Authors

  • Muhammadbobir Xakimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.64331

Keywords:

ochiq manbali razvedka geofazoviy razvedka sun’iy yo‘ldosh ommaviy manba strategik ob’ektlar sputnik aloqasi dezinformasiya maxsus harbiy operatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroda ochiq manbali razvedkaning an’anaviy razvedka usullari bilan integratsiya qilishning ahamiyati va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada OSINTning kelgusidagi harbiy mojarolarda qo‘llanilishining rivojlanish istiqbollari hamda bu texnologiyalarning strategik va taktikal qarorlar qabul qilishdagi ta’siri ham keltirilgan. Ishda OSINTning zamonaviy harbiy strategiyalardagi o‘sib borayotgan roli va uning axborot operatsiyalariga qo‘shgan katta hissasi ta’kidlangan.

background image

1222

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

ROSSIYA VA UKRAINA QUROLLI KONFLIKTIDA OCHIQ MANBALI

RAZVEDKANING O‘RNI HAMDA IMKONIYATLARI

Xakimov Muhammadbobir Sayfidinovich

Mustaqil izlanuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14787463

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroda ochiq

manbali razvedkaning an’anaviy razvedka usullari bilan integratsiya qilishning ahamiyati va

imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada OSINTning kelgusidagi harbiy mojarolarda

qo‘llanilishining rivojlanish istiqbollari hamda bu texnologiyalarning strategik va taktikal

qarorlar qabul qilishdagi ta’siri ham keltirilgan. Ishda OSINTning zamonaviy harbiy

strategiyalardagi o‘sib borayotgan roli va uning axborot operatsiyalariga qo‘shgan katta hissasi

ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

ochiq manbali razvedka, geofazoviy razvedka, sun’iy yo‘ldosh, ommaviy

manba, strategik ob’ektlar, sputnik aloqasi, dezinformasiya, maxsus harbiy operatsiya.

РОЛЬ И ПОТЕНЦИАЛ ОТКРЫТЫХ ИСТОЧНИКОВ РАЗВЕДЫВАТЕЛЬНОЙ

ИНФОРМАЦИИ В ВООРУЖЕННОМ КОНФЛИКТЕ МЕЖДУ РОССИЕЙ И

УКРАИНОЙ

Аннотация.

В этой статье анализируются важность и возможности интеграции

разведки открытых источников с традиционными методами разведки в контексте

вооружённого конфликта между Россией и Украиной. Также рассматриваются

перспективы применения OSINT в будущих военных конфликтах и влияние этих технологий

на принятие стратегических и тактических решений. В работе подчёркивается растущая

роль OSINT в современных военных стратегиях и его значительный вклад в

информационные операции.

Ключевые слова:

Открытые источники разведки, геопространственная разведка,

спутник, массовые источники, стратегические объекты, спутниковая связь,

дезинформация, специальная военная операция.

THE ROLE AND POTENTIAL OF OPEN-SOURCE INTELLIGENCE IN THE ARMED

CONFLICT BETWEEN RUSSIA AND UKRAINE

Abstract.

This article analyzes the importance and possibilities of integrating open source

intelligence (OSINT) with traditional intelligence methods in the context of the armed conflict

between Russia and Ukraine. It also discusses the prospects of using OSINT in future military

conflicts and the impact of these technologies on the strategic and tactical decision-making

process. The paper emphasizes the growing role of OSINT in modern military strategies and its

significant contribution to information operations.


background image

1223

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Key words:

Open source intelligence, geospatial intelligence, satellite, mass media

sources, strategic objects, satellite communication, disinformation, special military operation.

Kirish

Ochiq manbalardan foydalanish Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroda

zamonaviy axborot urushi va texnologik taraqqiyot sharoitida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.

Axborotning keng tarqalishi sharoitida OSINT

(Open Source Intelligence)

muhim

razvedka vositasi bo‘lib, tomonlarga dushman hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish zaruriyatisiz

qimmatli ma’lumotlar olish imkonini beradi. Ochiq manbalar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy

yo‘ldoshlar tomonidan olingan tasvirlar va onlayn platformalar, operatsion vaziyatni tahlil qilish

va dushman harakatlarini prognozlashda asosiy elementlarga aylangan.

OSINTdan foydalanishning asosiy jihatlaridan biri — tomonlarga taktik va strategik

vaziyatdagi o‘zgarishlarga tezkor javob berish, zaif nuqtalarni aniqlash va ta’sir qilish uchun

maqsadlarni belgilash imkoniyatini yaratishidir. Sun’iy yo‘ldoshlar tasvirlari va ijtimoiy

tarmoqlardagi e’lonlar orqali olingan ma’lumotlar, qo‘shinlarning harakatini, harbiy texnikaning

joylashuvini va jangovar vaziyatni aniqlashga yordam beradi, bu esa nafaqat harbiy operatsiyalarni

yaxshilash, balki dushmanning ruhiy holatiga ham ta’sir qiladi.

