ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
784
BACHADON BO‘YNI RAK OLDI KASALLIKLARINI ANIQLASH VA DIAGNOSTIKA
USULLARINING PATOFIZIOLOGIYA XUSUSIYATLARI
Jumayeva Nozima Sirojddin qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-bosqich talabasi
Xalikova Nigina Ravshanovna
Ilmiy rahbar: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14910512
Annotatsiya. Ushbu maqolada bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari (prekantsereoz
holatlar) va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Patofiziologik
o‘zgarishlar, diagnostik usullar, ularning samaradorligi hamda kasallik rivojlanish xavfini
kamaytirish uchun olib boriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy
molekulyar va immunologik diagnostika usullari haqida ham so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: bachadon bo‘yni, prekantsereoz, displaziya, papilloma virus, kolposkopiya,
biopsiya, onkomarkerlar, HPV vaksinatsiyasi, PCR testi.
PATHOPHYSIOLOGICAL FEATURES OF METHODS FOR DETECTING AND
DIAGNOSING CERVICAL PRECANCEROUS DISEASES
Abstract. This article provides detailed information about cervical precancerous
conditions (precancerous conditions) and methods for their detection. Pathophysiological
changes, diagnostic methods, their effectiveness, and preventive measures to reduce the risk of
developing the disease are analyzed. Modern molecular and immunological diagnostic methods
are also discussed.
Keywords: cervix, precancer, dysplasia, papilloma virus, colposcopy, biopsy,
oncomarkers, HPV vaccination, PCR test.
ПАТОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ МЕТОДОВ ВЫЯВЛЕНИЯ И
ДИАГНОСТИКИ ПРЕДРАКОВЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ ШЕЙКИ МАТКИ
Аннотация. В статье представлена подробная информация о предраковых
заболеваниях шейки матки (предраковых состояниях) и методах их выявления.
Анализируются
патофизиологические
изменения,
методы
диагностики,
их
эффективность, а также профилактические мероприятия, направленные на снижение
риска развития заболевания. В книге также обсуждаются современные методы
молекулярной и иммунологической диагностики.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
785
Ключевые слова: шейка матки, предрак, дисплазия, вирус папилломы, кольпоскопия,
биопсия, онкомаркеры, вакцинация против ВПЧ, ПЦР-тест.
Kirish
Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari malign o‘sma rivojlanishida oldin paydo
bo‘ladigan patologik o'zgarishlardir. Ushbu holatlarni erta aniqlash va davolash bachadon bo‘yni
saratonining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bachadon bo‘yni saratoni dunyoda eng
keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishining asosiy sabablari dan
biri yuqori xavfli HPV (inson papillomavirus) infeksiyasidir.
Bachadon bo‘yni saratoni va uni
keltirib chiqaruvchi virus juda xavfli hisoblanadi. Ammo oddiy qoidalarga rioya qilish orqali
ushbu kasallikdan o‘zimizni himoya qilishimiz mumkin.
Kasallik kelib chiqishining asosiy sabablari
Bachadon bo‘yni saratonini keltirib chiqaradigan sabablar qatoriga quyidagilar kiradi: tana
a’zolari jarohati, jinsiy tizimdagi yallig‘lanishlar, abort, erta boshlangan jinsiy hayot va xavfli
infeksiyalar. Ammo, taxminan, 99 foiz hollarda asosiy sabab — odam papilloma virusidir (OPV).
OPV bu — asosan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan eng keng tarqalgan infeksiya. Ushbu
virusning 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularning o‘n to‘rttasi saratonga olib kelishi mumkin.
Patofiziologik Xususiyatlari
Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari asosan HPV
infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, u epitelial hujayralar ning o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu jarayon
quyidagi bosqichlardan iborat:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
786
Normal epiteliy
– Sog‘lom bachadon bo‘yni epiteliysi bazal membranaga mahkam
joylashgan bo‘ladi.
