2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
15
BULUNG‘UR SHEVASINING AYRIM JIHATLARI HAQIDA
Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
Xolboyeva Sevinch
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14836312
Annotatsiya.
Shevalar bir tildagi turli hududiy va ijtimoiy guruhlarda ishlatiladigan til
variantlari bo’lib, ularning leksik-semantik xususiyatlari, ya’ni so’z boyligi va bu so’zlarning
ma’nosi, hududiy va ijtimoiy farqlarni aks ettiradi. Har bir sheva o’ziga xos leksik, semantik va
fonetik xususiyatlarga ega bo’lib, bu hududda yashovchi odamlarning madaniyati, urf-odatlari,
tarixi va ijtimoiy hayotini aks ettiradi. Ushbu maqolada Bulung’ur tumanida yashovchi aholi
nutqida uchraydigan ayrim shevalarning leksik-semantik jihatlariga e’tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar:
nutq, dialekt, shaxs, sheva, leksika, qatlam, leksik birlik, so‘z.
ON SOME ASPECTS OF THE BULUNGUR DIALECT
Abstract.
Dialects are language variants used in different territorial and social groups of
the same language, and their lexical-semantic properties, that is, the vocabulary and the meaning
of these words, reflect territorial and social differences. Each dialect has its own lexical, semantic
and phonetic properties, reflecting the culture, customs, history and social life of the people living
in this region. This article focuses on the lexical-semantic aspects of some dialects found in the
speech of the population living in the Bulungur district.
Keywords:
speech, dialect, person, dialect, lexicon, layer, lexical unit, word.
Shevalar tilning turli hududlarda yoki ijtimoiy guruhlarda o’ziga xos tarzda ishlatiladigan
variantlaridir. Har bir sheva o’zining fonetik, grammatik, leksik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Dialektlar bir tildan o’zgarishga kirgan, lekin bir xil asosiy tilga bog’liq bo’lgan til
shakllaridir. Ular tilning rivojlanishining tabiiy natijasi sifatida paydo bo’lib, har bir dialekt o’ziga
xos xususiyatlarni namoyon etadi. Shevalar adabiy tilimizning shakllanishi va boyishida ham
muhim ahamiyatga egadir. Shu sababdan ularni o‘rganish, chuqur tahlil qilish hozirgi davr
tilshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biri hisonlanadi. Bu borada bir qancha tilshunos
olimlarimiz ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borgan, ularning fonetik, morfologik va leksik
xususiyatlarini o‘rganib chiqqanlar va o‘zbek shevalarining bir-biridan farqli jihatlarini ko‘rsatib
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
16
berganlar. Ilmiy manbalardan shu narsa ayonki, dialektal so‘z bu shevalarda faol qo‘llanib, adabiy
til sathida kam yoki umuman qo‘llanmaydigan leksik birliklardir. Bunday leksik birliklar sheva
vakillari nutqida faol ishlatiladi. Shuning uchun ham ular qatnashgan matnlar dialektal matnlar
hisoblanadi. Ular o‘zbek dialektolog olimlarining asarlarida maxsus o‘rganilmagan, ya’ni
nomigagina o‘rganilgan. Tadqiqotlar olib borish jarayonida sof leksik dialektizm, frazeologik va
leksik-fonetik o‘zgarishlarga uchragan dialektal so‘zlarni u yoki bu darajada qayd etib o‘tishgan.
“Sheva leksikasini o‘rganish bir shevaning yoki o‘xshash shevalar guruhning leksikologiya tahlili
bilan birlikda o‘sha shevaning umiumiy xususiyatini yaratish (jamlash – ta’kid bizniki)
imkoniyatini beradi”[ Nazarov K., G‘ulomov Y. 1993.]. O‘zbek shevalari XIX asr 2-yarmi va XX
asr boshlaridan tadqiq qilina boshlandi. Yetuk tilshunos olimlarimizdan G‘.O.Yunusov,
U.Tursunov, A.Fitrat, E.D.Polivanov, S.Ibrohimov, V.V.Reshetov, Sh.Abdurahmonovlar o’zbek
shevashunoslik sohasining tamal toshlarini qo’yishgan. Bugungi kunda ham ustoz tilshunos
olimlardan S.Ashirboyev, T.Ernazarov kabi ustozlar o’z shogirdlari bilan shevalarning turli
jihatlarini tadqiq etib kelishmoqda. Biz ham Bulung’ur shevasidagi ayrim shevalarning leksik
tahliliga e’tibor qaratmoqdamiz. Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida yashovchi aholi nutqida
uchraydigan quyidagi shevalar fikr-mulohazalar bildirishga jazm qildik.