OSINT razvedka ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish va tarqatish usullari sohasida sezilarli

o‘zgarishlarga olib keldi. Uning harbiy harakatlarga integratsiyasi jang maydonini kompleks

ravishda tahlil qilish imkonini beradi. Agar GEOINT

(Geospatial Intelligence)

aniqlik va

chuqurlikni ta’minlasa, OSINT tezkorlik va jamoatchilik fikrini jalb qilishda samarali bo‘lishi

bilan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar ularni bir-birini to‘ldiruvchi razvedka vositasiga aylantirdi.

Quyida ushbu zamonaviy harbiy razvedka usulining mohiyatiga to‘xtalamiz:

1.

OSINT mohiyati, qo‘llash amaliyoti va imkoniyatlari:

Ta’kidlab o‘tish joizki, geofazoviy razvedka OSINTning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘z

navbatida Ukrainadagi MHOni kuzatishda muhim rol o‘ynamoqda. OSINT zamonaviy urushning

yana bir muhim elementidir, chunki u dushmanga yashirinish uchun minimal imkoniyatlarni

qoldiradi. OSINT tarixi 1941 yil dekabr oyida AQShda xorijiy eshittirishlarni o‘rganish uchun

Xorijiy eshittirishlarni monitoring qilish xizmati

(FBMS- Foreign Broadcast Monitoring Service)

tashkil etilganidan boshlanadi. XXI-asrning boshlarida havaskor ishqibozlar ochiq manbali

razvedka bilan shug‘ullana boshladilar. Ushbu turdagi birinchi guruhlardan biri 2014 yilda E.

Xiggins tomonidan asos solingan, Buyuk Britaniyaning ochiq manbali tadqiqotga asoslanadigan

mustaqil tergov kompaniyasi

“Bellingcat”

hisoblanadi.


background image

1224

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Ochiq manbali razvedka

– bu umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan manbalardan

razvedka ma’lumotlarini qidirish, to‘plash va saralash, shuningdek, uni tahlil qilish hamda

tizimlashtirishni o‘z ichiga olgan razvedka usulidir

1

.

Ochiq manbali razvedka hech qanday qonunlarni buzmaydi, chunki u umumiy foydalanish

uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanadi. OSINTning an’anaviy razvedka usullaridan

asosiy ustunliklaridan biri uning iqtisodiy samaradorligi(arzonligi) va kirish talablarining

pastligidir. Muhim ma’lumotlarga ega bo‘lish endi qimmatbaho josuslik uskunalari yoki xorijdagi

agentlar tarmog‘idan foydalanishni talab qilmaydi; bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun

kompyuter texnologiyalari va maxsus dasturiy ta’minot yetarli.

OSINT ning asosiy ma’lumot olish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

-

Ommaviy axborot vositalari

- gazetalar, jurnallar, radio, televidenie;

-

Internet, xususan, veb-jamiyatlar va foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontent

-

ijtimoiy tarmoqlar, video hosting saytlari, wiki-kataloglar, bloglar, veb-forumlar;

-

Davlat hukumati hisobotlari

, byudjetlar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar, demografiya,

matbuot anjumani materiallari, turli ommaviy bayonotlar;

-

Kuzatishlar

- radiomonitoring, masofaviy zondlash ma’lumotlaridan foydalanish va

aerofotograflar (masalan, Google Earth).

-

Professional va akademik hisobotlar

, konferentsiyalar, maqolalar, shu jumladan

“kulrang” deb tasniflangan

(An’anaviy nashriyot va tarqatish kanallaridan tashqarida ishlab

chiqarilgan ma’lumot. Hisobotlar, siyosiy adabiyotlar, ishchi hujjatlar, axborot byulletenlari,

hukumat hujjatlari, nutqlar)

adabiyotlar

2

.

Mazkur ochiq manbalardan olingan ma’lumotlar mudofaa va xavfsizlik sohalarida

qo‘llanilganda, avvalo, obyektlarni relef bilan bog‘lash, havo va artilleriya zarbalarining

samaradorligini tasdiqlash, infratuzilma holatini baholash hamda harbiy bo‘linmalarning

joylashuv joyini aniqlash uchun ishlatiladi.

Ochiq manbali razvedkada qo‘llaniladigan barcha usullar va vositalarni

passiv

va

faol

toifaga bo‘lish mumkin.

