O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISHNING MUMKIN BO‘LGAN YO‘LLARI

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonidagi zamonaviy muammolar va ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, muammolari, shuningdek, ta'lim infratuzilmasini yaxshilash, o‘qituvchilarni tayyorlash, ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurashish va iqtisodiy resurslarni ko‘paytirish kabi muhim yo‘llar ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelgan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsad qilingan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Norboyeva, M. ., & Eshmetova, S. . (2025). O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISHNING MUMKIN BO‘LGAN YO‘LLARI. Современная наука и исследования, 4(2), 750–755. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68434
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonidagi zamonaviy muammolar va ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, muammolari, shuningdek, ta'lim infratuzilmasini yaxshilash, o‘qituvchilarni tayyorlash, ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurashish va iqtisodiy resurslarni ko‘paytirish kabi muhim yo‘llar ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish orqali nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelgan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsad qilingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

750

O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA ULARNI

HAL QILISHNING MUMKIN BO‘LGAN YO‘LLARI

M.Sh. Norboyeva

Alfraganus universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

S.M. Eshmetova

Alfraganus universityning 2-kurs Logo-23/4 talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14910131

Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish

jarayonidagi zamonaviy muammolar va ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari tahlil

qilinadi. Maqolada inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, muammolari, shuningdek, ta'lim

infratuzilmasini yaxshilash, o‘qituvchilarni tayyorlash, ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurashish va

iqtisodiy resurslarni ko‘paytirish kabi muhim yo‘llar ko‘rsatilgan. O‘zbekistonda inklyuziv

ta’limni rivojlantirish orqali nogironligi bo‘lgan bolalar va o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelgan

bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsad qilingan.

Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, O‘zbekiston, nogironlik, ta’lim tizimi, o‘qituvchi tayyorlash,

infratuzilma, jamiyat integratsiyasi, stereotiplar, iqtisodiy resurslar.

INCLUSIVE EDUCATION IN UZBEKISTAN: MODERN PROBLEMS AND

POSSIBLE SOLUTIONS

Abstract.This scientific article analyzes the current issues and possible solutions in the

process of developing inclusive education in Uzbekistan. The article discusses the main principles

of inclusive education, its challenges, and key solutions such as improving educational

infrastructure, teacher training, combating social stereotypes, and increasing economic

resources. The development of inclusive education in Uzbekistan aims to create equal

opportunities for children with disabilities and children facing learning difficulties.

Keywords: inclusive education, Uzbekistan, disability, education system, teacher training,

infrastructure, social integration, stereotypes, economic resources.

ИНКЛЮЗИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В УЗБЕКИСТАНЕ: СОВРЕМЕННЫЕ

ПРОБЛЕМЫ И ВОЗМОЖНЫЕ ПУТИ РЕШЕНИЯ

Аннотация. В данной статье анализируются современные проблемы и возможные

пути их решения в процессе развития инклюзивного образования в Узбекистане.

Рассматриваются основные принципы инклюзивного образования, проблемы, а также

важнейшие пути решения, такие как улучшение образовательной инфраструктуры,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

751

подготовка преподавателей, борьба с социальными стереотипами и увеличение

экономических ресурсов. Развитие инклюзивного образования в Узбекистане направлено на

создание равных возможностей для детей с инвалидностью и детей, испытывающих

трудности в обучении.

Ключевые слова: инклюзивное образование, Узбекистан, инвалидность,

образовательная система, подготовка учителей, инфраструктура, социальная

интеграция, стереотипы, экономические ресурсы.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi XI-asrda globalizatsiya, texnologik

yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda.

Ta'lim tizimining muhim masalalaridan biri inklyuziv ta’limdir, ya'ni barcha bolalar, shu

jumladan, nogironligi bo‘lgan yoki o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘quvchilarga teng

imkoniyatlar yaratish. Inklyuziv ta’lim zamonaviy jamiyatda ijtimoiy adolatni ta'minlash, har bir

shaxsning ijtimoiylashuvini amalga oshirish va jamiyatni yagona butunlik sifatida rivojlantirish

maqsadida ahamiyatlidir.

O‘zbekistonda inklyuziv ta'limni joriy etish jarayoni turli muammolar bilan yuzlashmoqda.

O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim davlat ta’lim tizimini rivojlantirishda asosiy mavzulardan

biri hisoblanadi. U alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga oddiy maktablarda ta’lim olish

uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’limiy, balki jamiyatning

barcha qatlamlari ishtirokini talab qiladigan ijtimoiy loyihadir. O‘zbekistonda bu soha faol

rivojlanish bosqichida, ammo muvaffaqiyatga erishish uchun mavjud to‘siqlarni yengib o‘tish va

uzoq muddatli strategik yechimlarni joriy etish zarur. Inklyuziv ta’lim jismoniy, aqliy yoki ijtimoiy

xususiyatlaridan qat’i nazar, barcha bolalar uchun ta’lim olishda teng imkoniyatlarni

ta’minlaydigan ta’limdagi yondashuvdir. O‘zbekistonda inklyuziya mavzusi, ayniqsa, 2009-yilda

mamlakatda ratifikatsiya qilingan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kabi

xalqaro majburiyatlarni bajarish nuqtai nazaridan tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Biroq,

inklyuziv ta’limni joriy etish jarayoni kompleks yondashuvni talab qiladigan bir qator

muammolarga duch kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2007-

yildan boshlab "O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim" loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Loyihaning

asosiy maqsadi - imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlar uchun ta’lim olishda teng