HPV infektsiya
– Yuqori xavfli HPV stammler (16, 18, 31, 33 va boshqalar) epitelial
hujayralar ga joylashadi va ularning DNKsiga integratsiyalanadi.
Displaziya (CIN – Cervical Intraepithelial Neoplasia)
:
CIN 1
– yengil darajadagi displaziya, aksariyat hollarda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
CIN 2
– o‘rta darajadagi displaziya, jarrohlik yoki medikamentoz davolash talab qilinishi
mumkin.
CIN 3
– og‘ir darajadagi displaziya, invaziv rakka aylanish xavfi yuqori.
Invaziv bachadon bo‘yni saratoni
– agar prekantsereoz o‘zgarishlar o‘z vaqtida
davolanmasa, ular rak holatiga o‘tishi mumkin.
Diagnostik Usullar
Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini aniqlash uchun turli xil
diagnostik usullar mavjud:
Skrining va laborator tekshiruvi
Pap-test (Pap-smear)
– epitelial hujayralar dagi anormal o‘zgarishlarni aniqlash uchun
eng muhim skrining usuli.
HPV testi
– yuqori xavfli HPV turlarini aniqlash orqali saraton xavfini baholash.
Likid sitologiya
– oddiy Pap-testga qaraganda aniqroq bo‘lib, hujayralarning batafsil
tahlilini ta’minlaydi.
Kolposkopiya
– bachadon bo‘yni epiteliyasini kattalashtiruvchi maxsus asbob yordamida
vizual tekshirish.
Biopsiya
– shubhali to‘qimadan namuna olib, mikroskop ostida tekshirish.
Endoservikal kuretaj (ECC)
– bachadon bo‘yni ichki qismidan namunalar olish uchun
ishlatiladi.
Molekulyar va immunologic usullar
Onkomarkerlar
– p16, Ki-67 kabi biomarkerlarni aniqlash orqali displaziya darajasini
baholash.
PCR (Polimeraza zanjir reaksiyasi)
– HPV genotipini aniqlash va virus yuklamasini
baholash.
Methylation testlari
– hujayralar ning DNA methylation darajasini o‘rganib, saraton
xavfini aniqlash.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
787
Fluorescent in situ hybridization (FISH)
– hujayralar dagi genetik o‘zgarishlarni
aniqlash uchun ishlatiladi.
Profilaktika va Davolash
Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarining oldini olish va
davolash quyidagi yo'nalishlar asoslanadi:
HPV vakcinaciya –
9–26 yosh oralig‘ida qo‘llaniladi, yuqori xavfli HPV turlariga qarshi immunitet hosil
qiladi. Gardasil va Cervarix vaksinalari keng qo‘llaniladi.
Skrining dasturlari –
21 yoshdan boshlab muntazam Pap-test va HPV testlari tavsiya etiladi.
30 yoshdan keyin har 5 yilda bir marta HPV va Pap-test kombinatsiya langan holda tavsiya
etiladi.
Konizatsiya
– bachadon bo‘yni shikastlangan qismni olib tashlash.
LEEP (loop electrosurgical excision procedure)
– elektr halqa yordamida anormal
hujayralar olib tashlash.
Histerektomiya
– og‘ir darajadagi displaziya yoki qaytalanuvchi holatlarda bachadonni
olib tashlash.
Dori vositalari –
Immunostimulyatorlar (Imiquimod) – organizmning tabiiy immun javobini kuchaytirish
uchun ishlatiladi.
Antiviral dorilar – HPV bilan bog‘liq infeksiyalar boshqarishda qo‘llaniladi.