Passiv usul va vositalar

– obyekt haqida umumiy ma’lumot olish imkonini beradi. Bu

ma’lumotlar qo‘lda yoki ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilishni soddalashtiradigan

maxsus xizmatlar va vositalar yordamida to‘planadi. Amalda, kompyuter va internetga kirish

imkoniga ega bo‘lgan har bir kishi passiv veb-razvedka bilan shug‘ullanishi mumkin.

1

Перминов Геннадий. “OSINT: Разведка по открытым источникам”.

https://rtmtech.ru/services/osint/

. Статья.

2023г.

2

Mark

M.

Lowenthal.

“Intelligence:

From

Secrets

to

Policy”.

https://books.google.co.uz/books/about/Intelligence_From_Secrets_to_Policy.html?id=xNBbYNt3JJ0C&redir_esc=
y

. 2012y. 110 p.


background image

1225

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Passiv usullarga quyidagilar kiradi:

– ochiq qidiruv tizimlaridan ma’lumotlarni (shu jumladan fotosuratlardan) to‘plash;

– ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar va boshqa virtual platformalardagi foydalanuvchi

faolligini tahlil qilish;

–ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda foydalanuvchilarning ochiq shaxsiy ma’lumotlarini

qidirish;

– qidiruv tizimlarida, internet arxivlarida saytlarning saqlangan nusxalarini ko‘rish;

– Google Maps yoki Yandex.Maps kabi hammaga ochiq resurslardan foydalangan holda

geolokatsiya ma’lumotlarini olish

3

.

Faol usul va vositalar.

Ushbu usullar tahlilchining o‘rganilayotgan obyektga bevosita

ta’sir ko‘rsatishini, ma’lumotlarni yig‘ish uchun maxsus vositalardan foydalanishni yoki aniq

harakatlar va protseduralarni talab qiladigan amallarni bajarishni nazarda tutadi.

Faol usullarga quyidagilar kiradi:

–kirish faqat obuna orqali mumkin bo‘lgan yopiq resurslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni

to‘plash;

–o‘rganilayotgan obyektga faol ta’sir ko‘rsatadigan maxsus xizmatlar va dasturlardan

foydalanish. Masalan, ular avtomatik ravishda veb-saytda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

–soxta veb-resurslarni, foydalanuvchi ma’lumotlarini yoki maxfiy ma’lumotlarni

to‘playdigan messenjer kanallarini yaratish.

Muxtasar qilib aytganda, OSINT kontekstida passiv usullar ochiq va mavjud manbalardan

umumiy ma’lumotlarni yig‘ishga qaratilgan bo‘lib, ular obyekt haqidagi aniq ma’lumotlarni olish

uchun faol usullar qo‘llanilishidan oldin ishlatiladi.

Rossiya va Ukraina qurolli konfliktida qo‘llanilayotgan yuqorida o‘ziga xos jihatlari

yoritilgan zamonaviy harbiy razvedka usuli OSINTni O‘RQK MVda qo‘llashning joriy holatiga

to‘xtalsak:

2.

Rossiya va Ukraina qurolli konfliktida OSINT amaliyoti tahlili

G‘arb harbiy ekspertlarining fikrlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina qurolli mojarosida qaror

qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning 80 – 90 %ni

ochiq manbali razvedka

orqali

olinayotganligi ta’kidlanmoqda. O‘z navbatida

OSINT

ning an’anaviy razvedka usullaridan

afzalliklari bu uning

arzonligi va kirish chegarasining

pastligidir

. Qurolli mojaro davom etar

ekan, har ikki tomon askarlari ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda.

3

SKILLFACTORY media lug‘ati. “OSINT”.

https://blog.skillfactory.ru/glossary/osint/

. 27.05.2024y.


background image

1226

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Turli platformalardagi postlarni kuzatish orqali ko‘plab harbiy bo‘linmalarning taxminiy

joylashuv joyini aniqlash va jangovar holati haqida razvedka ma’lumotlarini olish hamda ularni

yakson qilish imkoni mavjuddir.

Xususan, qurolli mojaro boshlanishidan bir necha kun oldin, 2022-yil 17-fevral kuni

Rossiya o‘z qurolli bo‘linmalarini Ukraina chegaralaridan uzoqroqqa joylashtirishni boshlagan.

Bu harakatlarni AQSHning

“Ochiq manba hamjamiyati”

qisqa fursatda fosh qilgan.