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

752

imkoniyatlar yaratish va uni boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimiga

bosqichma-bosqich joriy etishga, shuningdek, inklyuziv ta’lim sifatini oshirish uchun shart-

sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Inklyuziv ta’limning mohiyati shundaki, uning konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u

Termiz, Qarshi, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon,

Urganch va Nukus shaharlaridagi tajriba-sinov bolalar bog‘chalari va maktablar negizida aralash

guruhlar va sinflar tashkil etish yo‘li bilan maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga joriy

etilmoqda.

Inklyuziv ta’limning milliy modelining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mahalliy va

xorijiy tajribani inobatga olgan holda shakllantirilgan .

O’zbekiston Respublikasi prezidenti qaroroga muvofiq 13.10.2020-y., PQ-4860-son 2020

- 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi maqsadlarida

ishlab chiqilgan inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan

bolalarning ta’lim olish huquqini kafolatlash va ta’minlash Konsepsiya maqsadlarni belgilaydi,

inklyuziv ta’limni rivojlantirishning vazifalari, asosiy yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli

istiqbolli bosqichlari

Bugungi kunda O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi shakllanish bosqichida.

Mamlakatda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalari

mavjud, ammo ularning soni cheklangan va ular barcha muhtojlarni qamrab olmaydi.

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning zamonaviy muammolari

Bugungi kunda ta’lim tizimi bilan bog‘liq bir qator hal qilinmagan muammolar mavjud

bo‘lib, bu inklyuziv ta’limni ham o‘z ichiga oladi. Inklyuziv ta’limdagi dolzarb muammolar

quyidagilardan iborat:

1. Yetarli me’yoriy-huquqiy bazaning yo‘qligi "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va boshqa bir

qator me’yoriy hujjatlar kabi qonunlar mavjud bo‘lishiga qaramay, inklyuziv ta’limning ko‘p

jihatlari batafsil bayon etilmagan.

2. Malakali kadrlarning yetishmasligi O‘qituvchilar ko‘pincha alohida ta’lim ehtiyojlari

bo‘lgan bolalar bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikka ega emaslar, bu esa inklyuziv

yondashuvni samarali joriy etish imkoniyatlarini cheklaydi.

3. Moddiy-texnik qiyinchiliklar Ko‘pgina ta’lim muassasalari jismoniy, sensor yoki boshqa

cheklovlari bo‘lgan bolalar uchun jihozlanmagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

753

4.Stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlar. Jamiyat ko‘pincha inklyuziyaning ahamiyati haqida

yetarlicha ma’lumotga ega emas, bu esa bunday bolalarning kamsitilishi va yakkalanishiga olib

keladi;

5. Moliyalashtirishning yetarli emasligi. Inklyuziv ta’lim kadrlar tayyorlashdan tortib,

moslashtirilgan infratuzilmani yaratishgacha bo‘lgan katta sarmoyalarni talab qiladi. Inklyuziyani

muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlari sa’y-

harakatlarining uyg‘unligi zarur;

Bir qator otkazilgan tadqiqotlar bilan ulashamiz

D. B.Zaysev I., I. Loshakova, P. V. , Romanov, Ye. R. Yarskaya- Smirnova) tahlil qilindi

oddiy maktab o‘quvchilarining turli xil imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga munosabati. Bolalar

tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘lgan tengdoshlariga eng ko‘p bag‘rikenglik bilan

munosabatda bo‘lishlari aniqlandi.

Eshitish va ko‘rish nuqsoni bo’lgan bolalar kamroq mehirga ega bo;lishdi. Eng past

tolerantlik darajasi aqli faoliyatida nuqsoni bo’lgan bolalarga nisbatan belgilandi.

2006-yildan 2011-yilgacha xorijda bo‘lgan inklyuziv ta’lim sohasida tadqiqotlar olib

borilgan. Shunday qilib, A. De Boer, S. J. Peyl va A. Minnaert "Boshlang‘ich ta’lim

o‘qituvchilarining inklyuziyasiga munosabat:

obzor literaturы." B. Kagran va M. Shmidt sloveniyalik o‘qituvchilarning turli xil ta’lim

turlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarning inklyuziyalari maktabga. N. K. French va R. V. Chopra

tahlilni taqdim etdilar. Maktabda inklyuziya g‘oyalarini hayotga tatbiq eta oladigan o‘qituvchilar.

Ushbu tadqiqot

"O‘qituvchi menejer rolida." Ushbu tadqiqot natijalari umumta’lim maktablari tizimiga

inklyuziv ta’limni joriy etishning butun murakkabligini aks ettirdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ba’zi

tadqiqotlar natijasida inklyuziv ta’limga o‘qituvchilar tomonidan ham, inklyuziv sinflarda tahsil

olayotgan bolalarning ota-onalari tomonidan ham salbiy munosabat mavjudligi aniqlandi.

