Authors

  • Muhammadbobir Xakimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.66061

Abstract

Ushbu maqolada Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroda geofazoviy razvedkaning ahamiyati va imkoniyatlari o‘rganiladi. Asosiy e’tibor sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, geografik axborot tizimlari (GEO) va boshqa fazoviy tahlil usullarini qo‘llash orqali qo‘shinlar harakatini, harbiy ob’ektlar joylashuvini va operatsion vaziyatdagi o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan. Maqolada geofazoviy razvedkaning harbiy operatsiyalarni rejalashtirish, vaziyatni kuzatish va dushman harakatlarini prognozlashda qanday yordam berishi tahlil qilinadi.

background image

673

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

ROSSIYA VA UKRAINA QUROLLI KONFLIKTIDA GEOFAZOVIY

RAZVEDKANING O‘RNI HAMDA IMKONIYATLARI

Xakimov Muhammadbobir Sayfidinovich

Mustaqil izlanuvchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14879501

Annotatsiya. Ushbu maqolada Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroda

geofazoviy razvedkaning ahamiyati va imkoniyatlari o‘rganiladi. Asosiy e’tibor sun’iy yo‘ldosh

texnologiyalari, geografik axborot tizimlari (GEO) va boshqa fazoviy tahlil usullarini qo‘llash

orqali qo‘shinlar harakatini, harbiy ob’ektlar joylashuvini va operatsion vaziyatdagi

o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan. Maqolada geofazoviy razvedkaning harbiy operatsiyalarni

rejalashtirish, vaziyatni kuzatish va dushman harakatlarini prognozlashda qanday yordam berishi

tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: geofazoviy razvedka, ochiq manbali razvedka, sun’iy yo‘ldosh, masofadan

zondlash, strategik ob’ektlar, sputnik aloqasi, dezinformasiya, maxsus harbiy operatsiya.

РОЛЬ И ПОТЕНЦИАЛ ГЕОПРОСТРАНСТВЕННОЙ РАЗВЕДКИ В

ВООРУЖЕННОМ КОНФЛИКТЕ МЕЖДУ РОССИЕЙ И УКРАИНОЙ

Аннотация. В данной статье исследуются значение и возможности

геопространственной разведки в контексте вооружённого конфликта между Россией и

Украиной. Основное внимание уделяется использованию спутниковых технологий,

географических информационных систем (ГИС) и других методов пространственного

анализа для определения передвижений войск, расположения военных объектов и

изменений в оперативной обстановке. В статье анализируется, как геопространственная

разведка способствует планированию военных операций, мониторингу ситуации и

прогнозированию действий противника.

Ключевые слова: Геопространственная разведка, открытые источники разведки,

спутник, дистанционное зондирование, стратегические объекты, спутниковая связь,

дезинформация, специальная военная операция.

THE ROLE AND POTENTIAL OF GEOSPATIAL INTELLIGENCE IN THE ARMED

CONFLICT BETWEEN RUSSIA AND UKRAINE

Abstract. This article examines the significance and possibilities of geospatial intelligence

(GEOINT) in the context of the armed conflict between Russia and Ukraine. The main focus is on

the use of satellite technologies, geographic information systems (GIS), and other spatial analysis

methods to track troop movements, determine the location of military objects, and identify changes

in the operational environment. The article analyzes how geospatial intelligence aids in planning

military operations, monitoring the situation, and forecasting enemy actions.


background image

674

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Key words: Geospatial intelligence, open-source intelligence, satellite, remote sensing,

strategic objects, satellite communication, disinformation, special military operation.

