Authors

  • Elyor Mingliboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69854

Keywords:

Bank tizimi iqtisodiy xavfsizlik moliyaviy barqarorlik kredit siyosati likvidlik risklarni boshqarish kiberxavfsizlik ichki nazorat.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish, risklarni minimallashtirish, likvidlikni boshqarish va kiberxavfsizlikni mustahkamlash bo’yicha ilmiy yondashuvlar ko’rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar asosida bank tizimini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar beriladi.

background image

1587

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKSIDA BANKLARNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI

TA’MINLASH

Mingliboyev Elyor O’ktam o’g’li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti 1-kurs talabasi.

mrelyormingliboyev2006@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14956361

Annoatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida bank tizimining iqtisodiy

xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Banklarning moliyaviy barqarorligini

oshirish, risklarni minimallashtirish, likvidlikni boshqarish va kiberxavfsizlikni mustahkamlash

bo’yicha ilmiy yondashuvlar ko’rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar asosida bank tizimini

rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar beriladi.

Kalit So‘zlar:

Bank tizimi, iqtisodiy xavfsizlik, moliyaviy barqarorlik, kredit siyosati,

likvidlik, risklarni boshqarish, kiberxavfsizlik, ichki nazorat.

ENSURING THE ECONOMIC SECURITY OF BANKS IN THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN

Abstract

. This article analyzes the issues of ensuring the economic security of the

banking system in the Republic of Uzbekistan. Scientific approaches to increasing the financial

stability of banks, minimizing risks, managing liquidity, and strengthening cybersecurity are

considered. Recommendations are given for the development of the banking system based on

international experience.

Keywords:

Banking system, economic security, financial stability, credit policy, liquidity,

risk management, cybersecurity, internal control.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ БАНКОВ В

РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация

. В статье анализируются вопросы обеспечения экономической

безопасности банковской системы Республики Узбекистан. Будут рассмотрены научные

подходы к повышению финансовой устойчивости банков, минимизации рисков,

управлению ликвидностью и усилению кибербезопасности. Даны рекомендации по

развитию банковской системы на основе международного опыта.

Ключевые слова:

Банковская система, экономическая безопасность, финансовая

устойчивость,

кредитная

политика,

ликвидность,

управление

рисками,

кибербезопасность, внутренний контроль.

KIRISH:

Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligi mamlakat moliyaviy barqarorligini

ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Moliyaviy inqirozlarning oldini olish, kredit va likvidlik


background image

1588

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

xavflarini samarali boshqarish hamda bank sektorining ishonchliligini oshirish iqtisodiy

barqarorlik uchun zaruriy shartlar hisoblanadi. Banklarning to‘lovga layoqatliligini ta’minlash,

mijozlarning omonatlarini himoya qilish va zamonaviy xavfsizlik choralarini qo‘llash

banklarning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu maqolada bank

tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘llari, xalqaro tajribalar va samarali boshqaruv

mexanizmlari tahlil qilinadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI:

Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadi mamlakatning

moliyaviy barqarorligini saqlash va bank sektorining ishonchliligini oshirishdan iborat. Bu, eng

avvalo, banklarning to‘lovga layoqatliligi va likvidligini ta’minlash orqali iqtisodiy

inqirozlarning oldini olishni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun kredit

portfeli, likvidlik, foiz stavkalari va operatsion xavflarni samarali boshqarish zarur. Risklarni

minimallashtirish bank tizimining mustahkamligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, mijozlarning omonatlarini himoya qilish ham iqtisodiy xavfsizlikning asosiy

omillaridan biridir. Depozit sug‘urtasi va nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali fuqarolarning

bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish mumkin.

Banklarning iqtisodiyotga ta’siri bevosita pul-kredit siyosatining barqaror yuritilishi bilan

bog‘liq. Chunki banklar mamlakat iqtisodiyotining asosiy qon tomiri hisoblanadi. Mamlakatda

pul aylanamasini to

g

ri tashkil etish iqtisodiyotni bir maromda yurgizishda muhim ahamiyat

kasb etadi. Bunda esa banklar bo

sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kerakli joylarga kredit sifatida

yetkizib berish orqali ishtirok etadi. Ushbu jarayonda bank likvidlik ko‘rsatgichi hal qiluvchi

omil sanaladi, tranzaksiyalarni joyida amalga oshirish turli iqtisodiy xavf xatarlarnining oldini

oladi. Inflyatsiya darajasini nazorat qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish orqali iqtisodiy

muvozanatni saqlashga erishiladi. Zamonaviy dunyoda bank tizimining xavfsizligi

kiberxavfsizlik bilan ham chambarchas bog‘liq. Bank tizimini raqamli tahdidlardan himoya

qilish, shuningdek, mijozlarning ma’lumotlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu

sababli axborot texnologiyalarini doimiy ravishda yangilab borish va zamonaviy xavfsizlik

choralarini ko‘rish talab etiladi.

