Authors

  • Muhammadbobir Xakimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33274

Abstract

This article talks about the tactics used by a private military company in the Russia-Ukraine armed conflict. The main content of the article is revealed on the example of "Wagner" KHK.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1082

ROSSIYA-UKRAINA QUROLLI MOJAROSIDA XUSUSIY HARBIY KOMPANIYA

QO‘LLAYOTGAN TAKTIKALAR XUSUSIDA

(“VAGNER” XHK MISOLIDA)

Xakimov Muhammadbobir Sayfidinovich

Mustaqil tadqiqotchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11287555

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Rossiya-Ukraina qurolli mojarosida xususiy harbiy

kompaniya qo‘llayotgan taktikalar xususida so’z boradi. Maqola asosiy mazmuni “Vagner” XHK
misolida ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

qurolli mojarosi, Rossiya-Ukraina, Vagner guruhi, rus qo‘mondonligi,

yollanma askarlar.

REGARDING THE TACTICS USED BY A PRIVATE MILITARY COMPANY IN THE

RUSSIAN-UKRAINIAN ARMED CONFLICT

(IN THE EXAMPLE OF THE "WAGNER" CPC)

Abstract.

This article talks about the tactics used by a private military company in the

Russia-Ukraine armed conflict. The main content of the article is revealed on the example of
"Wagner" KHK.

Key words:

armed conflict, Russia-Ukraine, Wagner group, Russian command,

mercenaries.

К ВОПРОСУ О ТАКТИКЕ, ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЧАСТНОЙ ВОЕННОЙ

КОМПАНИЕЙ В РОССИЙСКО-УКРАИНСКОМ ВООРУЖЕННОМ КОНФЛИКТЕ

(НА ПРИМЕРЕ ЦПК «ВАГНЕР»)

Аннотация.

В данной статье рассказывается о тактике, которую использовала

частная военная компания в российско-украинском вооруженном конфликте. Основное
содержание статьи раскрывается на примере ХК «Вагнер».

Ключевые слова:

вооруженный конфликт, Россия-Украина, группа Вагнера,

российское командование, наемники.


Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng, Vagner guruhi cheklangan jamoatchilik

ishtirokiga ega bo‘lgan yashirin tashkilotdan Rossiyaning tashqi ta’sirining jamoatchilik
tomonidan tan olingan va oldingi qismiga aylandi.

Putinga yaqin bo‘lgan tadbirkor Yevgeniy

Prigojin tomonidan boshqariladigan Vagner XHK Ukrainada 2022 yil aprel oyida paydo bo‘ldi.

Bu vaqtga kelib, Kiyev, Xarkov va Nikolaev yaqinida mag‘lubiyatga uchragan rus

qo‘mondonligi Donbassda bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda hujum boshladi. Ularning
aksariyati ko‘zlangan maqsadga erishgan holda yakunlanmadi, ammo Vagner XHK Ukraina
Qurolli Kuchlarini Popasnayadan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi

(shuningdek, Markaziy

harbiy okrug qo‘shinlari Liman shahrini egallab olishdi)

. Ushbu harbiy operatsiyalar davomida

Vagner XHK o‘z taktikasi frontda hukm surayotgan sharoitga mos kelishi hamda samaraliroq
ekanligini ko‘rsatdi.

Vagner XHKning Rossiya-Ukraina qurolli mojarosida olib borgan harbiy amaliyotlari

tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu yonlanma jangchilardan iborat bo‘linmalar shaxarni qurshab
olish va egallash, ushbu sharoitida jang olib boorish shuningdek, artilleriya va uchuvchisiz uchish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1083

apparatlari imkoniyatlarini muofiqlashtirgan holda qo‘llash kabi bir muncha takomillashgan
harbiy taktikalarni qo‘llaganligidan dalolat bermoqda.

Xususan, Baxmut uchun jang paytida Vagner XHK

ko‘p marotaba asosiy hujumlar

yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Agar 2022 yil noyabr oyida yollanma askarlar Baxmutni janubdan bosib

olishni maqsad qilgan bo‘lsa, dekabr oyining boshida XHK kutilmaganda Soledar yo‘nalishiga
e’tibor qaratdi va uning bir nechta muhim shahar atrofini

(Yakovlevka, Baxmutskoye)

egallab oldi.