Kirish

XXI asrda zamonaviy qurolli mojarolarda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi, va davom

etayotgan Rossiya-Ukraina mojarosi ushbu evolyutsiyaning aniq namunasidir. Ushbu mojaroda

axborot va texnologiyalar tobora muhim rol o‘ynamoqda. Texnologik taraqqiyot yuksalishi bilan

an’anaviy razvedka ma’lumotlarini olish usullari GEOINT

(Geospatial Intelligence)

kabi

zamonaviy razvedka usullari bilan to‘ldirildi. Ushbu usul harbiy operatsiyalarni rejalashtirishda,

qo‘shinlarning harakatini kuzatishda, muhim strategik ob’ektlarni aniqlashda va axborot

ustunligini ta’minlashda kabi imkoniyatlari bilan nafaqat mojaro natijalariga ta’sir ko‘rsatmoqda,

balki undan axborot maydonida jamoatchilik fikrini boshqarishda ham samarali foydalanilmoqda.

Geofazoviy razvedka (GEOINT), sun’iy yo‘ldosh ma'lumotlari va geografik axborot

tizimlaridan foydalanish orqali, jangovar maydonda aniq va tezkor ma'lumot olishda muhim vosita

hisoblanadi. Zamonaviy qurolli mojarolarda tezkor javob berish va ishonchli ma'lumot olish juda

muhim bo‘lganligi sababli, GEOINT harbiy strategiyalarning ajralmas qismiga aylanmoqda.

GEOINT razvedka ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va tarqatish usullari sohasida

sezilarli o‘zgarishlarga olib keldi. Uning harbiy harakatlarga integratsiyasi jang maydonini

kompleks ravishda tahlil qilish imkonini beradi. Quyida ushbu zamonaviy harbiy razvedka

usulining mohiyatiga to‘xtalamiz:

1.

GEOINT mohiyati, qo‘llash amaliyoti va imkoniyatlari:

GEOINT 2005 yilda AQSh hukumati tarkibidagi Milliy geofazoviy-razvedka agentligi

direktori general-leytenanti Jeyms R. Klapper tomonidan mudofaa tahlili, geofazoviy razvedka va

hukumat maʼlumotlari tahlili uchun yaratilgan atamadir.

Geofazoviy razvedka

– yer yuzidagi jismoniy xususiyatlar va geografik ma’lumotlarga

asoslangan faoliyatni tavsiflash, baholash va vizual tasvirlash uchun tasvirlar va geofazoviy

maʼlumotlardan foydalanish va tahlil qilishni anglatadi

1

.

GEOINTning asosiy elementlari quydagilardan iborat:

1

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kodeksi.

https://codes.findlaw.com/us/title-10-armed-forces/10-usc-sect-

467.html

. 10-sarlavhasi. Qurolli Kuchlar. 2006 yil nashri.

Geofazoviy razvedka

Geofazoviy ma’lumotlar

Yerdagi yoki uning atrofidagi tabiiy
yoki

qurilgan

obyektlar

va

chegaralarning geografik joylashuvi
va

xususiyatlarini

aniqlaydigan

ma’lumotni anglatadi

(masofaviy

zondlash, xaritalash va oʻlchash
texnologiyalaridan

olingan

maʼlumotlar).

Tasvir razvedkasi

Tasvirlarni talqin qilish yoki
tahlil qilish orqali olingan
texnik, geografik va razvedka
ma’lumotlarini anglatadi.

Tasvirlar

Sun’iy yo‘ldoshlar, havo
platformalari, uchuvchisiz
uchish

apparatlari

yoki

boshqa shunga o‘xshash
vositalar

tomonidan

yaratilgan o‘xshashliklar.


background image

675

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Ushbu uch yo‘nalishning asosiy imkoniyatlari va mahsulotlari GEOINTning asosini tashkil

etadi. Shu bilan birga, tasvirlar, tasviriy razvedka va geofazoviy ma’lumotlar mustaqil elementlar

sifatida emas, balki o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi uchta komponent sifatida ko‘rib chiqiladi.

