ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
675
MIS, B12, B6 YETISHMOVCHILIGIDA RIVOJLANADIGAN
ANEMIYALARNING BIOKIMYOVIY ASOSLARI. QON ZARDOBIDA
OQSILLAR ANIQLASHNING KILINIK AHAMIYATI.
Boyqulov To‘rabek Temirovich
Ilmiy rahbar
Saidova Gulnoz Alisher qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti
Stomatologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14888820
Annotatsiya.
Ushbu maqolada vitaminlar yetishmovchiligida kelib chiqadigan
anemiyalarning biokimyoviy asoslari haqida so‘z boradi. Anemiya – qondagi gemoglobin
miqdorining kamayishi bilan tavsiflanadigan holat bo‘lib, turli sabablar natijasida rivojlanishi
mumkin. Mis, B12 va B6 vitaminlarining yetishmovchiligi bilan bog‘liq anemiyalar turlicha
patogenezga ega, lekin ularning umumiy jihati – gemopoez (qizil qon hujayralari ishlab chiqarish)
jarayonining buzilishidir.. Maqolada anemiyaning oldini olish chora tadbirlari haqida fikr
mulohazalar keltiriladi.
Kalit so‘zlar
: anemiya, mis, b6, b12, qon, vitamin, patogenez, gemopoez, sernoplasmin,
transferrin, suyak iligi, eritropoez, sitoxrom oksidaza, superoksid dismutaza.
BIOCHEMICAL BASIS OF ANEMIAS DEVELOPING DUE TO COPPER, B12, B6
DEFICIENCY. CLINICAL SIGNIFICANCE OF SERUM PROTEIN
DETERMINATION.
Abstract.
This article discusses the biochemical basis of anemias caused by vitamin
deficiencies. Anemia is a condition characterized by a decrease in the amount of hemoglobin in
the blood, which can develop due to various reasons. Anemias associated with a deficiency of
copper, B12 and B6 vitamins have different pathogenesis, but their common feature is a violation
of the process of hemopoiesis (red blood cell production). The article presents ideas about
measures to prevent anemia.
Keywords:
anemia, copper, b6, b12, blood, vitamin, pathogenesis, hemopoiesis,
cernoplasmin, transferrin, bone marrow, erythropoiesis, cytochrome oxidase, superoxide
dismutase.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
676
БИОХИМИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ АНЕМИЙ, РАЗВИВАЮЩИХСЯ ВСЛЕДСТВИЕ
ДЕФИЦИТА МЕДИ, В12 И В6. КЛИНИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ОПРЕДЕЛЕНИЯ
БЕЛКА В СЫВОРОТКЕ КРОВИ.
Аннотация.
В статье рассматриваются биохимические основы анемий, вызванных
дефицитом витаминов. Анемия — состояние, характеризующееся снижением количества
гемоглобина в крови, которое может развиться по разным причинам. Анемии, связанные
с дефицитом меди, витаминов В12 и В6, имеют различный патогенез, но их общей чертой
является нарушение процесса кроветворения (образования эритроцитов). В статье
изложены мнения о мерах профилактики анемии.
Ключевые слова:
анемия, медь, В6, В12, кровь, витамин, патогенез, гемопоэз,
церноплазмин,
трансферрин,
костный
мозг,
эритропоэз,
цитохромоксидаза,
супероксиддисмутаза.
Kirish
Anemiya (yunoncha an – inkor qoʻshimchasi va haima – qon), kamqonlik –
qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi bilan
kechadigan kasallik. Anemiyaga qon yaratilish jarayonining buzilishi, asosiy qon yaratuvchi
toʻqima – koʻmikning oʻz funksiyasini yetarli bajara olmay qolishi sabab boʻlishi mumkin. Temir
va vitamin B12 yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan anemiya birmuncha keng tarqalgan. Oz-
ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, mas, ba-vosir yoki meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi
kasalligida ham koʻpincha anemiya kuzatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp ketadigan ayollarda ham
temir yetishmasligidan kelib chiqadigan anemiya tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga
aloqador Anemiyaga bot-bot homilador boʻlish, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki
homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga oʻtadi.
Kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek
ovqatning kam-koʻst boʻlishi oqibatida roʻy beradi. Eritrotsitlar soni sal kamaygani yoki raso
boʻlgani holda, qonda gemoglobin miqdorining ozayishi temir yetishmasligiga aloqador
anemiyaning asosiy belgilaridandir. Bemorning rangi siniqqan boʻlib, aksariyat tez charchash,
bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, koʻz oldi jivirlashishidan shikoyat qiladi, soch toʻkiladi, tirnoq
moʻrtlashib sinishga moyil boʻlib qoladi. Baʼzan yutinish qiyinlashadi, bemorning odatda isteʼmol
qilinmaydigan narsalar (boʻr, ohak, gilvata va hokazo)ni yegisi keladi, achchiq, shoʻr taomlarni
xush koʻradi. Temir yetishmasligiga aloqador anemiyaning oldini olish va davolashda qon
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
677
yoʻqotish ehtimoli boʻlgan manbalarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, homilador
boʻlish va tugʻishni maʼlum darajada rejalashtirishga erishish, bekamu koʻst ovqatlanishga rioya
qilish lozim. Vitamin B12 yoki folat kislota yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan anemiya
ancha kam uchraydi. Anemiyaning bu xilida oʻziga xos alomatlar: til achishishi, kasallik oʻtkazib
yuborilganda nerv sistemasining zararlanish (funikulyar miyeloz) belgilari kuzatiladi. Bu xil
anemiyaning oldini olish uchun meʼda-ichak yoʻlining surunkali kasalliklari, ayniqsa ich
ketishi bilan oʻtadigan kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlab davolash juda muhim. Gijja tarqalgan
joylarda ulardan zararlanishning oldini olish choralarini koʻrish zarur, kasallik paydo boʻlganda
esa oʻz vaqtida davo qilish lozim. Eritrotsitlarning koʻplab yemirilishi bilan bogʻliq gemolitik
anemiya xillari koʻp. Ular irsiy yoki orttirilgan boʻlishi mumkin, odatda teri hamda shilliq
qavatning sargʻayishi, eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi bilan kechadi.
Barcha xil anemiyada vrachga murojaat etish va oʻz vaqtida toʻgʻri davolanish zarur.
B
12
kobalaminlar
deb ataladigan biologik faol moddalar guruhi boʻlib,
tarkibida kobalt atomini(III) oʻz ichiga olgan va xelat birikmalari boʻlgan korrinoidlarga
tegishlidir. Ilmiy adabiyotlarda, vitamin B
12
odatda inson organizmida koenzim shakllaridan
biriga erkin aylanadigan siyanokobalaminni bildiradi.
.
Siyanokobalamin shaklida B
12
vitaminining
asosiy miqdori inson tanasiga kiradi. Vitamin B
12
ning sinonimi boʻlmasa-da, bir qator boshqa
birikmalar ham B
12
— vitamin falligiga egadirlar. Vitamin B
12
, shuningdek
tashqi Kasl
faktori
deb ataladi. Tabiatda bu vitaminni ishlab chiqaruvchilari bakteriyalar va arxeyalardir,
lekin u oʻsimliklarda sintez qilinmaydi.
Plazma
, qon plazmasi – qonning suyuq qismi. Unda qonning shaklli elementlari
(eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) boʻladi. Qon plazmasi tarkibidagi oʻzgarishlariga qarab,
turli kasalliklar (revmatizm, qandli diabet va boshqalar)ni aniqlash mumkin. Qon plazmasidan
dori preparatlar (albuminlar, fibrinogen, gamoma-globin va boshqalar) tayyorlanadi
.Odam
qon plazmasining hajmi 55-60% ni tashkil etadi. Qon plazmasini shaklli elementlaridan ajratish
uchun maxsus qonni ivishdan saqlovchi moddalar qoʻshish yoʻli bilan olingan qonni
sentrifugalanadi. U ogʻir boʻlgani uchun probirka tubiga eritrotsitlar choʻkadi, uning ustiga oq tusli
leykotsitlar („leykon“-rangsiz), soʻngra yaltiroq koʻrinishli qon plastinkasidan trombotsitlar
choʻkadi. Shaklli elementlar ustida suyuq rangsiz yoki sargʻich tusli qavat plazma ajraladi. Qon
plazmasi (qon zardobi) qonning suyuq qismi boʻlib, u murakkab aralashma.