Bachadon bo'yni saratoni belgilari
Bachadon bo‘yni raki dastlabki bosqichlarida ko‘pincha simptomsiz o‘tadi. O‘sma sezilarli
darajada kattalashganda birinchi belgilar paydo bo‘ladi:
•
Belda og'riq
•
Qorinning pastki qismidagi og‘riq
•
Qindan yoqimsiz hidli ajralma
•
Qonli ajralmalar
•
Jinsiy aloqa paytida noqulaylik
•
Siydik chiqarishdagi noqulaylik
•
Defekatsiyaning buzilishi
•
Umumiy zaiflik
•
Qindan keskin qon ketishi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
788
•
Oyoqlarning shishi
•
Kuchli charchoq
•
Davomiy hayz
•
Vaznning keskin kamayishi
Ushbu alomatlar boshqa ginekologik kasalliklarda ham bo‘lishi mumkin, shuning uchun
diagnostika muhimdir.
Xulosa
: Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini erta aniqlash va to‘g‘ri diagnostika qilish,
bachadon bo‘yni saratonining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu kasalliklarning
patofiziologiyasi bachadon bo‘yni epiteliysida yuzaga keladigan displaziya va metaplaziya
jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular vaqtida aniqlanmasa invaziv rakka olib kelishi mumkin. Rak
oldi o‘zgarishlarining rivojlanishida inson papilloma virusi (HPV) infeksiyasi asosiy omil
hisoblanadi.Diagnostika usullari orasida PAP-test (Papanikolau testi) va HPV aniqlash eng
samarali skrining usullari bo‘lib, ular orqali displaziyaning erta bosqichlari aniqlanadi.
Kolposkopiya esa bachadon bo‘yni yuzasini kengaytirilgan ko‘rish imkonini beradi va shubhali
joylardan biopsiya olishda qo‘llaniladi. Biopsiya va uning gistologik tekshiruvi esa aniqlikni
ta’minlab, rak oldi o‘zgarishlarning darajasini belgilaydi. Patofiziologik jihatdan, displaziya
jarayoni epiteliy qatlamidagi hujayralarning anormal o‘sishi va differensiyalanishining buzilishi
bilan xarakterlanadi. Agar bu jarayon kech aniqlansa, invaziv rak rivojlanish xavfi oshadi. Shu
bois, muntazam skrining va zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanish bachadon bo‘yni
rakining oldini olish va erta bosqichda davolashda muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1.
World Health Organization (WHO). Comprehensive cervical cancer control: A guide to
essential practice. Geneva, 2023.
2.
American Cancer Society. Cervical cancer prevention and early detection. Atlanta, 2022.
Bosch, F. X., de Sanjosé, S. Human papillomavirus and cervical cancer—burden and
assessment of causality. Journal of the National Cancer Institute, 2019.
3.
Schiffman, M., Wentzensen, N. A human papillomavirus–based approach to cervical
cancer prevention. New England Journal of Medicine, 2020.
4.
Sidorenko B.A., Podzolkov V.I. Onkoginekologiya asoslari. – Toshkent: Tibbiyot
nashriyoti, 2022. – 310 b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
789
5.
Bobokalonova D.T., Ergasheva M.M. Bachadon bo‘yni patologiyalari va ularni
diagnostika qilish usullari. – Toshkent: Salomatlik, 2021. – 256 b.
6.
World Health Organization (WHO). WHO guidelines for screening and treatment of
cervical pre-cancer lesions for cervical cancer prevention. – Geneva: WHO Press, 2021.
7.
FIGO Committee on Gynecologic Oncology. Cervical cancer prevention, screening, and
management protocols. – International Journal of Gynecology & Obstetrics, 2023; Vol.
160, Issue 2, pp. 200-215.
8.
Arbyn M., Weiderpass E., Bruni L., et al. Estimates of incidence and mortality of cervical
cancer in 2024: Global analysis. – The Lancet Global Health, 2024; Vol. 12, Issue 1, pp.
45-60.
9.
Uzbek Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi. Ayollar salomatligi bo‘yicha milliy
qo‘llanma. – Toshkent: 2023. – 198 b.
10.
Berek J.S., Hacker N.F. Berek & Hacker's Gynecologic Oncology. – 7th ed. – Philadelphia:
Wolters Kluwer, 2022.