GEOINTning to‘liq potensiali ushbu komponentlarning integratsiyasi va kompleks tahlili

orqali amalga oshiriladi, bu esa boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yanada batafsil va

moslashtirilgan razvedka mahsulotlarini yaratishga imkon beradi. Geofazoviy ma’lumotlarga

misol sifatida masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va aholini ro‘yxatga olish

ma’lumotlari

(aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari geografik hudud bilan bog‘langanda)

keltirilishi mumkin.

Geofazoviy ma’lumotlarning ko‘rinishi uni qo‘lga kiritish uchun tanlangan geofazoviy

texnologiyaga qarab farq qiladi.

Geofazoviy texnologiya

deganda fazoviy yoki geografik

maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish, sharhlash va vizualizatsiya qilish uchun vositalar, texnikalar

va texnologiyalar toʻplami tushuniladi. Geografik axborot tizimlari (GIS), Global joylashishni

aniqlash tizimi (GPS) hamda masofadan zondlash geofazoviy texnologiyalarning asosiy tarkibiy

qismi hisoblanadi

2

.

GIS

geofazoviy texnologiyaning asosidir. Bu barcha turdagi fazoviy yoki geografik

ma’lumotlarni olish, saqlash, manipulyatsiya qilish, tahlil qilish va taqdim etish uchun

mo‘ljallangan dasturiy ta’minot tizimi.

GPS

– bu yerning istalgan nuqtasida joylashuvni aniq aniqlash imkonini beruvchi sun’iy

yo‘ldoshga asoslangan navigatsiya tizimi.

Masofadan zondlash

– bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy aloqasiz yer yuzasi haqida ma’lumot

to‘plashni o‘z ichiga oladi. Sun’iy yo‘ldoshlar va havo sensorlari tasvirlar va boshqa

ma’lumotlarni olib, yer qoplamini xaritalash va ofatlar monitoringi kabi ilovalarga hissa qo‘shadi.

2.

Rossiya va Ukraina qurolli konfliktida GEOINT amaliyoti tahlili

Rossiya va Ukraina qurolli mojarosida

geofazoviy razvedka

ma’lumotlaridan harbiy

maqsadlarda foydalanish, yuqori ijobiy natija bermoqda. Hozirda RFQK Bosh Shtabi tarkibida,

mazkur soha bilan shug‘ullanadigan 60 ga yaqin sun’iy yo‘ldoshlar imkoniyatlariga tayanuvchi

500 nafardan oshiq xodimlardan iborat markaz faoliyat yuritmoqda. Ukraina tomoni esa bu sohada

asosan G‘arbdagi hamkorlarining imkoniyatlariga tayanmoqda

(NATO ning 300 dan oshiq

hamda AQSHning 200 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlari imkoniyatlariga tayanuvchi GEOINT

2

Bruk Xan. “Introduction to geospatial technology: A beginner’s guide”.

https://www.birdi.io/blog-

post/introduction-to-geospatial-technology-a-beginners-guide

. 2024 yil 23 yanvar.


background image

676

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

organlari).

Shuningdek, mazkur zamonaviy razvedka usuli qarama-qarshilik kechayotgan

maydonda quyida ko‘rsatilgan turli maqsadlarda faol foydalanilmoqda:

-

razvedka ma’lumotlarini olish(joylashuvni aniqlash), tasdiqlash va muhim obyektlarni

kuzatish maqsadida

Ta’kidlash joizki, 2022-yil 24-fevral kuni Kaliforniya xalqaro tadqiqotlar instituti

professori J.Lyuis aynan geofazoviy razvedka manbasi hisoblangan “Google Maps” xaritasi

maʼlumotlarini kuzatish orqali, Ukraina chegarasi yaqinida harbiy texnika kolonnalarining zich

joylashgan tasvirlarini tahliliy baholab, Rossiya qo‘shinlari Ukraina chegarasini kesib o‘tishini,

V.Putin MHO haqida rasmiy eʼlon qilishdan bir necha soat oldin aniqlagan va asoslab bergan

3

.

