Fevral, 2025-Yil
882
ZULFIYAXONIM SHEʼRIYATIDA OBRAZLAR TIZIMI IFODASI
Shomurotova Gulbahor Ravshan qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti tillar fakulteti 1 OʻTA - 24 (K) guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14956084
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilovaning hayot yoʻli,
sheʼrlarining mavzu koʻlami haqida tahlil olib borilgan. Shuningdek, shoira Zulfiyaning poetik
asar yaratish mahorati uning sheʼrlari miqyosida koʻrib chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
Zulfiyaning hayot yoʻli, tarjimalari, mukofot laureati, "Zulfiya" nomidagi
davlat mukofoti.
Аннотация.
В данной статье анализируется жизненный путь узбекской поэтессы
Зульфияханим Исраиловой и масштаб ее стихов. Также на примере ее стихов рассмотрено
умение поэтессы Зульфии создать поэтическое произведение.
Ключевые слова:
жизненный путь Зульфии, переводы, лауреат премии,
государственная премия имени «Зульфия».
Abstract.
This article analyzes the life path of the Uzbek poetess Zulfiyakhanim Israilova
and the scope of her poems. Also, poetess Zulfia's ability to create a poetic work was considered
in terms of her poems.
Key words:
Zulfiya's life path, translations, award laureate, state award named after
"Zulfiya".
"Zulfiya" taxallusi ostida ijod qilgan oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yil
bahorining ilk kuni boʻlmish, 1- martda Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tavallud topgan.
Zukko shoira dastlab 1922-yildan 1931- yilgacha maktabda ,1931-1934- yillar oraligʻida
qizlar bilim yurtida tahsil olgan.
Jurnalist va nashriyotchi boʻlgan oʻzbek shoirasi 1935-1938- yillar mobaynida til va
adabiyot instituti aspiranti, 1938- 1948- yillarda bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat
nashriyoti boʻlim mudiri, 1953- yilgacha "Saodat" jurnalida boʻlim mudiri, 1953- 1980- yillarda
shu jurnal bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.
Zulfiyaxonim, taniqli oʻzbek adibi Hamid Olimjon bilan 1935- yilda turmush qurgan.
Ammo ular orzularga toʻla hayot kechirayotgan bir vaqtda taqdirning shafqatsizligi tufayli
1944- yilda Hamid Olimjon baxtsiz hodisa avto halokat tufayli hayotdan koʻz yumdi.
Oʻzbek sheʼriyatiga ulkan hissa qoʻshgan shoiraning ilk sheʼri 1931- yil "Ishchi" gazetasida,
1932- yil " Hayot varaqlari" kabi sheʼrlar toʻplami bosilib chiqqan. Shoiraning umr yoʻldoshi
Fevral, 2025-Yil
883
vafotidan soʻng ruhiy sog’inchilar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy
oʻzgarishlar sodir boʻldi. Uning koʻpgina sheʼrlarida vatanparvarlik, xalqiga boʻlgan muhabbat
kabi mavzular ilgari surilgan boʻlsada, ma'yuslik ohangi bor edi. Uning hislari aks etgan sheʼridan
1 parcha aytib oʻtsak:
Oʻzing
tashna etding, oʻzing
suv tutding,
Qalbimdagi sahrom,
daryomsan xalqim.
Seni seva-seva men boyib
ketdim,
Dunyo ichra topgan,
dunyomsan xalqim.
1940- yil oxirida eʼlon qilingan davlatining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari
oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltiradi. Bular shoira Zulfiyani ham chetlab oʻtmadi. Zulfiya
- badbin kayfiyatlar, pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida tana toshlar ostida qolgan. Ammo
koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollar hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida
she'r va publitsistik maqolalar yozib, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi. Oʻzbek shoirasi oʻz ijodida
bardavom davom etdi va 50- yillarning ikkinchi yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining
"tinchlik va xalqaro birdamlik" shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning bir qator
mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira
ijodida chuqur iz qoldirdi. Zulfiya ijodida faqatgina oʻzbek hayot koʻlami bilan cheklanib qolmay,
uning ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi.
70- yillardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo
boʻldi. "Oʻylar" (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili
" Visol" (1972), " Yillar, yillar..." (1975) sheʼriy kitoblarda davom etib, shoira ijodida chinakam
badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi.
Zulfiyaxonim hayotining muhim bir qismini, H. Olimjonning adabiy merosini oʻrganishga
bagʻishladi. U shoirning " Semurgʻ" yoki " Parizod va Bunyod " dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri
uchun " Semurgʻ" pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda " Zaynab va Omon" operasi
librettosini yozdi.