Keyin XHK yana o‘z harakatlarini Baxmutning janubiga siljitib, Opytnoye chekkasining bir
qismini egallab oldi, ammo keyin yana Soledar hududiga bor kuchi bilan zarba berdi, buning
natijasida esa shaharni bosib olishga erishdi. Baxmutning o‘zida harakat vektorlari xuddi shunday
o‘zgarib turdi.

Hujum yo‘nalishidagi bu takroriy siljishlar Ukraina Qurolli Kuchlarining

zaxiralarini “parchalab tashladi”.

An’anaviy shaxarni egallash uchun jang olib borish taktikasida hujumning asosiy

yo‘nalishi, ushbu yo‘nalishdagi hujum ob’ekti hamda harakatning keying yo‘nalishi jangovar
vazifa sifatida operatsiyalarni rejalashtirish jarayonida qatiy belgilanishini inobatga olsak ushbu
Rossiy-Ukraina mojarosida Vagner XHK tomonidan hujum operatsiyalari davomida qo‘llangan

hujum yo‘nalishini bir necha bor o‘zgartirish taktikasi

shaxarni egallab olish uchun olib

boriladigan harbiy harakatlarning o‘ziga hos yangi jihatidir.

Ma’lumot uchun:

Bu yondashuv, Rossiya yo‘nalishi qo‘mondonligi (Sharqiy harbiy

okrugdan) ko‘p oylar davomida bir xil yo‘nalishlar bo‘ylab hujumlarni takrorlagan Ugledarga
qilingan hujumdan tubdan farq qiladi.

Takidlash joizki, Popasnaya uchun kechgan janglarda Ukraina Qurolli Kuchlarining katta

bo‘linmasi pozitsiyasini egallab olgan yollanma askarlar hujum guruhining jang olib borish
taktikasi aynan yuqorida takidlangan taktikaga asoslangan holda amalga oshirilgan. Mazkur
amaliyot, Rossiya muntazam qo‘shinlari Lugansk viloyatining Mariupol va Rubijne shaharlaridagi
shahar janglari bilan taqqoslanganda ushbu jihati bilan keskin farq qildi.

Shuningdek, Vagner XHK harbiy operatsiyalarni olib borishda asosan

kichik

hujum

otryadlari bilan ishlaydi,

ular o‘z navbatida hujum guruhlaridan iborat. Ukraina harbiylari va

jurnalistlarining xabar berishicha, ushbu hujum guruhlari soni

7 kishidan 50 kishigacha

bo‘lgan

yonlanma jangchilardan iborat.

Ma’lumot uchun:

ushbu mojaroda mobil hujum otryadlari qo‘llanilgunga qadar

Rossiyaning muntazam armiyasi tarkibi

250-

1000 askardan iborat otryad(batalon)lar
tarkibida harbiy operatsiyalarni olib borgan.

Germaniyaning Bild portalida nashr

etilgan Aleksandr Pylev maqolasida ushbu
hujum otryadlarining harakat taktikasi keltirib
o‘tilgan

(1-rasm).

Unda

takidlanishicha,

hujumchi otryadlar asosan tunda va piyoda
hujum qiladi. Zirhli mashinalar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri

yaqin

janglarda

kamdan-kam

qo‘llaniladi. Otryad shaxsiy tarkibi manevr va
o‘t ochish guruhlariga bo‘linadi.

Manevr


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1084

bo‘linmasiga

o‘qchilar,

o‘t ochish bo‘linmasi

esa pulemyotchi, snayper, granatamyotchi va

ularning ikkinchi raqamlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu birliklar ham uch qismga: markaziy, chap
va o‘ng qanotlarga bo‘linadi. Qanot bo‘linmalari bir xil chiziqda qolishda davom etib, markazdan
yon tomonlarga o‘tadi. Deyarli har bir guruhga operatsiyalar davomida Ukraina Qurolli Kuchlari
pozitsiyasini batafsil o‘rganadigan razvedka uchuvchisiz uchuvchi apparati

(bunday vositalar

Rossiyaning muntazam armiyasida hali ham yetishmayapti)

hamroh bo‘ladi. Vagner dronlardan

foydalanishga katta e’tibor beradi, ayniqsa, eng arzonlari –

“Mavik”

va

“Matrix”

turidagilardan.