G‘arb davlatlarining Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordami fonida, bir qator geofazoviy

razvedka kompaniyalari ukrainliklar manfaatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, AQSHning

Planet”

,

“Maxar Technologies”

,

“Starlink”

(200 dan ortiq tijorat sun’iy yo‘ldoshidan

ma’lumot oladi va tasvirlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh va Ukraina harbiy qo‘mondonligiga real vaqt

rejimida yuboradi)

va Finlyandiyaning

“ICEYE”

(“Ice Eye” – muz ko‘z)

kosmik kompaniyalari

Ukrainaning mudofaa qobiliyatini oshirishda hamda Rossiya qo‘shinlarining joylashuv joyi,

harakatlanish yo‘nalishi va rejalarini aniqlash, harbiy bo‘linmalar hamda fuqarolik

infratuzilmasiga yetkazilgan zararlar haqida sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etib muhim

yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Xususan, Finlyandiyaning “ICEYE” kosmik kompaniyasidan sotib olingan mikro sun’iy

yo‘ldoshdan ukrainaliklar mojaro maydonida samarali foydalangan. Ochiq manba ma’lumotlariga

asosan, 2022 yilda sotib olingan mazkur sun’iy yo‘ldosh mojaroning joriy davriga qadar,

ruslarning 370 ta aerodrom, 238 ta havo mudofaasi va radiotexnik razvedka pozitsiyalari, 153 ta

neft va yoqilg‘i omborlari, 147 ta boshqa turdagi omborlarini

(atom elektr stansiyalari,

aeroportlar, neft omborlari, port inshootlari va aloqa liniyalari kabi nozik qurilmalarni)

4700 dan

ortiq suratga olish imkonini bergan. Olingan razvedka ma’lumotlarining qariyb 40 % dan Rossiya

obyektlariga hujum uyushtirish uchun samarali foydalanilgan

4

.

Shuningdek, Amerikaning yerni kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshlar tizimini boshqaradigan

“Planet” kompaniyasi bosh direktori U.Marshallning ta’kidlashicha, “hozirda sun’iy yo‘ldosh

texnologiyasi tuproqning dastlabki 10 santimetri uchun yer osti suvlarini baholash imkonini

beradi”. Ushbu ma’lumotlar asosida harbiy kolonnalarning harakatlanish marshrutlarini xavfsiz

rejalashtirish mumkin. Mazkur kompaniyaning Ukraina bilan chuqur hamkorligini inobatga olsak,

taktik harakatlanishda ham GEOINT faol yordam berayotganini anglashimiz mumkin.

3

Romain Bosc. “Geospatial Technology’s Role in the Conflict in Ukraine”.

https://www.gmfus.org/news/geospatial-

technologys-role-conflict-ukraine

. 13.10.2022y.

4

Veronika

Melkozerova. “Ukraine’s ‘people’s satellite’ wreaks havoc on Russian targets”.

https://www.politico.eu/article/ukraine-satellite-russian-targets-crowdfunded-intelligence-hur/

. 01.06.2024y.


background image

677

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

2022-yil 26-fevralda Ukraina bo‘ylab keng tarqalgan internet uzilishlari ortidan, Ukraina

hukumati rasmiylari I.Maskdan “Starlink” terminallari bilan ta’minlashda yordam so‘rab murojaat

qilgan. Shundan so‘ng, mojaro hududida tijorat sun’iy yo‘ldoshlari xizmatlarining faolligi ortgan.

Internet aloqasi yomon va doimiy uzilishlarga ega bo‘lgan chekka hududlarda joylashgan Ukraina

harbiy qismlari “Starlink” terminalini 20 daqiqa ichida o‘rnatmoqda, bu esa dronlarni boshqarish

hamda ma’lumotlarni bo‘linmalar va markazlar o‘rtasida o‘z vaqtida yetkazishda muhim vositaga

aylangan.

