549
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA AQLIY RIVOJLANISH
Qahharova Sayyora Bahodirovna
Xalqaro Innavatsion Universiteti Psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14864183
Annotatsiya.
Maqolada ilk o’spirinlik davridagi bilish jarayonlarining rivojiga ta’rif
berilgan. O’spirinlarda o’z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlanishi,
moddiy dunyo to’g’risidagi shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkip topganidan
keyin tafakkurning tanqidiy xususiyati rivojlana boshlashi tahlil qilinadi. Shuningdek, kasb
tanlash vaqtida ilk o’spirinlar o’z moyilligini va qobiliyatlarini shaxsiy sifatlar, nerv sistemasining
tipi, analizatorlar emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olish zarur. Inson qanchalik
ko’tarilsa, shunchalik o’ziga xoslik, turli-tuman individual sifatlar, shaxsiy fazilatlar va natijada
psixologik yetuklikka ega bo’ladi.
Kalit so’zlar:
Aqliy rivojlanish, layoqat, mehnat, fikr, xarakter, tafakkur, sezgi, jamiyat,
shaxs, kollej, maktab.
MENTAL DEVELOPMENT IN EARLY ADOLESCENCE
Abstract.
The article describes the development of cognitive processes in early
adolescence. It is analyzed that adolescents develop the ability to plan their activities in advance,
after forming personal opinions, judgments about the material world, and a scientific worldview,
the critical nature of thinking begins to develop. Also, when choosing a profession, early
adolescents should take into account their inclinations and abilities, personal qualities, type of
nervous system, emotional-volitional qualities of analyzers. The higher a person rises, the more
he acquires originality, various individual qualities, personal qualities and, as a result,
psychological maturity.
Keywords:
Mental development, ability, work, thought, character, thinking, intuition,
society, personality, college, school.
УМСТВЕННОЕ РАЗВИТИЕ В РАННЕМ ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ
Аннотация.
В статье описывается развитие познавательных процессов в раннем
подростковом возрасте. Анализируется, что у подростков формируется способность
заранее планировать свою деятельность, а после формирования личного мнения, суждения
и научного мировоззрения о материальном мире начинает развиваться критический
характер мышления. Также при выборе профессии младшим подросткам следует
учитывать свои склонности и способности, личностные качества, тип нервной системы,
эмоционально-волевые качества анализаторов. Чем выше поднимается человек, тем
большую уникальность, многообразие индивидуальных качеств, личностных качеств и, в
конечном итоге, психологическую зрелость он приобретает.
550
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
Ключевые слова:
Умственное развитие, способности, работа, мысль, характер,
мышление, интуиция, общество, личность, колледж, школа.
Yuqori sinf o‘quvchilarining bilish jarayonlari turli nuqtai nazarlarni tahlil etishga va bu
masala bo‘yicha har tomonlama o‘ylagan o‘z fikrini berishga yordam bera oladi. Bu yoshdagi
o‘spirinlar atrofdagi turli voqea-hodisalardagi haqiqatni bilishga intiladi. Ularning tayyor
yechimlar, ma’lumotlar emas, balki shu yechim va ma’lumotlarni o‘zlari mulohaza yurgizib,
qidirish jarayonining o‘zi ko‘proq qiziqtiradi. Bu borada turli masalalar bo‘yicha bahs va
munozaralar yuritishga va ularning fikrlarini isbotlashga juda qiziqadilar. O‘spirinlik davrida
bilish jarayonlarining rivoji faol ravishda davom etadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga
va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. Bu davrga kelib, o‘spirinlar to‘la ravishda
mantiqiy tafakkurga egabo‘ladilar, nazariy fikr yuritib, o‘zlarini-o‘zlari tahlil eta oladilar. Ular
endi bemalol axloqiy, siyosiy va boshqa mavzularda bahslasha olib, o‘z munosabatlarini bildira
oladilar. O‘spirinlik davrida bolalar juda ko‘p ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirib, ulardan turli
masala va muammolarni yengishda foydalana oladilar. O‘spirinning o‘z-o‘zini anglashi o‘quv,
mehnat va muloqot motivatsiyalarini o‘zgarishida o‘z aksini topadi. Bu davrda, bolada yangi
faoliyatlar yuzaga kelib, psixik rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. O‘spirinlik yoshi o‘qish,
menat, muloot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoatlarning
rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. O‘spirinlik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi faol
kechadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam
seziladi.
O‘spirinlik davriga kelib, juda ko‘p bolalarda o‘z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish
layoqati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish ham o‘spirinlik yoshidagi
bolalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘spirinning o‘quv mashg‘ulotiga munosabati o‘z xususiyati
va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan
farq qiladi. O‘quv rejasi va dasturning murakkablashuvi, yangi fan va mavzularning kiritilishi,
o‘zlashtirilishi nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni taqozo etadi. Ana shundan kelib
chiqqan holda, o‘quvchilarning o‘qishga munosabati ham o‘zgaradi, ular ayrim fanlarga tanlab
munosabatda bo‘la boshlaydilar.