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston YUNISEF va Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar bilan ekspert yordamini

olish va moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha faol hamkorlik qilmoqda. Ushbu loyihalar

jahonning eng yaxshi amaliyotlarini joriy etish va ularni milliy sharoitlarga moslashtirishga

yordam beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

754

Mumkin bo‘lgan yechim yo‘llar

1. Qonunchilik bazasini takomillashtirish Inklyuziya masalalarini, shu jumladan

moliyalashtirish mexanizmlari, maktablarning majburiyatlari va ota-onalarning huquqlarini aniq

tartibga soluvchi maxsus qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2. Pedagoglarni tayyorlash O‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish,

pedagoglar turli toifadagi bolalar bilan ishlay olishlari uchun pedagogika oliy o‘quv yurtlari va

kollejlarda ixtisoslashtirilgan fanlarni joriy etish.

3. Qulay infratuzilmani yaratish, Alohida ehtiyojli bolalar uchun qulay sharoitlarni

ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish: panduslar, liftlar, taktil

ko‘rsatkichlar va maxsus jihozlarni o‘rnatish.

4. Axborot-ma’rifiy ishlar Inklyuziv ta’lim to‘g‘risida jamiyatning xabardorligini oshirish,

stereotiplarni bartaraf etish, shuningdek, alohida ehtiyojli bolalarga ijobiy munosabatni

shakllantirish uchun kampaniyalar o‘tkazish.

5. Idoralararo hamkorlikni rivojlantirish Muammoni hal etishga kompleks yondashish

uchun Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar o‘rtasida hamkorlikni

yo‘lga qo‘yish.

6. Xalqaro tajribani jalb qilish. Boshqa mamlakatlardagi inklyuziv ta’limning

muvaffaqiyatli namunalaridan foydalanish, ushbu modellarni O‘zbekiston voqeligiga

moslashtirish.

7. Moliyalashtirishni ko‘paytirish Inklyuziv loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat

tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish, xalqaro grantlarni jalb qilish va

biznesning ijtimoiy tashabbuslarda ishtirok etishi.

Rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston hukumati inklyuzivlik sohasidagi vaziyatni yaxshilash uchun muhim

qadamlar qo‘ymoqda. 2021-yilda Inklyuziv ta’limni rivojlantirish davlat dasturi tasdiqlandi, u

quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:

- Pedagoglarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish.

- Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning umumta’lim maktablariga kirishini

kengaytirish.

- Bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar ixtisoslashtirilgan yordam olishlari mumkin bo‘lgan

inklyuziv ta’lim resurs markazlarini tashkil etish.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

755

- Masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, bu ayniqsa chekka hududlardagi bolalar

uchun dolzarbdir.

Xulosa

Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’limiy, balki jamiyatning barcha qatlamlari ishtirokini talab

qiladigan ijtimoiy loyihadir. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim tizimiga

muvaffaqiyatli integratsiya qilish bag‘rikenglik, teng huquqlilik va ijtimoiy adolatni

rivojlantirishga yordam beradi. O‘zbekistonda bu soha faol rivojlanish bosqichida, ammo

muvaffaqiyatga erishish uchun mavjud to‘siqlarni yengib o‘tish va uzoq muddatli strategik

yechimlarni joriy etish va ushbu maqsadlarga erishish uchun qonunchilik bazasini mustahkamlash,

infratuzilmani rivojlantirish va jamiyatda inklyuziv ongni shakllantirishni davom ettirish zarur.

O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish katta ahamiyatga ega

bo‘lib, bu jamiyatni adolatli, teng va barqaror rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Mavjud

muammolarni hal qilish uchun kompleks yondashuvlar va hamkorlik zarur. O‘qituvchilarning

tayyorlanishi, maktab infratuzilmasini takomillashtirish, ijtimoiy stereotiplarni o‘zgartirish va

iqtisodiy resurslarni ko‘paytirish orqali O‘zbekiston inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli joriy eta

oladi va jamiyatning barcha a'zolariga teng imkoniyatlar yaratadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi

O‘RQ-641-sonli Qonuni 15.10.2020 y.

2.

Onlayn kirish

https://lex.uz/ru/docs/5049549

3.

"Ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

4.

Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya"ning 2021-yil 7-iyundagi 3PQ-695-son

https://lex.uz/ru/

5.

Alexina S. V., Alekseeva M.N., Agafona

6.

Ye.L. Pedagoglarning tayyorgarligi ta’limda inklyuziv jarayon muvaffaqiyatining asosiy

omili sifatida // Psixologiya fani va ta’limi. - 2011. - Tom. 16. - No1. - S.83-92.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-641-sonli Qonuni 15.10.2020 y.

Onlayn kirish https://lex.uz/ru/docs/5049549

"Ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya"ning 2021-yil 7-iyundagi 3PQ-695-son https://lex.uz/ru/

Alexina S. V., Alekseeva M.N., Agafona

Ye.L. Pedagoglarning tayyorgarligi ta’limda inklyuziv jarayon muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida // Psixologiya fani va ta’limi. - 2011. - Tom. 16. - No1. - S.83-92.