tun ko’rsang, Qadr bil”

2

.

“Samarot ul-mashoyix”ning guvohlik berishicha: “Xakim ota qaddasalloxu sirraxu botin

va zohir ilmlaridan ham xabardor edilar. U kishidan shariatga oid o’ttiz ming, tariqatga oid
o’ttiz ming va haqqiqatga oid o’ttiz ming hikmati paydo bo`lgan”.

“Hakim ota risolasi”da ham Sulaymon Boqirg’oniy haqida ko’plab keltirilgan rivoyatga

ko’ra, ul zot, kichikliklarida o’z tengqurlari bilan maktabga qatnar, bolalar Qur’onni bo’yinlariga
osib olsalar, u kishi boshlariga ko’tarib borar, saboq tugagach, ustozlariga yuzlarini qilib, orqalari
bilan yurib ketar ekanlar. Bu hodisaga guvoh bo’lgan Xo’ja Ahmad Yassaviyning bolaga
mehrlari tovlanib ketadi:

-Ey o’g’lim, bor ustozingdan ruhsat so’rab kel, agar ijozat bersa, biz senga Qur’onni

o’rgataylik, - deb marhamat qiladilar.

Sulaymonning ustozi ham ota-onasi ham bajonidil uni Xo’ja Ahmad Yassaviy qo’liga

topshiradilar. Yosh Sulaymon qisqa muddatda Qur’onni yodlab, boshqa ilmlarni ham
o’zlashtiradi. O’n besh yoshida ustoziga murid (shogird) tushib tasavvuf yo’liga kiradi. Sulaymon
tariqatda ham tezda yuksak maqomlarga erishadi. Bir kuni unga hazrati Xizr yo’liqib, uning xatti-
harakatlaridan mamnunligini izhor etadi ma’no sirlarini bayon qilishga kirish fursati
yetganidan xabar beradi. Ana shu ruhiy muloqotdan keyin Sulaymon hikmat ayta boshlaydi.

Manoqiblarning guvohlik berishicha, u aytgan birinchi hikmat “tariqat sultoni”, “yo’ldan

ozganlarni to’g’ri yo’lga solgan”, “och odamlarni safarda to’ydirgan”, “oshiqlar, ojizlar, mushkul
ahvolda qolganlarga rahnamolik qilgan” “mangulik suvini izlab topgan va unda ichib, abadiy
hayotga erishgan” Xizr alayhissalom haqida edi.

1

Ahmad Yassaviy Sulaymon Boqirg’oniy “HIKMATLAR” (Nashrga tayyorlovchi E. Ochilov) Toshkent –

“O’zbekiston” – 2013. 229-b.

2

Fariddin Ali Safiy. “Rashohot” (Nashrga tayyorlovchilar M.Hasaniy,B.Umurzoq). --Toshkent, 2003. 17-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

Kim erbuki bilgusiz, orig’ qulga ayg’usiz,
Xaqbin o’zga bilgusiz, Xizru Ilyos otam bor.
Tariqat tarbiyasini nihoyasiga yetkazgach, Yassaviy oq fotiha berib, Xakim otani irshod

(to’g’ri yo’l ko’rsatish) uchun Xorazmga yo’llaydi. U bu yerda Yassaviy g’oyalarini targ’ib qilib,
ko’plab muridlar (shogirdlar) yetishtiradi.

Uyquni harom qilg’il uzun tunda,
Molingni zakot bergil bu kun munda,
Qiyomat bergay sanga yorin anda,
O’g’il-qizing ilm o’rgansun-ber ustozg’a.
U o’z fikrlari go’zal va ta’sirchan shaklda yetkazish uchun badiiy tasvir vositalaridan ham

mahorat bilan foydalandi. Masalan ruh va nasfni o’zaro bahs-munozaraga kiritib, birining
afzalligi-yu, ikkinchisining tubanligini yuksak shaklda ochib beradi:

Nafsim aytur: bu besh kunlik tiriklikda
Bu dunyoda bog’u bo’ston etoyin der.

***

Ruhim aytur: koshki Haqdin tavfiq bo’lsa,
Tunu- kunu tinmayin yodin aytsam,
Qismatimdan ortuq taom emas bo’lsam,
Bu dunyoni yig’ib-terib netoyin der.
Bu mumtoz adabiyotdagi munozara janri xususiyatlariga esga soladi. Sulaymon

Boqirg’oniy ijodi, bir olganda, islom targ’ibi va tasavvuf tashviqiga bag’ishlangan. Yassaviy
bilan Boqirg’oniy va umuman hikmat yozgan barcha shoirlar islom asaoslari va tasavvuf
g’oyalarini she’riy yo’l bilan omma ongiga singdirganlar, xalq qalbiga ta’sir qilganlar.