Bundan tashqari, bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash xalqaro hamkorlik va

tajriba almashinuvisiz amalga oshirilishi qiyin. Xorijiy moliyaviy institutlar bilan hamkorlik

qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakat bank tizimiga tatbiq etish orqali xavfsizlik

darajasini oshirish mumkin. Xalqaro miqyosda moliyaviy tizimlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgani

sababli, global miqyosda iqtisodiy muvozanatni saqlashga qaratilgan harakatlar bank tizimining

xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.


background image

1589

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Shu jihatdan olib qaraganda, bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash nafaqat

alohida davlatlar, balki butun global moliyaviy tizim uchun ham dolzarb vazifalardan biri

hisoblanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI:

1.

Kreditlash siyosatini takomillashtirish

: Amerikalik iqtisodchi

Frederic S. Mishkin

banklar kredit portfelini diversifikatsiya qilish orqali risklarni kamaytirishlari lozimligini

ta'kidlaydi.

1

2.

Likvidlikni boshqarish

: Britaniyalik olim

Charles Goodhart

banklar o'z likvidlik

darajasini doimiy nazorat qilib, qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish uchun yetarli mablag'ga

ega bo'lishlari kerakligini aytadi.

2

3.

Ichki nazorat tizimini kuchaytirish

: Kanadalik tadqiqotchi

Andrew W. Lo

banklar

ichki audit va nazorat tizimlarini mustahkamlash orqali moliyaviy firibgarliklar va xatoliklarning

oldini olishlari mumkinligini ta'kidlaydi.

3

4.

Axborot texnologiyalarini yangilash

: Avstraliyalik professor

Ross P. Buckley

zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali banklar kiberxavfsizlikni ta'minlashlari va

mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishlari mumkinligini qayd etadi.

4

5.

Moliyaviy barqarorlik va nazorat

: Amerikalik iqtisodchi

Ben Bernanke

banklarning

moliyaviy barqarorligini ta'minlashda markaziy banklar va nazorat organlarining muhim rolini

ta'kidlaydi.

5

6.

Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi

: Fransuz iqtisodchisi

Jean Tirole

banklarning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi muhim

ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.

6

Bank tizimini takomillashtirishda yetakchi iqtisodchilarning fikrlari muhim ahamiyatga

ega. F. Mishkin ta’kidlaganidek, kredit portfelini diversifikatsiya qilish risklarni kamaytirishga

yordam beradi. C. Goodhart likvidlikni doimiy nazorat qilish zarurligini, A. W. Lo esa ichki

auditni kuchaytirish firibgarliklarning oldini olishini qayd etadi. R. P. Buckley zamonaviy

texnologiyalarni joriy etish bank xizmatlari sifatini oshirishini ta’kidlaydi. B. Bernanke

moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda markaziy banklarning roliga urg‘u beradi. J. Tirole esa

xalqaro tajriba almashinuvi bank xavfsizligini mustahkamlashini ko‘rsatadi. Shu bois, kredit

siyosatini diversifikatsiya qilish, likvidlik nazoratini kuchaytirish, ichki auditni rivojlantirish va

raqamli texnologiyalarni joriy etish banklarning samaradorligini oshiradi.

1

Mishkin, F. S. (2007). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets. 7-nashr. Addison-Wesley.

2

Goodhart, Charles. (2008). Liquidity Management.

3

Andrew W. Lo. (2014). The Gordon Gekko Effect: The Role of Culture in the Financial Industry.

4

Buckley, R. P. (2014). The Changing Nature of Banking and Why It

5

Bernanke, B. S. (2013). The Federal Reserve and the Financial Crisis. Princeton University Press.

6

Tirole, J. (2006). The Theory of Corporate Finance. Princeton University Press


background image

1590

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

TAHLIL VA NATIJALAR:

O‘zbekiston banklarining iqtisodiy tamoyillar bo‘yicha tahlili:

Bank nomi

Kreditlash

siyosati

Likvidlikni

boshqarish

Ichki nazorat

tizimi

Axborot

texnologiyalari

Moliyaviy

barqarorlik

O‘zbekiston

Milliy banki

(NBU)