Hamjamiyat nafaqat qo‘shinlar o‘z pozitsiyalaridan ortga qaytmaganini, balki MHO

rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘z qo‘shinlarini qayta joylashtirishga urinish

ekanligini aniqlagan va Ukrainani mazkur ma’lumotlar bilan ta’minlagan

4

. Shuningdek, mazkur

zamonaviy razvedka usulidan kurashayotgan tomonlar quyida ko‘rsatilgan maqsadlarda keng

foydalanmoqda:

-

тishonlarni aniqlash va aniq zarbalar berish maqsadida

MHOning dastlabki davrida Ukraina harbiy razvedkasi, o‘z fuqarolaridan

“ommaviy

manba”

sifatida samarali foydalandi. Ulardan o‘zlari istiqomat qilayotgan hududlarda rus

harbiylari amalga oshirayotgan hujumlar haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot berishlari

haqida targ‘ibot yuritgan. Natijada, 2022-yil 27-fevral kuni Ukraina fuqarolari tomonidan uyali

aloqa vositalari orqali Rossiya qo‘shinlari harbiy kolonnalarining harakati tasvirga olingan hamda

“Twitter” va “TikTok” ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan. Mazkur ma’lumot asosida Rossiya

harbiy kolonnasi, Kiyev viloyatining Bucha shahri yaqinida Ukraina harbiylarining og‘ir talofatli

hujumiga uchragan.

Shunga qaramasdan, 2022-yil 12-oktyabr kuni rossiyalik harbiy xizmatchi A.Lebedev

“VKontakte”

ijtimoiy tarmog‘ida harbiy kiyimdagi suratini joylashtirgan. Bu surat Molfarning

(

“Molfar”-

bu Ukrainaning OSINT agentligi, 2019-yil tashkil etilgan, 56 xodimi bilan ochiq

manbali tekshiruvlar olib boradi. Ayni paytda 39 mamlakatda xususiy razvedka xizmatlarini

taqdim etadi)

OSINT bo‘limi tahlilchisi orqali o‘rganilib, Rossiya qurolli kuchlarining Donetsk

viloyati janubidagi Svobodnoye qishlog‘ida joylashgan o‘quv bazasi aniqlanib, yakson qilingan

5

.

Qurolli mojaro boshlangandan so‘ng, Ukrainada ko‘plab yangi OSINTga asoslangan

“Ukraina raqamli tekshirish laboratoriyasi”

,

“Ukraina uchun OSINT”

,

“Ukraina qurollarini

kuzatuvchisi”

va

“Shimoliy Atlantika Fellas”

kabi kompaniyalar tashkil etildi. Cheklangan

resurslarga ega bo‘lishiga qaramay, ular ochiq manba tekshiruvlarini olib boradi, bu ularga

Rossiya qo‘shinlari haqida qimmatli razvedka ma’lumotlarini olishga imkon beradi.

4

Jim

Xokkenxull.

“How

open-source

intelligence

has

shaped

the

Russia-Ukraine

war”.

https://www.gov.uk/government/speeches/how-open-source-intelligence-has-shaped-the-russia-ukraine-war

.

09.12.2022y.

5

War Data. “OSINT technology has transformed modern warfare into a ‘people’s warfare’, so that now anyone with

an Internet connection can take part”.

https://re-russia.net/en/review/206/

. 10.03.2023y.


background image

1227

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

O‘z o‘rnida, Rossiya Ukrainaning “1+1” telekanali 2022-yil 16-aprel kuni efirga uzatilgan

reportajida ko‘rsatilgan “Kiyev zirhli avtomobil zavodi” joylashuv o‘rni aniqlangan va ushbu

obyektga raketa zarbasini bergan. Mazkur holatdan so‘ng, Ukraina QK Bosh Qo‘mondoni harbiy

holat davrida jurnalistlar rioya etishi shart bo‘lgan talablarni belgilovchi qonun chiqargan.

Unga ko‘ra jurnalistlar o‘qqa tutilgan joylardan materiallarni kamida 12 soat kechikish

bilan chop etishlari hamda suratga olishda harbiylar bilan yaqindan hamkorlik qilishlari

belgilangan.