-

yangi harbiy infratuzilma qurilishi va talofat qamrovini aniqlash maqsadida

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, mojaro taraflari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan

obyektlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Bularga qo‘shinlarning joylashuvi, qurollarning o‘t

ochish pozitsiyalari, aerodromlar, shuningdek, ushbu obyektlarni himoya qilish uchun qurilgan

muhandislik inshootlari, xandaklar va minalangan maydonlar kiradi. Ma’lumotlar tahlili shuni

ko‘rsatmoqdaki, Ukraina G‘arbdagi hamkorlarining yordami asosida bu imkoniyatlardan ruslarga

nisbatan samaraliroq foydalanmoqda. Yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh suratlari, ko‘pincha real

vaqt rejimida olingan ma’lumotlar, Ukrainaga qo‘shinlar harakatini kuzatishga, Rossiya

harakatlariga tezkor javob berishga va yuzaga keladigan tahdidlarni bartaraf etish uchun muhim

vaqtni yutishga imkon bermoqda. Bu esa faol jangovar harakatlar sharoitida sezilarli ustunlikni

ta’minlaydi.

Qurolli mojaro boshlangandan qisqa vaqt o‘tgach, 2022 yil dekabr oyiga qadar Ukraina,

AQShning sun’iy yo‘ldosh suratga olish kompaniyasi

«Planet Labs»

bilan hamkorlikda,

Rossiyaning 150 dan ortiq strategik ahamiyatga ega harbiy obyektlari haqida ma’lumotlar bazasini

yaratgan

5

. Ushbu ma’lumotlar ichida Qrimdagi 10 ta faol harbiy aerodromlarning sun’iy

yo‘ldoshdan olingan suratlari ham bor. Shuningdek, ommaga ochiq bo‘lgan ushbu tasvirlar ichida

Rossiya mudofaasi qanday tuzilganligini ko‘rsatuvchi, boshqaruv shtablari va logistika markazlari

haqida muhim ma’lumotlar taqdim etuvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ham mavjud.

-

kurashayotgan tomon zaif bo‘g‘inlarini aniqlash maqsadida

Logistika Rossiya armiyasining zaif bo‘g‘inidir. Barcha harbiy kampaniyalar logistikaga

tayanadi. Jang maydonida yoqilg‘isiz harbiy texnikalar hech qanday foyda keltirmaydi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi to‘liq miqyosli bosqinining dastlabki bosqichi tahlili shuni

ko‘rsatadiki, ko‘plab harbiy va avtomobil transport vositalari zarur resurslar yetkazib berishning

imkoni yo‘qligi sababli egallangan hududlarda tashlab ketilgan. Tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki,

ta’minotning yomon tashkil etilishi natijasida ko‘plab rus qo‘shinlari belgilangan maqsadlariga

yetib bora olmagan. Bunday holatning sabablari qatorida moddiy-texnik ta’minot tizimidagi

5

Ihor Tokar. “In Satellite Images Of Russian-Occupied Crimea, Experts Point To Potential Targets For

Ukraine”.

https://www.rferl.org/a/ukraine-crimea-satellite-russia-targets/32176768.html

. 14.12.2022y.


background image

678

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

korrupsiya, harbiy operatsiyalarni rejalashtirishdagi qo‘mondonlik xatolari va past darajadagi

muvofiqlashtirish kabi omillar qayd etiladi.

Biroq, asosiy sabab sifatida

Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya armiyasi logistikasini

buzishga qaratilgan operatsiyalari ajralib turadi

. G‘arbdagi hamkorlari tomonidan taqdim

etilgan sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga asoslangan ma’lumotlardan foydalanib, ukrainaliklar

ruslarning logistika infratuzilmasidagi zaif tomonlarini aniqlagan va yuqori aniqlikka ega qurollar

yordamida samarali zarbalar berishga muvaffaq bo‘lishgan

6

.