Guruh komandiri va uning o‘rinbosarlari har bir yollanma askar uchun marshrutlar ko‘rsatilgan
elektron xaritada tayinlangan pozitsiyaga yaqinlashish hamda jangning borishiga batafsil rejasini
oladi va operatsiyani amalga oshiradi.

Nemis nashrining ta’kidlashicha, Vagner XHK aynan shu tarzdagi hujum otryadlarini

qo‘llash taktikasi orqali Soledar va Baxmut hududlarida muvofaqiyatga erishgan.
Mutaxasislarning takidlashicha ushbu hujumchi otryadlarning samarali amaliyoti muntazam
Rossiya armiyasiga joriy etilgan. Bunday hujum otryadlari Rossiya Qurolli Kuchlarining ko‘plab
bo‘linmalarida

(

“Shtorm-Z”

va

“Bo‘ron”

nomi bilan)

yaratilgan va Ukrainaning mudofaasiga

qarshi muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ular Vagner hujimchi otryadlaridan zirhli mashinalar
bilan mustahkamlanganligi bilan farq qiladi.

Ushbu yangicha taktik harakatlar bilan bir qatorda, Vagner XHK harbiy operatsiyalar

davomida bo‘linmalarni qo‘llab-quvvatlavchi va asosiy talofat yetkazish vositasi bo‘lgan

artilleriyani jang maydonida qo‘llash taktikasiga ham o‘ziga hos yangicha o‘zgartirishlar
kiritgan.

2022 yil 22-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylangan Andrey Batov tomonidan suratga

olingan “Do‘zaxning eng yaxshisi” nomli Vagner XHK ning jangovar operatsiyalarni o‘tkazish
amaliyoti aks etgan harbiy jangovar filmida kuzatishimiz mumkinki, yonlanma jangchilarni
qo‘llab-quvvatlovchi

Vagner artilleriyasi asosan tarqoq holda jangovar harakatlar olib borgan,

bu unga dushman tomonidan amalga oshirilgan qarshi harakatlar davomida katta zarar ko‘rmaslik
imkonini beradi. Bundan tashqari, artilleriya bo‘linmalarini tarqoq holda qo‘llash yuqori
aniqlikdagi boshqaruvni va muloqot talab etiladi. Muntazam rus armiyasi maxsus harbiy
operatsiyaning dastlabki bosqichlarida ushbu turdagi bo‘linmalarni jamlangan holda qo‘llaganligi
sababli katta yo‘qotishlar ko‘rgan.

Ma’lumot uchun:

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi qurolli

mojaroning dastlabki 18 oyida Rossiya Qurolli kuchlari 5000 dan ortiq artilleriya tizimini
yo‘qotgan. Bunga asosiy sabablari sifatida ushbu bo‘limalarni an’anaviy jamlangan holda
qo‘llanilishi, manyovrchanlik darajasining pastligi hamda Ukraina qarshi hujumi artilleriya
zaxiralarini katta qismini ishlatishga majbur qilganligi ekanligi takidlanadi.

Shuningdek, Vagner XHK yonlanma jangchilari artilleriya nishonlarini mo‘ljalga olishda

XXI-asrning

dron texnologiyasi imkoniyatlaridan muvofiqlashtirilgan holda foydalanish

tajribasi

ni o‘z bo‘linmalariga joriy qilib, ishonchli qo‘llaganligini alohida takidlash zarur. Ushbu

yangi amaliyot artilleriya bo‘linmalarini Ukraina qoʻshinlari bilan kurashish uchun ancha samarali
kuchga aylantirdi

(Rossiya-Ukraina qurolli mojarosining hozirgi borishida Rossiyaning muntazam

armiyasi ham, Ukraina Qurolli kuchlari ham ushbu yangi amaliy tajribadan faol foydalanib
kelmoqda).