"Javharlar Neru" (1968), "Nilufar" (1971) mukofotlari, hamda Hamza nomidagi
Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati, Bolgariyaning " Kirill va metodiy" (1972) ordeni
sovrindori oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova Oʻzbekiston respublikasi prezidenti I. A. Karimov
Fevral, 2025-Yil
884
nazaridan ham chetda qolmagan. Prezidentimiz aytganlaridek: " Nafaqat oʻz sheʼrlari balki, butun
hayoti bilan oʻzbek ayolini manaviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoirimiz Zulfiyaxonimni
ham ming fidoyi insonlar qatoriga qoʻshgan boʻlardim", deya taʼkidladi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Zulfiyaxonim nafaqat sheʼriyatda mohirona ijod qilgan, u
oʻz ijodi bilan bir qatorda chin oʻzbek ayoli timsolini oʻzida mujassamlashtirgan. Hayotning turli
sinovlariga, tamal toshlariga, kuchli irodasi ila dosh bergan shoira, H. Olimjon vafotidan soʻng
turmush qurmagan va yolgʻiz ayol boshi bilan ikkita farzandini voyaga yetkazgan. Bugun ushbu
maqolani yozish va oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir
karra amin boʻldimki, oʻzbek adabiyotida XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va
murakkab yoʻlni bosib oʻtgan boʻlmasin, unda bir qator tom maʼnodagi ijodkorlar yetishib chiqgan,
ular orasida porloq yulduzlardan biri bu Zulfiyaxonim boʻlgan. Oʻzbek shoirasi boʻlmish
Zulfiyaxonimga serqirra ijodkor, sadoqatli yor, irodali ayol sifatida, mukammal inson nazarida
qarash mumkin.
Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek: "uning jahon minbarlaridan yangragan sheʼrlari,
sharq ayollarining aql-u zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab sheʼriyat
muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqat kabi shaxsiyat egasi" deya taʼkidladi. Darhaqiqat,
betakror shaxsiyat egasi boʻlgan Zulfiya ta'sirchan sheʼriyati bilan uzoq yillar mobaynida millat
yoshlari qalbida sadoqat saboqlarini berishda davom etmoqda.
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti - Oʻzbekiston respublikasi davlat mukofotlaridan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining " Zulfiya" nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish
toʻgʻrisidagi takliflarni qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisida 1999- yil 10- iyundagi farmoniga binoan
ta'sis etidi. Zulfiyaning jasorati, oliyjanobligi, oʻziga boʻlgan ishonchi, kuchli sabri , samimiyligi,
gʻururi va his tuygʻulari oʻquvchi qalbini larzaga soladi.
REFERENCES
1.
Shodiyevna, N. S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION
IMAGES WATER AND FIRE.
MODERN SCIENCE
,
2181
, 3906.
2.
Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern
poetry.
Интернаука
, (35), 75-76.
3.
Nizomova, S. S. (2023). EXPRESSION OF WATER AND FIRE ICONS IN POEMS
CREATED IN THE DEFINITION OF PLACE IN MODERN UZBEK POETRY.
Journal
of Modern Educational.Achievements
,
8
(8), 202-206.
Fevral, 2025-Yil
885
4.
NIZOMOVA, S. S. (2023). THE SYMBOLISM OF FIRE AND WATER IN POEM.
THE
ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD
,
1
(9), 48-54.
5.
Husenova, A., Jumayeva, M., Nizomova, S., Shokirova, M., Himoyeva, S., & Abdullayev,
S. (2024). Effectiveness of experimental work aimed at developing environmental
competence of students. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 587, p. 03025). EDP Sciences.
6.
Nizomova, S. S. (2020, August). THE SCOPE OF THE TOPICS OF THE SHARIA OF
THE INDEPENDENCE PERIOD. In
Archive of Conferences
(Vol. 4, No. 4, pp. 68-69).
7.
Nizomova, S. S. (2020, August). SHARIA'S DESCRIPTION OF THE CEREMONIAL
ATTITUDE TO WATER. In
Archive of Conferences
(Vol. 4, No. 4, pp. 65-67).
8.
Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February). THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN
ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL
EDUCATION ORGANIZATION. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
E-CONFERENCE" MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF
IMPLEMENTING THEM IN THE EDUCATIONAL PROCESS"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp. 1-
5).
9.
Nizomova, S. S., & Jumayeva, M. H. (2024). REPRESENTATION OF THE IMAGE OF
WATER IN MODERN UZBEK POETRY.
YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL
ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS
,
3
(1), 70-75.
10.
Shodiyevna, N. S. (2022). The Symbolism of Fire and Water in Poetic Context.
European
Journal of Innovation in Nonformal Education
,
2
(2), 170-174.
11.
Shodiyevna, N. S., & Pokizabonu, U. Interpretative Phrases Related to Water in Modern
Poetry.
12.
Shodiyevna, N. S. (2024). The Symbol of Fire in Poem.
International Journal of Formal
Education
,
3
(4), 83-86.
13.
Nizomova, S. (2020). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA SUV VA OLOV BILAN BOG ‘LIQ
OBRAZLARNI IFODALASH AN’ANASI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
2
(2).
14.
Nizomova, S. (2021). ZAMONAVIY SHE’RIYATDA OLOV ANALOGLARINING
OBRAZLANTIRILISHI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
8
(8).
15.
Nizomova, S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION
IMAGES WATER AND FIRE.
Modern Science and Research
,
3
(10), 171-175.
16.
Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February).
THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN
ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION
Fevral, 2025-Yil
886
ORGANIZATION. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"
MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN
THE EDUCATIONAL PROCESS
"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp. 1-5).