-

dezinformatsiya ma’lumotlarini rad etish maqsadida

2022-yilning aprel oyi boshida Rossiya tashqi ishlar vaziri S.Lavrov Rossiya qoʻshinlari

chiqib ketganidan keyin Ukrainaning Bucha shahrida topilgan jasadlar tasvirlari goʻyoki

“sahnalashtirilgani”ni daʼvo qildi. Biroq, ushbu daʼvo Gʻarb tahlilchilari tomonidan

“Maxar

Technologies”

kompaniyasi taqdim etgan sunʼiy yoʻldosh suratlariga asoslangan holda rad etildi.

Jumladan, 1-aprel kuni avtomobildan olingan videotasvirda yoʻlning ikki tomonida jasadlar

koʻrsatilgan edi. Ushbu tasvirlar 19-martdagi sunʼiy yoʻldosh suratlari bilan solishtirilganda,

jasadlar rus qoʻshinlari nazorati ostida boʻlgan vaqtdan boshlab oʻsha joylarda turgani aniqlangan.

Shunday qilib, GEOINT tahlillari Rossiya tomonidan ilgari surilgan dezinformatsiyani asossiz

ekanligini tasdiqladi va voqealarning rasmiy talqinidagi tafovutlarni ochib berdi

7

.

3.

Geofazoviy razvedkaning amalga oshirish bosqichlari

GEOINT tomonidan olib borilgan amaliyotlar tahliliga asosan ushbu usul olqari muhim

razvedka ma’lumotlarini olish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

1-bosqich:

Ma’lumotlar yig‘ish.

Turli xil vositalar, jumladan, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari,

aerofotosuratlar (masalan, dronlardan foydalanish), GPS qurilmalari va yerni o‘rganish orqali

amalga oshirilishi mumkin. Har bir usul har xil turdagi ma’lumotlarni taqdim etadi va bu

manbalarning kombinatsiyasi geofazoviy ma’lumotlarning aniqligini oshiradi.

2-bosqich:

Ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish.

Ma’lumotlar yig‘ilgandan so‘ng,

uni tozalash va tartibga solish uchun ishlov beriladi. Bu shuningdek, sayt yoki joylashuvni

yaxshiroq tushunish uchun tasvirlarni ortofotolar

(masshtab bir xil bo‘lishi uchun geometrik tarzda

tuzatilgan aerofotosurat yoki sun’iy yo‘ldosh tasviri)

kabi natijalarga birlashtirishni ham o‘z ichiga

olishi mumkin.

3-bosqich:

Vizualizatsiya.

Tahlildan so‘ng natijalar geofazoviy dasturlarda qayta

ishlanadi. Vizualizatsiya geofazoviy texnologiyaning muhim jihati hisoblanadi, chunki u

6

Denys Davydenko. “Lessons for the West: Russia’s military failures in Ukraine”.

https://ecfr.eu/article/lessons-for-

the-west-russias-military-failures-in-ukraine/

. Article. 11.08.2022y.

7

Ball & Tom. “Bucha killings: Satellite image of bodies site contradicts Russian claims”.

https://www.bbc.com/news/60981238

. Article. 11.04. 2022y.


background image

679

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

murakkab fazoviy ma’lumotlarni keng auditoriya uchun ochiq va tushunarli qiladi. Ushbu vizual

vakillik qaror qabul qilish jarayonlarida yordam beradi.

4-bosqich:

Qaror qabul qilish va harakat qilish.

Qarorlar tahlil qilingan va

vizuallashtirilgan geofazoviy ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Yangi operatsiyani

rejalashtirish, yetkazilgan zarar hajmini belgilash yoki tabiy ofatga javob berish imkoni mavjud

bo‘ladi. Geofazoviy texnologiya strategik qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

GEOINTning asosiy prinsipi

Yerning geografik joylashuvi bilan bog‘liq barcha mavjud

ma’lumotlarni tizimli ravishda tartibga solish va birlashtirish orqali rejalashtirish, favqulodda

vaziyatlarga javob berish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida samarali

foydalanish imkonini beruvchi analitik mahsulotlarni yaratishga qaratilgan.