1.
Tarkibi
oqsillar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
678
yogʻlar
karbonsuvlar
mineral tuzlar
fermentlar
antitelalar
erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid
kabilar) boʻladi. Plazma tarkibida oʻrtacha 90% suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuzlar,
0,1% glukoza, 0.8% yogʻlar boʻladi. Plazmadagi oqsillardan-albumin-4%, globulin 2,8% va
fibrinogen-0,4%ni tashkil qiladi. Fibrinogen va albumin muhim biologik ahamiyatga ega boʻlib,
jigarda hosil boʻiad i va qonning ivishini amalga oshiradi. Globulin
esa jigar, taloq, ilik va limfa
tugunlarida hosil boʻladi. Limfa oqsillarining miqdori 0,3-0,4% ga teng. Qon plazmasidan hamma
oqsillar choʻktirilgandan soʻng filtratda modda almashinuvining oraliq mahsulotlari-siydik
kislotasi, kreatin, amiak va boshqa moddalarni ajratish mumkin. Bu moddalar tarkibidagi azot,
qoldiq yoki oqsilsiz azot deb ataladi, uning miqdori katta odamlarda 20-40 mg% ni yoki 20-40 mg
100 ml qon hajmiga toʻgʻri keladi. Qon plazmasi tarkibida yogʻ kislotasi va yogʻsimon moddalar
uchraydi. Ertalab och holda odam qon plazmasida 0,5-1,0% chamasi yogʻ va yogʻsimon moddalar
topilgan. Glukozaning qon plazmasidagi umumiy miqdori 80-120 mg% ga teng. Ovqatlanganda
uning miqdori 0,2% ga koʻtariladi. Buni ovqatianish giperglikemiyasi deb ataladi. Glukozaning
plazmada 0,05% gacha pasayishi gipoglikemiya deyiladi. Glukozaning plazma tarkibida 0,2% ga
oshib ketishi yoki 0,05 dan pasayib ketishi organizm funksiyasining kuchli buzilishiga olib keladi
va oʻlim sodir boʻlishi mumkin. Aks holda qonda sut kislotasi miqdori 10-30 mg% ga teng.
2.
Oqsil miqdori
Plazmadagi umumiy miqdori 200-300 gramm Odam organizmida bir kecha-kunduzda 17
g albumin va 5g globulin sarflanadi va shuncha oqsil hosil boʻladi. Albuminlaring yarim
parchalanish davri 10-15 kun, globulinlarniki esa-5 kun. Albuminlar plazma oqsillarining 60%
tashkil etadi. Ularing molekulalari unchalik katta boʻlmasa ham, harakatchanligi tufayli osmotik
bosimning hosil boʻlishida yordam beradi. Masalan, albumin qonning tashilish funksiyasiga faol
ishtirok qilib, bilirubin, yogʻ kislotasi, baʼzi bir farmakologik moddalar va boshqa antibiotiklarni
qon orqali tashilishi uchun asosiy tuzilma hisoblanadi.
3.
Molekulyar tuzilishi
Albuminning bitta molekulasi 25-50 ta bilirubin molekulasi bilan birikish qobiliyatiga
ega. Globulinlar turli oqsilli fraksiyalarga boʻlinadi:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
679
alfa-1,
alfa-2,
beta-2
gamma-globulinlar.
Alfa-l-globulinning oqsillari glikoproteinlar va mikoproteiniar deb ataladi. Ularing
tarkibidagi plazmaning 60% glukozasi organizmda aylanib yuradi. Aifa-2-globulinlar
oqsillarining tarkibida mis elementi borligi uchun ularni seruloplazmin deyishadi. Bu oqsilning bir
molekulasi 8 mis atomi bilan birikishi mumkin, yaʼni plazmadagi 90% mis oqsil bilan birikkan.
Beta-globulinlar fosfolipid, xolesterin, stereoid gormon va metall kationlarini tashilishi uchun
xizmat qiladi. Metali bor oqsil transferin deb ataladi, masalan, temiring qon orqali tashilishi uchun
muhim. Transferinning har bitta molekulasi temirning ikki atomini tashishi uchun moslashgan.
