Authors

  • Sherzod Normo‘minov
  • Farangiz Odinayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.49292

Keywords:

matn emotsionallik ekspressivlik his-tuyg‘u ifodalash tasvir so‘z bo‘yoqdorlik vosita.

Abstract

Mazkur maqolada emotsionallik va ekpressivlikning turli til vositalari yordamida ifodalanishiga doir fikr-mulohazalar keltiriladi. Maqolada matn tahlili va uning o’ziga xos jihatlari haqida gap boradi. Badiiy matn tarkibida birgina tovush yoki qo’shimchaning o’rni ham ahamiyatli ekani yozuvchi va shoirlarning asarlari orqali tahlil qilinib, asoslangan. Natijada, badiiy matnda ekspressivlik va emotsionallikni ta’minlovchi vositalar, jumladan, tovush, qo’shimcha, so’z va ularning o’ziga xos jihatlariga munosabat bildirilgan. Matnda emotsionalik va eksperessivlikni oshiruvchi vositalar.Tasviriy ifodalarning gapdagi uslubiyatiga to’xtalib o’tiladi.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


162

MATNDA EMOTSIONALIK VA EKSPERESSIVLIKNI OSHIRUVCHI VOSITALAR

Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.

Odinayeva Farangiz Zafar qizi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14329528

Annotatsiya.

Mazkur maqolada emotsionallik va ekpressivlikning turli til vositalari

yordamida ifodalanishiga doir fikr-mulohazalar keltiriladi. Maqolada matn tahlili va uning o’ziga

xos jihatlari haqida gap boradi. Badiiy matn tarkibida birgina tovush yoki qo’shimchaning o’rni

ham ahamiyatli ekani yozuvchi va shoirlarning asarlari orqali tahlil qilinib, asoslangan. Natijada,

badiiy matnda ekspressivlik va emotsionallikni ta’minlovchi vositalar, jumladan, tovush,

qo’shimcha, so’z va ularning o’ziga xos jihatlariga munosabat bildirilgan. Matnda emotsionalik

va eksperessivlikni oshiruvchi vositalar.Tasviriy ifodalarning gapdagi uslubiyatiga to’xtalib

o’tiladi.

Kalit so‘zlar:

matn, emotsionallik, ekspressivlik, his-tuyg‘u, ifodalash, tasvir, so‘z,

bo‘yoqdorlik, vosita.

MEANS OF INCREASING EMOTIONALITY AND EXPRESSIVITY IN THE TEXT

Abstract.

This article presents opinions on the expression of emotionality and

expressiveness using various language tools. The article discusses text analysis and its specific

aspects. The fact that even a single sound or suffix plays a significant role in the composition of a

literary text is analyzed and substantiated through the works of writers and poets. As a result, the

means of providing expressiveness and emotionality in a literary text, including sound, suffix,

word, and their specific aspects, are discussed. The text discusses the means of enhancing

emotionality and expressiveness. The methodology of figurative expressions in speech is discussed.

Keywords:

text, emotionality, expressiveness, emotion, expression, image, word,

colorfulness, tool.

СРЕДСТВА ПОВЫШЕНИЯ ЭМОЦИОНАЛЬНОСТИ И ВЫРАЗИТЕЛЬНОСТИ В

ТЕКСТЕ

Аннотация.

В данной статье представлены мнения о выражении

эмоциональности и выразительности с помощью разных языковых средств. В статье

говорится об анализе текста и его специфических аспектах. Анализируется и опирается

на произведения писателей и поэтов тот факт, что важна роль отдельного звука или


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


163

суффикса в составе художественного текста. В результате в художественном тексте

находят выражение средства, обеспечивающие выразительность и эмоциональность, в

том числе звук, суффикс, слово и их специфические аспекты. Средства повышения

эмоциональности и выразительности в тексте Речь пойдет о приеме образных

выражений в предложении.

Ключевые слова:

текст, эмоциональность, выразительность, чувство, экспрессия,

образ, слово, картина, среда.