Mazkur takomillashgan harbiy taktika Vagner XHK bo‘linmalari qo‘llayotgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1085

artilleriya snaryadlari qayerga tushishi va ularning Ukraina nishonlariga qanchalik yaqin kelganini
kuzatish, zaruriy tuzatishlarni kiritish uchun dastlabki ma’lumotlarni olishda katta imkoniyatlarni
tag‘dim qiladi.

Yuqorida keltirilgan fikirlardan kelib chiqgan holda quydagilarni xulosa sifatida takidlash

o‘rinli, Vagner guruhi “xususiy harbiy kompaniya” sifatida tanilgan bo‘lsada, aslida Rossiya
davlati maxfiy xizmatlari tomonidan boshqariladigan, oddiy armiya bo‘linmalariga xos bo‘lgan
jangovar vazifalarni bajaradigan amalda hukumatning yollanma qo‘shinidir. Ushbu qo‘shindan
Rossiya, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida harbiy taktikaning yangi turlarini ishlab
chiqish, amaliyotda sinab ko‘rish hamda natijalaridan zaruriy xulosalarni olib harbiy sohada
moddiy mablog‘ bilan erishilib bo‘lmaydigan yangi taktik tajribalarga ega bo‘lish maqsadida
samarali foydalangan.

Shuni alohida takidlash kerakki, qurolli mojarolarning yaqin tarixida bunday XHK larni

keng maqsadlarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishi kabi holatlar kuzatilmagan. Ushbu
tendensiyadan kelib chiqib takidlash mumkinki, yaqin istiqbolda, Rossiya Qurolli kuchlarini isloh
qilish jarayonida yangi nolegal bo‘linma va otryadlar tuzish, ular bilan hamkorlikni rivojlantirish
orqali nafaqat muntazam harbiy kontingentning sonini oshirishga, balki noan’anaviy kurash
instrumenti hisoblanmish “proksi kuchlar”ni (yashirin va nazorat ostidagi qurolli bo‘linma
ko‘rinishda) shaklllantirish va “zarur holatlarda” ularning imkoniyatlaridan keng foydalanishga
harakat qilishda faol davom etadi.

Rossiy-Ukraina qurolli mojarosida Vagner XHK olib borgan harbiy amaliyotlari tahlilidan

kelib chiqqan holda, zamonaviy harbiy mojarolarda erishilgan muhim amaliy harbiy tajriba
sifatida,

uchuvchisiz uchish qurilmalarini razvedka vositasi sifatida kichik bo‘linmalar(alohida

jangovar birlik, guruh, vzvod)da operatsiyalar jarayonida qo‘llanilishi hamda ushbu vositalar
yordamida artilleriya bo‘linmalari uchun nishonni topish va unga yo‘naltirish bosqichlarini
muofiqlashtirgan holda operativ qo‘llash taktikalarini

qo‘shimcha o‘rganish hamda o‘ziga hos

jihatlarini inobatga olgan holda joriy qilish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu taktikaning zaifligi hali ham bir xil - hujum samolyotlari orasida katta yo'qotishlar

Shu bilan birga

, ukrainalik harbiy xizmatchilar va jurnalistlarning fikriga ko'ra,

yo'qotishlarning katta qismi to'g'ridan-to'g'ri xandaqlarga bostirib kirgan yollanma askarlar
tomonidan ta'minlangan, ular orasida ko'plab mahbuslar ham bor. Natijada, PMC "arzon resurslar"
sarflaydi, lekin sobiq harbiylar orasidan yaxshi o'qitilgan mutaxassislarni saqlab qoladi.

Turli tavsiflarga

ko'ra, asosiy farq shundaki, PMC aql va qaror qabul qilish tezligi tufayli

afzalliklarga ega bo'ladi, ya'ni Ukrainaga muntazam Rossiya armiyasining ko'plab bo'linmalariga
nisbatan ustunlik beradigan xuddi shu narsa tufayli.