-

urush jinoyatlarini hujjatlashtirish maqsadida

Urush jinoyatlarini hujjatlashtirish zamonaviy mojarolar sharoitida OSINT qo‘llaniladigan

muhim sohalardan biriga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlardan mojaroning har ikki tomonidagi harbiylar

faol foydalanishi natijasida ba’zi tahlilchilar ushbu mojaroni “birinchi ijtimoiy media urushi” deb

atashdi. Telegram, YouTube va Facebook kabi ijtimoiy media platformalarida tasvir va

videolarning keng tarqalishi urush tumanini ilgari ko‘rilmagan darajada ko‘tardi. Ijtimoiy

tarmoqlar xalqaro huquqning jiddiy buzilishini qayd etuvchi ko‘plab tasviriy dalillar manbaiga

aylandi. Ukrainadagi OSINTga asoslangan guruh –

“Ukrainadagi urush jinoyatlarini

hujjatlashtirishga yo‘naltirilgan universitet talabalari va yosh mutaxassislar”

jamoasi

noqonuniy faoliyat holatlarini tekshirish va qayd etish maqsadida katta miqdordagi ommaviy

ma’lumotlarni to‘plashdi

6

. Hozirda xalqaro va gumanitar huquq cheklangan darajada

qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, OSINT yordamida yig‘ilgan dalillar mojaro yakunlanganidan keyin

urush jinoyatlarini tergov qilish va javobgarlikka tortish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi

mumkin.

-

mavjud razvedka imkoniyatlarini oshirish maqsadida

OSINT Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan mojaro sharoitida joriy razvedka

imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshiladi. Mojaro maydonida fuqarolarning ishtirok etishi

amalda

“har bir fuqaro va har bir telefon muhim razvedka manbasiga aylanganini anglatadi”.

Mazkur jarayonda ishtirok etayotgan fuqorolarning huquqiy pozitsiyasi bilan bog‘liq halqaro

qonunchilikda ba’zi taqiqlar mavjud, ammo milliy omon qolish urushi kontekstida Ukraina

jamoatchiligi o‘z yordamlarini ayamay qaror qabul qiluvchilarga ustunlikni ta’minlashga juda

sodiqlik ko‘rsatmoqda

7

. Ochiq manbalar orqali olingan ma’lumotlar real vaqt rejimida tahlil

qilinib, strategik ustunlikka erishishga yordam bermoqda.

6

Aleksandr

Geyl.

“The

Role

of

Open-Source

Intelligence

in

the

War

in

Ukraine”.

https://moderndiplomacy.eu/2023/05/17/the-role-of-open-source-intelligence-in-the-war-in-ukraine/

. 17.05.2023y.

7

Jim

Xokkenxull.

“How

open-source

intelligence

has

shaped

the

Russia-Ukraine

war”.

https://www.gov.uk/government/speeches/how-open-source-intelligence-has-shaped-the-russia-ukraine-war

.

9.12.2022y.


background image

1228

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

OSINT an’anaviy razvedka turlarini (HUMINT, SIGINT, IMINT) to‘ldirgan holda,

mojarodagi murakkab sharoitlarda tezkor va samarali harakat qilish imkonini bermoqda.

OSINTning ochiqligi va tezkorligi uni zamonaviy qurolli mojarolar maydonida muhim

kuch ko‘paytiruvchi omilga aylandi.

-

jamoatchilik fikrini boshqarish maqsadida

Ta’kidlash joizki, ochiq manbalar asosidagi razvedka nafaqat Ukrainaga xalqaro yordamni

oshirishga, balki ukrainaliklarning Rossiyaga qarshi kurashdagi ichki birdamligini

mustahkamlashga ham sezilarli hissa qo‘shdi. OSINT rus armiyasining muvaffaqiyatsizliklari va

ukrainaliklarning muvaffaqiyatlarini oshkor qildi, bu ukrainaliklarga tajovuzkor kuchlarga qarshi

kurashish imkoniyati borligiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirdi. Ushbu omil ukrainaliklarning

milliy o‘ziga xosligini kuchaytirib, Rossiyaga qarshi kurashda muhim rol o‘ynadi.

Shuningdek, ochiq manbalar asosidagi razvedka ta’siri Rossiya rasmiylari e’tiboridan

chetda qolmadi. Rossiya hukumati Ukrainadagi axborot maydonini nazorat qilish bo‘yicha

harakatlarni kuchaytirdi. Bu ba’zan telekommunikatsiya infratuzilmasini vayron qilish yoki

o‘chirib qo‘yish orqali amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra, Ukrainadagi telekommunikatsiya

infratuzilmasining taxminan 20 foizi Rossiya tomonidan shikastlangan

8

. Bundan tashqari, Rossiya

Ukraina telekommunikatsiya tarmog‘ini Rossiya internet provayderlari orqali o‘tkazish

amaliyotini joriy etdi. Bu esa Rossiya hukumatiga elektron pochta xabarlari, matnli xabarlar va

boshqa aloqalarni kuzatish imkonini beradi. Ushbu choralar ochiq manbalar asosidagi

ma’lumotlarning tarqalishini cheklashga va ularning ta’sirini pasaytirishga qaratilgan.

3.

