Authors

  • Elyor Mingliboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69625

Keywords:

kredit kredit portfeli kreditni boshqarish.

Abstract

Ushbu tezizda bankning kredit portfeli haqida va uni to‘g‘ri boshqarish va tashkil etish haqida so‘z boradi. Bundan tashqari kredit portfelining tijorat banklari uchun muhimlik darajasi haqida fikr yuritiladi.

background image


Fevral, 2025-Yil

872

TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI

Mingliboyev Elyor O’ktam o’g’li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti 1-kurs talabasi.

mrelyormingliboyev2006@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14956064

Annotatsiya.

Ushbu tezizda bankning kredit portfeli haqida va uni to‘g‘ri boshqarish va

tashkil etish haqida so‘z boradi. Bundan tashqari kredit portfelining tijorat banklari uchun

muhimlik darajasi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

kredit, kredit portfeli, kreditni boshqarish.

КРЕДИТНЫЙ ПОРТФЕЛЬ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

Аннотация.

В данной диссертации говорится о кредитном портфеле банка и его

правильном управлении и организации. Кроме того, обсуждается уровень значимости

кредитного портфеля для коммерческих банков.

Ключевые слова:

кредит, кредитный портфель, кредитное управление.

COMMERCIAL BANKS LOAN PORTFOLIO

Abstract.

This thesis talks about the bank's loan portfolio and its proper management and

organization. In addition, the level of importance of the loan portfolio for commercial banks is

discussed.

Key words:

loan, loan portfolio, loan management.

Hozirgi kunda O‘zbekiston miqyosida olib qarasak bank tizmida bank daromadining

qariyb 70% ulushi kreditlarga to‘g‘ri keladi. Bu esa tijorat banklari banklari uchun kreditlar

nechog‘liq muhim ekanligini ko‘rsatib turibdi. Modomiki kreditlar tijorat banklari uchun muhim

ekan, demak tijorat banklari uchun kredit portfelini to‘g‘ri tashkil etish undanda muhim masala

hisoblanadi. Dastlab kredit portfeli nima degan savolga to‘xtaladigan bo‘lsak,

kredit portfeli

barcha kreditlar bo‘yicha balans hisobvaraqlari summasi (brutto), banklar tomonidan olinadigan

ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar

tomonidan yo‘naltiriladigan barcha mablag‘lar, shuningdek uch yildan kam bo‘lmagan muddatga

berilgan lizing xizmatlari summasi hisoblanadi.

Kreditlash bank ishining o‘zagi bo‘lib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati to‘g‘risida

xulosa chiqarish mumkin. Bunda, asosan, kreditlarni boshqarish jarayonining asosiy axamiyat

kasb etishiga sabab Shuki, uning sifati bank ishining samradorligiga bog‘liqdir. Iqtisodchilar

tomonidan jahon banklarining sinishi (bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish Shuni


background image


Fevral, 2025-Yil

873

ko‘rsatayaptiki, asosan, banklarning sinishiga sabab – bank aktivlari sifatining (eng avvalo

kreditlarning) pastligidir. Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bog‘liq bo‘lib

quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:

•tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati kreditlashtirish jarayonining

mavjudligi;

• kredit portfelini optimal boshqarishning yo‘lga qo‘ylganligi;

• kreditlarni muntazam nazorat qilishning tashkil qilinganligi;

• bank tizimida ishlaydigan xodimlarning tayyorgarlik darajasi.

1

Bank kredit portfelini boshqarish - bu bank kreditlarining kredit tamoyillariga monand

tarzda berilishini nazorat qilish, kreditlar diversifikatsiyasini to‘g‘ri amalga oshirish hamda kredit

riskini imkon qadar kamaytirish jarayonlarini ichiga oladi.

Bank kredit portfelini boshqarish tizimi faoliyatining zamirida to'rt asosiy tamoyil turadi:

Birinchidan, Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklarida aktivlar

sifatini tasniflash va aktivlar bo yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni goplash uchun zaxiralar

shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida» gi talablari doirasida bank kreditlari

asosiy mezonlar bo yicha muntazam ravishda baholanadi;

Ikkinchidan, bank tomonidan ajratilayotgan kreditlaring ta'minlanishi ustidan nazoratni

amalga oshirish. Bunda shuni hisobga olish zarurki, ta'minot kredit berilayotganda uni

sondirishning bosh manbai hisoblanmaydi. Bank ta minotdan kredit so ndirilmasligi risklarini

kamaytirish maqsadida foydalanadi, xolos.

