Fevral, 2025-Yil
855
ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARI VA ULARNING HIMOYASI
Turdiyev Abdulfayz Sherali o’g’li
Qarshi xalqaro universiteti
Muhandislik va pedagogika fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabasi.
Aloqa uchun: Tel.+99897-777-71-62
https://doi.org/10.5281/zenodo.14953530
Anontatsiya.
Ushbu maqolada iste'molchilarning asosiy huquqlari, ularning huquqiy
kafolatlari va himoya mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda iste’molchilar
huquqlarini ta’minlash bo‘yicha mavjud qonunchilik, muammolar va ularni hal etish yo‘llari
haqida so‘z boradi. Adolatli bozor munosabatlarini shakllantirishda iste’molchi huquqlarini
himoya qilishning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, iste’molchilarning huquqlari buzilganda
murojaat qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar va shikoyat berish tartibi haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
iste'molchi huquqlari, huquqiy himoya, sifatsiz mahsulot, xizmat ko‘rsatish,
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonuni, davlat nazorati, shikoyat qilish tartibi,
firibgarlik, iste’mol madaniyati, adolatli bozor.
Аннотация.
В данной статье рассматриваются основные права потребителей, их
правовые гарантии и механизмы защиты. Также будет обсуждено действующее
законодательство по обеспечению прав потребителей в Узбекистане, проблемы и пути их
решения. Анализируется значение защиты прав потребителей в формировании
справедливых рыночных отношений. Кроме того, представлена информация об
организациях, в которые могут обратиться потребители в случае нарушения их прав, и
порядке подачи жалобы.
Ключевые слова:
права потребителя, правовая защита, некачественный товар,
услуга, закон о защите прав потребителей, государственный контроль, претензионный
порядок, мошенничество, культура потребления, справедливый рынок.
Abstract.
This article covers the main rights of consumers, their legal guarantees and
protection mechanisms. Also, the existing legislation on ensuring consumer rights in Uzbekistan,
problems and ways to solve them will be discussed. The importance of protecting consumer rights
in the formation of fair market relations is analyzed. Also, information is provided about the
organizations that consumers can turn to in case of violation of their rights and the procedure for
filing a complaint.
Fevral, 2025-Yil
856
Key words:
consumer rights, legal protection, poor quality product, service, consumer
protection law, state control, complaint procedure, fraud, consumer culture, fair market.
Zamonaviy jamiyatda har bir fuqaro iste’molchi sifatida mahsulot va xizmatlardan
foydalanadi. Sifatli mahsulot xarid qilish, to‘g‘ri ma’lumot olish va xavfsiz xizmatlardan
foydalanish iste’molchilarning asosiy huquqlaridandir. Ammo ba’zan sifatsiz mahsulot, firibgarlik
yoki xizmat ko‘rsatishdagi qonunbuzarliklar iste’molchilarning manfaatlariga zarar yetkazishi
mumkin. Shu sababli, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish nafaqat ularning shaxsiy
manfaatlarini ta’minlash, balki adolatli va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishning muhim
shartlaridan biridir. O‘zbekistonda iste’molchilarning huquqlari maxsus qonunlar bilan
himoyalangan bo‘lib, davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlari ularning manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ushbu maqolada iste’molchi huquqlari,
ularni himoya qilish mexanizmlari va O‘zbekistondagi mavjud tartib-qoidalar haqida so‘z
yuritiladi.
Hozirgi kundagi bozor iqtisodiyotida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish dolzarb
masala sifatida nafaqat mamlakat hududi shuningdek, xalqaro miqyosda ham alohida ahamiyat
kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida o‘z navbatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
bo‘yicha Fuqarolik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlari bilan shuningdek, qonun osti hujjatlar asosida tartibga
solinadi. O‘zbekiston Respublikasining “iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi qonuning 1-moddasida iste’molchi - foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan
holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma
beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs) sifatida belgilangan. Bu norma shuni
anglatadiki, faqatgina jismoniy shaxslargina iste’molchi bo‘la oladi, yuridik shaxslar esa bunday
huquqqa ega emas. Iste’molchi iqtisodiy munosabatlarda zaif tomon sifatida shartnomaviy
munosabatlarda ustuvor huquqqa ega hisoblanadi.
Iste’molchilarning tovar ish, xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli
bo‘lishi kerakligi bo’yicha huquqlarida tovar ish, xizmatning xavfsiz bo‘lishi, ishlab chiqaruvchi
ijrochi, sotuvchi iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar ish, xizmatlar haqida o‘z vaqtida
zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi, bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida,
tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning ishlarning, xizmatlarning ayrim turlari uchun
qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi lozimligi anglashiladi.
Fevral, 2025-Yil
857
Shuningdek, iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni
bo‘lgan tovar ish, xizmat shuningdek, ishlab chiqaruvchi ijrochi, sotuvchining g‘ayriqonuniy
harakati harakatsizligi tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda
qoplanishi kabi huquqlarida tovar ish, xizmatning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga
bog‘liq bo‘lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-
mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar
yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga
yetkazilgan zarar sotuvchi ishlab chiqaruvchi, ijrochi tomonidan qoplanishi lozimligi, shu bilan
birga iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ
hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat yaroqlilik muddati mobaynida, bunday muddat
belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan ish, xizmat qabul qilingan paytdan e’tiboran
o‘n yil mobaynida yuzaga kelgan bo‘lsa, qoplanishi lozimligi va iste’molchining huquqlari
buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor
bo‘lsa, haq to‘lashi lozimligi, ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi
ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshirilishidir. Iste'molchilar huquqlarini
himoya qilish tizimi odatda oshkoralik va tovarlar va xizmatlar to'g'risida xabardorlikni joriy etish,
bozorda raqobatni rivojlantirish, firibgarliklarning oldini olish, mijozlarni o'qitish va adolatsiz
harakatlarning oldini olishni o'z ichiga oladi.