Shevalar turli fonetik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, bir hududdagi odamlar
biror tovushni boshqacha talaffuz qilishi mumkin. O’zbek tilida ham turli hududlarda tovushlar
boshqacha talaffuz qilinadi. Bulung’ur shevasi ko’proq qipchoq lahjasiga tortadi. Asosan “j”
lovchi xalq istiqomat qilishadi. Masalan:
juribman, jiysanma, jetdik
kabi. Bu singari adabiy tildan
fonetik jihatdan farqlanuvchi so’zlar ko’plab uchraydi. So’z boshidagi “y” tovushi bilan
boshlanuvchi so’zlar “j” bilan almashib talafuz qilinadi. Ba’zi so’zlar oxiridagi “g‘” tovushi
o‘rniga “v” ishlatiladi. Masalan: tog‘- tov, sog‘-sov shu kabi.
Shevalar orasida so’z boyligi (leksika) ham farq qiladi. Bu ba’zan bir hududda
ishlatiladigan so’zlarning boshqa hududda noma’lum bo’lishi yoki boshqacha ma’no kasb etishi
mumkin. Bulung’ur tumanida ham adabiy tildan leksik jihatdan farqlanadigan so‘zlar ham
talaygina. Masalan:
Sovbat
– (gap, gashtak, o‘tirish) tengqurlar, mahalladoshlar, qo‘shnilarnig belgilangan
muddatda yig’ilishib turishi (navbat-navbat bazm-ziyofat qilishi).
Jo‘ralar keyingi sovbat
menikida, o’taverasizlar.
Oyna –
(aylanay, o‘rgilay) erkalab, yaxshi ko’rib aytiladigan ma’nosida.
Oyna, kel, choy-
poyingni ichib o(l).
2025
FEBRUARY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 2
17
Bo’nak
– (alohida) narsalarni yakka-yakka qilib ajratish ma’nosida.
Xaltalarni bo’nak-
bo’nak qilib qo’yaylik
.
Moynon
– (taom turi) yog’langan non.
Dasturxonga bir tovoq moynon qo’ydi.
Dialektlar kontekstga qarab ham o’ziga xos bo’lishi mumkin. Bunga ijtimoiy tabaqalarning
yoki yosh guruhlarining o’ziga xos til ishlatish shakllari kiradi. Masalan, shahar va qishloq
o’rtasidagi til farqlari yoki yoshlar o’rtasida ishlatiladigan yangi atamalar va so’zlar. Shevalar
ko’pincha hududning tarixiy o’zgarishlari va madaniy aloqalari bilan bog’liq. Masalan, bir
hududda boshqa millatlarning yoki xalqlarning ta’siri bilan yangi so’zlar va ifodalar paydo bo’lishi
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Bulung‘ur shevalarida bu kabi birliklar juda ko‘p uchraydi. Bu
birliklarning paydo bo‘lishi hududiy va ijtimoiy hayot tarzi bilan bog‘liq hodisadir. Shevaga xos
birliklar o‘ziga xos joziba, obrazlilikka ega bo‘lib, ta’sir doirasi katta. Bulung’ur tumanida bu kabi
hali o‘rganilmagan iboralar, birliklar juda ham ko‘p. Ularni o‘rganish va fanga olib kirish ona
tilimizni boyitadi, rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Dialektlar biror tilning o’ziga xos
ko’rinishlaridan biridir va ular o’zaro farqlanishi tufayli juda qiziqarli va muhimdir. Har bir sheva
o’z hududi, madaniyati, tarixi va ijtimoiy qatlamiga mos ravishda o’ziga xosliklarga ega. Shevalar
o’ziga xos ta’sirlar va xususiyatlar bilan odamlarning til va madaniyatini, ularning hayot tarzini
aks ettiradi. Bu kabi shevalarni o‘rganish, albatta, o’zbek tilshunosligining rivojlanishida alohida
ahamiyatga molik.
REFERENCES
1.
Ражабов, Н. 1996. Ўзбек шевашунослиги.-Тошкент: Ўқитувчи. -B.294.
2.
Назаров, К., Ғуломов, Ё. 1993. Ўзбек диалектологияси. –Тошкент, Университет. –B.25.
3.
Enazarov, T. 2020. Dialektologiya metodologiyasi (monografiya). -Toshkent: Innovasiya-
Ziyo. -B.109-120.
4.
Enazarov, T. 2021. O‘zbek dialektologiyasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Mahalla va
oila, 2021. –B. 66-91.
5.
V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi,
1978.