Qon zardobidagi oqsillarni tekshirish turli kasalliklarni tashxislash, kuzatish va baholashda
muhim ahamiyatga ega. Oqsillar organizmning muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, immunitet,
transport, qon ivishi va boshqa hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Klinik amaliyotda quyidagi
oqsillar va ularning ahamiyatiga alohida e’tibor beriladi:
1. Umumiy oqsil
Normasi: 60–80 g/L
Ahamiyati: Jigar, buyrak kasalliklari, ovqatlanish yetishmovchiligi va yallig‘lanish
jarayonlarini aniqlashda muhim.
Past bo‘lsa: Gepatit, siroz, buyrak kasalliklari, malnutritsiya, onkologik kasalliklar.
Yuqori bo‘lsa: Surunkali infeksiyalar, autoimmun kasalliklar, suvsizlanish.
2. Albumin
Normasi: 35–50 g/L
Ahamiyati: Jigar faoliyati va oziqlanish holatini baholashda muhim.
Past bo‘lsa: Jigar kasalliklari (siroz, gepatit), buyrak kasalliklari (nefrotik sindrom),
ovqatlanish yetishmovchiligi.
Yuqori bo‘lsa: Suvsizlanish.
3. Globulinlar (α, β, γ fraksiyalari)
α1-globulinlar: Yallig‘lanish va o‘smalar belgisi.
α2-globulinlar: Nefrotik sindrom va yurak-qon tomir kasalliklarida oshadi.
β-globulinlar: Temir almashinuvini nazorat qiladi, gepatit va anemiyada o‘zgaradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
680
γ-globulinlar: Immunitet tizimi faoliyatini ko‘rsatadi, autoimmun va infeksion
kasalliklarda oshadi.
4. C-reaktiv oqsil (CRP)
Normasi: ≤5 mg/L
Ahamiyati: O‘tkir yallig‘lanish jarayonlarini aniqlashda ishlatiladi.
Yuqori bo‘lsa: Infeksiya, autoimmun kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari.
5. Fibrinogen
Normasi: 2–4 g/L
Ahamiyati: Qon ivish tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini baholashda muhim.
Yuqori bo‘lsa: Tromboz xavfi, infeksiya, yallig‘lanish.
Past bo‘lsa: Gepatopatiya, ko‘p qon yo‘qotish, dissimina tsiyalangan tomir ichi ivish
sindromi (DVS).
Xulosa
Xulosa qilib aytganda qon zardobida oqsillarni aniqlash kasalliklarni erta tashxislash,
ularning kechishini baholash va davolash samaradorligini kuzatish uchun muhim laborator
tahlildir. Oqsillar muvozanati buzilishi jigar, buyrak, yurak, immun va onkologik kasalliklarni
ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, ushbu tahlillar klinik amaliyotda keng qo‘llaniladi.
REFERENCES
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2.
N.A. Tashpulatova.. Stomatologik kasalliklar. «Fan va texnologiya» 2016.
3.
"Stomatologik kasalliklar" – Muallif: N.A. Tashpulatova
4.
Bolalar terapevtik stomatologiyasi va stomatologik kasalliklar profilaktikasi" – Mualliflar:
Xalilov I.X., Yoʻldoshxonova A.S., Rahmonov Sh.X.
5.
Stomatologiyada klinik mikrobiologiya" – Mualliflar: Muhamedov I.M., Rizaev J.A.,
Daminova Sh.B., Muhamedova M.S.
6.
Bolalar terapevtik stomatologiyasi" – Mualliflar: Xalilov I.X., Rahmonov Sh.X.
7.
Sturdevant's Art and Science of Operative Dentistry – Theodore M. Roberson, Harald O.
Heymann, Edward J. Swift
8.
Essentials of Dental Caries: The Disease and Its Management – Edwina A. M. Kidd
9.
Textbook of Operative Dentistry – Nisha Garg, Amit Garg
10.
Dental Caries: The Disease and Its Clinical Management – Ole Fejerskov, Edwin