Ochiq manbali razvedkaning amalga oshirish bosqichlari

OSINT maxfiy manbalarga asoslangan razvedka ma’lumotlarini yig‘ishning an’anaviy

usullaridan farqli ravishda, faqat ommaga ochiq bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va

tarqatish jarayonini o‘z ichiga oladi. Ushbu ma’lumot onlayn va oflayn manbalardan olinishi

mumkin. OSINT sikli quydagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich:

Rejalashtirish va yo‘nalishni aniqlash.

OSINT siklidagi birinchi qadam

maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ustuvorliklar va talablarni ishlab chiqishni nazarda

tutadi. Ushbu bosqichda tahlilchilar kerakli ma’lumot turlarini, mos manbalarni aniqlash usullarini

va to‘plangan ma’lumotlardan kutilyotgan natijalarni aniq belgilab olishlari lozim. Ushbu

bosqichning to‘g‘ri bajarilishi OSINT jarayonining keyingi bosqichlaridagi samaradorlik va

natijadorlikni ta’minlaydi.

2-bosqich:

Ma’lumotlarni to‘plash.

To‘g‘ri rejalashtirish bosqichi yakunlangandan so‘ng,

OSINT ma’lumotlarini yig‘ish jarayoni boshlanadi. OSINT manbalari internetda erkin foydalanish

8

Vanessa Smit-Boyl. “How OSINT Has Shaped the War in Ukraine”.

https://www.americansecurityproject.org/osint-

in-ukraine/

. 22.06.2022y.


background image

1229

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

mumkin bo‘lgan har qanday materiallarni o‘z ichiga oladi. Tahlilchilar o‘z oldiga qo‘yilgan

maqsadlarga erishish uchun eng mos keladigan vosita va resurslardan foydalanadilar.

3-bosqich:

Qayta ishlash va ekspluatasiya qilish.

Zaruriy ma’lumotlar yig‘ib olingandan

so‘ng, ular qayta ishlanadi. Ushbu bosqichda olingan kontent soddalashtiriladi va dastlabki qayta

ishlash jarayoni orqali mantiqiy bog‘liq tizimga keltiriladi, bu esa ma’lumotni qabul qiluvchi

uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.

4-bosqich:

Tahlil qilish va ishlab chiqarish.

Yig‘ilgan ma’lumotlar dastlabki qayta

ishlashdan so‘ng tajribali tahlilchi tomonidan chuqur tahlil qilinadi. Bu OSINT siklida hal qiluvchi

bosqich hisoblanadi, chunki u tahlilchilarga voqealarni sharhlash, tizimlashtirish, asosiy

bog‘liqliklarni aniqlash va taxminlar qilish imkonini beradi, bu esa oldiga qo‘yilgan vazifalarni

bajarishga yordam beradi. Ushbu bosqichda tahlilchilar o‘z tahlil qilgan ma’lumotlarini

buyurtmachi tomonidan qabul qilinadigan batafsil hujjat yoki taqdimot shaklidagi yakuniy

mahsulotga aylantiradilar.

5-bosqich:

Taqdim qilish va integratsiya.

OSINT siklining yakuniy bosqichi tahlil

qilingan yakuniy mahsulotni tegishli manfaatdor buyurtmachiga yetkazishni o‘z ichiga oladi.

Qaror qabul qiluvchining keyingi ko‘rsatmalariga asosan tahlilchilar OSINT siklini qayta

boshlashlari yoki davom ettirishlari mumkin

9

. Yuqorida keltirilgan ochiq manbali razvedka olib

borish bosqichlarini to‘g‘ri tartib-qoidalariga rioya qilgan holda olib borish tadqiqot va

tekshiruvlarniing muvaffaqiyatini kafolatlaydi.

Smartfonlar ochiq ma’lumotlarni almashishning asosiy va keng tarqalgan vositasidir. Bu

qurilmalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan va Ukrainadagi qurolli mojaroda

ishtirok etayotgan harbiylar ham ulardan faol foydalanmoqda. Ammo jang maydonida

smartfonlardan foydalanish xavflidir, chunki ular doimiy ravishda dushman tomonidan kuzatilishi

va joylashuv haqida signal olish uchun muhim qurilmalardir. Harbiylarning mobil telefonlarini

kuzatishning ikkita asosiy usuli mavjud:

-

Signal razvedkasi (SIGINT) orqali kuzatish. Bu elektron signallarni, shu jumladan uyali

aloqa, GPS va boshqa turdagi signallarni ushlash va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.