Chunki she’riy usul, fikrni oson va ta’sirchan yetkazish, qabul qilish imkoniyatini yaratadi.

Boqirg’oniy ham o`z hikmatlari orqali islom asoslarini xalqqa sodda va ta’sirchan usulda
tushuntiradi:

Alloh yodi oshiqlardin xoli bo’lmas,
Haqiqat er bu dunyog’a mayl qilmas.
Hayron bo’lub bu dunyoni ko’zga olmas,
Man taqi bu dunyoni qo’ygum kelur.
Bu hikmatlarning asrlar davomida xalq tilidan tushmay kelishining sababi-ular tilning jinli

so’zlashuv nutqiga yaqinligida, uslubning yengil va ravonligida, timsolu tashbehlarning kundalik
hayotdan olinganligida:

Kimga vafo qildi bu foniy dunyo,
Bizga, taqi sizga vafo qilg’usi yo`q.
Shayx-shoir Qul Sulaymon, Hakim Sulaymon, Hakim ota taxalluslari so’fiyona she’rlar

manzumalar yaratgan. Bu hikmatlar “Boqirg’on kitobi” nomi ostida litografiya yo’li bilan
Qozonda bir necha marta nashr etilgan. Uning Qozon nashri asosida tayyorlagan nusxasi 1991-
yili O’zbekistonda taniqli olimlar Ibrohim Haqqul va Sayfiddin Rafiddinlar tomonidan kirish
so’zi va izohlar bilan chop qilindi.Undan Sulaymon Boqirg’oniyning 27 she’ri, 7 hikmati
Imomi A’zam to’g’risidagi bir she’riy rivoyati, Ismoil alayhissalom va Bibi Maryam haqidagi
ikki she’riy qissasi, “Me’rojnoma”si va “Oxirzamon” muxammasi o’rin olgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

167

Hikmatlari bilan insonlarni yomon yo’llardan qaytarib, fazilatlar kasb etib, shoir-

kamolot yo’lidan yurishga da’vat qiladi. Shuning uchun ham Sulaymon Boqirg’oniy ilodi bugungi
kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmay kelmoqda.

REFERENCES

1.

Alisher Navoiy Mukammal asarlar to’plami. Toshkent: “Fan” 2001-yil.

2.

Ahmad Yassaviy Sulaymon Boqirg’oniy HIKMATLAR (Nashrga tayyorlovchi Ergash
Ochilov) Toshkent – “O’zbekiston” – 2013.

3.

Faxriddin Ali Safiy. Rashaxot (Nashrga tayyorlovchilar M.Xasaniy, B.Umurzoq).-Toshkent,
2003

4.

Sulaymon Boqirg’oniy Boqirg’on kitobi (Nashrga tayyorlovchilar: I. Haqqulov, S.
Rafiddinovlar).Toshkent, 1991-yil.

References

Alisher Navoiy Mukammal asarlar to’plami. Toshkent: “Fan” 2001-yil.

Ahmad Yassaviy Sulaymon Boqirg’oniy HIKMATLAR (Nashrga tayyorlovchi Ergash Ochilov) Toshkent – “O’zbekiston” – 2013.

Faxriddin Ali Safiy. Rashaxot (Nashrga tayyorlovchilar M.Xasaniy, B.Umurzoq).-Toshkent, 2003

Sulaymon Boqirg’oniy Boqirg’on kitobi (Nashrga tayyorlovchilar: I. Haqqulov, S. Rafiddinovlar).Toshkent, 1991-yil.

Most read articles by the same author(s)

Xurshida Karshiyeva, Shaxnoza Norkulova, “MABDAI NUR”DA TA’LIMIY-AXLOQIY MASALALAR TALQINI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Farangiz Xurramova, Shaxnoza Norkulova, FITRATNING ILMIY ADABIY QARASHLARI XUSUSIDA , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Shaxnoza Norkulova, “ALLA” RADIATES MATERNAL KINDNESS, LYRICAL AND SOOTHING MELODIES. , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Munisa Jabborova, Shaxnoza Norkulova , O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI TALQINLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Marjona Bozorova, O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SO’FI OLLOHYORNING O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Shaxnoza Norkulova , THE INTERPRETATION OF A DIVINE DREAM IN MAHTUMQULI'S POETRY , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Munisa Jabborova, Shaxnoza Norkulova , O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA ZAMAXSHARIYNING O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Asilabonu Alisherova , Shaxnoza Norkulova, AHMAD YASSAVIYNING TURKISTON MADANIY HAYOTIDAGI O‘RNI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

Asilabonu Alisherova, Shaxnoza Norkulova , “HUMOYUNNOMA” ORQALI BOBUR SIYMOSI VA TEMURIYLAR DAVRI MANZARALARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research