Iste’molchi buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya
qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Xususan, Prezidentning 5817-sonli farmoniga muvofiq, “Iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish agentligi” iste’mol bozorini tahlil qilish, narx dinamikasini kuzatish hamda tovar va
xizmatlar narxini shakllantirish mexanizmlarini o‘rganish vazifasini bajarmoqda. Shu bilan birga,
agentlik aholining, ayniqsa, yoshlarning iste’mol savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratib,
ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etmoqda. Bu esa
iste’molchilarning bozor munosabatlarida yanada ongli ishtirok etishiga va o‘z huquqlarini himoya
qilishga ko‘maklashadi. Bosh qomus, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
iste’molchilarning huquqlari alohida moddalarda mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, 53-moddada
quyidagicha qayd etilgan:
- Davlat iste’molchilarning huquqlarini himoya qiladi, halol raqobat muhitini
shakllantiradi va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaydi”. Bu norma iste’molchilarning manfaatlarini
ta’minlash, ularni sifatsiz mahsulot va xizmatlardan himoya qilish, shuningdek, bozorda sog‘lom
raqobat muhitini yaratish bo‘yicha davlatning majburiyatlarini belgilaydi.
Fevral, 2025-Yil
858
Bundan tashqari, Konstitutsiyaning boshqa moddalarida ham iste’molchilarning
huquqlarini bilvosita qo‘llab-quvvatlovchi normalar mavjud, masalan:
- 25-modda: Har bir shaxsning huquq va erkinliklari daxlsizligi.
- 27-modda: Shaxsiy hayot daxlsizligi va axborot olish huquqi.
- 44-modda: Har bir fuqaro o‘z huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish
huquqiga ega.
Eng muhim jihatlardan biri bu - iste’molchilarning asosiy huquqlari: iste’molchilar
ma’lumot olish, iste’molchi tovar yoki xizmat haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumot olish, tovar va
xizmatlarning xavfsizligi, mahsulotlar va xizmatlar inson salomatligi, hayoti, mol-mulki va atrof-
muhit uchun xavfsiz bo‘lishi, to‘lovlarning qoplanishi, agar tovar yoki xizmat zarar yetkazgan
bo‘lsa, iste’molchi to‘liq moddiy va ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqiga hamda
iste’molchi bozorda erkin tanlov qilish huquqiga ega. Bu huquqlarni bilish sizga o‘z
manfaatlaringizni himoya qilishda yordam beradi, shuningdek, tadbirkorlarni sifatli tovarlar va
xizmatlar ko‘rsatishga undaydi.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyat taraqqiyoti va adolatli iqtisodiy
muhitni shakllantirishning muhim omillaridan biridir. Sifatli mahsulot va xizmatlardan
foydalanish, to‘g‘ri ma’lumot olish va firibgarliklardan himoyalanish har bir iste’molchining
tabiiy huquqidir. Shu sababli, iste’molchilar huquqlarini yanada mustahkamlash va ularga qulay
shart-sharoitlar yaratish uchun bir qator taklif va yechimlarni ilgari surish lozim. Birinchidan,
iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirish uchun muntazam ravishda o‘quv dasturlari va
seminarlar tashkil etish zarur. Ayniqsa, yoshlarni iste’mol savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan
dasturlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, iste’molchilar shikoyatlarini tezkor va samarali
ko‘rib chiqish tizimini yanada rivojlantirish lozim. Bu borada onlayn platformalar va mobil
ilovalar orqali murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish qulaylik yaratadi. Shuningdek,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini buzish holatlarining oldini olish
maqsadida nazorat tizimi kuchaytirilishi lozim. Mahsulot va xizmatlarning sifati bo‘yicha
jamoatchilik nazorati mexanizmini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish faqat davlat organlarining
emas, balki butun jamiyatning burchidir. Fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, nazorat
tizimini kuchaytirish va shaffoflikni ta’minlash orqali adolatli va ishonchli bozor muhitini
shakllantirish mumkin. Bu esa nafaqat iste’molchilar, balki tadbirkorlar va umuman iqtisodiyot
rivoji uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Fevral, 2025-Yil
859
REFERENCES
1.
30.04.2023. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
221-I-сон
26.04.1996. Iste’molchilarning
huquqlarini
himoya
qilish
to‘g‘risida
3.
Iste'molchilar
huquqlarini
himoya
qilish
agentligi
-
Vikipediya
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Iste%27molchilar_huquqlarini_himoya_qilish_agentligi
4.
ISTE’MOLCHILAR
HUQUQLARINI
HIMOYA
QILISH
MASALALARI
https://uzmarkaz.uz/news/istemolchilar-huquqlarini-himoya-qilish-masalalari
5.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning asosiy jihatlari - Oʻzbekiston
Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.
https://raqobat.gov.uz/uz/istemolchilar-huquqlarini-himoya-qilish-togrisidagi-qonunning-
6.
https://kdb.uz/uz/interactive-services/consumer-rights