Emotsional-ekspressivlik tushunchasi bugungi zamonaviy tilshunoslikda hali ham

markaziy tushunchalardan ekanligini yaxshi bilamiz. Ko‘plab shoir va yozuvchilarimizning

asarlari misolida bu tushunchani bir necha tilshunoslik yo‘nalishlarida tadqiq qilingan. Dastlab

ekspressivlik va emotsionallik haqida so‘z yuritsak.

Ekspressivlik (tilshunoslikda)

–til birligining semantik-stilistik belgilari majmui; til

birligining aloqa soʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan

shaxsga nisbatan subyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini

taʼminlaydi.

Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv vositalar

sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining choʻziq talaffuz

etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida

keng

miqyosdagi

erkalash-kichraytish

qoʻshimchalari (subyektiv baho ifodalovchi

qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyijon, ukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv

vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega boʻlgan

soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (masalan, „qiltiriq“ soʻzi ozgʻinlikni

salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa ekspressivlik odatdagi soʻz tartibini

oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi. Aloqa

soʻzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq ekspressivligini

kuchaytirishga koʻmak beruvchi koʻplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar (tovushning

balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imo-ishora) ham qoʻllanadi. Ekspressivlik bevosita

inson his-tuygʻularini ifodalash bilan bogʻliq boʻlgani uchun uni emotsionallik (hissiyot,

emotsiyani ifodalovchi soʻzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi

tilshunoslarning asarlarida ekspressilik va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin

qilinadi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


164

Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning

ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan

ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib,

shaxsning

kundalik

hayoti,

turmush

tarzidagi

barcha

jabhalarni

qamrab

oladi.

[Do’stmuhammedov, 2022]. His-tuyg‘u -bu insonlarga xos bo‘lgan o‘ziga xos tushunchadir.

Tuyg‘ular o‘sha xalqning tuyg‘u va ob’ektiv narsalarga qiziqishlariga mos keladi. Bu emotsiyalar

mavhum, mavhum bo‘lsa-da, u rang-barangdir. Masalan, quvonch, g‘azab, qayg‘u va baxt kabi

hissiyotlar. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil sharoitlardan hissiyotli

ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni

kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida

ta’riflash mumkin.

Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari –

ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini tushunamiz.

Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy faoliyati uchun tashqi va

ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi

[Izard, 2007]

Matnda qo‘llaniladigan har bitta vosita matn bo‘yoqdorligini va shu jumladan,

emotsionallik va ekspressivlik ham matnda qo‘llanilgan har bitta so‘zni bo‘yoqdorligini oshirishga

xizmat qiladi. Emotsionallik

matnda muallif yoki suhbatdoshning his-tuyg‘ularini, ruhiy holatini

ifodalashni, bu holat ko‘pincha matnni o‘qiydigan insonning his-tuyg‘ularini uyg‘otishga

qaratilgan bo‘ladi

.

Masalan: Baxtli, g‘amgin, qo‘rqinchli, umidsiz va shu kabi boshqa his-

tuyg‘ularni ifodalash.

Matnda qo’llanilgan har bir so‘z xoh yaxshi bo‘lsin xoh yomon insonda emotsionallik

holatini ifodalaydi. Eksperessivlik matnning ifodali, ta’sirli va kuchli bo‘lishini anglatadi.

Eksperessivlik orqali muallif o‘z fikrlarini yoki his-tuyg‘ularini aniq jonli va ta’sirli tarzda

yetkazadi. Bunga kuchli obrazlar, tasvirlar o‘zgacha so‘zlar va stilistik vositalar yordamida

erishiladi. Masalan: ,,Yomg‘ir ostida yolg‘iz qolganimda, yuragimda qandaydir og‘irlik paydo

bo‘ldi” -bu jumladan emotsionallik va eksperessivlik birgalikda ishlatilgan.

Yolg‘izlik va o‘g‘irlik

kabi tasvirlar o‘quvchi muallifning his-tuyg‘ularini sezishiga yordam beradi. Matnda qo‘llanilgan

so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish orqali ham emotsionallik va eksperessivlik holatini ko‘rish

mumkin. Masalan:

bola

ginam

, erka

toyim

, qo‘zi

chog‘im

, arslon

im

kabilarni misol qilishimiz

mumkin.