Diversifikatsiya

qilingan kredit

portfeli

Yuqori

likvidlik

Ichki audit

kuchli

Zamonaviy IT

infratuzilma

Markaziy

bank nazorati

ostida

Ipoteka-

bank

Asosan ipoteka

kreditlari

O‘rtacha

likvidlik

Ichki nazorat

tizimi mavjud

Axborot

tizimlari

rivojlanmoqda

Barqaror

moliyaviy

ko‘rsatkichlar

Xalq banki

Iste’mol va

ijtimoiy kreditlar

ustuvorligi

Likvidlik

o‘rtacha

darajada

KYC tizimi

joriy etilgan

Raqamli bank

xizmatlari

mavjud

Moliyaviy

barqaror

Asaka bank

Yirik biznes va

sanoat kreditlari

Yuqori

likvidlik

Ichki audit

kuchaytirilgan

Texnologik

yangilanishlar

davom

etmoqda

Davlat

nazorati

ostida

Aloqa bank

Korporativ

mijozlarga xizmat

ko‘rsatish

Likvidlik

boshqaruvi

barqaror

Ichki nazorat

tizimi

rivojlanmoqda

Kiberxavfsizlik

tizimi

kuchaytirilgan

Moliyaviy

holati

barqaror

Yuqoridagi tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimi izchil rivojlanib, har bir

bank o‘ziga xos yo‘nalishga ega. Milliy bank kredit portfelini yanada diversifikatsiya qilish

orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Ipoteka-bank va Xalq banki ipoteka va

iste’mol kreditlariga e’tibor qaratadi, ammo biznes kreditlarini ham rivojlantirish foydali bo‘ladi.

Asaka bank sanoat kreditlariga ustuvorlik berib kelmoqda, lekin innovatsion startaplar

uchun maxsus dasturlar ishlab chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Aloqa bank asosan

korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, biroq chakana bank xizmatlarini kengaytirish foydali

bo‘lishi mumkin. Banklar likvidlikni samarali boshqarish, ichki nazoratni kuchaytirish va IT

infratuzilmani takomillashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishi zarur. Shuningdek, davlat

banklari o‘z moliyaviy mustaqilligini oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalar ishlab chiqishi

lozim..

XULOSA VA TAKLIFLAR:

Bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning moliyaviy barqarorligini

mustahkamlash va bank sektorining ishonchliligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

1591

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, banklar kredit, likvidlik, foiz stavkalari va

operatsion xavflarni samarali boshqarish orqali iqtisodiy barqarorlikni saqlashlari lozim.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi

takliflarni ilgari surish mumkin:

1.

Risklarni minimallashtirish va kredit portfelini diversifikatsiya qilish – Banklar o‘z kredit

strategiyalarini qayta ko‘rib chiqib, yuqori xavfli kreditlar ulushini kamaytirishlari lozim.

2.

Likvidlikni boshqarish – Banklar o‘z likvidlik darajasini doimiy nazorat qilib, to‘lovga

layoqatlilik darajasini oshirishlari kerak.

3.

Ichki nazorat va monitoring tizimlarini kuchaytirish – Moliyaviy firibgarliklarning oldini

olish va bank tizimining shaffofligini ta’minlash uchun ichki audit va nazorat mexanizmlarini

yanada mustahkamlash zarur.

4.

Axborot texnologiyalarini yangilash va kiberxavfsizlikni ta’minlash – Bank tizimini

raqamli tahdidlardan himoya qilish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng

foydalanish talab etiladi.

5.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish – Xorijiy moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni

kengaytirish va ilg‘or tajribalarni tatbiq etish orqali bank xavfsizligini mustahkamlash mumkin.

Umuman olganda, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bank tizimining barqarorligini

oshirish bilan birga, mamlakatning umumiy iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun banklar va moliyaviy institutlar o‘z strategiyalarini doimiy ravishda

takomillashtirib borishlari lozim.

REFERENCES

1.

Mishkin, F. S. (2007).

The Economics of Money, Banking, and Financial Markets

(7-nashr).

Addison-Wesley.

2.

Goodhart, C. (2008).

Liquidity Management

.

3.

Lo, A. W. (2014).

The Gordon Gekko Effect: The Role of Culture in the Financial Industry

.

4.

Buckley, R. P. (2014).

The Changing Nature of Banking and Why It Matters

.

5.

Bernanke, B. S. (2013).

The Federal Reserve and the Financial Crisis

. Princeton University

Press.

6.

Tirole, J. (2006).

The Theory of Corporate Finance

. Princeton University Press.

References

Mishkin, F. S. (2007). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets (7-nashr). Addison-Wesley.

Goodhart, C. (2008). Liquidity Management.

Lo, A. W. (2014). The Gordon Gekko Effect: The Role of Culture in the Financial Industry.

Buckley, R. P. (2014). The Changing Nature of Banking and Why It Matters.

Bernanke, B. S. (2013). The Federal Reserve and the Financial Crisis. Princeton University Press.

Tirole, J. (2006). The Theory of Corporate Finance. Princeton University Press.