17.
Nizomova, S. S. (2023). EXPRESSION OF WATER AND FIRE ICONS IN POEMS
CREATED IN THE DEFINITION OF PLACE IN MODERN UZBEK POETRY.
Journal
of Modern Educational Achievements
,
8
(8), 202-206.
18.
Nizomova, S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION
IMAGES WATER AND FIRE.
Modern Science and Research
,
3
(10), 171-175.
19.
Nizomova, S. S., & Munisxon, O. (2024, February).
THE SIGNIFICANCE OF THE MAIN
ACTIVITY GAME IN THE EDUCATION OF CHILDREN IN THE PRESCHOOL EDUCATION
ORGANIZATION. In
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL E-CONFERENCE"
MODERN TENDENCIES OF DIGITAL EDUCATION AND WAYS OF IMPLEMENTING THEM IN
THE EDUCATIONAL PROCESS
"–Brno, Czech
(Vol. 1, pp. 1-5).
20.
Nizomova, S. S. (2021). Images In Modern Uzbek Poetry.
Psychology and Education
Journal
,
58
(1), 754-758.
21.
Nizomova, S. S. (2020). MODERN POETRY. In
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА
СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ
(pp. 89-90).
22.
Shodiyevna, N. S. (2024). IN MODERN UZBEK POETRY POETIC INTERPRETATION
IMAGES WATER AND FIRE.
MODERN SCIENCE
,
2181
, 3906.
23.
Husenova, A., Jumayeva, M., Nizomova, S., Shokirova, M., Himoyeva, S., & Abdullayev,
S. (2024). Effectiveness of experimental work aimed at developing environmental
competence of students. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 587, p. 03025). EDP Sciences.
24.
Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern
poetry.
Интернаука
, (35), 75-76.
25.
Nizomova, S. (2020). Symbolic interpretations of water and fire in modern
poetry.
Интернаука
, (35), 75-76.
26.
Sharipova, M. (2024). ABDUNAZAR POYONOVNING 70 YILLIK YUBILEYI
DOIRASIDA “ABDUNAZAR POYONOVNING BAXSHICHILIK SAN’ATIDA
TUTGAN O ‘RNI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
(Ilmiy
maqolalar
to’plami):
ABDUNAZAR
POYONOVNING
KUYLAGAN
“ALPOMISH” VARIANTIDA MAROSIMLAR BADIIY IFODASI.
Buxoro davlat
pedagogika instituti jurnali
,
4
(4).
Fevral, 2025-Yil
887
27.
Baxshilloyevna, S. M., & Firuzovna, R. S. (2024). KITOBXONLIK MADANIYATI
ORQALI TALABALAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING ILMIY-NAZARIY
ASOSLARI.
28.
Sharipova, M., & Jabborova, D. (2024). COMMONALITIES IN THE RELATIONSHIPS
OF FOLKLORE GENRES WITH LITERATURE.
Modern Science and Research
,
3
(9),
170-177.
29.
Sharipova, M., & Rajabova, S. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF
IMPROVING THE SPIRITUALITY OF STUDENTS THROUGH LIBRARY
CULTURE.
Modern Science and Research
,
3
(9), 148-155.
30.
Sharipova, M., & Saidova, S. (2024). THE SKILL OF CHARACTER DEVELOPMENT IN
ABDULLA QAHHOR'S STORIES.
Modern Science and Research
,
3
(9), 156-162.
31.
qizi Hamidova, U. F., & Sharipova, M. B. (2024, February). METHODOLOGY OF
DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN OF PRESCHOOL AGE.
In
INTERNATIONAL CONFERENCE: PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS.
(Vol.
3, No. 1, pp. 73-82).
32.
Azimov, Y., To’xsanov, Q., Adizov, B., Sharipova, M., & Hojiyeva, N. (2024). Statistical
analysis of thrift and ecological education concepts in elementary school students. In
E3S
Web of Conferences
(Vol. 587, p. 02020). EDP Sciences.
33.
Sharipova,
M.
(2023).
“ALPOMISH”
EPOSINING
QADIMIYLIGI
VA
AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
34.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
35.
Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI
VA AN’ANAVIYLIGI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
46
(46).
36.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONIDA NIKOH MAROSIMINING ARXAIK-
BAIIY XUSUSIYATLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
44
(44).
37.
Sharipova, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONI BADIIY STRUKTURASIDA
MAROSIMLARNING O ‘RNI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
30
(30).
38.
Sharipova, M. (2020). Вестник магистратуры.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
39.
Sharipova, M. B., & Inoyatova, F. I. (2018). USE OF PROBLEM-BASED LEARNING IN
THE CLASSROOM.
УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА
, (11), 69.
Fevral, 2025-Yil
888
40.
Sharipova, M. B., & qizi Shokirova, N. Z. «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR.
41.
Sharipova, M. B., & qizi Salimova, K. R. “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI”
MAROSIMI TASVIRI.
42.
Sharipova, M. B. Ritual and Epic Relations in the Epic" Alpomish".
MIDDLE EUROPEAN
SCIENTIFIC BULLETIN
.