Tasviriy ifodalar badiiy adabiyotda yoki tilda biror narsaning tasvirini yaratish voqea yoki

obrazni o‘quvchi yoki tinglovchining tasavvurida aniq va jonli shaklda ifodalash usulidir.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 10

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


165

Bu turdagi ifodalar ko‘pincha real hayotni yoki abstrakt g‘oyalarini yanada jonli, rang-

barang va tasavvurlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Turli leksik vositalar tasviriy ifodalarni

yaratishda keng qo‘llaniladi va ularning yordamida muallif o‘quvchini hayolida tasavvur qilish

imkonini beradi. Tasviriy ifodalar gaplarga joziba va chuqurlik qo‘shadi, o‘quvchiga yoki

tinglovchiga ma‘lumotni yanada ta‘sirchanroq yetkazishga yordam beradi. Badiiy matnni lisoniy

tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan,

emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular

adibning badiiy estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab

qilinadi. Buning uchun badiiy asar tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, ko‘p ma’noli,

tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so’zlar, chet va vulgar so’zlar ajratib

olinadi va asarga nima maqsad bilan olib kirilganligi izohlanadi. Tilning grammatik tuzilmalari

ham ekspressivlikni oshirishga yordam beradi. Masalan, so‘zlarning takrorlanishi, qo‘shimchalar

yoki aynan bir necha gaplarning birlashishi matnni hissiyroq qiladi. O‘xshatishlar, so‘zlarni

kuchaytiruvchi shakllar, masalan, “eng yuksak”, “juda kuchli”, “asli” kabi so‘zlar ta’sirni

kuchaytiradi.

Umuman olganda, emotsionallik va ekspressivlikni oshiruvchi vositalar matnni nafaqat

tushunarli, balki ta‘sirli va unutilmas qilish uchun ishlatiladi. Bu vositalar yordamida muallif

o‘quvchini fikr va his-tuyg‘ular orqali jalb qilib, uni chuqurroq o‘ylashga undaydi. Shuningdek,

ularning to‘g‘ri ishlatilishi matnning ta’sirchanligini va yoritilayotgan mavzuga nisbatan

o‘quvchining hissiy munosabatini kuchaytiradi.

REFERENCES

1.

Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши.-Т: «Фан», 1983.

2.

Дусмуҳамедова Ш.А., Алимбоева Ш.Т. Шахс ҳиссий емотсионал ҳолатлари

психодиагностикаси ва психокоррексияси. “Маҳалла ва оила нашриёти”. Тошкент.

2022.

3.

Қосимова М. Бадиий нутқ индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари.-

Андижон, НДА. 1996.

4.

Қиличов Э. Матннинг лингвистик таҳлили. –Бухоро, 2000

5.

Худойбердиев Ж. Сўз – ўзга маъни ўзгадур.–Т., 1997

6.

Изард К.Э. Психология эмоций. СПб.: Питер, 2007. С. 198.

7.

Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик асослари. Ўқув қўлланма. Т.:

2007.

References

Абдуллаев А. Ўзбек тилида экспрессивликнинг ифодаланиши.-Т: «Фан», 1983.

Дусмуҳамедова Ш.А., Алимбоева Ш.Т. Шахс ҳиссий емотсионал ҳолатлари психодиагностикаси ва психокоррексияси. “Маҳалла ва оила нашриёти”. Тошкент. 2022.

Қосимова М. Бадиий нутқ индивидуаллигининг лингвистик хусусиятлари.-Андижон, НДА. 1996.

Қиличов Э. Матннинг лингвистик таҳлили. –Бухоро, 2000

Худойбердиев Ж. Сўз – ўзга маъни ўзгадур.–Т., 1997

Изард К.Э. Психология эмоций. СПб.: Питер, 2007. С. 198.

Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик асослари. Ўқув қўлланма. Т.: 2007.