Uchinchidan, kredit monitoringini amalga oshirish. Kredit portfeli monitoringi

quyidagilarni nazarda tutadi:

kreditni monitoring qilish;

kredit portfelini monitoring qilish.

Hozirgi payda iqisodiyotni rivolantirishga yo'naltirilayotgan bank kreditlar hajmi shishi,

bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidagi mijozlar

1

Axrorqulov, A. (2024). CREDIT POLICY OF COMMERCIAL BANKS AS THE BASIS OF CREDIT

MANAGEMENT.

Modern

Science

and

Research

,

3

(9),

290–296.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42485

More Citation Formats


background image


Fevral, 2025-Yil

874

miqdori ko'payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular

samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo yicha hisoblangan foizlarni o'z vaqtida

undirib olishni ta'minlash banklar kredit portfeli ustidan doimiy monitoring olib borishni talab

etmoqda.

To'rtinchidan, kredit portfelini auditdan otkazish va kredit risklarini boshgarish. Kredit

portfeli ichki va tashqi auditorlar tomonidan audit tekshiruvidan o‘tkaziladi.

2

Bank tizimi kredit portfeli to'g'risida hududlar kesimida ma'lumot

mlrd.so'm

Hudud nomi

01.07.2021

01.07.2022

O'zgarishi

summa

foizda

Jami

300 459

343 572

43 113

14%

1

Qoraqalpog'iston
Respublikasi

8 365

7 598

- 767

-9%

2

Andijon viloyati

13 077

12 092

- 985

-8%

3

Buxoro viloyati

13 875

12 429

-1 446

-10%

4

Jizzax viloyati

10 708

9 232

-1 477

-14%

5

Qashqadaryo
viloyati

11 973

9 851

-2 122

-18%

6

Navoiy viloyati

9 730

7 916

-1 814

-19%

7

Namangan
viloyati

11 116

9 262

-1 854

-17%

2

Malikova D.M., & Xamroyev Y. (2023). TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI SAMARALI

BOSHQARISH. Journal of marketing, business and management, 2 (6), 4-7.


background image


Fevral, 2025-Yil

875

8

Samarqand
viloyati

16 038

14 064

-1 974

-12%

9

Surxondaryo

viloyati

12

521

10 979

-1 542

-12%

10

Sirdaryo viloyati

9

236

7 722

-1 514

-16%

11

Toshkent shahri

141 850

205 255

63 405

45%

12

Toshkent viloyati

17 916

16 073

-1 843

-10%

13

Farg'ona viloyati

13 707

12 047

-1 660

-12%

14

Xorazm viloyati

10 348

9 052

-1 296

-13%

Yuqoidagi jadvalga qaraydigan bo‘lsak 2022 yilda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan

jami kreditlar miqdori 14 % ga o‘sgan bo‘lsada, lekin bu o‘sishb faqatgina Toshkent shahrining

hisobiga to‘g‘ri keladi (45 %), qolgan barcha hududlarda esa kredit berish miqdori faqatgina

tushganini ko‘rishimiz mumkin. O‘tgan davrga nisbatan eng katta tushish Navoiy viloyatiga to‘g‘ri

kelsa (19 %), eng kam tushish Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi. Biroq miqdor jihatdan bu

ko‘rsatkichlar mos ravishda Qashqadaryo viloyati (2122 mlrd. so‘m) va Qoraqalpog‘iston

Respubliklasi (767 mlrd. so‘m) hisobiga to‘g‘ri keladi.

REFERENCES

1.

Axrorqulov, A. (2024). CREDIT POLICY OF COMMERCIAL BANKS AS THE BASIS OF

CREDIT MANAGEMENT. Modern Science and Research, 3(9), 290–296. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42485 More Citation Formats

2.

Malikova D.M., & Xamroyev Y. (2023).

TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI

SAMARALI BOSHQARISH.

Journal of marketing, business and management, 2 (6), 4-7.

3.

O‘zbekison REsbuplikasi Markaziy Banki rasmiy sayti

www.cbu.uz

References

Axrorqulov, A. (2024). CREDIT POLICY OF COMMERCIAL BANKS AS THE BASIS OF CREDIT MANAGEMENT. Modern Science and Research, 3(9), 290–296. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42485 More Citation Formats

Malikova D.M., & Xamroyev Y. (2023). TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELI VA UNI SAMARALI BOSHQARISH. Journal of marketing, business and management, 2 (6), 4-7.

O‘zbekison REsbuplikasi Markaziy Banki rasmiy sayti www.cbu.uz