O‘spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko‘lami tobora amaliy xususiyat kasb eta
boshlaydi. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnika, tabiatga, osmon jismlariga, sport va
hokazolarga qiziqishi kuchayadi. O‘spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib
boradi, mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo‘li, vositalari ta’lim jarayonida yetakchi
vazifani ado eta boshlaydi. O‘spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o‘qishi, tushunishi orqali
mustaqil fikr yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishishga o‘rganib boradi.
551
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
O‘spirinlik tafakkurining sifatiga uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi,
samaradorligi, tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mazmundorligi deganda, o‘spirin ongida
tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida qancha miqdorda mulohazalar, muhokamalar va tushunchalar
joy olganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda esa, moddiy dunyodagi narsa va
hodisalarning asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, ularning o‘zaro bog‘lanish va munosabatlari
o‘spirinning fikrlash faoliyatida to‘liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o‘zining
mazmundorligi va chuqurligi sifatlari bilan muntazam bog‘liq bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligi
deganda o‘spirinning shaxsiy tashabbusi bilan o‘z oldiga yangi vazifalar qo‘ya bilishi, bu
vazifalarni hech kimning yordamisiz, oqilona usullar bilan mustaqil hal qilish uquvchanligani
tushunish kerak. Tafakkurning tezligi qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan
belgilanadi. Ayrim qiz va yigitlar aqliy rivojlanishdan orqada bo‘lib, o‘quv materiallarini
o‘zlashtirishga ulgurmaydilar yoki qiynaladilar, ular tevarak-atrofdagi voqelikni bilib olish
maqsadida umumlashtiruvchi tushunchalardan foydalanishni bilmaydilar, chunki bu tushunchalar,
xulosalar, fikrlar, hodisa va faktlarni tadqiq qilishni yodlab oladilar. Bolalarni aqliy jihatdan
rivojlantirish uchun ularning o‘qish faoliyatlarini faollashtirish va ularning bilimlarini ongli
ravishda o‘stirish kerak.
O‘spirinlarning aqliy jihatdan rivojlanishida nazariy tafakkurning roli kattadir. O‘spirin
adabiy asarlarni o‘qish va tushuntirish orqali mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va
munozaralarga o‘rgana boradi. Unda astasekin tabiat va jamiyat haqida o‘zining nuqtai nazari,
e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma’lumki, shaxsning ana shu fazilatlari unda fikrlash, mustaqil
o‘ylash, to‘g‘ri hukm va xulosalar chiqarish, qat’iy qarorga kela olishi natijasidir. O‘spirinlarning
adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarni bildirishi, muammoning tomonlari yuzasidan
bahslashuvi insoniy xislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi aql tanqidligining aynan
o‘zginasidir. Turmushda uchraydigan noo‘rin tanqidiylik esa o‘spirinning badiiy didi va hayotiy
tajribasi zaifligidir. O‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni
haqqoniylik darajasiga ko‘tarishdan, ularga voqelikka odilona, oqilona, tanqidiy nuqtainazardan
qarashni o‘rgatishdan iborat. O‘spirinlarda moddiy dunyo to‘g‘risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar,
ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana
boshlaydi. Aql tanqidiyligining rivojlanishi o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishta, ta’lim
jarayonida tashabbuskorlikka, voqelikni isbotlash va asoslash ko‘nikmalari tarkib topishiga imkon
yaratadi. Hodisalar to‘g‘risida hukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini
rivojlantiradi. O‘spirin qobiliyati va iste’dodi ta’lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi.
552
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2
REFERENCES
1.
G‘oziyev E. Umumiy psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR
OO’MTV, M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. - Т.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”
nashriyoti, 2010. - 544 b.
2.
G‘oziyev E. O’spirinlar axloqi va ruhiyati. Oila etikasi va psixologiyasi. - Т.: Universitet,
2000. -33-38 b.
3.
G‘oziyev E. Kasbiy psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR OO’MTV,
M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. - Т.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
2008. - 213 b.
4.
G‘oziyev E. Sotsial psixologiya: Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik; O’zR OO’MTV,
M.Ulug‘bek nomidagi O’zMU. - Т.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,
2015.
5.
Ivanov P.I. Umumiy psixologiya: Darslik. O’zR OO’MTV. - Т.: O’zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 480 b.
6.
G‘oziyev E.G‘. Muomala psixologiyasi: 0 ‘quv qo‘llanma. - Т.: “Universitet”, 2001. - 139 b.
7.
Shonazarov J.U. Kasbiy psixologiya. Ma'ruzalar matni Qarshi-2020 yil
8.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2014.
9.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va
xalq farovonlining garovi. T: «O‘zbekiston», 2017.
10.
Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: «Sharq», 1998.
11.
M.J.Ergasheva Kichik maktab yoshidagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarida irodaviy
sifatlarni shakllanishi
"Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti ilmiy axborotnomasi"
ilmiy-amaliy jurnal
№ 1, 2025
12.
Ergasheva
M.
(2025).
OILAVIY
BOLALAR
UYI
SHAROITIDA
TARBIYALANAYOTGAN
BOLALARDA
SENZITIVLIKNING
O’ZIGA
XOSLIGI.
Modern
Science
and
Research
,
4
(1),
560–563.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/63780