Yuqorida keltirilgan bosqichlarining asosiy qismi hisoblanuvchu sun’iy yo‘ldosh

imkoniyatlari orqali ma’lumotlar almashish va yig‘ish jarayonini “Starlink” tizim arxitekturasi

yordamida ko‘rib chiqamiz. “Starlink” tizimi arxitekturasi

kosmik segment, yer segmenti va

foydalanuvchi segmentlarni

o‘z ichiga oladi.

Kosmik segment

quyi yer orbitasidagi og‘irligi

taxminan 260 kg bo‘lgan kichik, arzon sun’iy yo‘ldoshlar bo‘lib 5-7 yil xizmat qiladi. Ushbu

sun’iy yo‘ldosh foydalanuvchini internetga ulaydi.

Yer segmenti

tarmoqni boshqaradigan va sun’iy

yo‘ldoshlarga internet ulanishini ta’minlaydigan turli xil qurilmalarni o‘z ichiga oladi.

Foydalanuvchi segmenti

“Starlink” sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalangan holda internet

xizmatlaridan foydalanadigan hududni o‘z

ichiga oladi. Mazkur uch segment

imkoniyatlaridan majmuaviy faydalangan

ma’lumotlar ba’zasi shakillantirilib, qayta

ishlanib harbiy maqsadlarda foydalanish

uchun

qaror

qabul

qiluvchilarga

yetkazilmoqda

8

.

Shuni

ta’kidlash

lozimki,

zamonaviy “Starlink” sun’iy yo‘ldoshlari

tizimi

yer

yuzasining

tasvirlarini

radiochastota (RCh) spektrida olish

imkoniyatiga ega,

bu esa an’anaviy

fotosurat olish usullaridan sezilarli darajada farq qiladi. Radioto‘lqinlar, ko‘rinadigan yorug‘lik

kabi, elektromagnit nurlanishining bir turi hisoblanadi. Sun’iy yo‘ldoshdan yer yuzasiga uzatilgan

radioto‘lqinlar yerdagi ob’ektlar

8

Techplayon. “SpaceX – Starlink System Architecture for Internet”.

https://www.techplayon.com/starlink-

system-architecture/

. Article. 03.12.2024y.

2.2. “Starlink” tizim arxitekturasi chizmasi.


background image

680

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

va tuzilmalar bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Ushbu to‘lqinlarning ba’zilari so‘riladi, boshqalari esa

sun’iy yo‘ldosh tomon qaytariladi.

Sun’iy yo‘ldoshlarda radioto‘lqinlardan foydalanish turli sohalarda, jumladan masofaviy

zondlash, atrof-muhitni monitoring qilish, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik, mudofaa va

telekommunikatsiya sohalarida keng imkoniyatlar yaratadi. Bu esa yer yuzasi haqidagi qimmatli

ma’lumotlarni taqdim etish va vaqt o‘tishi bilan yuz berayotgan o‘zgarishlarni kuzatishda yordam

beradi

9

.

Xulosa

Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan xulosa qilishimiz mumkinki, geofazoviy

razvedka zamonaviy qurolli mojarolarda, shu jumladan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda

ham muhim rol o‘ynamoqda. Sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, geografik axborot tizimlari (GEO)

va masofadan zondlash usullari jangovar harakatlar dinamikasi haqida aniq va tezkor ma'lumot

olish imkonini bermoqda, bu esa strategik va taktikal qarorlarni qabul qilishda samaradorlikni

oshiradi. GEOINT harbiy operatsiyalarni rejalashtirish, qo‘shinlar harakatini kuzatish, strategik

jihatdan muhim ob’ektlarni aniqlash va dushman harakatlarini prognozlashda katta ahamiyat kasb

etmoqda.