-

Tasvir razvedkasi (IMINT) orqali kuzatish. Bu havo razvedkasi fotosuratlari va sun’iy

yo‘ldosh tasvirlari orqali olingan razvedka ma’lumotlaridir. Tasvirlardagi razvedka belgilari

asosida harbiylarning joylashuvi aniqlanadi.

Jang maydonida telefonlar qanday kuzatiladi? Buni quyida Rossiya va Ukraina qurolli

mojarosida qo‘llanilayotgan smatrfonlarni kuzatish usuli misolida ko‘rib chiqamiz:

9

“Ntrepid” AQSHning kiberxavfsizlik kompaniyasi “ What are the 5 steps of OSINT?”

https://ntrepidcorp.com/case-studies/breaking-down-the-osint-cycle/

. 22.12.2020y.


background image

1230

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, rossiyaliklar Ukraina harbiy bo‘linmalarining

joylashuvlarini aniqlash uchun

ikki

dron

va

bitta

yuk

mashinasidan iborat bo‘lgan

“Leer-3”

elektron

urush

tizimidan foydalanmoqda. Ushbu

tizim 6 km (3,7 mil) masofada

2000

dan

ortiq

mobil

telefonlardan signal qabul qilishi

mumkin, bu esa dushmanning

ko‘plab pozitsiyalarini aniqlash

imkonini beradi. Tizim quyidagi

bosqichlarda ishlaydi

10

:

1-bosqich.

Dronlar va yuk mashinalari ichida joylashtirilgan, telefon ustuniga taqlid

qiluvchi uyali sayt simulyatorlari deb ataladigan qurilmalar jang maydoniga yuboriladi, ular yaqin

atrofdagi telefonlardan kelayotgan signalni ushlaydi;

2-bosqich.

Simulyatorlar telefonlarni aldab, jang maydonidagi bir nechta telefonlardan

kelgan signalning kuchi va yo‘nalishini aniqlaydi va ma’lumotlarni boshqaruv punktiga yuboradi;

3-bosqich.

Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish orqali signal turli nuqtalar bilan kuchli yoki

kuchsiz bog‘langanligiga qarab telefonlarning joylashuvi aniqlanadi va o‘sha nuqtaga artilleriya

zarbasi yuboriladi.

Xulosa

Yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan xulosa qilishimiz mumkinki, Ukrainada Rossiya

tomonidan o‘tkazilayotgan maxsus harbiy operatsiya, tijorat va davlat sun’iy yo‘ldoshlari hamda

ochiq manbalar taqdim etayotgan imkoniyatlarga asoslangan OSINT kabi zamonaviy razvedka

ma’lumotlarini olish usuli keng ko‘lamli qo‘llanilgan birinchi qurolli mojarodir. Hozirda

kurashayotgan har ikki tomon bo‘linmalari, axborot maydonida mazkur razvedka usulidan

kompleks holda foydalanib kelmoqda.

Rossiya va Ukraina qurolli mojarosida ochiq manbalardan foydalanish, kurashuvchi

tomonlarning razvedka ma’lumotlarini olish imkoniyatlarini oshiruvchi vositaga aylangan. Ya’ni

qurolli mojaro hududida fuqarolarning ishtiroki amalda har bir shaxs

(har bir shaxsiy telefon)

va

platforma real vaqt rejimida ishonchli ma’lumotlarni yetkazuvchi razvedka manbasiga

10

Kiran Devin. “Ukraine war: Mobile networks being weaponised to target troops on both sides of conflict”.

https://news.sky.com/story/ukraine-war-mobile-networks-being-weaponised-to-target-troops-on-both-sides-of-
conflict-12577595

. 04.01.2023y.

2.3. Leer-3 elektron urush tizimidan foydalanish

chizmasi.


background image

1231

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

aylanganligini anglatadi. Dunyo bo‘ylab har soniyada 127 ta yangi qurilma internetga ulanishini

inobatga olsak, ushbu tijorat tarmoqlarini to‘liq nazorat qilish imkoni hozirda mavjud emas.

Aynan mazkur holat Ukraina QKlariga to‘qnashuvning dastlabki davrida, ma’lumot

ustunligini bergan razvedkaning muhim zamonaviy usuli bo‘lganligini ta’kidlashimiz mumkin.

Ukrainadagi qurolli mojaroda ochiq manbali razvedkadan kompleks holda foydalanish,

kelgusida razvedka mutaxassislari va qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun mazkur tarmoqlarda

muhim tajriba maydoniga aylanishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, qachonki biz OSINT taqdim

etayotgan imkoniyatlarni maxfiy razvedka tarmog‘imizdan olgan ma’lumotlar bilan birlashtira

olsak, haqiqiy kuchga ega bo‘lamiz. Shunday qilib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro

sharoitida OSINTni qo‘llash zamonaviy harbiy strategiyaning ajralmas qismiga aylanadi va

samarali va xolis qarorlar qabul qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda

REFERENCES

1.