Zamonaviy geofazoviy texnologiyalar axborot ustunligini oshirishga yordam bermoqda,

bu esa harbiy harakatlar muvaffaqiyatining asosiy omilidir. Ma'lumot olish tezligi va aniq bo‘lishi

muhim bo‘lgan sharoitda GEOINT xavflarni kamaytirish va tinch aholi xavfsizligini ta’minlashda

yordam beradi. GEOINTni boshqa razvedka usullari, masalan, OSINT bilan integratsiya qilish

imkoniyati esa ma’lumot to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha ko‘p qirrali tizimlar yaratish

imkoniyatlarini ochadi. Shu bilan birga, geofazoviy razvedka zamonaviy harbiy strategiyalarda

ajralmas element bo‘lib, harbiy operatsiyalarning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Shuni ta’kidlash joizki, Ukrainada Rossiya tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus harbiy

operatsiya, tijorat va davlat sun’iy yo‘ldoshlari hamda ochiq manbalar taqdim etayotgan

imkoniyatlarga asoslangan GEOINT kabi zamonaviy razvedka ma’lumotlarini olish usuli keng

ko‘lamli qo‘llanilgan birinchi qurolli mojarodir. Hozirda kurashayotgan har ikki tomon

bo‘linmalari, axborot maydonida mazkur razvedka usulidan kompleks holda foydalanib kelmoqda.

GEOINT taqdim etayotgan imkoniyatlarni maxfiy razvedka tarmog‘imizdan olgan ma’lumotlar

bilan birlashtira olinsa, yanada samarali kuchga ega bo‘linadi.

REFERENCES

9

Mashable News. “Elon Musk Shares Incredible Never-Before-Seen Image Of Earth From Starlink Satellite”.

Article. 10.05.2024y.


background image

681

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

1.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Kodeksi.

https://codes.findlaw.com/us/title-10-armed-

forces/10-usc-sect-467.html

. 10-sarlavhasi. Qurolli Kuchlar. 2006 yil nashri.

2.

Bruk Xan. “Introduction to geospatial technology: A beginner’s guide”.

https://www.birdi.io/blog-post/introduction-to-geospatial-technology-a-beginners-guide

.

Article. 2024 yil 23 yanvar.

3.

Romain Bosc. “Geospatial Technology’s Role in the Conflict in Ukraine”.

https://www.gmfus.org/news/geospatial-technologys-role-conflict-ukraine

.

Article.

13.10.2022y.

4.

Veronika Melkozerova. “Ukraine’s ‘people’s satellite’ wreaks havoc on Russian targets”.

https://www.politico.eu/article/ukraine-satellite-russian-targets-crowdfunded-

intelligence-hur/

. Article. 01.06.2024y.

5.

Ihor Tokar. “In Satellite Images Of Russian-Occupied Crimea, Experts Point To Potential

Targets

For

Ukraine”.

https://www.rferl.org/a/ukraine-crimea-satellite-russia-

targets/32176768.html

. Article. 14.12.2022y.

6.

Denys Davydenko. “Lessons for the West: Russia’s military failures in Ukraine”.

https://ecfr.eu/article/lessons-for-the-west-russias-military-failures-in-ukraine/

. Article.

11.08.2022y.

7.

Ball & Tom. “Bucha killings: Satellite image of bodies site contradicts Russian claims”.

https://www.bbc.com/news/60981238

. Article. 11.04. 2022y.

8.

Techplayon.

“SpaceX

Starlink

System

Architecture

for

Internet”.

https://www.techplayon.com/starlink-system-architecture/

. Article. 03.12.2024y.

9.

Mashable News. “Elon Musk Shares Incredible Never-Before-Seen Image Of Earth From

Starlink Satellite”. Article. 10.05.2024y.

10.

Санкт-Петербургская Школа Профессиональных Аналитиков. “Что такое OSINT? –

основные инструменты и методы”.

https://spspa.ru/chto-takoe-osint-osnovnye-

instrumenty-i-metody/

. Статья. 18.06.2023г.