Перминов

Геннадий.

“OSINT:

Разведка

по

открытым

источникам”.

https://rtmtech.ru/services/osint/

. Статья. 2023г.

2.

Mark

M.

Lowenthal.

“Intelligence:

From

Secrets

to

Policy”.

https://www.amazon.com/Intelligence-Secrets-Mark-M-Lowenthal/dp/

1544325-061

.

2012y. 110 p.

3.

SKILLFACTORY media lug‘ati. “OSINT”.

https://blog.skillfactory.ru/glossary/osint/

.

27.05.2024y.

4.

Jim Xokkenxull. “How open-source intelligence has shaped the Russia-Ukraine war”.

https://www.gov.uk/government/speeches/how-open-source-intelligence-has-shaped-the-

russia-ukraine-war

. Article. 09.12.2022y.

5.

War Data. “OSINT technology has transformed modern warfare into a “people’s warfare”,

so that now anyone with an Internet connection can take part”.

https://re-

russia.net/en/review/206/

. Article.10.03.2023y.

6.

Aleksandr Geyl. “The Role of Open-Source Intelligence in the War in Ukraine”.

https://moderndiplomacy.eu/2023/05/17/the-role-of-open-source-intelligence-in-the-war-

in-ukraine/

. Article. 17.05.2023y.

7.

Jim Xokkenxull. “How open-source intelligence has shaped the Russia-Ukraine war”.

https://www.gov.uk/government/speeches/how-open-source-intelligence-has-shaped-the-

russia-ukraine-war

. Article. 9.12.2022y.

8.

Vanessa

Smit-Boyl.

“How OSINT Has Shaped the War in Ukraine”.

https://www.americansecurityproject.org/osint-in-ukraine/

. Article. 22.06.2022y.


background image

1232

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1

9.

“Ntrepid” AQSHning kiberxavfsizlik kompaniyasi “ What are the 5 steps of OSINT?”

https://ntrepidcorp.com/case-studies/breaking-down-the-osint-cycle/

. Article. 22.12.2020y.

10.

Kiran Devin. “Ukraine war: Mobile networks being weaponised to target troops on both

sides

of

conflict”.

https://news.sky.com/story/ukraine-war-mobile-networks-being-

weaponised-to-target-troops-on-both-sides-of-conflict-12577595

. Article. 04.01.2023y.

References

Перминов Геннадий. “OSINT: Разведка по открытым источникам”. https://rtmtech.ru/services/osint/. Статья. 2023г.

Mark M. Lowenthal. “Intelligence: From Secrets to Policy”. https://www.amazon.com/Intelligence-Secrets-Mark-M-Lowenthal/dp/ 1544325-061. 2012y. 110 p.

SKILLFACTORY media lug‘ati. “OSINT”. https://blog.skillfactory.ru/glossary/osint/. 27.05.2024y.

Jim Xokkenxull. “How open-source intelligence has shaped the Russia-Ukraine war”. https://www.gov.uk/government/speeches/how-open-source-intelligence-has-shaped-the-russia-ukraine-war. Article. 09.12.2022y.

War Data. “OSINT technology has transformed modern warfare into a “people’s warfare”, so that now anyone with an Internet connection can take part”. https://re-russia.net/en/review/206/. Article.10.03.2023y.

Aleksandr Geyl. “The Role of Open-Source Intelligence in the War in Ukraine”. https://moderndiplomacy.eu/2023/05/17/the-role-of-open-source-intelligence-in-the-war-in-ukraine/. Article. 17.05.2023y.

Jim Xokkenxull. “How open-source intelligence has shaped the Russia-Ukraine war”. https://www.gov.uk/government/speeches/how-open-source-intelligence-has-shaped-the-russia-ukraine-war. Article. 9.12.2022y.

Vanessa Smit-Boyl. “How OSINT Has Shaped the War in Ukraine”. https://www.americansecurityproject.org/osint-in-ukraine/. Article. 22.06.2022y.

“Ntrepid” AQSHning kiberxavfsizlik kompaniyasi “ What are the 5 steps of OSINT?” https://ntrepidcorp.com/case-studies/breaking-down-the-osint-cycle/. Article. 22.12.2020y.

Kiran Devin. “Ukraine war: Mobile networks being weaponised to target troops on both sides of conflict”. https://news.sky.com/story/ukraine-war-mobile-networks-being-weaponised-to-target-troops-on-both-sides-of-conflict-12577595. Article. 04.01.2023y.